Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги а. Авлоний номидаги халқ таълими тизими рахбар


Fan bo‘yicha tinglovchilarning bilimi,ko‘nikma va malakalariga


Download 215.55 Kb.
bet6/69
Sana25.12.2022
Hajmi215.55 Kb.
#1065842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
5. Matematika kasbiy ishchi dastur 10.11.2022

Fan bo‘yicha tinglovchilarning bilimi,ko‘nikma va malakalariga
qo‘yiladigan talablar

Tinglovchilar ingliz tili tarixida qo‘llangan eski ingliz tili yozuvining o‘ziga xos jihatlari, ingliz tilining tarixiy ildizlari. qadimgi ingliz tili, ingliz tilining tarixiy grammatikasi, ingliz tili tarixining taraqqiyot davrlari, eski ingliz tilning fonetik, lug‘at tarkibi, morfologik va muhim sintaktik xususiyatlari, eski ingliz tilini mustaqil taraqqiy etishi, eski ingliz tilining fonetik va grammatik xususiyatlari, tilning mehyorlari tarixiy kategoriya ekanligi va uning davrlar o‘zgarishi bilan o‘zgarib turishi, ingliz tilining taraqqiyot bosqichlari, uning ichki va tashqi omillari haqida bilishi kerak.


Eski ingliz tilida ijod qilgan mashhur so‘z sanhatkorlarining asarlarini tahlil qila olish, umumiy o‘rta maktab, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida «Ingliz adabiyoti» matnlarini tahlil qilish, badiiy asar mohiyatini ochib berish, eski ingliz tilida ijod qilgan har bir so‘z sanhatkorining o‘rnini belgilay olish, ingliz tili mehyorlarini belgilashda turli qarash va oqimlarning mohiyatini to‘g‘ri anglash, milliy g‘oya va mafkura nuqtai nazaridan uni farqlay olish, asoslay olish, ingliz tili matnlarining fonetik, grammatik xususiyatlarini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Qadimgi ingliz tilda yozilgan transkriptsiya va transliteratsiya qilingan matnlarni o‘qish, tushunish va tahlil qilish, til mehyorlarining mohiyatini anglash, yozma yodgorliklarni uslubiy jihatdan farqlay bilish, umumiy o‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari darsliklarida berilgan matnlarda eski ingliz tili va boshqa tillarga xos elementlarni bir-biridan farqlashi, uning imlo, mahno xususiyatlarini tushuntirib berish malakalariga ega bo‘lishlari kerak.

Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
«Ingliz tili tarixi» fani bo‘yicha darslik namunalari, yozma yodgorliklar, qadimgi ingliz tilda yozilgan asarlarni, yozma yodgorliklardagi bitiklar, qo‘shimcha manbalar bilan ishlashda elektron materiallardan foydalanish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, interfaol usullarni, ta’limiy vositalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish muhim ta’limiy ahamiyatga ega.
Seminar mashg‘ulotlarida "Aqliy hujum", "Tarozi", "Bumerang" pedagogik texnologiyalaridan, kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash kabi pedagogik texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.

Download 215.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling