Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi


Download 2.94 Kb.

bet14/34
Sana09.02.2017
Hajmi2.94 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34

Inson huquqlari bo'yicha Kengash (IHK) ko'proq qiziqish uyg'otadi. Inson huquqlari 
bo'yicha Kengash BMTning diskriminasiyaga uchragan va siyosiylashgan Inson 
huquqlari bo'yicha komissiyasi o'rnini egallagan bo'lib, BMT Bosh Assambleyasining 
2006 yil 15 martdagi 60/251 rezolyusiyasiga binoan ta'sis etildi. Mazkur hukumatlararo 
organ yilda uch marta Jeneva shahrida yig'iladi va BMT a'zo-davlatlari orasidan 3 yil 
muddatga saylanadigan 47 a'zodan iborat tarkibga ega. Inson huquqlari bo'yicha 
Kengash — bu tengsizlikni, kamsitishlarni bartaraf etish, nisbatan zaif himoyalgan 
guruhlarning huquqlarini ta'minlanishi uchun tuzilgan organdir.
Kengash o'z ishini bir necha yo'nalishlarda amalga oshiradi:
•  universal davriy tahlil;
•  maxsus prosedurlar;
•  shikoyatlar bo'yicha proseduralar.
60/251 rezolyusiyaga binoan Inson huquqlari bo'yicha Kengashga quyidagi vakolatlar 
berildi: “Har bir davlat tomonidan, uning faoliyatini universalligi hamda barcha 
davlatlarga nisbatan teng munosabatda bo'lishini ta'minlab berishi mumkin bo'lgan 
usullar bilan o'z majburiyatlarini amalga oshirishi bo'yicha obyektiv va ishonchli 
axborotlarga asoslangan Universal davriy tahlilni o'tkazish. Tahlil manfaatdor davlatni, 
uning imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadlarida uning ehtiyojlarini e'tiborga 
olgan holda, o'zaro muloqotga to'liq jalb etishga asoslangan hamkorlik mexanizmi 
hisoblanadi. Bunday mexanizm shartnomaviy organlar ishlarini takrorlamaydi, 
balki to'ldiradi”.
Universal davriy tahlil — bu yangi jarayon bo'lib unga ko'ra 2008 yildan 
boshlab BMTning barcha 192 a'zosi har 4–5 yilda undan o'tishlari kerak. O'zbekiston 
Respublikasi Universal davriy tahlil inson huquqlari bo'yicha kengashning 

101
3-sessiyasida 2008 yil dekabr oyida o'z ma'ruzasini taqdim etdi. Inson huquqlari 
bo'yicha rezolyusiyaga ko'ra ko'rib chiqishga asos bo'luvchi hujjatlar quyidagilardir:
birinchidan, manfaatdor davlat tomonidan milliy ma'ruza shaklida tayyorlangan 
ma'lumot, shuningdek ushbu davlatga tegishli yozma yoki og'zaki tarzda taqdim 
etiladigan ma'lumotlar;
ikkinchidan, inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissar boshqarmasi tomonidan 
tayyorlangan konvensiyaviy organlar ma'ruzalari, maxsus jarayonlar manfaatdor 
davlatning tahlil va sharhlari va BMTning tegishli hujjatlariga asoslangan qo'shimcha 
ma'lumotlar;
uchinchidan, universal davriy tahlil boshqa organlar tomonidan tayyorlangan 
qo'shimcha ma'lumot, o'z navbatida Kengash tomonidan ko'rib chiqilishi davomida 
hisobga olinishi va Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissar boshqarmasi tomonidan 
yagona hujjat holiga keltirilishi lozim. Bu organlar o'z ichiga nodavlat tashkilotlar, 
inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar, ilmiy muassasalar va tadqiqot institutlari, 
mintaqaviy tashkilotlar va fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlarivakillarini 
qamrab oladi.
Universal davriy tahlilning jarayonlari siyosiylashmagan va tahlil asosida qabul 
qilinuvchi qarorlar obyektiv xolis yondashuvni fikrlar xilma-xilligini e'tiborga olishi 
va konvensiyaviy organlarning takrorlamasligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Inson huquqlari bo'yicha kengashi faoliyatining boshqa shakli “maxsus 
proseduralari — bu BMT Inson huquqlari komissiyasi tomonidan ta'sis etilgan va 
Inson huquqlari bo'yicha kengash tomonidan davom ettirilgan, alohida davlatdagi 
vaziyatga yoki mavzu bo'yicha barcha davlatlarga qaratilgan mexanizmlarga berilgan 
umumiy nomdir”. Hozirgi kunda 28 ta mavzuga oid va 10 ta mamlakat bo'yicha 
mandatlar mavjud.
Bugungi kunda quyidagi mavzularga oid maxsus ma'ruzachilar mavjud:
•  qiynoqlar;
•  noqonuniy qatl etish;
•  e'tiqod erkinligi;
•  yollanma askarlar;
•  bolalar savdosi;
•  irqchilik va ksenofobiya;
•  so'z erkinligi;
•  sud hokimiyatining mustaqilligi;
•  ayollarga nisbatan kuch ishlatish;
•  zaharli chiqindilar;
•  migrantlar huquqlari;
•  yashashning qoniqarli shartlari;
•  ovqatlanish huquqi;
•  ta'lim huquqi va boshqalar.
Mandatlarga ega bo'lgan mandatariylar odatda, mandat bo'lgan mamlakatlarni, 
alohida mamlakat yoki hududlarda inson huquqlari bo'yicha yoki butun dunyoda 
inson huquqlarini buzilishining umumiy vaziyatiga nisbatan tematik mandatlar 

102
vaziyatni ko'rib chiqish, monitoring o'tkazish, maslahatlar berish va ma'ruzalarini 
chop etishga chaqiradi. Maxsus proseduralar tomonidan individual shikoyatlarga 
javob berish, tadqiqotlar o'tkazish mamlakatlarga operativ texnik yordam berish va 
umumiy tadbirlarga jalb etish kabi turli xildagi faoliyat amalga oshiriladi. Individual 
yoki ishchi guruh odatda (ular “maxsus ma'ruzachi”, “Bosh kotib qoshidagi maxsus 
vakil”, “Bosh kotib qoshidagi vakil yoki mustaqil ekspert” deb ataladi) va 5 a'zodan 
(har bir mintaqadan bittadan) iborat bo'ladi. Maxsus proseduralar mandatlari ularni 
tashkil etuvchi alohida rezolyusiya bilan belgilanadi. Maxsus proseduralar bo'yicha 
mandat egalari shaxsan ishtirok etadi va o'z ishlari uchun hyech qanday pul mablag'lari 
yoki maosh olmaydi.
Maxsus proseduraning asosiy faoliyatiga inson huquqlari buzilishi yuzasidan 
ma'lumotlarni olish va mamlakatlarga holat yuzasidan tushintirish berilishini so'rab 
tezda so'rovnoma va xat jo'natish.
Mandat ishtirokchilari shuningdek milliy darajada inson huquqlari bo'yicha 
holatlarni tekshirish uchun mamlakatga tashrif yuzasidan rozilik so'raladi.
BMTning inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissari boshqarmasi (IHOKB) har 
xil turdagi jarayonlarda vazifa bajaradigan turli tashkilot va muassasalarda xizmat 
ko'rsatadigan xalqaro xodimlardan tashkil topadi.
BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissari Jenevada joylashgan. Nyu-
York shahrida uncha katta bo'lmagan bo'limi va dunyo bo'yicha joylarda aloqada 
bo'lib turish uchun bir qancha vakolatxonalari bor.
BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissarining asosiy vazifalari 
quyidagilardir:
birinchidan, inson huquqlari bo'yicha komissiya va uning kichik komissiyalariga 
xizmatini taqdim etish;
ikkinchidan, Bosh Assambleya tomonidan belgilangan tekshiruv, nazorat va 
tergovning turli proseduralarini qo'llab-quvvatlash;
uchinchidan, shartnomalar ijrosini ta'minlanishini nazorat qiluvchi organlarga 
xizmatlar taqdim etish;
to'rtinchidan, komissiya yoki kichik komissiyalar so'rovnomasi asosida inson 
huquqlariga bag'ishlangan turli masalalar yuzasidan tekshiruv ishlarini olib borish;
beshinchidan milliy darajada inson huquqlarini implementasiya qilishda 
davlatlarni (mutaxassislarni tayyorlash, yuridik yordam va ma'lumot almashish) 
qo'llab-quvvatlashlarni amalga oshirish.
Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissar Boshqarma boshlig'i hisoblanadi.
1993 yilda Venada o'tkazilgan inson huquqlari bo'yicha II-Butunjahon 
konferensiyasida BMTning Bosh Assambleyasi birinchilardan bo'lib BMTning Inson 
huquqlari bo'yicha Oliy Komissar lavozimini ta'sis etish yuzasidan taklif bildirdi.
1994 yil Bosh Assambleya rezolyusiya qabul qildi va Oliy Komissar Boshqarmasining 
birinchi komissari etib Xose Ayyalo Lasso (Ekvador) tayinlandi.
Bosh Assambleya Oliy Komissarni “BMTning faoliyatidagi inson huquqlari 
bo'yicha mas'ul shaxs bo'lib Bosh Kotib rahbarligi ostidagi asosiy mansabdor shaxs” 
deb e'lon qildi.

103
Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissar yana inson huquqlarini himoya qilishdagi 
xalqaro aloqalarni mustahkamlanishiga rioya qilish; BMT tizimi doirasida inson 
huquqlari bo'yicha faoliyatga; Inson huquqlari bo'yicha Markaz faoliyatini amalga 
oshirishda mas'uldir.
BMT tomonidan qabul qilingan inson huquqlari bo'yicha ikkita xalqaro pakt 
va to'rtta konvensiya asosida ta'sis etilgan BMTning konvensiyaviy organlarining 
faoliyati umume'tirof etilgan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda katta 
ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda faoliyat ko'rsatayotgan va asosiy funksiyalaridan biri davlatlarning 
milliy ma'ruzalarini ko'rib chiqish bo'lgan BMTning inson huquqlari bo'yicha 
konvensiyaviy organlari tizimining paydo bo'lganligiga nisbatan ko'p bo'lgani yo'q. 
Ularni tashkil etilgunga qadar Inson huquqlari komissiyasini tavsiyasi bo'yicha 
EKOSOSning 1965 yilgi qaroriga asosan BMTning a'zolari Bosh kotibga har yili u 
yoki bu huquqlarni amalga oshirish bo'yicha yillik hisobotlarini topshirar edi.
Inson huquqlari bo'yicha ikki xalqaro pakt kuchga kirgandan so'ng, iqtisodiy, 
ijtimoiy, madaniy shuningdek fuqarolik va siyosiy huquqlar va axborot erkinligi 
to'g'risidagi milliy hisobotlarni taqdim etish tizimi bir qator xalqaro shartnomalarda 
ko'zda tutilgan yangi proseduralar bilan almashtirildi.
Inson huquqlari bo'yicha qo'mita xalqaro paktlar va konvensiyalar asosida tashkil 
etilgan birinchi nazorat organlaridan biridir. Xalqaro shartnomalarga rioya qilishni 
nazorat qiluvchi funksiyani mazkur organ bilan bir qatorda yana quyidagi organlar 
ham amalga oshiradilar:
•  Irqiy kamsitishni tugatish bo'yicha qo'mita (1970 yil);
•  Ayollarga nisbatan kamsitishlarni tugatish bo'yicha qo'mita (1982 yil);
•  Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha qo'mita (1985 yil);
•  Qiynoqqa qarshi qo'mita (1988 yil);
•  Bola huquqlari bo'yicha qo'mita (1990 yil);
•  Mehnatkash-migrantlar va ularning oila a'zolarining huquqlarini himoya qilish 
bo'yicha qo'mita (2003 yil);
•  Nogironlar huquqlari to'g'risidagi qo'mita
Ushbu qo'mitalarni ta'sis etilishiga yuqoridagi paktlar va konvensiyalar 
yuridik asos bo'lib xizmat qildi. EKOSOSga yordamchi organ sifatida ta'sis etilgan 
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha qo'mita bundan mustasnodir.
Inson huquqlari bo'yicha qo'mita 1977 yilda tashkil etildi. U 1966 yili qabul 
qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar bo'yicha xalqaro pakt qoidalarini amalga 
oshirilishini nazorat qiladi. Qo'mita 18 ta a'zodan iborat bo'lib, a'zo davlatlar ularni o'z 
fuqarolaridan tayinlaydi hamda o'z funksiyalarini shaxsiy tarkibda amalga oshirishadi.
1966 yilda qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro 
paktga birinchi fakultativ protokolga muvofiq Inson huquqlari bo'yicha qo'mita uning 
vakolatlarini tan olgan a'zo-davlatlardagi sodir etilgan huquqbuzarliklar yuzasidan 
kelib tushgan habar va arizalarni ko'rib chiqadi.
Qo'mita Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktda e'tirof etilgan 
huquqlarning qo'llanilishi borasida yuzaga kelgan choralar va jarayonlar haqidagi 

104
milliy ma'ruzalarni ko'rib chiqishga vakolatlidir. Bundan tashqari, Paktning Fakultativ 
protokoliga ko'ra, uni e'tirof etgan 97 ta davlat Qo'mitaning, bu davlatlar ustidan 
mazkur Paktda bayon qilingan o'z huquqlarini buzilganligi bo'yicha individlarning 
murojaatlarini ko'rib chiqish vakolatini tan olgan.
Qo'mita Paktning a'zo-davlatlarining milliy hisobotlarini ko'rib chiqish uchun 
yiliga uch marta yig'iladi. Uning sessiyalari uch haftagacha davom etadi va quyidagi 
tartibda: mart aprel oylarida BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida, iyul, oktyabr 
noyabr oylarida Jenevadagi Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissar Boshqarmasi 
qarorgohida o'tkaziladi.
Paktni ratifikasiya qilgandan bir yoki ikki yil o'tgandan so'ng davlat Paktda 
e'tirof etilgan huquqlarga rioya qilinishiga oid milliy hisobot taqdim etishi shart. 
Bu dastlabki ma'ruza batafsil mazmunga ega bo'lishi kerak (hususan, davlat ichki 
huquqining xususiyati va tuzilishi hamda aholi to'g'risida), shuningdek, Paktdagi har 
bir qoidaning amaliyotda qanday amalga oshirilayotganligining umumiyy tahlili 
kabi ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak. Hisobotlarning taqdim qilishdan asosiy 
maqsad — u yoki bu mamlakatdagi inson huquqlari sohasidagi holat to'g'risida 
umumiy tasavvurga ega bo'lish edi. Hisobotlarda, nafaqat amaldagi konstitusiyaviy 
qoidalarini, qonunlar, qoidalar aks ettirilishi, balki Paktni qoidalarini amaliyotda 
qanday qo'llanilayotgnaligi va davlatda inson huquqlari sohasining ahvoli to'g'risidagi 
daliliy holatlar ham qayd qilinishi kerak.
Qo'mita Paktning Fakultativ protokolini ratifikasiya qilgan a'zo-davlatlarga 
nisbatan individual shikoyatlarni ham ko'rib chiqishi mumkin. Shikoyat tegishli 
jabrlanuvchi tomonidan yoki uning nomidan bunday harakatlar sodir etish vakolati 
berilgan boshqa shaxslar nomidan berilishi shart. Qo'mita “xalqaro sudlovda yoki 
xalqaro prosedurada ko'rib chiqilayotgan ishlarni ” ko'rib chiqish uchun qabul qila 
olmaydi. Individual shikoyatlar yopiq majlislarda ko'rib chiqiladi. Shikoyat qilish 
uchun lozim bo'lgan shartlar quyidagilar:
•  xabar anonim bo'lmaslik kerak;
•  xabarlarni berishda huquqlardan foydalanish suiiste'mol qilinmagan bo'lishi kerak;
•  xabar Paktning qoidalariga muvofiq kelishi kerak;
•  huquqiy himoya qilishning barcha davlat ichki vositalaridan foydalanib bo'lingan 
bo'lishi kerak.
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha qo'mita 1966 yilgi Iqtisodiy, 
ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha xalqaro paktni amalga oshirilishini 
nazorat qiladi. Qo'mita o'zining birinchi sessiyasini 1987 yili o'tkazgan. U inson 
huquqlari sohasida e'tirof etilgan va o'zining shaxsiy xislatlariga ko'ra faoliyat 
ko'rsatuvchi 18 ta vakildan iboratdir.
Qo'mita yiliga ikki marta Jenevada may, noyabr-dekabr oylari bo'lib o'tadigan 3 hafta 
davom etadigan sessiyalarga yig'iladi; uning sessiyalari jamoatchilik uchun ochiqdir. 
Har bir sessiyada bir haftalik ishchi guruh faoliyat yuritadi. Bu guruh Qo'mitaning 
keyingi majlislarida ko'rib chiqiladigan ishlarning qisqacha ro'yxatini tayyorlaydi.
Qo'mita iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktda 
mavjud bo'lgan inson huquqlariga oid huquq va erkinliklarni amalga oshirilishida 

105
qo'llanilayotgan tadbirlar borasidagi a'zo-davlatlarning xabarlarini ko'rib chiqadi. 
Davlatlar mazkur Paktga a'zo bo'lganidan so'ng ikki yil ichida milliy hisobot taqdim 
etish kerak va undan so'ng har besh yilda davriy hisobot taqdim qiladi.
Davlatlarning milliy hisobotlari — hamma uchun ochiq bo'lgan hujjatdir; ular 
ochiq majlislarda ko'rib chiqiladi va bu majlislarda davlatlar o'zlarining hisobotlarini 
taqdim qiladilar hamda ular Qo'mita a'zolarining savollariga javob beradilar. Qo'mita 
o'zaro muloqot davomida Paktning normalari qanday qo'llanilayotganligini va 
Paktning normalarini amalga oshirish bo'yicha huquqni qo'llash amaliyotini yana 
qanday qilib takomillashtirish mumkinligini aniqlashtiradi. Qo'mita sessiyaning 
oxirgi kunida xavotirlanishga sabab bo'ladigan asosiy mavzularni muhokamasining 
yakuni sifatida a'zo davlat uchun taklif va tavsiyalarni o'z ichiga olgan xulosaviy 
izohlar beradi.
Milliy hisobotni muhokamasi jarayonida faqat Qo'mitaning a'zolari va a'zo 
davlatning vakillari qatnashishi mumkin. Nohukumat tashkilotlar muayyan davlatning 
hisoboti ko'rib chiqilishidan oldin chaqiriladigan ishchi guruhning majlisida o'zlarining 
xavotirlarini ifodalashlari mumkin. EKOSOSning maslahatchisi maqomiga ega 
bo'lgan nohukumat tashkilotlari ham agarda Paktda shakllantirilgan huquqlarning 
amalga oshirilishi va e'tirof etilishiga muayyan darajada hissa qo'shishga sabab bo'lishi 
mumkin bo'lgan hisobotlarni va ma'lumotlarni keltirishlari mumkin.
Irqiy kamsitishlarni bartaraf qilish qo'mitasi barcha ko'rinishdagi irqiy 
kamsitishlarni bartaraf qilish to'g'risidagi xalqaro konvensiyaning amalga 
oshirilishini kuzatib boradi. U a'zo davlatlar tomonidan 4 yillik muddatga 
tayinlanadigan 18 vakildan iboratdir.
Qo'mita Konvensiyaning qoidalarini bajarilishi yuzasidan qabul qilingan chora-
tadbir va ush bu sohada erishilgan yutuqlar yuzasidan a'zo davlatlar tomonidan 
topshirilgan hisobotlarni o'rganib chiqadi.
Qo'mita Konvensiyada e'tirof etilgan majburiyatlarni bajarilishi yuzasidan kelib 
chiqadigan masalalar bo'yicha davlatlar orasida kelib chiqadigan nizolarni tartibga 
solish va alohida shaxslarning shikoyatlarini ko'rib chiqish uchun doimiy ishchi 
guruhlar yoki maxsus kelishtiruvchi komissiyalar tashkil qiladi.
Odatda Qo'mita yiliga ikki marta yig'iladi. Uning sessiyalari uch hafta davom 
etadi: fevral-mart va avgust oylari Jeneva shahrida o'tkaziladi. A'zo davlatlarning 
hisobotlari Qo'mita tomonidan ochiq majlislarda ko'rib chiqiladi.
Qo'mita quyidagi to'rta funksiyani bajaradi:
•  hisobotlarni ko'rib chiqish;
•  oldini olishga qaratilgan choralar;
•  hisobotni taqdim qilish kechiktirilsa a'zo-davlatdagi yuzaga-kelgan vaziyatni 
majburiy shaklda ko'rib chiqish;
•  individual habarlar bo'yicha fikr-mulohazalarni ishlab chiqish.
Milliy hisobotlarni taqdim qilish uchun ikki yillik muddat o'rnatilgan.
Qo'mita o'z faoliyati yuzasidan Bosh Assambleyaga har yili hisobot berib turishi 
kerak va a'zo davlatlar tomonidan berilgan milliy hisobotlarni o'rganishga tayangan 
holda taklif va tavsiyalari belgilashi mumkin.

106
Konvensiyaning 14-moddasida o'rnatilgandek, o'zlarining huquqlari buzilishi 
yuzasidan alohida shaxslar yoki shaxslar guruhi Qo'mitaga shikoyat qilishi mumkin. 
Bu vaqtga qadar ular bu huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlatdagi mavjud ichki 
imkoniyatlarning barcha vositalaridan foydalanib bo'lgan bo'lishlari lozim
Biroq, Qo'mita Konvensiyani ishtirokchisi bo'lib hisoblanadigan, ammo Qo'mitaning 
vakolatlarini tan olmaydigan davlatlarga nisbatan shikoyatlarni ko'rib chiqish uchun 
qabul qila olmaydi. Konvensiyani ratifikasiya qilgan yoki unga qo'shilgan 156 davlatdan 
faqatgina 30 tasi Qo'mitaning Konvensiyaning 14-moddasida o'rnatilgan shikoyatlarni 
ko'rib chiqishga qabul qilish va ko'rib chiqish vakolatini e'tirof etganlar.
Qo'mita Konvensiyadagi qoidalar hayotga tadbiq etilmasligiga oid vaziyatlar bir 
davlatda kuzatilsa, ikkinchi davlatning bunga doir shikoyatini ko'rib chiqishi kerak.
Xotin-qizlarni kamsitishlarga barham berish qo'mitasi 1982 yilgi Xotin-
qizlarga nisbatan barcha ko'rinishdagi kamsitishlarga barham berish to'g'risidagi 
konvensiyaga asosan tuzilgan. Qo'mita 23 a'zodan iborat. Ular 4 yillik muddatga 
yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanadilar. Bu shaxslar yuksak axloqiy fazilatlarga 
hamda ayollar huquqlari sohasida muayyan bilimlarga ega bo'lishlari shart....
O'zining sessiyalarida Qo'mita a'zo davlatlar tomonidan taqdim etilgan hisobot va har 
qanday axborotlarni o'rganadi. Bu hisobotlarni ko'rib chiqish yakunida Qo'mita taklif 
va tavsiyalar ishlab chiqadi. U shuningdek Konvensiyadagi majburiyatlarni bajarish 
yuzasidan a'zo-davlatlar qo'llashi mumkin bo'lgan umum tavsiyalarni ham ishlab chiqadi.
1997 yildan boshlab Qo'mita yiliga ikki marta yig'iladi. Uning yig'ilishlari 3 hafta 
davom etadi va odatda yanvar va iyul oylarida o'tkaziladi. Qo'mita o'z faoliyatini 
takomillashtirish yuzasidan 2001 yildan boshlab o'zining yig'ilishlarini Jenevada 
ham ikki yilda bir marta o'tkazadigan bo'ldi. Bu esa uning boshqa shartnomaviy 
organlar hamda BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissari Boshqarmasi 
bilan yaqin hamkorlik qilishiga imkon bermoqda.
Qo'mitaga Konvensiyani bajarish davomida erishilgan progressiv jarayonlarni tahlil 
qilish yuklatilgan. U o'z yig'ilishlarida Konvensiyani ratifikasiya qilgandan yoki unga 
qo'shilgandan davlatlari so'ng bir yil ichida taqdim qilgan hisobotlarini ko'rib chiqadi. 
A'zo bo'lgan davlat bundan keyin har to'rt yilda hisobot topshirishlari shart. Har yili 
Qo'mita EKOSOS orqali o'z faoliyati yuzasidan Bosh Assambleyaga hisobot topshiradi. 
Qo'mita a'zo-davlatlar tomonidan berilgan milliy hisobotlarni o'rganishga tayangan holda 
taklif va tavsiyalar berishi mumkin. Davlatlarning vakillari o'z hisobotlari bilan og'zaki 
tarzda bayon qilishlari, bundan keyin ekspertlarning izohlarini eshitiladi va savollariga 
javoblar berishlari mumkin. Qo'mita sessiyaning yakunida Bosh Assambleyaning yillik 
hisobotlarida aks etadigan yakuniy fikr-mulohazalarni qabul qilishi lozim.
Qiynoqlarga qarshi Qo'mita 10 ta vakildan iborat bo'lib, ular a'zo-davlatlar 
tomonidan saylanadi. Ular Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, 
insoniylikka zid, qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyani ratifikasiya 
qilgan davlatlarning hisobotlarini ko'rib chiqadilar.
Milliy hisobotlarni ko'rib chiqish, o'rganish va a'zo davlatlarga yo'nalishlar berish 
hamda Bosh Assambleyaga o'zining fikr-mulohazalarini yuborishdan tashqari Qo'mita 
yashirin tergov o'tkazish vakolatiga ham ega. Davlat hududida tizimli ravishda 

107
qiynoqlar qo'llanilishiga oid ma'lumotlar bo'lsa, Qo'mita a'zo davlatning roziligi 
bilan joylarda tergov o'tkazishi mumkin.
Bola huquqlari bo'yicha Qo'mitaning birinchi yig'ilishi 1991 yilda o'tkazilgan. 
Qo'mita 10 ta vakildan iborat. Unga bola huquqlarini rag'batlantirish uchun qo'shilgan 
davlatlar orasida doimiy muloqot tashkillashtirish vazifasi yuklatiladi.
Qo'mita bolalarning ravnaqiga xavf tug'diruvchi omillarni aniqlashtiradi, aniq 
muammolarning amaliy echimlarini ishlab chiqadi, muammolarni hal qilish uchun 
zaruriy inson va moliyaviy resurslarini safarbar qiladi, bola huquqlari borasida 
jamiyatning xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni hamda uning 
bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ishtirokini kengaytirishga oid choralarni 
qo'llaydi. Bu maqsadlar yo'lida Qo'mita mazkur sohada faol faoliyat olib boradigan 
tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Qo'mita 1989 yilgi Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyani ratifikasiya qilgan yoki 
unga qo'shilgan davlatlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi. 
A'zo-davlatlar doimo Qo'mitaga Konvensiyaning bajarilishi va bola huquqlarining 
muhofaza qilinishiga doir qabul qilgan chora-tadbirlariga doir hisobotlar taqdim 
qiladi. Bu hisobotlar oshkora qilinadi va milliy darajasida keng tarqatiladi.
8.3. Inson huquqlarini himoya qilish borasida Yevropadagi hamda boshqa 
mintaqaviy xalqaro tashkilotlar
Inson xuquqlari bo'yicha zamonaviy tizim Yevropada alohida rivojlanish bosqichiga 
egaligi bilan birgalikda u yerda yaralgangan xuquqni muxofaza kilish tizimi jamiyatni  
rivojlanishi bilan teng taraqiy etganligi umume'tirof etiladi voqyellikdir. Yevropa 
integrasiyalashuv jarayonlari huquqni himoyalash normalari qonunchilikni yangi 
tarmoqlariga singdirilmoqda va inson huquqlari obyektiv tarkibini murakkablashuviga 
olib kelmoqda.
Yevropa mintaqasida umume'tirof etilgan inson huquqlarini amalga oshirish 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling