7 - amaliy mashg’ulot
Mavzu: Ish qog`ozlarini o`rganish yuzasidan amaliy mashqlar. Rasmiy ish uslubining o`ziga xosliklari, ayrim hujjat namunalari bilan tanishish.
Mashg’ulot rejasi:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni nazorat qilish.
2. Amaliy mashg’ulot topshirig’ini bajarish.
3. Amaliy mashg’ulot topshirig’ini tеkshirish va baholash.
Mavzuga doir nazorat savollari:
1. Ish qog’ozlarini o’rganishning qanday afzalliklari bor?
2. Ariza nima uchun yoziladi?
3.Tilxat-chi?
4.Bayonnoma necha qismdan iborat bo’ladi?
5.Ishonch xati nega yoziladi?
6.Tarjimayi holda nimalar yoziladi?
Mashg’ulot uchun topshiriqlar:
1-topshiriq
Ish qog’ozlaridan namunalar yozing.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Fundamental fanlar fakulteti dekani
t.f.d. R.S.Sayfiddinovga
“O’zbek va rus tillari” kafedrasi
katta o’qituvchisi U.Z.Mirsoatovadan
BILDIRGI
Sizga shuni ma’lum qilamanki, men mehnat ta’tilidan so’ng o’z ish faoliyatimga kirishdim.
2003.25.08. (imzo) U. Mirsoatova
ISHONCHNOMA
Men, mexanika fakultetining I kurs talabasi Qodir Mirzayevich Yoqubov, kursimiz talabasi Shavkat Turobovich Hakimovga (V XIII – YuS seriyadagi 686520 raqamli pasportga ega) institute kassasidan menga tegishli 2003-yil iyun oyi stipendiyasini olish uchun ishonch bildiraman.
2003-yil 20-may (imzo) Q.M.Yoqubov
Q.M.Yoqubovning imzosini tasdiqlayman.
Mexanika fakultetining
Dekani (imzo) K.T.Tursunov
2003-yil 22-may
TELEGRAMMA
FARG’ONA 12 KATTABOG’ 18
SALIMOVGA
YIGIRMA OLTINCHI DEKABRDA 123-REYS
BILAN UCHAMAN KUTIB OLING SAYYORA
700187 Toshkent 187 Sadaf ko’chasi 4-uy
Do'stlaringiz bilan baham: |