«Malika»ishlab chiqarish 0271110
birlashmasi
BUYRUQ
2003.14.07. № 123 Toshkent shahri
Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid
Ishga qabul qilish haqida
OLIMOVA Nozima Karimovna 2003.14.07. dan 48 ming so’mlik maosh bilan bolalar kiyimi sexining katta muhandisi lavozimiga TAYINLASIN.
Asos: N.K.Olimovaning arizasi.
Bosh direktor (imzo) L.K. Jamolov
Imzo:
Kadrlar bo’limi
“Kibernetika” ilmiy-ishlab 18-hunar-texnika bilim
chiqarish birlashmasi yurti direktoriga
Yetkazuvchi – kotiba Qabul qiluvchi – kotiba
Rahimova Sobirova
Tel: 62-68-05 Tel: 76-14-22. Soat 11.30.
TELEFONOGRAMMA
2003.10.05. № 15 Toshkent
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumining farmoyishiga ko’ra bilim yurtingizga institutimiz tomondan IBM PS-140 kompyuteri ajratildi. Uni qabul qilib olish uchun Siz ishonchnoma bilan birgalikda o’z vakilingizni yo’llashingiz kerak.
Direktor V.Q.Qobulov
Toshkent davlat pedagogika
universiteti o’zbek va qozoq
filologiyasi fakulteti dekani
prof. N. Abdurahmonovga
III kurs talabasi
Odil Salimovning
TUSHUNTIRISH XATI
Men 2003-yilning 2-yanvaridan 2-fevraligacha bo’lgan davrda onamning qattiq betobligi tufayli 46 soat mashg’ulotga qatnasha olmadim.
Ilova: onamning kasalligi haqidagi vrach ma’lumotnomasi.
2003.03.02. (imzo) O. Salimov
TILXAT
Men, Toshkent davlat madaniyat institutining xo’jalik ishlari bo’limining mudiri Bahodir Olimov, Toshkent milliy cholg’u asboblari zavodining tayyor buyumlar ombori mudiri Erkin Karimovdan institut buyurtmasi asosida tayyorlangan, umumiy bahosi 135000 (bir yuz o’ttiz besh ming) so’m bo’lgan 100 (yuz) dona rubobni qabul qilib oldim.
2003.12.08. (imzo) B.N. Olimov
SamDU huquqshunoslik fakulteti
sirtqi bo’limi bo’yicha dekan
o’rinbosari M.Botirovga
1-kurs talabasi Ahmad Dadayevning
Do'stlaringiz bilan baham: |