Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi


Download 2.94 Kb.

bet28/34
Sana09.02.2017
Hajmi2.94 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34

14-modda
Ushbu Pakt ishtirokchilari qatoriga kirishgacha bo'lgan vaqtga qadar o'z 
metropoliyasida yoki yurisdiksiyasida tekin majburiy boshlang'ich ta'limni joriy eta 
olmagan mazkur Pakt a'zosi bo'lgan har bir davlat ikki yil ichida tekin majburiy ta'lim 
tamoyilini amalga oshirish uchun mufassal tadbirlar rejasini ishlab chiqish majburiyatini 
oladi. Ushbu rejani hayotga tatbiq etishning oqilona muddati o'sha rejada ko'rsatiladi.
15-modda
1.  Mazkur Paktda ishtirok etayotgan davlatlar har bir insonning quyidagi 
huquqlarini e'tirof etadi:
a)  madaniy hayotda ishtirok etish;
b) ilmiy taraqqiyot va uni amalda qo'llash natijalaridan foydalanish;
c)  o'zi muallif bo'lgan har qanday ilmiy, adabiy yoki badiiy mehnat bilan bog'liq 
holda yuzaga keluvchi moddiy va ma'naviy manfaatlar himoyasidan foydalanish.
2.  Ushbu huquqlarni to'la amalga oshirish uchun mazkur Paktda ishtirok etayotgan 
davlatlar qabul qilishi kerak bo'lgan tadbirlar fan va madaniyat yutuqlarini himoyalash, 
rivojlantirish va yoyish uchun zarur bo'lganlarini qamrab oladi.
3.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyat uchun 
so'zsiz zarur bo'lgan erkinlikni hurmat qilish majburiyatini oladi.
4.  Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ilmiy va madaniy sohalarda xalqaro 
aloqalarni rag'batlantirish va rivojlantirish orqasidan keladigan nafni tan oladi.
IV QISM
16-modda
1.  Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu Paktning shu qismiga 
muvofiq, mazkur Paktda tan olingan huquqlarga rioya etishga erishish 

228
borasida ko'rilayotgan tadbirlar hamda siljishlar haqida ma'ruzalar taqdim 
etish majburiyatini oladi.
2.  a) Barcha ma'ruzalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim 
etiladi, u esa ko'rib chiqish uchun mazkur Pakt qoidalariga muvofiq Iqtisodiy va 
Ijtimoiy Kengashga ma'ruzalarning nusxasini yuboradi;
b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Paktda ishtirok etuvchi 
davlatlarning ma'ruzalarini yoki ma'ruzalarning tegishli qismini ushbu davlatlar 
a'zo bo'lgan muassasalarga yuboradi, chunki ana shu ma'ruzalar yoki ma'ruzalarning 
qismlari konstitusion aktlarga muvofiq o'sha muassasalarning vazifasi doirasiga 
kiradigan barcha masalalarga aloqadordir.
17-modda
1.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash tomonidan 
mazkur Pakt kuchga kirgandan so'ng bir yil mobaynida ishtirokchi davlatlar va 
ixtisoslashgan manfaatdor muassasalar bilan maslahatlashib berilgan dasturga 
muvofiq bosqichma bosqich o'z ma'ruzalarini taqdim etadi.
2.  Mavzularda ushbu Pakt bo'yicha majburiyatlar bajarilishi darajasiga ta'sir 
etuvchi omillar va qiyinchiliklar ko'rsatilishi mumkin.
3.  Agar tegishli ma'lumot ushbu Paktda ishtirok etuvchi biror bir davlat tomonidan 
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yoki biror bir ixtisoslashtirilgan muassasaga 
ilgariroq xabar qilingan bo'lsa, bu ma'lumotlarni qayta bayon etishga hojat yo'q va 
shu taxlitda xabardor etilgan ma'lumotlarga aniq tayanish yetarli bo'ladi.
18-modda
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga ko'ra 
inson huquqlari hamda asosiy erkinliklari borasidagi burchlarini bajarish uchun 
ixtisoslashtirilgan muassasalar bilan ushbu muassasalar faoliyatiga aloqador bo'lgan 
ushbu Pakt qarorlariga rioya etilishiga erishish yo'lida qanchalik siljishlar bo'lgani 
haqida ma'ruzalar taqdim etish borasida kelishib olishi mumkin. Bu ma'ruzalar shu 
taxlitda amalga oshirish to'g'risida ixtisoslashtirilgan muassasalar obro'li organlari qabul 
qilayotgan qaror va tavsiyanomalarning tafsilotlarini ham o'z ichiga olishi mumkin.
19-modda
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Inson huquqlari bo'yicha komissiyaga ko'rib chiqish 
va umumiy tavsiyalar berish uchun yoki tegishli hollarda inson huquqlariga aloqador 
masalalar borasida ma'lumot uchun 16–17-moddalarga binoan davlatlar taqdim 
etayotgan ma'ruzalarni axborot uchun berishi, shuningdek, 18-moddaga muvofiq 
ixtisoslashgan muassasalar taqdim etgan inson huquqlariga aloqador ma'ruzalar 
berishi mumkin.
20-modda
Mazkur Paktda ishtirok etuvchi manfaatdor davlatlar va ixtisoslashtirilgan 
muassasalar Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga 19-moddaga muvofiq har qanday 

229
umumiy tavsiyanoma borasida yoki Inson huquqlari bo'yicha komissiyaning har 
qanday ma'ruzasidagi ana shunday umumiy tavsiyanomaga tayanish xususida yoki 
o'sha joyda tayanilayotgan har qanday hujjat borasida mulohaza taqdim etishi mumkin.
21-modda
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash vaqti-vaqti bilan Bosh Assambleyaga ushbu Paktda 
tan olinayotgan huquqlarga yalpi rioya etilishini ta'minlash borasida qabul qilingan 
choralar va erishilgan natijalar to'g'risida mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar 
hamda ixtisoslashtirilgan muassasalardan olinadigan ma'lumotlarning qisqacha 
bayoni va umumiy tusdagi tavsiyanomalar bilan ma'ruzalar taqdim etishi mumkin.
22-modda
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Birlashgan Millatlar Tashkiloti boshqa organlari 
ularning yordamchi organlari va texnik yordam ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi 
ixtisoslashtirilgan muassasalarning diqqat-e'tiborini mazkur Paktning ushbu qismida 
eslatilayotgan ma'ruzalar tufayli yuzaga kelayotgan har qanday masalalarga qaratishi 
mumkin, zero, bu hol ana shu organlar tomonidan vakolatlari doirasida ushbu Paktni 
asta-sekin amalga oshirishga ko'maklashish mumkin bo'lgan xalqaro tadbirlarning 
qanchalik maqsadga muvofiqligi borasida qarorlar chiqarishida foydali bo'lishi mumkin.
23-modda
Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar konvensiyalar tuzish, tavsiyanomalar 
qabul qilish, maslahat maqsadida mintaqaviy va texnik kengash o'tkazish, shuningdek, 
manfaatdor hukumatlar bilan hamkorlikda tashkiliy tadqiqotlar olib borish ushbu 
Paktda e'tirof etilayotgan huquqlarni amalga oshirishga yordam beruvchi xalqaro 
tadbirlar qatoriga kiradi, deb kelishadilar.
24-modda
Ushbu Paktdagi hyech bir narsa Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli organlari 
va ixtisoslashtirilgan muassasalarning mazkur Paktga daxldor masalalari borasidagi 
tegishli majburiyatlarini belgilaydigan BMT Nizomi qarorlari va ixtisoslashtirilgan 
muassasalarning nizomi ahamiyatini kamsitish, deb talqin qilinmasligi kerak.
25-modda
Mazkur Paktdagi hyech bir narsa barcha xalqlarning o'z tabiiy boyliklari va 
resurslariga erkin egalik qilish hamda foydalanishdek ajralmas huquqini kamsitadi, 
deb talqin qilinishi mumkin emas.
V QISM
26-modda
1.  Ushbu Pakt Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lgan yoki BMTning 
ixtisoslashtirilgan muassasalariga a'zo bo'lgan, Xalqaro Sud Statuti ishtirokchisi 

230
bo'lgan yoki mazkur Paktda ishtirok etish uchun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 
taklif etilgan har qanday boshqa davlat imzolashi uchun ochiq.
2.  Ushbu Pakt ratifikasiya qilinishi kerak. Ratifikasiya qilingan yorliqlar Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
3.  Ushbu Pakt mazkur moddaning 1 bandida ko'rsatilgan har qanday davlat 
qo'shilishi uchun ochiqdir.
4.  Qo'shilish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga qo'shilish haqidagi 
hujjat saqlash uchun topshirilgach amalga oshiriladi.
5.  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Paktni imzolagan yoki 
unga qo'shilgan davlatlarni ratifikasiya qilingan yorliqlar yoki qo'shilish haqidagi 
hujjatlar saqlash uchun topshirilishi to'g'risida xabardor qiladi, mazkur Pakt uning o'z 
ratifikasiya yorlig'i yoki qo'shilish haqidagi hujjati saqlash uchun qabul qilingandan 
uch oy o'tgach kuchga kiradi.
27-modda
1.  Mazkur Pakt Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga o'ttiz beshinchi 
ratifikasiya qilingan yorliq yoki qo'shilish haqidagi hujjat saqlash uchun berilgan 
kundan boshlab uch oy o'tgach kuchga kiradi.
2.  Ushbu Paktni ratifikasiya qilgan yoki unga qo'shilgan har bir davlat uchun o'ttiz 
beshinchi ratifikasiya qilingan yorliq yoki qo'shilish haqida hujjat saqlash uchun 
berilgandan so'ng, o'sha davlatning o'z ratifikasiya qilingan yoplig'i yoki qo'shilish 
haqidagi hujjati saqlash uchun berilgan kundan boshlab uch oy o'tgach, mazkur Pakt 
kuchga kiradi.
28-modda
Ushbu Pakt qarorlari federativ davlatlarning hamma qismiga hyech bir cheklashlarsiz 
yoki olib tashlashlarsiz joriy etiladi.
29-modda
1.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat tuzatishlar taklif etishi va uni 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Bosh kotib 
taklif etilgan har qanday o'zgartirishlarni mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga 
jo'natadi va ulardan ushbu takliflarni ko'rib chiqish hamda ovozga qo'yish maqsadida 
konferensiya chaqirish haqidagi fikrini bildirishni iltimos qiladi. Agar ishtirokchi-
davlatlarning kamida uchdan biri shunday konferensiyani ma'qullab fikr bildirsa, 
BMT Bosh kotibi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbarligida ushbu konferensiyani 
chaqiradi. Mazkur konferensiyada ishtirok etuvchi va ovoz berishda qatnashuvchi 
ishtirokchi-davlatlarning ko'pchiligi tomonidan qabul qilingan har qanday tuzatish 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga tasdiqlash uchun taqdim 
etiladi.
2.  Tuzatishlar ularni BMT Bosh Assambleyasi tasdiqlagach va Ushbu Paktda 
ishtirok etuvchi davlatlarning uchdan ikki qismi tomonidan ularning konstitusiya 
tartibiga muvofiq qabul qilingach kuchga kiradi.

231
3.  Tuzatishlar kuchga kirgach, uni qabul etgan ishtirokchi-davlatlar uchun majburiy 
bo'ladi, boshqa ishtirokchi-davlatlar uchun esa mazkur Paktning ular tomonidan 
qabul qilingan qarorlari va barcha ilgarigi tuzatishlar majburiy bo'lib qoladi.
30-modda
26-moddaning 5 bandiga muvofiq yuboriladigan bildirishlardan qat'iy nazar, 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi moddaning 1 bandida qayd etilgan 
davlatlarni quyidagilardan xabardor etadi:
a)  26-moddaga binoan imzolashlar, ratifikasiyalar va qo'shilishlar;
b) 27-moddaga muvofiq mazkur Paktning kuchga kirish sanasi va 29-moddaga 
muvofiq har qanday tuzatishlarning kuchga kirish sanasi.
31-modda
1.  Mazkur Pakt ingliz, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida tuzilgan bo'lib, hamma 
matnlar teng kuchga ega, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining arxiviga saqlash 
uchun topshirilishi kerak.
2.  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi 26-moddada ko'rsatilgan barcha 
davlatlarga ushbu Paktning tasdiqlangan nusxalarini yuboradi.

232
4-ilova
FUQAROLIK VA SIYOSIY HUQUQLAR TO'G'RISIDAGI XALQARO 
PAKTGA 1-FAKULTATIV PROTOKOL
Bosh Assambleyaning 1966 yil 16 dekabrdagi  
2200 A(XXI)-rezolyusiyasi bilan imzolash,  
ratifikasiya qilish va qo'shilish uchun qabul qilingan va ochilgan. 
1976 yil 23 martdan kuchga kirgan.
Mazkur Protokolda ishtirok etuvchi barcha davlatlar,
Fuqarolik va iyosiy huquqlar to'g'risidagi pakt (bundan buyon «Pakt» deb yuritiladi) 
maqsadlariga bundan keyin ham erishish uchun va uning qarorlarini amalga oshirish 
uchun Paktning IV qismi asosida ta'sis etiluvchi Inson huquqlari bo'yicha qo'mitaga 
(bundan buyon «Qo'mita» deb yuritiladi) mazkur protokolda ta'kidlanganidek, ushbu 
Paktda ifodalangan huquqlarimiz buzilib jabrlanayapmiz, deya ta'kidlayotgan ayrim 
shaxslarning xabarlarini qabul qilish va ko'rib chiqish imkoniyatini berish maqsadga 
muvofiqligini e'tiborga olib, quyidagilar borasida kelishdilar:
1-modda
Mazkur Protokol ishtirokchisi bo'ladigan, Paktning ishtirokchisi bo'lmish davlat 
Qo'mitaning yurisdiksiyasiga kiradigan shaxslardan xabarlarni qabul qilish va ko'rib 
chiqish vakolatini e'tirof etadi, qayd etilgan shaxslar esa Paktda bayon qilingan 
huquqlardan biri ishtirok etuvchi davlat tomonidan buzilib, biz shuning jabrlanuvchisimiz 
deya tasdiqlaydi. Qo'mita Pakt ishtirokchisi sanalgan, lekin ushbu Protokol qatnashchisi 
bo'lmagan davlatga aloqador bo'lgan hyech bir xabarni qabul qilmaydi.
2-modda
1-modda qoidalariga rioya qilingan hollarda, Paktda qayd etilgan huquqlardan 
birortasi buzilgan va huquqiy muhofazaning mavjud bo'lgan barcha ichki vositalaridan 
foydalanib bo'lindi, deb uqtirayotgan shaxslar Qo'mita ko'rib chiqishi uchun yozma 
ravishda xabar taqdim etishi mumkin.
3-modda
Qo'mita mazkur Protokolga muvofiq taqdim etilgan har qanday xabarni, agar u 
imzosiz bo'lsa, yoki Qo'mita fikriga ko'ra, shu kabi xabarlarni taqdim etish huquqini 

233
suiiste'mol qilish deb sanalsa yoki Pakt qoidalariga qarama-qarshi deb topilsa, 
nomaqbul deb hisoblashi mumkin.
4-modda
1.  3-modda qoidalariga rioya etilgan hollarda ushbu Protokolga muvofiq Qo'mita 
o'ziga taqdim etilgan har qanday xabarni mazkur Protokolda ishtirok etuvchi va 
tasdiqlayotganidek Paktning birorta qoidasini buzuvchi davlat e'tiboriga o'sha xabarni 
yetkazadi.
2.  Bunday xabarni olgan davlat olti oy mobaynida bu masalani aniqlashtiruvchi 
biror bir choralar ko'rilgan bo'lsa, Qo'mitaga shu to'g'rida yozma tushuntirish yoki 
bayonot taqdim qiladi.
5-modda
1.  Qo'mita alohida shaxs tomonidan va manfaatdor ishtirokchi-davlat tomonidan 
taqdim etilgan barcha yozma hujjatlarni e'tiborga olgan holda, ushbu Protokolga 
binoan olingan xabarlarni ko'rib chiqadi.
2.  Qo'mita quyidagilar xususida tasdiq olinguncha quyidagi xabarlarni ko'rib 
chiqmaydi:
a)  ayni shu masala boshqa xalqaro muhokama yoki tartibga solish tartib-qoidalariga 
binoan ko'rib chiqilmayotgani haqida;
b) ushbu shaxs huquqiy himoyaning barcha imkoniyatli vositalaridan foydalanib 
bo'lgani xususida.
3.  Mazkur Protokolda qayd etilgan xabarlarni ko'rib chiqishda Qo'mita yopiq 
majlis o'tkazadi.
4.  Qo'mita o'z fikr-mulohazalarini tegishli ishtirokchi-davlatga va shaxsga ma'lum 
qiladi.
6-modda
Qo'mita 45-moddada nazarda tutilgan yillik ma'ruzasiga ushbu Protokolga muvofiq 
o'z faoliyati haqida qisqacha hisobotni kiritadi.
7-modda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1960 yil 14 dekabrda 
qabul qilingan Mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga Mustaqillik berish haqidagi 
Deklarasiya xususidagi 1514 (XV) rezolyusiyasi maqsadlariga erishilgunga qadar 
ushbu Protokol qoidalari mazkur xalqlarga Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Nizomi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va ixtisoslashgan muassasalarning 
boshqa xalqaro konvensiyalari hujjatlari taqdim etgan petisiyalar berish huquqini 
hyech bir shaklda cheklamaydi.
8-modda
1.  Ushbu Protokol Paktga imzo chekkan har bir davlat tomonidan imzo chekilishi 
uchun ochiq.

234
2.  Ushbu Protokol Paktni ratifikasiya qilgan yoki unga qo'shilgan har bir davlat 
tomonidan ratifikasiya qilinishi kerak. Ratifikasiya yorliqlari saqlash uchun Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga topshiriladi.
3.  Ushbu Protokol Paktni ratifikasiya qilgan yoki unga qo'shilgan har bir davlat 
uchun ochiq.
4.  Qo'shilish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga qo'shilish haqidagi 
hujjatni saqlash uchun topshirish bilan amalga oshiriladi.
5.  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Protokolni imzolagan yoki 
unga qo'shilgan barcha davlatlarni qo'shilish to'g'risidagi har bir ratifikasiya yorlig'i 
yoki hujjat saqlash uchun topshirilgani haqida xabardor qiladi.
9-modda
1.  Pakt kuchga kirgan sharoitda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga 
qo'shilish haqidagi o'ninchi ratifikasiya yorlig'i yoki hujjati saqlash uchun topshirilgan 
kundan boshlab uch oy o'tgach, Ushbu Protokol kuchga kiradi.
2.  Qo'shilish to'g'risidagi o'ninchi ratifikasiya yorlig'i yoki hujjat topshirilgandan 
so'ng mazkur Protokolni ratifikasiya qilgan yoki unga qo'shilgan har bir davlat 
uchun ushbu Protokol qo'shilish to'g'risidagi o'sha davlatning shaxsiy ratifikasiya 
yorlig'i yoki hujjati saqlash uchun topshirilgan kundan boshlab uch oy o'tgach 
kuchga kiradi.
10-modda
Ushbu Protokol qarorlari federativ davlatlarning hamma qismlariga hyech bir 
cheklash yoki istisnosiz tatbiq etiladi.
11-modda
1.  Mazkur Protokolda ishtirok etuvchi har bir davlat tuzatish taklif etishi va ularni 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. So'ng Bosh kotib 
hamma tuzatishlarni ushbu Protokolda ishtirok etuvchi davlatlarga yuborib, ular shu 
taklifni ko'rib chiqish va shuning yuzasidan ovoz berish maqsadida ishtirok etuvchi 
davlatlar konferensiyasini chaqirishni yoqlash yoki yoqlamasligini bildirishini so'rab iltimos 
qiladi. Agar ishtirokchi-davlatlarning kamida uchdan bir qismi shunday konferensiyani 
chaqirishni yoqlab chiqsa, Bosh kotib Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida o'sha 
konferensiyani chaqiradi. Ushbu konferensiyada ishtirok etib va ovoz berishda qatnashgan 
davlatlarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qilingan har qanday taklif Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti Bosh Assambleyasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
2.  Tuzatishlar ularni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 
tasdiqlagandan so'ng va ushbu Protokolda ishtirok etuvchi davlatlarning konstitusiya 
tartib qoidasiga muvofiq ularning uchdan ikki qismi tomonidan qabul qilinishi bilan 
kuchga kiradi.
3.  Tuzatishlar kuchga kirgach, shu tuzatishlarni qabul qilgan ishtirokchi-davlatlar 
uchun majburiy bo'ladi, boshqa ishtirokchi-davlatlar uchun esa mazkur Protokol 
qarorlari va ular ilgari qabul qilgan barcha tuzatishlar majburiy bo'lib qoladi.

235
12-modda
1.  Har bir ishtirokchi-davlat har qanday vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
Bosh kotibi nomiga yozma xabarnoma berish yo'li orqali ushbu Protokolni bekor 
qilishi mumkin. Bosh kotib bunday xabarnomani olgan kundan boshlab uch oy 
o'tgach, bekor qilish kuchga kiradi.
2.  Bekor qilish 21-moddaga asosan bekor qilish kuchga kiradigan sanagacha 
taqdim etilgan har qanday xabarga ushbu Protokol qoidalarini tatbiq etaverishga 
to'sqinlik qilmaydi.
13-modda
1 Ushbu Protokolning 8-modda 5 bandiga muvofiq berilgan xabarnomalardan qat'iy 
nazar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Paktning 48-modda 1 bandida 
qayd etilgan barcha davlatlarga quyidagilarni ma'lum qiladi:
a)  8-moddaga asosan imzolashlar, ratifikasiyalar va qo'shilishlar;
b) 9-moddaga asosan ushbu Protkolning kuchga kirish sanasi va 11-moddaga 
muvofiq har qanday tuzatishlarning kuchga kirish vaqti;
s)  12-moddaga ko'ra bekor qilishlar.
14-modda
1.  Ushbu Protokol ingliz, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida tuzilgan bo'lib, 
hamma matnlar teng kuchga ega. Protokol saqlash uchun Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti arxiviga topshirilishi lozim.
2.  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Protokolning tasdiqlangan 
nusxalarini Paktning 48-moddasida ko'rsatilgan barcha davlatlarga jo'natadi.

236
5-ilova
FUQAROLIK VA SIYOSIY HUQUQLAR TO'G'RISIDAGI XALQARO 
PAKTGA IKKINCHI FAKULTATIV PROTOKOL, O'LIM JAZONI BEKOR 
QILISHGA QARATILGAN
Bosh Assambleyaning 1989 yil 15 dekabrdagi  
44/128-rezolyusiyasi bilan qabul qilingan
1-modda
Mazkur Protokol ishtirokchilari bo'lgan davlatlar yurisdiksiyasi ostida bo'lgan 
birorta shaxs o'lim jazosiga tortilmaydi.
Har bir ishtirokchi davlat o'z yurisdiksiyasi doirasida o'lim jazosini bekor qilish 
uchun barcha zarur choralarni ko'radi.
2-modda
1.  Mazkur Protokolga biror shart kiritishga yo'l qo'yilmaydi, Bayon-nomani 
ratifikasiya qilish yoki unga qo'shilish paytida qilingan, urush vaqtida o'lim jazosini 
qo'llashni ko'zda tutadigan shartlar bundan istisnodir.
2.  Ushbu shartlar kiritadigan a'zo davlat Protokolni ratifikasiya qilish yoki unga 
qo'shilish paytida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga urush vaqtida 
qo'llaniladigan o'z milliy qonunchiligining tegishli qoidalari to'grisida ma'lum 
qiladi.
3.  Bunday shartlar kiritgan a'zo davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
kotibini o'z hududiga nisbatan har qanday urush boshlanishi yoki to'xtatilishi holagi 
to'grisida xabardor qiladi.
3-modda
Mazkur Protokol ishtirokchisi bo'lgan davlat Paktning 40-moddasiga muvofiq Inson 
huquqlari bo'yicha qo'mitaga taqdim etadigan ma'ruzalariga mazkur Protokolni amalga 
oshirish uchun ular tomonidan ko'rilgan choralar to'grisidagi axborotni kiritadilar.
4-modda
Paktning 41-moddasiga muvofiq bayonot bergan a'zo davlatlarga nisbatan Inson 
huquqlari bo'yicha qo'mita vakolatiga har bir a'zo davlatning boshqa a'zo davlat o'z 
majburiyatlarini bajarmayotganligi to'grisidagi ma'lumotlarini olish va ularni ko'rib 
chiqish vakolatiga egaligi mazkur Protokol qoidalarga nisbatan amal qiladi, faqat 

237
manfaatdor a'zo mamlakat Protokolni ratifikasiya qilish yoki unga qo'shilish paytida 
buning teskarisi to'grisida bayonot bergan holat bundan istisnodir.
5-modda
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 1996 yil 16 dekabrda qabul 
qilingan birinchi Fakultativ Protokoliga qo'shilgan davlatlarga nisbatan Inson huquqlari 
bo'yicha qo'mitaning ular yurisdiksiyasi ostida bo'lgan ayrim shaxslarning ma'lumotlarni 
olish va ko'rib chiqish vakolatiga egaligi mazkur Protokol qoidalariga nisbatan amal 
qiladi. Faqat mazkur Protokolni ratifikasiya qilish va unga qo'shilish paytida manfaatdor 
ishtirokchi davlat buning teskarisi to'grisida bayonot bergan holat bundan istisnodir.
6-modda
1.  Mazkur Protokolning qoidalari Paktga qo'shimcha qoidalar sifatida qo'llaniladi.
2.  Mazkur Protokolning 2-moddasiga muvofiq izohlar kiritish imkoniyatiga 
zarar keltirilmagan holda mazkur Protokolning 1(1)-moddasida kafolatlangan huquq 
Paktning 4-moddasiga muvofiq biron chekinishga yo'l qo'ymaydi.
7-modda
1.  Mazkur Protokol Paktni imzolagan har qanday davlat tomonidan imzolanish 
uchun ochiqdir.
2.  Mazkur Protokol Paktni ratifikasiya qilgan yoki unga qo'shilgan har qanday 
davlat tomonidan ratifikasiya qilinishi kerak. Ratifikasiya yorliqlari Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
3.  Mazkur Protokol Paktni ratifikasiya qilgan yoki unga qo'shilgan har qanday 
davlatning qo'shilishi uchun ochiqdir.
4.  Qo'shilish to'grisidagi hujjat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi huzurida 
tasdiqlanish yo'li bilan amalga oshiriladi.
5.  Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi mazkur Protokolni imzolagan 
yoki unga qo'shilgan davlatlarni har bir ratifikasiya yorligi yoki qo'shilish to'grisidagi 
hujjat tasdiqlanganidan xabardor qiladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling