Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi


Download 2.94 Kb.

bet25/34
Sana09.02.2017
Hajmi2.94 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34

2-modda
Har bir inson irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodlaridan, 
milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat'iy 
nazar, ushbu Deklarasiyada e'lon qilingan barcha huquq va barcha erkinlikka ega 
bo'lishi zarur.
Bundan tashqari, inson mansub bo'lgan mamlakat yoki hududning siyosiy, huquqiy 
yoki xalqaro maqomidan, ushbu hudud mustaqilmi, vasiymi, o'z-o'zini idora qiladimi 
yoki boshqacha tarzda cheklanganligidan qat'iy nazar, biror bir ayirmachilik bo'lmasligi 
kerak.
3-modda
Har bir inson yashash, erkin bo'lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir.
4-modda
Hyech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas; qullik va qul 
savdosining barcha ko'rinishlari ta'qiqlanadi.
5-modda
Hyech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo'rlovchi 
muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak.
6-modda
Har bir inson qayerda bo'lishidan qat'iy nazar, o'zining huquqli subyekt sifatida 
tan olinishiga haqli.
7-modda
Barcha odamlar qonun oldida tengdir va hyech bir tafovutsiz qonun bilan teng 
himoya qilinish huquqiga egadir. Barcha odamlar ushbu Deklarasiyaga zid bo'lgan har 
qanday kamsitishdan va shunday kamsitishga undaydigan har qanday gij-gijlashdan 
teng himoya qilinish huquqiga egadir.
8-modda
Har bir inson unga konstitusiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari 
buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi 
huquqiga ega.
9-modda
Hyech kim asossiz qamalishi, ushlanishi yoki quvg'in qilinishi mumkin emas.

200
10-modda
Har bir inson huquq va burchlarini belgilash va unga qo'yilgan jinoiy aybning 
qanchalik darajada asosli ekanligini aniqlashi uchun to'liq tenglik asosida uning ishi 
oshkora va adolat talablariga rioya qilingan holda mustaqil va xolis sud tomonidan 
ko'rib chiqilishi huquqiga ega.
11-modda
1.  Jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha 
imkoniyatlar ta'minlangan holda, ochiq sud majlisi yo'li bilan uning aybi qonuniy 
tartibda aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishga haqlidir.
2.  Hyech kim, sodir etilgan vaqtda milliy qonunlar yoki xalqaro huquqlarga ko'ra 
jinoyat deb topilmagan xatti-harakati yoki faoliyatsizligi uchun jazoga hukm qilinishi 
mumkin emas.
Shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qo'llanishi mumkin bo'lgan jazoga 
nisbatan og'irroq jazo berilishi mumkin emas.
12-modda
Hyech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o'zboshimchalik bilan aralashish, 
uy-joyi daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi sirlarga yoki uning nomus va sha'niga 
o'zboshimchalik bilan tajovuz qilinishi mumkin emas. Har bir inson xuddi shunday 
aralashuv yoki tajovuzdan qonun orqali himoya qilinish huquqiga ega.
13-modda
1.  Har bir inson har bir davlat doirasida erkin yurish va yashash joyi tanlash 
huquqiga ega.
2.  Har bir inson har qanday mamlakatdan, xususan, o'z mamlakatidan chiqib 
ketish va o'z mamlakatiga qaytib kelish huquqiga ega.
14-modda
1.  Har bir inson ta'qib tufayli boshqa mamlakatlardan boshpana izlash va o'sha 
boshpanadan foydalanish huquqiga ega.
2.  Bu huquqdan nosiyosiy jinoyat sodir etish uchun yoki Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining maqsad va prinsiplariga zid xatti-harakat tufayli ta'qib paytida 
foydalanish mumkin.
15-modda
1.  Har bir insonning fuqaro bo'lish huquqi bor.
2.  Hyech kim o'zboshimchalik bilan o'z fuqaroligidan yoki o'z fuqaroligini 
o'zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.
16-modda
1.  Balog'at yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati yoki diniy belgilari 
bo'yicha hyech qanday cheklashlarsiz nikohdan o'tishga va oila qurishga haqli. Ular 

201
nikohdan o'tishda, nikohda turgan vaqtlarida va uni bekor qilish vaqtida bir xil 
huquqdan foydalanadi.
2.  Nikohdan o'tayotgan har ikki tomonning erkin va to'liq roziligi asosidagina 
nikoh tuzilishi mumkin.
3.  Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi sanaladi va jamiyat hamda davlat 
tomonidan himoya qilinishga haqli.
17-modda
1.  Har bir inson yakka holda, shuningdek, boshqalar bilan birgalikda mulkka 
egalik qilish huquqiga ega.
2.  Hyech kim zo'ravonlik bilan o'z mulkidan mahrum etilishi mumkin emas.
18-modda
Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega; bu huquq o'z dini yoki 
e'tiqodini o'zgartirish erkinligini va ta'limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-
rusm hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish, o'z dini yoki 
e'tiqodiga yakka o'zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish erkinligini o'z 
ichiga oladi.
19-modda
Har bir inson e'tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq 
hyech bir to'siqsiz o'z e'tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g'oyalarni 
har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat'iy nazar, izlash, olish va tarqatish 
erkinligini o'z ichiga oladi.
20-modda
1.  Har bir inson tinch yig'inlar o'tkazish va uyushmalar tuzish huquqiga ega.
2.  Hyech kim biror bir uyushmaga kirishga majbur qilinishi mumkin emas.
21-modda
1.  Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali o'z 
mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega.
2.  Har bir inson o'z mamlakatida davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega.
3.  Xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo'lishi lozim; bu iroda davriy va 
soxtalashtirilmagan, yalpi va teng saylov huquqidan yashirin ovoz berish yo'li bilan 
yoki ovoz berish erkinligini ta'minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida 
o'tkaziladigan saylovlarda o'z aksini topishi lozim.
22-modda
Har bir inson jamiyat a'zosi sifatida milliy kuch-harakatlar hamda xalqaro hamkorlik 
vositasida va har bir davlatning tuzilishi, shuningdek, resurslariga muvofiq ijtimoiy 
ta'minotga va o'zining qadr-qimmatini saqlash, shaxsining erkin rivojlanishi uchun zarur 
bo'lgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqini amalga oshirishga haqli.

202
23-modda
1.  Har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli va qulay ish sharoitiga 
ega bo'lish va ishsizlikdan himoya qilinish huquqiga ega.
2.  Har bir inson hyech bir kamsitishsiz teng mehnat uchun teng haq olish huquqiga ega.
3.  Har bir ishlovchi kishi o'zi va oilasi uchun insonga munosib yashashni 
ta'minlaydigan adolatli va qoniqarli daromad olishga, zarur bo'lganda ijtimoiy 
ta'minotning boshqa vositalari bilan to'ldiriluvchi daromad olish huquqiga ega.
4.  Har bir inson kasaba uyushmalari tuzish va o'z manfaatlarini himoya qilish 
uchun kasaba uyushmalariga kirish huquqiga ega.
24-modda
Har bir inson dam olish va bo'sh vaqtga ega bo'lish, shu jumladan ish kunini oqilona 
cheklash huquqi va haq to'lanadigan mehnat ta'tili olish huquqiga ega.
25-modda
1.  Har bir inson o'zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini 
ta'minlash uchun zarur bo'lgan turmush darajasiga ega bo'lish, jumladan, kiyim-
kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va zarur ijtimoiy xizmatga ega bo'lishga hamda 
ishsizlik, kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog'liq bo'lmagan 
sharoitlarga ko'ra tirikchilik uchun mablag' bo'lmay qolgan boshqa hollarda 
ta'minlanish huquqiga ega.
2.  Onalik va bolalik alohida g'amxo'rlik va yordam huquqini beradi. Barcha 
bolalar, nikohda yoki nikohsiz tug'ilishidan qat'iy nazar, bir xil ijtimoiy himoyadan 
foydalanishi kerak.
26-modda
1.  Har bir inson ta'lim olish huquqiga ega. Ta'lim olishda hyech bo'lmaganda 
boshlang'ich va umumiy ta'lim tekin bo'lishi lozim.
Boshlang'ich ta'lim majburiy bo'lishi kerak. Texnik va hunar ta'limi hammaning 
qurbi yetadigan darajada bo'lishi, oliy ta'lim esa har kimning qobiliyatiga asosan 
hamma uchun yetarli imkoniyat doirasida bo'lmog'i kerak.
2.  Ta'lim inson shaxsini to'la barkamol qilishga va inson huquqlari hamda asosiy 
erkinliklariga nisbatan hurmatni kuchaytirishga qaratilmog'i lozim. Ta'lim barcha 
xalqlar, irqiy va diniy guruhlar o'rtasida bir birini tushunish, xayrihohlik va do'stlikka 
xizmat qilishi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash borasidagi 
faoliyatiga yordam berishi kerak.
3.  Kichik yoshdagi bolalari uchun ota-onalar ta'lim turini tanlashda imtiyozli 
huquqqa egadir.
27-modda
1.  Har bir inson jamiyatning madaniy hayotida erkin ishtirok etishga, san'atdan 
bahramand bo'lishga, ilmiy taraqqiyotda ishtirok etish va uning samaralaridan 
foydalanish huquqiga ega.

203
28-modda
Har bir inson ushbu Deklarasiyada bayon etilgan huquq va erkinliklar to'liq 
amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ijtimoiy va xalqaro tartib bo'lishi huquqiga egadir.
29-modda
1.  Har bir inson jamiyat oldida burchlidir, faqat shu holatdagina uning shaxsi 
erkin va to'liq kamol topishi mumkin.
2.  Har bir inson o'z huquqi va erkinliklaridan foydalanishda o'zgalarning huquq 
va erkinliklarini demokratik jamiyatda yetarli darajada bo'lishini hamda hurmat 
qilinishini ta'minlash, axloq, jamoat tartibi, umum farovonligining odilona talablarini 
qondirish maqsadidagina qonunda belgilangan cheklanishlarga rioya etishi kerak.
3.  Ushbu huquq va erkinliklarni amalga oshirish Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
maqsad va prinsiplariga hyech zid bo'lmasligi kerak.
30-modda
Ushbu Deklarasiyadagi hyech bir narsa biror bir davlat, kishilar guruhi yoki 
alohida shaxslar mazkur Deklarasiyada bayon 315 etilgan huquq va erkinliklarni 
yo'q qilishga yo'naltirilgan faoliyat bilan shug'ullanishi yoki harakat qilishi mumkin, 
deb talqin etilmasligi kerak.

204
2-ilova
FUQAROLIK VA SIYOSIY HUQUQLAR TO'G'RISIDAGI XALQARO PAKT
Bosh Assambleyaning 1966 yil 16 dekabrdagi 2200 A(XXI)-rezolyusiyasi 
bilan imzolash, ratifikasiya qilish va qo'shilish uchun qabul qilingan va 
ochilgan.1976 yil 23 martdan kuchga kirgan.
MUQADDIMA
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida e'lon qilingan prinsiplarga asosan, 
barcha insoniyat oilasining a'zolariga xos qadr-qimmatni hamda ularning teng va 
ajralmas huquqlarini tan olish ozodlik, adolat va yalpi tinchlikning asosi ekanligini 
e'tiborga olib, bu huquqlar inson shaxsiga xos bo'lgan qadr-qimmatdan kelib chiqishini 
e'tirof etib,
Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasiga muvofiq, qo'rquv va muhtojlikdan 
ozod bo'lgan, fuqarolik va siyosiy erkinlikdan foydalanuvchi ozod inson shaxsi ideali 
har bir odam o'z iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlaridan foydalanish mumkin 
bo'lgan sharoit yaratilgandagina ruyobga chiqishi mumkinligini e'tirof etib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga asosan davlatlar inson huquqlari va 
erkinliklarini yalpi hurmat qilish hamda ularga rioya etilishini pag'batlantipishi 
shartligini e'tiborga olib,
har bir alohida inson boshqa odamlar va o'zi mansub bo'lgan jamoaga nisbatan 
majburiyat olgan holda, mazkur Paktda tan olingan huquqlar pag'batlantipilishi va 
rioya etilishiga erishishi lozimligini e'tiborga olib,
quyidagi moddalar to'g'risida bir to'xtamga keldilar:
I QISM
1-modda
1.  Barcha xalqlar o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga egadir. Ushbu asosda ular o'z 
siyosiy maqomini erkin belgilaydi va o'z iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini 
erkin ta'minlaydilar.
2.  Barcha xalqlar o'z maqsadlariga erishish uchun o'zaro manfaatdorlik prinsipiga 
asoslangan xalqaro iqtisodiy hamkorlik va xalqaro huquqdan kelib chiqadigan biron bir 
majburiyatga ziyon yetkazmasdan o'z tabiiy boyliklari va resurslariga erkin holda 

205
egalik qilishlari mumkin. Hyech bir xalq hyech bir holatda o'ziga tegishli tirikchilik 
vositalaridan mahrum etilmasligi kerak.
3.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi barcha davlatlar, shu jumladan, o'z-o'zini boshqara 
olmaydigan va vasiylikka olingan hududlarni boshqarish uchun javobgar bo'lgan 
davlatlar ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomiga muvofiq, o'z taqdirini 
o'zi belgilash huquqini amalga oshirishni rag'batlantirishi hamda shu huquqni hurmat 
qilishi lozim.
II QISM
2-modda
1.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat o'z hududidagi va o'z 
yurisdiksiyasida bo'lgan shaxslarning mazkur Paktda e'tirof etilgan huquqlarini 
hyech bir ayirmachiliksiz, jumladan, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki 
boshqa e'tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug'ilishi yoki 
o'zga holatidan qat'iy nazar, hurmat qilish va ta'minlash majburiyatini oladi.
2.  Agar bu narsa hali mavjud qonunchilikda yoki boshqa tadbirlarda ko'rib 
chiqilmagan bo'lsa, ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat o'z konstitusiyasi 
tartibida mazkur Pakt qoidalariga muvofiq ushbu Paktda e'tirof etilgan huquqlarni 
amalga oshirish uchun zarur bo'lishi mumkin bo'lgan shunday qonunchilik yoki 
boshqa tadbirlar qabul qilish uchun kerakli choralarni ko'rish majburiyatini oladi.
3.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat o'z zimmasiga quyidagi 
majburiyatlarni oladi:
a)  mazkur Paktda tan olingan huquqlari va erkinliklari buzilgan har bir shaxsni, 
agar bu hol rasmiy harakat qilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bo'lsa ham, 
huquqiy himoyalanishning samarali vositalari bilan ta'minlansin;
b) ana shunday himoya talab qiluvchi har qanday shaxs uchun yuridik himoya 
nufuzli sud, ma'muriy yoki qonuniy hokimiyatlar tomonidan yoki davlatning 
tizimida nazarda tutilgan boshqa nufuzli organlar tomonidan ta'minlansin va sud 
orqali himoyalanish imkoniyati rivojlantirilsin;
c)  huquqiy himoya vositalari berilganda, nufuzli hokimiyatlar buni qo'llashni 
ta'minlasinlar.
3-modda
Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun ushbu Paktda 
ko'rib chiqilgan barcha fuqarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda foydalanishini 
ta'minlash majburiyatini oladi.
4-modda
1.  Davlat favqulodda holat yuz bergan vaqtda, millat hayoti xavf ostida qolgan 
va bu holat haqida rasmiy e'lon qilinganda ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar 
mazkur Pakt bo'yicha olgan o'z majburiyatlaridan chekinish uchun choralar ko'rishi 
mumkin, lekin bu chekinishni ahvol keskinligi talab etgan bo'lishi hamda bu choralar 

206
xalqaro huquqlar borasidagi boshqa majburiyatlarga xilof bo'lmasligi va irqi, tana 
rangi, jinsi, tili, dini va ijtimoiy ahvoli jihatidan kamsitishga olib kelmasligi kerak.
2.  Ushbu qoida 6-, 7–8- (1- va 2 bandlar), 11-, 15-, 16- va 18-moddalardan biror bir 
chekinish uchun asos bo'la olmaydi.
3.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi chekinish huquqidan foydalanuvchi davlatlar 
o'zi chekingan ahvol haqida shunday qarorga kelishga olib kelgan sabablar haqida 
darhol Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi vositachiligi orqali mazkur Paktda 
ishtirok etuvchi boshqa davlatlarni xabardor qilishi kerak.
Shuningdek, o'sha vositachi orqali bunday chekinish vaqti qachon to'xtatilishi 
to'g'risida ham xabar berilishi kerak.
5-modda
1.  Mazkur Paktdagi hyech bir narsa biror bir davlat, biror bir guruh yoki biror bir 
shaxs ushbu Paktda tan olingan, har qanday huquq va erkinliklarni yo'qotishga 
qaratilgan yoki ularni mazkur Paktda nazarda tutilganidan ko'ra ko'ppoq cheklashga 
qaratilgan birorta faoliyat bilan shug'ullanishi yoki shunday mazmunda harakat sodir 
etish huquqi bor deb talqin qilinishi mumkin emas.
2.  Ushbu Paktda ishtirok etuvchi biror bir davlatda qonun, konvensiya, qoida yoki 
urf-odat sifatida tan olingan yoki mavjud bo'lgan asosiy inson huquqlari, mazkur 
Paktda shu huquqlar tan olinmaydi yoki qisman e'tirof etiladi, degan bahona bilan 
biror bir tarzda cheklanishi yoki mensilmasligiga yo'l qo'yilmaydi.
III QISM
6-modda
1.  Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir. Bu huquq qonun bilan 
himoyalanadi. Hyech kim o'zboshimchalik bilan insonni yashashdan mahrum qila olmaydi.
2.  O'lim jazosini bekor qilmagan mamlakatlarda jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda 
bo'lgan va mazkur Pakt qarorlariga zid bo'lmagan hamda to'g'risidagi konvensiyaga 
xilof bo'lmagan 318 qonunga muvofiq eng og'ir jinoyatlar uchungina o'lim hukmi 
chiqarilishi mumkin. Bunday jazo faqat nufuzli sud tomonidan chiqarilgan so'nggi 
hukmni ijro etib amalga oshirilishi mumkin.
3.  Genosid jinoyati uchun hayotdan mahrum etilayottan bo'lsa, shuni e'tiborga 
olish lozimki, ushbu moddadagi hyech bir narsa mazkur Paktda ishtirok etuvchi 
davlatlar uchun biror bir yo'l bilan genosid jinoyatining oldini olish va uning uchun 
jazolash to'g'risidagi konvensiya qarorlariga muvofiq qabul qilingan har qanday 
majburiyatlardan chekinish huquqini bermaydi.
4.  O'lim jazosiga hukm qilingan har bir kishi avf etish haqida yoki hukmni 
yumshatish to'g'risida iltimos qilish huquqiga ega.
Amnistiya, avf etish yoki o'lim hukmini almashtirish hamma holatlarda in'om 
etilishi mumkin.
5.  O'n sakkiz yoshdan kichik shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun 
o'lim hukmi chiqarilmaydi va homilador ayollarga nisbatan bu hukm ijro etilmaydi.

207
6.  Ushbu moddadagi hyech bir narsa mazkur Paktda ishtirok etuvchi biror bir 
davlat tomonidan o'lim jazosi muddatini kechiktirish yoki uni bekor qilishga yo'l 
qo'ymaslik uchun asos bo'la olmaydi.
7-modda
Hyech kim azob-uqubatga solinmasligi va unga nisbatan shafqatsiz, noinsoniy 
yoki qadr-qimmatini xo'rlovchi muomala qilinmasligi yoki jazolanmasligi kerak. 
Jumladan, hyech bir shaxs ustidan o'zining roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajriba 
o'tkazilishi mumkin emas.
8-modda
1.  Hyech kim qullikda saqlanmasligi kerak; qullik va qul savdosining har qanday 
ko'rinishi ta'qiqlanadi.
2.  Hyech kim erksiz holatda saqlanmasligi kerak.
3.  a) Hyech kim majburiy yoki shart bo'lgan mehnatga majbur qilinmasligi lozim;
b) jinoyat uchun jazo tariqasida juda og'ir ishlarga jalb etilib ozodlikdan mahrum 
etilishi mumkin bo'lgan mamlakatlarda, shunday jazo nufuzli sud hukmi bilan 
tayinlansa, 3 a) bandi juda og'ir ishlarni bajarish uchun to'siq bo'ladi deb 
hisoblanmaydi.
c)  «majburiy yoki shart bo'lgan mehnat” atamasi ushbu banda quyidagilarni 
qamrab olmaydi:
I) v-kichik bandida tilga olinmagan biror bir ish yoki xizmat, bu xizmatni qoida 
tariqasida sudning qonuniy farmoyishiga asosan hibsda bo'lgan shaxs yoki bunday 
hibsdan shartli ravishda ozod etilgan shaxs bajarishi kerak;
II) siyosiy va diniy-etnik sabablarga ko'ra harbiy xizmatni rad etish tan olinayotgan 
mamlakatlarda harbiy tusdagi biror bir xizmat, xuddi shunday sabablarga asosan harbiy 
xizmatni rad etayotgan shaxslar uchun qonunda nazarda tutilgan biror bir xizmat;
III) aholi hayotiga yoki osoyishtaligiga xavf soluvchi falokat yoki favqulodda 
holat ro'y berganida majburiy bo'lgan biror xizmat;
IV) odatdagi fuqarolik burchiga kiruvchi biror bir ish yoki xizmat.
9-modda
1.  Har bir inson ozodlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Hyech kim o'zboshimchalik bilan hibsga olinishi yoki hibsda saqlanishi mumkin 
emas. Hyech kim qonun bilan belgalanganidan boshqacha asos va tartibda ozodlikdan 
mahrum etilishi mumkin emas.
2.  Hibsga olinayotgan har bir kishiga hibsga olish vaqtida qamalish sabablari 
aytiladi va darhol unga qo'yilgan ayb ma'lum qilinadi.
3.  Jinoiy ayblov bilan qamalgan yoki ushlangan har bir shaxs zudlik bilan sudya 
yoki qonun bo'yicha sud hukmronligini amalga oshirish huquqi bo'lgan boshqa 
mansabdor shaxs huzuriga keltiriladi va ayblanayotgan shaxs oqilona muddat ichida 
ishi sudda ko'rilishi yoki ozod qilib yuborilish huquqiga ega. Ishi sudda hal etilishi 
kutilayotgan shaxslarni hibsda tutib turish umumiy qoida bo'lmasligi, biroq ozod 

208
qilish, sudga kelish, sudda ish ko'rib chiqilayotganda uning har qanday bosqichiga 
kelish kafolatlarini berishga, zarur hollarda hukmni ijro etish uchun kelishga bog'liq 
qilib qo'yilishi mumkin.
4.  Qamoqqa olinishi yoki hibsda ushlanib turishi tufayli ozodlikdan mahrum 
etilgan har bir shaxs o'z ishining sudda ko'rib chiqilishi huquqiga ega, chunki sud 
darhol uning ushlanishi qanchalik qonuniy ekanligi borasida qaror chiqara olsin va 
agar uning ushlanishi noqonuniy bo'lsa, ozod qilish haqida farmoyish bera olsin.
5.  Noqonuniy ravishda qamalgan yoki hibsda ushlab turilgan har bir kishi da'vo 
kuchiga ega bo'lgan tovon talab qilish huquqiga egadir.
10-modda
1.  Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslar insonlarcha muomala qilinishi 
va inson shaxsiga xos bo'lgan qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.
2.  a) istisno hollari bo'lmaganida ayblanuvchilar sudlanganlardan alohida 
joylashtiriladi va ularga sudlanmagan shaxslar maqomiga javob beradigan alohida 
rejim belgilanadi;
b) balog'at yoshiga yetmagan ayblanuvchilar balog'atga yetgan ayblanuvchilardan 
ajratib qo'yiladi va qaror chiqarish uchun qisqa muddatda sudga keltiriladi;
3)  mahbuslarga mo'ljallangan penitensiar tizimdan maqsad mahbuslarni to'g'ri 
yo'lga solish va ularni ijtimoiy jihatdan qayta tarbiyalashdir. Balog'atga yetmagan 
qonunbuzarlar balog'atga yetgan qonunbuzarlardan ajratib qo'yiladi va ularning yoshi 
hamda huquqiy maqomiga javob beruvchi rejim belgilanadi.
11-modda
Hyech kim biror bir shartnoma majburiyatini bajara olmaydigan ahvolda bo'lgani 
asosidagina ozodlikdan mahrum etilishi mumkin emas.
12-modda
1.  Biror bir davlat hududida qonuniy ravishda bo'lgan har bir kishi ushbu hudud 
doirasida erkin ko'chib yurish va yashash joyini tanlash huquqiga ega.
2.  Har bir kishi har qanday mamlakatni, jumladan, o'z mamlakatini tark etish 
huquqiga ega.
3.  Yuqorida qayd etilgan huquqlar hyech qanday cheklash obyekti bo'lishi mumkin 
emas. Qonunda belgilangan davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi 
yoki axloqini saqlash uchun yoki boshqalarning huquq va erkinligini saqlash uchun 
va ushbu Paktda e'tirof etilgan boshqa huquqlar bilan mos keladigan huquqlar bundan 
mustasno.
4.  Hyech kim o'z mamlakatiga kirish huquqidan o'zboshimchalik bilan mahrum 
etilishi mumkin emas.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling