Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi


Download 2.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/34
Sana09.02.2017
Hajmi2.94 Kb.
#37
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34

V QISM
17-modda
1.  Mazkur Konvensiyaning amalga oshirilishini ko'rib chiqish uchun xotin-qizlarning 
kamsitilishini bartaraf etish Qo'mitasi ta'sis etilib (bundan buyon Qo'mita deb ataladi), 
Konvensiya kuchga kirgungacha o'n sakkizta, ratifikasiya qilingandan yoki unga 

280
o'ttiz beshinchi ishtirokchi davlatning qo'shilganidan so'ng esa, mazkur. Konvensiya 
sohasini mukammal biladigan yuqori ahloqiy sifatlarga va yetuk ma'lumotlarga ega 
bo'lgan yigirma uchta ekspertdan iborat bo'ladi. Bu ekspertlar ishtirokchi davlatlar 
tomonidan o'z fuqarolari ichidan saylanadilar va xususiy shaxs sifatida ish yuritadilar, 
bunda o'rinlar taqsimotida adolat bilan geografik hudud va har xil shakldagi sivilizasiya, 
shuningdek asosiy huquqiy tizimlar vakillari hisobga olinadi.
2.  Qo'mita a'zolari ishtirokchi davlatlar tomonidan ro'yxatga kiritilgan shaxslar 
orasidan yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanadi. Har bir ishtirokchi davlat o'zining 
fuqaroyaaridan bita vakilning nomzodini berishi mumkin.
3. 
Mazkur Konvensiyaning kuchga kirgan kunidan boshlab olti oydan so'ng 
birlamchi saylovlar o'tkaziladi. Har bir saylovni o'tkazilishidan kamida uch oy 
oldin Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ishtirokchi davlatlarga ikki 
oymobaynida o'z vakillarini ko'rsatish bo'yicha takliflarini yuborishni xat orqali 
so'raydi. Bosh kotib barcha ishtirokchi davlatlar tomonidan ushbu tarzda ko'rsatilgan 
shaxslarning ro'yxatini alifbo tartibida tayyorlab, ishtirokchi davlatlarga taqdim etadi.
4.  Qo'mita a'zolari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi tomonidan 
chaqiriladigan va BMT Markaziy muassasalarida o'tkaziladigan ishtirokchi davlatlar 
yig'ilishida saylanadilar. Bu yig'ilishda majlisni haqiqiy deb hisoblash uchun ishtirokchi 
davlatlarning soni uchdan ikki qismni tashkil etishi lozim. Qatnashadigan va ovoz 
berishda ishtirok etadigan ishtirokchi davlat vakillarining eng ko'p va mutlaq ko'p 
ovozini olgan nomzodlar Qo'mitaga saylangan shaxslar deb hisoblanadilar.
5.  Qo'mita a'zolari to'rt yil muddatga saylanadilar. Biroq birinchi saylovda saylangan 
to'qqiz a'zoning vakolat muddati ikkiyil o'tishi bilan tugaydi; birinchi saylovlarni 
o'tkazilgandan keyinoq bu to'qqiz a'zoning familiyasi Qo'mita raisi tomonidan qur'a 
tashlash orqali tanlanadi.
6.  Qo'mitaning besh nafar qo'shimcha a'zosi shu moddaning 2-, 3- va 4 bandlariga 
muvofiq Konvensiya ratifikasiya qilinganidan so'ng yoki unga o'ttiz beshinchi davlat 
qo'shilgandan keyin saylanadi. Shu tarzda saylangan ikki qo'shimcha azoning vakolat 
muddati ikki yil o'tishi bilan tugaydi, bu ikki qo'shimcha a'zoning familiyasi Qo'mita 
raisi tomonidan kur'a tashlash orqali tanlanadi.
7.  Ishtirokchi davlatlar eksperti Qo'mita a'zosi sifatida o'z vazifasini tugatgan 
bo'lsa, ko'zda tutilmagan bo'sh o'rinlarni to'ldirish uchun Qo'mitaning roziligi bilan 
o'z fuqarolari ichidan boshqa ekspertni tayinlaydi.
8.  Qo'mita a'zolari Bosh Assambleya tasdiqlaydigan mukofotlarni Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining mablag'laridan Assambleya belgilaydigan shartlar va 
tartiblarga ko'ra Ko'mitaning vazifasi muhimligiga qarab oladilar.
9.  Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi mazkur Konvensiyaga ko'ra, 
Qo'mitaning vazifalarini samarali bajarish uchun zarur bo'lgan xodimlar va moddiy 
mablag'lar bilan ta'minlab boradi.
18-modda
1.  Ishtirokchi davlatlar ushbu Konvensiyaning qoidalarini bajarish uchun qabul 
qilingan qonunchilik, sud, ma'muriy yoki boshqa choralar-tadbirlar to'g'risidagi va 

281
bu borada erishilgan siljishlar hakidagi ma'ruzani Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
Bosh kotibiga Qo'mitaning ko'rib chiqishi uchun tavdim etish majburiyatini oladilar, 
jumladan:
a)  manfaatdor davlat uchun mazkur Konvensiyaning kuchga kirgan kunidan 
boshlab bir yil ichida;
b) shundan keyin hyech bo'lmaganda har to'rt yilda va so'ngra, qachonki, bu xaqda 
Qo'mita rasmiy ravishda so'raganda.
2.  Ma'ruzalarda mazkur Konvensiya buyicha majburiyatlarni bajarish darajasiga 
ta'sir ko'rsatadigan qiyinchilik va omillar ko'rsatilishi mumkin.
19-modda
1.  Qo'mita o'zi shaxsiy bajaradigan ishlar tartibi qoidalarini tasdiqlaydi.
2.  Qo'mita ikki yil muddatga o'zining mansabdor shaxslarini saylaydi.
20-modda
1.  Qo'mita ushbu Konvensiyaning 18-moddasiga ko'ra taqsim etilgan ma'ruzalarni 
ko'rib chikish maqsadida, qoida bo'yicha ikki haftadan oshmaydigan davr ichida har 
yili majlis o'tkazib turadi.
2.  Qo'mitaning yig'ilishlari qoida bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Markaziy muassasalarida yoki boshqa Qo'mita tomonidan belgilanadigan boshqa 
istalgan qulay joyda o'tkaziladi.
21-modda
Qo'mita har yili Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash orqali o'zining faoliyati haqidagi 
ma'ruzasini Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga taqdim etadi va 
ishtirokchi davlatlardan olingan ma'ruza va axborotlarni o'rganishga asoslangan 
umumiy xarakterdagi taklif va tavsiyanomalarni kiritishi mumkin. Ishtirokchi 
davlatlarning fikrlari bilan birga agar shunday fikrlar bo'lsa umumiy xarakterdagi 
shunday taklif va tavsiyanomalar Qo'mitaning ma'ruzasiga qo'shimcha qilib kiritiladi.
Bosh kotib Qo'mita ma'ruzalarini xotin-qizlarning ahvoli bo'yicha Komissiyasiga 
axborot uchun jo'natib turadi.
22-modda
Ixtisoslashgan muassasalar o'zlarining faoliyat doirasiga kiradigan ushbu 
Konvensiyaning qoidacharini amalga oshirish to'g'risidagi masalalarni ko'rib chiqish 
chog'ida vakillik qilish huquqiga egadir. Qo'mita ixtisoslashgai muassasalarga 
Konvensiyani amalga oshirish bo'yicha ularning faoliyat doirasiga kiradigan 
sohalardagi ma'ruzalarni tayyorlashni taklif qilishi mumkin.
23-modda
Ushbu Konvensiyada hyech bir narsa erkak va xotin-qizlar o'rtasidagi teng hukuqlikka 
erishish imkoniyatlarini beruvchi quyida mavjud bo'lgan qoidalarga dahl kilmaydi:
a)  ishtirokchi davlatlarning qonunlarida, yoki;

282
b) shunday davlatlar uchun yuridik kuchga ega bo'lgan har qanday boshqa xalqaro 
konvensiya, bitim, yoki shartnomada.
24-modda
Ishtirokchi davlatlar mazkur Konvensiyada tan olingan huquqlar to'la amalga 
oshirilishiga erishish uchun milliy darajada barcha zarur choralarni ko'rish 
majburiyatini oladilar.
25-modda
1.  Mazkur Konvensiya barcha davlatlar tomonidan unga imzolanish uchun ochikdir.
2.  Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi mazkur Konvensiyaning 
depozitariysi etib tayinlanadi.
3.  Mazkur Konvensiya ratifikasiya qilinishi lozim. Ratifikasiya yorliqlari Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
4.  Mazkur Konvensiya unga barcha davlatlarning qo'shilishi uchun ochiqdir. Unga 
qo'shilish shu hakdagi hujjatni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash 
uchun topshirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
26-modda
1.  Mazkur Konvensiyani qayta ko'rib chiqish haqidagi iltimoslar Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi nomiga har qanday ishtirokchi davlatlar tomonidan 
yozma ravishda istalgan vaqtda xabarnoma orqali yo'llanishi mumkin.
2.  Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi, agar u qandaydir 
choralarni qabul qilish zarurligini e'tirof etsa, shu iltimosga nisbatan aynan qaysi 
choralarni ko'rish zarurligi haqida qaror qabul qiladi.
27-modda
Mazkur Konvensiya yigirmanchi ratifikasiya yorlig'i yoki qo'shilish haqidagi 
xujjatlar Birlashgan Millatlar TashkidotiningBosh kotibiga saqlash uchun 
topshirilgandan so'ng o'tgizinchi kundan boshlab kuchga kiradi.
Mazkur Konvensiyani ratifikasiya qiladigan yoki unga qo'shiladigan har bir 
davlat uchun ushbu Konvensiya yigirmanchi ratifikasiya yorlig'i yoki unga qo'shilish 
to'g'risidagi hujjat saqlash uchun topshirilgandan keyin ushbu Konvensiya har bir 
davlat uchun o'ttizinchi kundan boshlab kuchga kiradi.
28-modda
1.  Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ratifikasiya qilish yoki qo'shilish 
paytida davlatlar tomonidan aytilgan shartlarning matnini qabul qilib olib tarqatadi.
Mazkur Konvensiyaning maqsad va vazifalariga to'g'ri kelmaydigan qo'shimcha 
shartlar kiritilmaydi.
Shartlar hoxlagan vaqtda Bosh kotib nomiga yuborilgan tegishli bildirishnoma orqali 
bekor qilinishi mumkin, keyin esa Bosh kotib bu haqda barcha ishtirokchi davlatlarga 
ma'lum qiladi. Bunday bildirishnoma u olingan kundan boshlab kuchga kiradi.

283
29-modda
Mazkur Konvensiyani qo'llash yoki talqin etishga nisbatan ikki yoki bir nechta 
ishtirokchi davlatlar o'rtasidagi har kanday bahs muzokara yo'li bilan yechilmasa, 
unda tomonlardan birining iltimosiga binoan arbitraj muxokamasiga taqdim etiladi. 
Agar arbitraj muhokamasiga berilgan ariza olti oy ichida ikki tomonning kelishuviga 
imkon yaratmasa, unda xohlagan tomon shu bahs yuzasidan sud maqomiga ko'ra 
tegishli ariza orqali Xalqaro Sudga murojaat kilishi mumkin.
Har qaysi ishtirokchi davlat mazkur Konvensiyani imzolash, ratifikasiya qilish 
yoki qo'shilish paytida ushbu moddaning 1 bandida ko'rsatilgan majburiyatlar bilan 
o'zini bog'liq deb hisoblamasligini ta'kidlashi mumkin, boshqa ishtirokchi davlatlar 
ushbu moddaning ko'rsatilgan bandidan kelib chiqib, shunday shartni qo'ygan har 
qanday ishtirokchi davlatga nisbatan majburiyat olmaydilar.
Mazkur moddaning 2 bandiga tegishli shartlarni qo'ygan har qanday ishtirokchi 
davlat istagan paytda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga bildiripshoma 
yo'llash bilan o'z shartlarini olib tashlashi mumkin.
30-modda
Mazkur Konvensiya uning ingliz, arab, isian, xitoy, rus va fransuz tillaridagi 
matnlari aynan bir xildadir. Saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh 
kotibiga topshiriladi.
Yetarli vakolatga ega bo'lgan quyida imzo chekuvchilar ushbuni tasdiqlab, mazkur 
Konvensiyani imzoladilar.

284
MUNDARIJA
KIRISH SO'ZI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3
1-BOB
«INSON HUQUQLARI UMUMIY NAZARIYASI»  
FANINING TUSHUNCHASI, METODI, TIZIMI  
VA UNING AHAMIYATI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 8
1.1. «Inson huquqlari umumiy nazariyasi» fanining predmeti  
va vazifalari  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 8
1.2. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari uchun inson 
huquqlarining ahamiyatini belgilab beruvchi omillar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 11
1.3. «Inson huquqlari umumiy nazariyasi» fanining metodlari,  
tizimi va ahamiyati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 13
2-BOB
HOZIRGI ZAMON INSON HUQUQLARI KONSEPSIYASINING 
TARIXIY ILDIZLARI  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 16
2.1. Inson huquqlari to'g'risidagi g'oyalarning vujudga kelishi  
va inson shaxsi qadrlanishiga oid tasavvurlarning shakllanishi . . . . . . . . . . . . . . 16
2.2. Inson huquqlari konsepsiyasining rivojlanish bosqichlari . . . . . . . . . . . . . . . 20
2.3. O'zbekistonda inson huquqlari konsepsiyasi  
hozirgi rivojlanishi bosqichining xususiyatlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 24
3-BOB
INSON HUQUQLARI TUSHUNCHASI VA SHAXSNING  
HUQUQIY MAQOMI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 29
3.1. Inson huquqlari tushunchasi va mazmuni . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 29
3.2. Shaxsning huquqiy maqomi tushunchasi: tarkibi va turlari.  . . . . . . . . . . . . . 34
4-BOB
ASOSIY INSON HUQUQLARINING UMUMIY TAVSIFI 
VA MAZMUNI  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 39
4.1. Shaxsiy huquq va erkinliklarning mazmuni va mohiyati . . . . . . . . . . . . . . . . 39
4.2. Siyosiy huquqlarning tarkibi, tushunchasi va turlari  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 45
4.3. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlarning tushunchasi, tarkibi, turlari . . . 49
5-BOB
HOZIRGI ZAMONDA INSON HUQUQLARI TO'G'RISIDAGI ASOSIY 
XALQARO HUJJATLARNING TAVSIFI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 55
5.1. Hozirgi zamonda inson huquqlari to'g'risidagi asosiy  
xalqaro hujjatlarni qabul qilish sharoitlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 55

285
5.2. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining huquqiy mazmuni  
va ahamiyati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 57
5.3. Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro paktlar Xalqaro billning  
qismi sifatida  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 60
5.4. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro konvensiyalar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 63
5.5. Inson huquqlari sohasidagi mintaqaviy xalqaro hujjatlar . . . . . . . . . . . . . . . . 66
5.6. Jinoyat prosessida umume'tirof etilgan inson huquqlari  
prinsiplari va normalari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 71
6-BOB
INSON HUQUQLARI BO'YICHA XALQARO STANDARTLAR. INSON  
VA FUQARO HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI TIZIMI
UNING O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGIDA 
MUSTAHKAMLANISHI.  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 74
6.1. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar tushunchasi  . . . . . . . . . . . . . 74
6.2. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar implementasiyasi . . . . . . . . . 77
6.3. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida inson huquqlari  
va erkinliklari xalqaro standartlarining mustahkamlanishi  . . . . . . . . . . . . . . . . . 79
6.4. Adolatli sudlovni amalga oshirish sohasidagi  
xalqaro standartlar tushunchasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 82
7-BOB
INSON HUQUQLARI HIMOYASINING KAFOLATLARI MEXANIZMI 
VA UNING O'ZBEKISTONDA SHAKLLANISHI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 85
7.1. Inson huquqlari umumiy nazariyasida kafolatlar  
mexanizmi tushunchasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 85
7.2. O'zbekistonda inson huquqlari kafolatining huquqiy mexanizmlarini 
shakllanishi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 88
7.3. O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha milliy 
tashkilotlarining o'ziga xos xususiyatlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 90
8-BOB
INSON HUQUQLARINI TA'MINLASH KAFOLATINING XALQARO 
MEXANIZMI  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 95
8.1. Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro mexanizmining umumiy tasnifi  . . 95
8.2. Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish mexanizmi bo'yicha  
BMT tarkibi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 97
8.3. Inson huquqlarini himoya qilish borasida Yevropadagi hamda boshqa 
mintaqaviy xalqaro tashkilotlar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 107
9-BOB
HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR UCHUN INSON 
HUQUQLARINING XALQARO STANDARTLARI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 114

286
9.1. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tartibga soluvchi  
xalqaro-huquqiy hujjatlarning umumiy xarakteristikasi va tasniflanishi . . . . . . 114
9.2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida  
inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarni amalga oshirish . . . . . . . . . . . . . 118
9.3. Ichki ishlar organlar vazifalarini ado etilishida inson huquqlari  
va erkinliklarini ta'minlash  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 123
10-BOB
QIYNOQ HAMDA MUOMALA VA JAZOLASHNING  
QATTIQ SHAFQATSIZ, INSONIYLIKKA ZID VA QADR-QIMMATNI 
KAMSITUVCHI TURLARIGA QARSHI KONVENSIYA VA HUQUQNI 
MUHOFAZA QILISH ORGANLARI FAOLIYATI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 129
10.1. Qiynoqqa qarshi konvensiyaning umumiy tavsifi va mazmuni  . . . . . . . . . 129
10.2. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan . . . . . . . . . . . . 133
10.3. O'zbekiston Respublikasi davlat organlarining Qiynoqqa  
qarshi konvensiya talablarini amalga oshirish asoslari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 135
11-BOB
INSON HUQUQLARI VA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING  
JINOYAT-IJROIYA QONUNCHILIGI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 140
11.1. Mahkumlar bilan muomala qilishda inson huquqlari bo'yicha xalqaro 
standartlarning ahamiyati  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 140
11.2. Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro shartnomalar va ularning  
O'zbekiston Respublikasi Jinoiy-ijroiy kodeksida amalga oshirilishi . . . . . . . . . 142
12-BOB
ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMINING INSON HUQUQLARI 
MADANIYATI
12.1. Ichki ishlar idoralari xodimidan inson huquqlari madaniyatining  
estetik jixatlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 147
12.2. Ichki ishlar idoralari xodimining inson huquqlari  
etik madaniyati (axloqiy) o'rni . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 152
FOYDALANILANISH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN  
ADABIYOTLAR
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning asarlari  . . . . . . . . . . . . 159
Fan bo'yicha asosiy adabiyotlar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 160
Qo'shimcha adabiyotlar  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 166
ELEKTRON RESURSLAR (WEB. RESURSLAR) . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 173
XALQARO TASHKILOTLAR VA ULARNING QABUL QIILINGAN 
QISQARTMA NOMLARI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 174

287
INSON HUQUQLARI BUYICHA XALQARO HUJATLAR
1-ILOVA
INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARASIYASI . . . . . . . . . . . . . . . 198
2-ILOVA
FUQAROLIK VA SIYOSIY HUQUQLAR TO'G'RISIDAGI  
XALQARO PAKT . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 204
3-ILOVA
IQTISODIY, IJTIMOIY VA MADANIY HUQUQLAR  
TO'G'RISIDAGI XALQARO PAKT . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 222
4-ILOVA
FUQAROLIK VA SIYOSIY HUQUQLAR TO'G'RISIDAGI XALQARO 
PAKTGA 1-FAKULTATIV PROTOKOL . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 232
5-ILOVA
FUQAROLIK VA SIYOSIY HUQUQLAR TO'G'RISIDAGI  
XALQARO PAKTGA IKKINCHI FAKULTATIV PROTOKOL,  
O'LIM JAZONI BEKOR QILISHGA QARATILGAN . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 236
6-ILOVA
QIYNOQ HAMDA MUOMALA VA JAZOLASHNING  
QATTIQ SHAFQATSIZ, INSONIYLIKKA  
ZID YOKI QADR-QIMMATNI KAMSITUVCHI  
TURLARIGA QARSHI KONVENSIYA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 239
7-ILOVA
BOLA HUQUQLARI TO'G'RISIDA KONVENSIYA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 252
8-ILOVA
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI  
KAMSITILISHINING BARCHA SHAKLLARIGA  
BARHAM BERISH TO'G'RISIDA KONVENSIYA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 272

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
Inson huquqlari umumiy nazariyasi
Inson huquqlari umumiy nazariyasi: IIV tizimidagi ta’lim 
muassasalari tinglovchi va kursantlari, shuningdek huquqni muhofaza 
etuvchi organlar xodimlari uchun darslik.
Mas’ul muharrir: 
yuridik fanlar doktori, professor A. X. Saidov
Bosishga ruxsat etildi 12.10.2012 y. 
Adadi 550.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
100197, Toshkent sh., Intizor kuch., 68.

Download 2.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling