Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi


Download 2.94 Kb.

bet27/34
Sana09.02.2017
Hajmi2.94 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34

42-modda
1.  a) 41-moddaga muvofiq Qo'mitaga yuborilgan biror bir masala manfaatdor 
ishtirokchi-davlatlarni qoniqtiradigan darajada yechilmagan bo'lsa, Qo'mita manfaatdor 
ishtirokchi-davlatlarning oldindan bergan roziligiga binoan maxsus Kelishtiruvchi 
komissiya (bundan buyon «Komissiya») tayinlashi mumkin. Mazkur Pakt qoidalariga 
rioya qilgan holda masalani yaxshilik bilan hal etish maqsadida manfaatdor ishtirokchi-
davlatlarga Komissiya xolis xizmat ko'rsatadi.
b) Komissiya manfaatdor ishtirokchi-davlatlarga maqbul besh nafar shaxsdan iborat 
bo'ladi. Agar manfaatdor ishtirokchi-davlatlar uch oy mobaynida Komissiyaning 
to'liq yoki qisman tarkibi borasida bir to'xtamga kelolmasa, tayinlanmoqchi bo'lgan, 

218
ammo bir to'xtamga kelinmagan Komissiya a'zolari yashirin ovoz berish yo'li bilan 
Qo'mita a'zolarining aksariyati, ya'ni uchdan ikki qismi ovozi bilan saylanadi.
2.  Komissiya a'zolari o'z azifalarini o'z nomidan bajaradi.
Ular ushbu Paktda qatnashmayotgan manfaatdor ishtirokchi-davlatlarning yoki 
41-moddaga binoan bayonot bermagan qatnashchi-davlatning fuqarolari bo'la olmaydi.
3.  Komissiya o'z raisini saylaydi va o'z shaxsiy tartib-qoidalarini belgilaydi.
4.  Komissiya yig'ini odatda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy 
muassasalarida yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi bo'limida 
o'tkaziladi. Ammo yig'inlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi va 
tegishli ishtirokchi-davlatlar bilan maslahatlashilgan holda, Komissiya tomonidan 
belgilanadigan qulay joylarda ham o'tkazilishi mumkin.
5.  36-moddaga muvofiq taqdim etiladigan kotibiyat shuningdek, mazkur modda 
asosida tayinlanadigan Komissiyaga xizmat ko'rsatadi.
6.  Qo'mita tomonidan olingan va o'rganilgan axborot Komissiya ixtiyoriga taqdim 
etiladi va Komissiya axborot ishiga aloqador har qanday ma'lumotni taqdim etishlarini 
so'rab manfaatdor ishtirokchi-davlatlarga murojaat qilishi mumkin.
7.  Komissiya masalani to'liq ko'rib chiqqanida (lekin hamma hollarda mazkur masala 
unga ko'rib chiqish uchun berilganidan keyin eng ko'pi bilan 12 oydan kechikmay), u 
manfaatdor ishtirokchi-davlatlarga yuborish uchun Qo'mita raisiga ma'ruza taqdim etadi:
a)  agar Komissiya o'n ikki oy mobaynida mazkur masalani ko'rib chiqishni tugallay 
olmasa, u o'z ma'ruzasida o'sha masalani ko'rib chiqish qay ahvolda ekanligini 
qisqacha bayon etish bilan cheklanadi;
b) agar masala mazkur Paktda tan olingan inson huquqlariga rioya etish asosida 
yaxshilik bilan hal etilgan bo'lsa, Komissiya o'z ma'ruzasida dalillar va kelishilgan 
qarorlarni qisqacha bayon etish bilan cheklanadi;
c)  agar “b” kichik bandida ta'kidlangan bir to'xtamga kelinmagan bo'lsa, Komissiya 
ma'ruzasi manfaatdor ishtirokchi-davlatlar o'rtasidagi bahsga aloqador barcha ashyoviy 
dalillar borasidagi xulosalardan va Komissiyaning ushbu masalani yaxshilik bilan 
hal etish to'g'risidagi fikr-mulohazalaridan iborat bo'ladi.
Mazkur ma'ruza tarkibiga manfaatdor davlatlarning yozma va og'zaki 
taqdimnomalari kiradi;
d) agar Komissiya ma'ruzasi “s” kichik bandiga muvofiq taqdim etilayotgan bo'lsa, 
manfaatdor ishtirokchi davlatlar o'sha ma'ruzani olganidan so'ng uch oy muddat 
mobaynida ma'ruza mazmuni maqbul yoki nomaqbulligi haqida Qo'mita raisiga 
ma'lum qiladi.
8.  Ushbu moddaning qarorlari 41-moddada ko'rsatilgan Qo'mita majburiyatlarini 
kamsitmaydi.
9.  Manfaatdor ishtirokchi-davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi 
taqdim etgan smetaga muvofiq Komissiya a'zolarining barcha harajatlarini baravar 
ko'taradilar.
10. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi, agar zarur bo'lsa, ushbu moddaning 
9 bandiga binoan manfaatdor ishtirokchi-davlatlar Qo'mita a'zolarining xarajatini 
qoplaguncha o'sha xarajatlarni to'lash huquqiga ega.

219
43-modda
42-moddaga muvofiq tayinlanishi mumkin bo'lgan Qo'mita a'zolari va maxsus 
Kelishtiruvchi Komissiya a'zolari Birlashgan Millatlar Tashkilotining imtiyozlari 
va immunitetlari haqidagi Konvensiyaning tegishli bo'limlarida ta'kidlanganidek, 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti xizmat safariga jo'natadigan ekspertlar imtiyozlari, 
yengilliklari va immunitetlaridan foydalanish huquqiga ega.
44-modda
Ushbu Paktni amalga oshirish haqidagi qoidalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti va 
ixtisoslashtirilgan muassasalarining ta'sis hujjatlarida ko'rsatilgan yoki ularga muvofiq 
bo'lgan inson huquqlari borasidagi taomillarga zarar yetkazilmasdan qo'llanadi 
hamda mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga ular o'rtasidagi umumiy va maxsus 
bitimlarga binoan amal qilayotgan nizolarni hal etishda boshqa tartib-qoidalarni 
qo'llashga to'siq bo'la olmaydi.
45-modda
Qo'mita Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga Iqtisodiy va Ijtimoiy 
Kengash orqali o'z ishi haqida yilik ma'ruzani taqdim etadi.
V QISM
46-modda
Ushbu Paktdagi hyech bir narsa mazkur Paktga tegishli bo'lgan predmetlar 
bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli organlari va ixtisoslashtirilgan 
muassasalarining tegishli burch-333 larini aniqlab beradigan Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti Nizomining va ixtisoslashtirilgan muassasalar Nizomi qarorlarining 
ahamiyatini pasaytiradi, deb talqin qilinishi mumkin emas.
47-modda
Ushbu Paktdagi hyech bir narsa barcha xalqlarning o'z tabiiy boyliklari va 
resurslariga to'laligicha va erkin egalik qilish hamda foydalanish borasidagi ajralmas 
huquqini kamsitadi, deb talqin qilinishi mumkin emas.
VI QISM
48-modda
1.  Mazkur Pakt Birlashgan Millatlar Tashkilotining yoki uning ixtisoslashtirilgan 
muassasalarining a'zosi bo'lgan har bir davlat tomonidan, Xalqaro Sud Statusining 
ishtirokchisi bo'lgan har qanday davlat tomonidan, ushbu Paktda qatnashish uchun 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi taklif qilgan har qanday davlat 
tomonidan imzolash uchun ochiqdir.
2.  Ushbu Pakt ratifikasiya qilinishi kerak. Ratifikasiya yorliqlari Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.

220
3.  Ushbu Pakt mazkur moddaning 1 bandida ko'rsatilgan har qanday davlatning 
qo'shilishi uchun ochiqdir,
4.  Qo'shilish haqidagi hujjat saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
kotibiga topshirilgach, qo'shilish yakunlanadi.
5.  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ushbu Paktni imzolagan yoki unga 
qo'shilgan barcha davlatlarni ratifikasiya yorlig'i yoki qo'shilish to'g'picidagi hujjati 
saqlash uchun topshirilganligi borasida xabardor qiladi.
49-modda
1.  Mazkur Pakt Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga qo'shilish haqidagi 
o'ttiz birinchi ratifikasiya yorlig'i yoki hujjat saqlash uchun topshirilgan kundan 
boshlab uch oy o'tgach kuchga kiradi.
2.  Ushbu Paktni ratifikasiya qilgan yoki unga qo'shilgan har bir davlat uchun 
qo'shilish haqidagi o'ttiz beshinchi ratifikasiya yorlig'i yoki hujjat saqlash uchun 
qabul qilinganidan so'ng mazkur Pakt o'sha davlatning o'zi ratifikasiya qilgan yorlig'i 
yoki qo'shilish to'g'risidagi hujjat saqlash uchun topshirilgan kundan boshlab uch oy 
o'tgach kuchga kiradi.
50-modda
Mazkur Pakt qarorlari biror bir cheklashlarsiz yoki olib tashlashsiz federativ 
davlatlarning hamma qismlariga tatbiq etiladi.
51-modda
1.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har qanday davlat tuzatishlar taklif etishi va ularni 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim qilishi mumkin. Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi har qanday taklif etilgan tuzatishlarni mazkur Paktda 
ishtirok etuvchi davlatlarga yuboradi va unga ushbu davlatlar mazkur takliflarni ko'rib 
chiqish va bu borada ovoz berish maqsadida ishtirokchi-davlatlar konferensiyasini 
chaqirishni ma'qullashyaptimi yoki ma'qullashmayaptimi ekanligini xabar qilishini 
so'rab iltimos qiladi.
Agar ishtirokchi davlatlarning kamida uchdan bir qismi shunday konferensiya 
chaqirishni ma'qullasa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida Bosh kotib bu 
konferensiyani chaqiradi.
Ushbu Konferensiyada ishtirok etib, ovoz berishda qatnashuvchi ishtirokchi-
davlatlarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qilingan har qanday tuzatish Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga tasdiqlatish uchun taqdim etiladi.
2.  Tuzatishlar ularni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 
tasdiqlagandan so'ng ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning uchdan bir qismi 
qabul qilishi bilan mazkur davlatlar Konstitusiyasi tartib-qoidalariga asosan kuchga 
kiradi.
3.  Tuzatishlar kuchga kirgan paytdan boshlab, uni qabul qilgan ishtirokchi-davlatlar 
uchun majburiy bo'lib qoladi, boshqa ishtirokchi-davlatlar uchun esa mazkur Pakt 
qarorlari va ular ilgari qabul qilgan har qanday tuzatishlarni bajarish majburiy bo'ladi.

221
52-modda
46-moddaning 5 bandiga muvofiq qilinadigan bildirishlardan qat'iy nazar, Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o'sha moddaning 1 bandida ta'kidlangan barcha 
davlatlarni quyidagilar xususida xabardor qiladi:
a)  48-moddaga muvofiq imzolash, ratifikasiya qilish va qo'shilish haqida;
b) 48-moddaga muvofiq ushbu Paktning kuchga kirish sanasi va 51-moddaga 
muvofiq har qanday tuzatishlarning kuchga kirish sanasi haqida.
53-modda
1.  Ushbu Pakt ingliz, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida tuzilgan va barchasi 
teng kuchga ega hamda ular Birlashgan Millatlar Tashkiloti arxiviga saqlash uchun 
topshirilishi kerak.
2.  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Paktning tasdiqlangan 
nusxalarini 48-moddada ko'rsatilgan barcha davlatlarga jo'natadi.

222
3-ilova
IQTISODIY, IJTIMOIY VA MADANIY HUQUQLAR TO'G'RISIDAGI 
XALQARO PAKT
Bosh Assambleyaning 1966 yil 16 dekabrdagi 2200 A(XXI)-rezolyusiyasi bilan 
imzolash, ratifikasiya qilish va qo'shilish uchun qabul qilingan va ochilgan.
1976 yil 3 yanvardan kuchga kirgan.
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Nizomida e'lon qilingan prinsiplarga muvofiq, insoniyat oilasining hamma a'zolariga 
xos bo'lgan qadr-qimmat hamda teng va buzilmas huquqlarini tan olish prinsiplari 
ozodlik, adolat va yalpi tinchlikning negizi ekanligini e'tiborga olib, ushbu huquqlar 
inson shaxsiga xos qadr-qimmatdan kelib chiqishini e'tirof etib, Inson huquqlari 
umumjahon deklarasiyasiga muvofiq qo'rquv va muhtojlikdan holi bo'lgan ozod inson 
shaxsining ideali har bir kishi o'z fuqarolik va siyosiy huquqlaridan, shuningdek, o'z 
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlaridan foydalanishi mumkin bo'lgan sharoit 
yaratilgandagina ro'yobga chiqishini e'tirof etib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Nizomiga ko'ra davlatlar inson huquqlari va erkinliklariga umum rioya etishi hamda 
hurmat qilishini rag'batlantirishi shart ekanligini e'tiborga olib, har bir alohida inson 
boshqa odamlar va o'zi mansub jamoaga nisbatan majburiyati bo'lgani holda mazkur 
Paktda tan olinayotgan huquqlarni rag'batlantirish va ularga rioya etishga erishishi 
lozimligini e'tiborga olib, quyidagi moddalar borasida kelishib oldilar:
I QISM
1-modda
1.  Barcha xalqlap o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga egadir. Ushbu huquq orqali 
ular o'z siyosiy maqomini va o'z iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotini erkin 
holda ta'minlaydi.
2.  Barcha xalqlar o'z maqsadlariga erishmoq uchun o'z tabiiy boyliklari va resurslariga 
egalik qiladi, bunda o'zaro foyda prinsipiga asoslangan xalqaro iqtisodiy hamkorlik va 
xalqaro huquqdan kelib chiqadigan biror bir majburiyatga zarar yetmasligi lozim.
Hyech bir xalq o'ziga tegishli bo'lgan tirikchilik vositalaridan hyech qachon 
mahrum qilinmasligi shart.
3.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi barcha davlatlar, shu jumladan, o'z-o'zini boshqara 
olmayotgan va vasiy bo'lgan hududlarni boshqarish uchun javob beruvchi davlatlar 

223
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi qoidalariga muvofiq o'z taqdirini o'zi 
belgilash huquqini amalga oshirishni rag'batlantirishlari va bu huquqni hurmat 
qilishlari lozim.
II QISM
2-modda
1.  Ushbu Paktda qatnashuvchi har bir davlat yakka tartibda va xalqaro yordam va 
hamkorlik tartibida, jumladan, iqtisod va texnika sohalarida mazkur Paktda e'tirof 
etilgan huquqlarning asta-sekin to'liq ro'yobga chiqishini ta'minlash uchun barcha 
zarur usullar bilan, jumladan, qonuniy choralar ko'rish orqali mavjud resurslarning 
iloji boricha keng doirasida tadbirlar ko'rish majburiyatini oladi.
2.  Ushbu Paktda qatnashuvchi davlatlar mazkur Paktda e'lon qilingan huquqlarni 
biror bir kamsitishsiz, ya'ni irqi, tana rangi, jinsi, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodidan, 
milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, nasl-nasabi yoki boshqa holatlardan 
qat'iy nazar, kafolatlash majburiyatini oladilar.
3.  Rivojlanayotgan mamlakatlar inson huquqlari va o'z xalqi xo'jaligini zarur 
tarzda hisobga olgan holda o'z mamlakatlari fuqarolari bo'lmagan shaxslarga mazkur 
Paktda e'tirof etilayotgan iqtisodiy huquqlar uchun qay darajada kafolat berishlarini 
o'zlari belgilashlari mumkin.
3-modda
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur Paktda ko'rib chiqilgan hamma 
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlardan foydalanishda erkaklar va ayollarga teng 
huquq berish majburiyatini oladilar.
4-modda
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur Paktga ko'ra biror bir davlat 
huquqlardan foydalanish borasida shunday cheklashlarni belgilashi mumkinligini, bu 
qonunda aks etib, o'sha cheklashlar qayd etilgan huquqlar tabiatiga uyg'un bo'lishini 
hamda u demokratik jamiyatda umumiy farovonlikka ko'maklashish maqsadidagina 
bo'lishi lozimligini e'tirof etadilar.
5-modda
1.  Mazkur Paktdagi biror bir narsa birorta davlat, birorta guruh yoki birorta shaxs 
ushbu Paktda e'tirof etilgan har qanday huquq va erkinlikni yo'q qilishga qaratilgan 
yoki shu Paktda ta'kidlanganidan ko'ra ko'proq cheklashga qaratilgan faoliyat bilan 
shug'ullanish yoki qandaydir xatti-harakat sodir etish huquqiga ega, degan mazmunda 
talqin etilishi mumkin emas.
2.  Ushbu Paktda ishtirok etayotgan biror bir davlatda qonun, konvensiya, qoida 
yoki urf-odat tariqasida tan olingan yoki mavjud bo'lgan insonning asosiy huquqlari 
ushbu Paktda tan olinmaydi yoki kam miqdorda tan olinadi, degan bahonada bu 
huquqlar cheklanishi yoki pisand etilmasligiga yo'l qo'yilmaydi.

224
III QISM
6-modda
1.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir insonning ishlab mablag' topish 
imkoniyatini qamrab oladigan mehnat qilish huquqini tan oladi. Mehnat turini har bir 
odam erkin holda tanlaydi yoki erkin holda rozi bo'ladi. Shu Pakt ishtirokchisi bo'lgan 
davlatlar esa fuqarolarni mazkur huquq bilan ta'minlash uchun zarur choralar ko'radi.
2.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur huquqni to'liq amalga oshirish 
maqsadida ko'rish kerak bo'lgan tadbirlarga hunar-texnika ta'limi va tayyorgarlik 
dasturi, insonning asosiy siyosiy va iqtisodiy erkinliklariga kafolat beruvchi 
sharoitlarda uzluksiz holda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotga odamlarning 
ishlab chiqarishda to'liq band bo'lishiga erishish usuli va yo'llari kiradi.
7-modda
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining adolatli va qulay shart-
sharoitga ega bo'lgan mehnat qilish huquqini, jumladan quyidagilarni tan oladi:
a)  barcha mehnatkashlarga kamida quyidagilarni ta'minlaydigan haq;
i)  teng qiymatga ega mehnat uchun hyech bir tafovutsiz adolatli ish haqi va teng 
daromad, ayni paytda jumladan, ayollarga erkaklarnikidan kam bo'lmagan mehnat 
sharoitiga kafolat berilishi hamda teng mehnat uchun teng haq to'lanishi kerak;
ii) mazkur Paktning qarorlariga muvofiq ular va ularning oilalari uchun qoniqarli 
bo'lgan turmush;
b) xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beruvchi ish sharoiti;
c)  mehnat staji va malaka asosidagina ishda tegishli yanada yuqoriroq mansablarga 
ko'tarilish uchun bir xil imkoniyat;
d) dam olish, bo'sh vaqt imkoniyatining bo'lishi va oqilona cheklangan ish vaqti 
hamda haq to'lanadigan ta'til, shuningdek, bayram kunlari uchun haq.
8-modda
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar quyidagilarni ta'minlash majburiyatini 
oladilar:
a)  har bir insonning o'z iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini amalga oshirish va 
himoyalash uchun kasaba uyushmalari tashkil etish va o'z ixtiyori bilan ana shu 
uyushmalarga kirish huquqi. Buning uchun tegishli tashkilot qoidalariga rioya 
qilish shart. Ko'rsatib o'tilgan huquqdan foydalanishga hyech bir cheklanish 
qo'yilmaydi, qonunda ko'zda tutilgan va demokratik jamiyatda davlat xavfsizligi 
yoki jamoat tartibi manfaatlari yo'lidagi, yoki boshqalarning huquq va erkinligini 
muhofaza etishdagi huquqlar bundan mustasno;
b) kasaba uyushmalarining milliy federasiya yoki konfederasiya tuzish huquqi va 
milliy federasiya, konfederasiyalarning xalqaro kasaba uyushmalari tuzish yoki 
shu kabi uyushmalarga birlashish huquqi;
c)  kasaba uyushmalarining hyech bir to'siqsiz, cheklashlarsiz faoliyat yuritish 
huquqi, qonunda ko'zda tutilgan va demokratik jamiyatda davlat xavfsizligi yoki 

225
jamoat tartibi manfaati yoki boshqalarning huquq va erkinligini muhofaza etish 
uchun zarur bo'lgan huquqlari bundan mustasno;
d) har bir mamlakatning qonunlariga muvofiq amalga oshiriladigan ish tashlash 
huquqi.
2.  Ushbu modda qurolli kuchlar, polisiya yoki davlat ma'muriyati tarkibidagi 
shaxslar uchun mazkur huquqlardan foydalanishda qonuniy cheklash kiritilishiga 
to'sqinlik qilmaydi.
3.  Ushbu moddadagi hyech narsa 1948 yilgi Xalqaro mehnat tashkilotining 
konvensiyasida ishtirok etuvchi davlatlarga uyushmalar erkinligi va tashkilotlar 
tuzish huquqini himoya qilish ko'rsatilgan konvensiyada nazarda tutilgan kafolatlarga 
ziyon yetkazgan holda qonuniy aktlar qabul qilish yoki ushbu kafolatlarga ziyon 
yetkazadigan qonunni qo'llash huquqini bermaydi.
9-modda
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir insonning ijtimoiy ta'minlanish, 
jumladan, ijtimoiy sug'urta huquqini e'tirof etadi.
10-modda
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar quyidagilarni tan oladi:
1.  Jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi hisoblanmish oilaga imkoni boricha keng 
ko'lamda yordam berilishi va muhofaza etilishi zarur. Ayniqsa, u shakllanayotgan 
davrda bunday ko'mak zarur, chunki mustaqil bo'lmagan bolalar va ular tarbiyasi 
borasidagi g'amxo'rlik hozircha oila zimmasiga tushmoqda, nikoh nikohdan 
o'tayotganlarning erkin roziligiga ko'ra tuzilmog'i lozim.
2.  Bola tug'ilishidan oldin va undan keyingi davrda onalarga alohida e'tibor 
berilishi lozim. Bu davr mobaynida ishlovchi onalarga haq to'lanadigan ta'til yoki 
ijtimoiy ta'minot bo'yicha yetarli nafaqa bilan ta'til berilishi kerak.
3.  Barcha bolalar va o'smirlarga hyech bir kamsitishsiz, oilaviy kelib chiqishi yoki 
boshqa belgilaridan qat'iy nazar, alohida himoya choralari va yordam ko'rsatilishi 
shart. Bolalar va o'smirlar iqtisodiy va ijtimoiy ekspluatasiyadan himoyalangan bo'lishi 
kerak. Ularning mehnatini axloqi va salomatligi uchun zararli bo'lgan yoki hayot 
uchun xavfli sohalarda, yoki ularning normal o'sishi uchun zarar keltirishi mumkin 
bo'lgan sohalarda qo'llash qonun bilan jazolanishi kerak. Bundan tashqari, davlat 
shunday yosh chegarasini belgilab qo'yishi kerakki, shu chegaradan quyi yoshdagi 
bolalar mehnatidan foydalanish ta'qiqlanishi va qonun bilan jazolanishi lozim.
11-modda
1.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishi o'zi va oilasi uchun 
yetarlicha oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy hamda turmush sharoiti to'xtovsiz 
yaxshilanib borishini o'z ichiga oladigan yetarli turmush darajasi bo'lish huquqini 
e'tirof etadi. Mazkur ishtirokchi-davlatlar ushbu huquqlar amalga oshirilishini 
ta'minlash uchun zarur choralarni ko'radi, ayni paytda erkin kelishuvga asoslangan 
xalqaro hamkorlikning bu boradagi muhim ahamiyatini e'tirof etadi.

226
2.  Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining ochlikdan holi 
bo'lishdek asosiy huquqini tan olgan holda, quyidagi vazifalarni amalga oshirish 
uchun aniq dasturlarni o'tkazishni qamrab oladigan zarur choralarni ko'rishlari kerak:
a)  texnik va ilmiy bilimlardan keng ko'lamda foydalanish, ov-qatlanish tamoyillari 
to'g'risidagi bilimlarni yoyish, tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanish va 
o'zlashtirish uchun agrar tizimni takomillashtirish yoki isloh qilish yo'li bilan oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, saqlash va taqsimlash uslublarini yaxshilash; va
b) ehtiyojga muvofiq va oziq-ovqat mahsulotlarini import yoki eksport qiluvchi 
mamlakatlarning muammolarini hisobga olgan holda, jahondagi oziq-ovqat 
zahiralarining adolatli taqsimlanishini ta'minlash.
12-modda
1.  Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining jismoniy va ruhiy 
salomatlik jihatdan oliy darajaga yetishi huquqini e'tirof etadi.
2.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ko'rishi kerak bo'lgan choralar quyidagi 
ishlar uchun zarur tadbirlarni o'z ichiga oladi:
a)  o'lik go'daklar tug'ilishini va bolalar o'limini qisqartirish hamda bolalarning 
sog'lom rivojlanishini ta'minlash;
b) tashqi muhitning hamma jihatlarini va sanoatda mehnat gigiyenasini yaxshilash;
c)  yuqumli, endemik, kasbiy va boshqa kasalliklar oldini olish, davolash hamda 
ularga qarshi kurashish;
d) kasal bo'lgan hollarda hammaga tibbiy yordam ko'rsatish va tibbiy parvarishni 
ta'minlaydigan sharoit yaratish.
13-modda
1.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining ta'lim olish huquqini 
e'tirof etadi. Ular ta'lim inson shaxsining to'liq rivojlanishi va uning qadr-qimmatini 
anglashiga qaratilgan bo'lishi lozim, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishni 
mustahkamlash zarur, degan fikrga keladi. Shuningdek, ta'lim barchaga erkin jamiyatning 
foydali a'zolari bo'lishga imkon yaratishi, barcha irqiy, etnik va diniy guruhlar o'rtasidagi 
do'stlikka, xayrixohlikka va sabr-toqatli bo'lishga hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
tinchlikni saqlash borasidagi ishiga ko'maklashishi lozim, degan fikrga keladi.
2.  Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu huquqlarning to'liq amalga 
oshirilishi uchun quyidagi ishlarni amalda bajarish kerakligini e'tirof etadi:
a)  boshlang'ich ta'lim hamma uchun majburiy va tekin bo'lishi kerak;
b) o'rta ta'limning barcha shakllari, jumladan, hunar-texnika o'rta ta'limi ochiq 
bo'lishi va barcha zarur choralar ko'rilib, xususan, asta-sekin pulsiz ta'lim olishni 
joriy etish yo'li bilan barchaning imkoni yetadigan darajaga erishish lozim;
c)  har bir insonning qobiliyatini hisobga olgan holda barcha zarur choralarni 
ko'rish, xususan, asta-sekin bepul ta'lim olishni joriy etish yo'li bilan oliy ta'lim 
olish hamma uchun imkon yetadigan darajada bo'lishiga erishish kerak;
d) oddiy ta'lim, boshlang'ich ta'limning to'liq kursini o'tmagan yoki tugallamagan 
kishilar uchun imkon boricha rag'batlantirilishi yoki jadallashtirilishi lozim;

227
e)  barcha darajadagi maktablar tarmoqlari faol rivojlantirilishi, stipendiyalarning 
qoniqarli tizimi belgilanishi va o'qituvchilarning moddiy ahvoli doimiy ravishda 
yaxshilanib borishi kerak.
3.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ota-onalarning va tegishli hollarda 
qonuniy vasiylarning o'z farzandlari uchun davlat hokimiyati ta'sis etgan 
maktablarnigina emas, ta'lim olish uchun davlat tomonidan belgilanishi yoki 
tasdiqlanishi mumkin bo'lgan eng kam talabga javob beruvchi maktablarni ham 
tanlab olish erkini hurmat qilish majburiyatini oladi. Ota-onalar yoki qonuniy 
vasiylarning bu erkiga o'z shaxsiy e'tiqodiga ko'ra farzandlarini diniy va axloqiy 
ta'lim bilan ta'minlashlari ham kiradi.
4.  Mazkur moddaning hyech bir qismi ayrim shaxslar va muassasalarning ushbu 
moddaning birinchi bandida bayon qilingan tamoyillarga og'ishmay rioya etib va 
ushbu muassasalarda berilayotgan ta'lim davlat tomonidan belgilab qo'yilishi mumkin 
bo'lgan eng kam talablarga javob berishiga rioya qilib o'quv yurtlari ochish borasidagi 
erkinligini kamsitadi, degan mazmunda talqin qilinmasligi kerak.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling