¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги


“HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN KURS


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/35
Sana20.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787907
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Bog'liq
курс ишини ёзиш буйича услубий тавсиялар1212 1

2.6. HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN KURS 
ISHLARINI OCHIQ HIMOYA QILISH 
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani bo‘yicha tashkil etiladigan kurs ishlari 
mutaxassislik kafedralarida belgilangan tartibda himoya qilinadi. 
Kurs ishi ilmiy rahbar taqrizidan o‘tib (4-ilova), himoyaga tavsiya 
etilgach, talaba ishni kafedraning maxsus yig‘ilishida ochiq himoya qiladi. 
Kurs ishini himoya qilish yakuniy baholash nazorati haftasi oralig‘ida
o‘tkaziladi. Himoya kuni oldindan belgilanib, talabalarga e’lon qilinadi. 
Talaba kurs ishini maxsus tuzilgan hay’at huzurida himoya qiladi. Himoya 
vaqtida talaba kurs ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi, kurs ishida 
amalga oshirilgan vazifalar, kurs ishining tadqiq obyekti va metodi, ishning 
ilmiy va amaliy ahamiyati, kurs ishining tuzilishi haqida ma’lumot beradi 
hamda mavzuning asl mohiyatini qisqa sharhlaydi. Shu bilan birga, ilmiy 
rahbar taqrizida ko‘rsatilgan e’tiroz va kamchiliklarga javob beradi.
Himoya jarayonida talaba kurs ishida ko‘tarilgan muammo yuzasidan 
chuqur bilimga ega ekanligini namoyon etishi, muammo bo‘yicha o‘z nuqtayi 
nazarini bayon qilishi lozim. 
Kurs ishini himoya qilish vaqtida talabaga hay’at a’zolari, shuningdek, 
himoyada ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilar, talabalar mavzu 
yuzasidan savollar berishi mumkin.
Hay’at a’zolari talabaning himoyadagi javoblari asosida uning yozgan
ishiga yakuniy baho qo‘yadilar. Agar kurs ishi talab darajasida yozilmagan 
bo‘lsa, talaba kurs ishi himoyasiga qoyilmaydi va ish qayta ishlash uchun 
qaytariladi. Kurs ishini belgilangan muddatda rasmiylashtirmagan hamda uni 
himoya qilmagan, shuningdek, hay’at a’zolari tomonidan kurs ishi qoniqarsiz 
baholangan talaba akademqarzdor sanaladi. 
Ko‘tarilgan muammoning tadqiq darajasi, kurs ishi va uning bo‘lim 
(bob)larida ko‘tarilgan masalalar tahlili asosida mukammal darajada yozilgan 
ilmiy asoslarga boy kurs ishini amaliyotga tatbiq etishga, xususan, amaliy va 


21 
tajriba mashg‘ulotlarida, talabalar ilmiy anjumanlarida foydalanishga tavsiya 
etish mumkin. Himoya hay’ati qarori asosida bunday kurs ishini nashr 
etishga tavsiya etish ham mumkin.
Mukammal yozilgan kurs ishini talaba bitiruv malakaviy ishi darajasiga 
olib chiqishi ham mumkin. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling