Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi


Download 2.94 Kb.

bet33/34
Sana09.02.2017
Hajmi2.94 Kb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34

52-modda
Har qanday ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
Bosh kotibiga yozma ravishdagi bildirishnoma yuborish asosida bir tomonlama bekor 
qilishi, Bosh kotib bildirishnomani olganidan keyin bir yil o'tgach, kuchga kiradi.
53-modda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ushbu Konvensiyaning saqlovchisi 
etib tayinlanadi.
54-modda
Ushbu Konvensiyaning inglizcha, arabcha, ispancha, xitoycha, ruscha va fransuzcha 
asl nusxasi matnlari teng bir xillikka ega bo'lib, saqlab qo'yish uchun Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga topshiriladi.
Shuni tasdiqlash uchun quyida imzo chekkan vakolatli vakillar o'zlarining 
tegishli hukumatlari tomonidan shunga yetarli darajada vakil qilingan bo'lib, mazkur 
Konvensiyani imzolaydilar.

272
8-ilova
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI KAMSITILISHINING BARCHA 
SHAKLLARIGA BARHAM BERISH TO'G'RISIDA KONVENSIYA
Bosh Assambleyaning 1979 yil 18 dekabrdagi 34/180-rezolyusiyasi bilan 
imzolash, ratifikasiya qilish va qo'shilish uchun qabul qilingan va ochilgan. 
1981 yil3 sentyabrdan27(1)-moddaga muvofiq kuchga kirgan.
Ushbu Konvensiyaning ishtirokchi davlatlari:
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi insonning asosiy huquqlariga, inson 
shaxsiyatining kadriyati va qadr-kimmatiga, erkak va ayollarning teng huquqligiga 
ishonchni yana qaror topdirganligini hisobga olgan holda,
inson huquqlarining Umumjahon deklarasiyasi huquqlariing kamsitilishiga yo'l 
qo'ymaslik prinsipini ta'kidlab, barcha insonlar huquq va qadr-qimmatlarida teng va 
erkin bo'lib tug'ilishini, unda e'lon qilinganidek, har bir inson shu jumladan jinsdagi 
nisbatan bo'lgan farqlardan qati nazar barcha huquq va erkinlikka ega bo'lmog'i 
kerakligini e'lon qilganligini hisobga olgan holda, inson huquklari haqidagi Xalqaro 
paktlarning ishtirokchi-davlatlariga erkak va ayollar uchun barcha iqtisodiy, ijtimoiy, 
madaniy, fuqarolik va siyosiy huquqlardan teng foydalanishni ta'minlash vazifalari 
yuklatilganligini hisobga olgan holda, erkak va ayollarning teng huquqli bo'lishiga 
yordam berish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va ixtisoslashgan tashkilotlar 
kafilligida tuzilgan xalqaro konvensiyalarni e'tiborga olgan holda,
shuningdek, erkak va ayollarning teng xuquqli bo'lishiga yordam berish maqsadida 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan qabul qilingan 
rezolyusiyalar, deklarasiyalar va tavsiyanomalarni hisobga olgan holda,
mana shu turli hujjatlarga qaramay, xotin-qizlar quqlarining kamsitilish hollari hamon 
yuz berayotganligidan tashvishlanib, xotin-qizlar huquqlarining kamsitilishi inson qadr-
qimmatiga bo'lgan hurmat va teng huquqlilik prinsiplariga putur yetqazishini, ayollar 
erkaklar bilan bir qatorda o'z mamlakatining siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy va madaniy 
hayotida ishtirok etishiga to'sqinlik qilishini, oila va jamiyat farovonligining o'sishiga 
halaqit berishini va insoniyat va o'z mamlakatlarining manfaatlari yo'lida xotin-qizlarning 
imkoniyatlari to'liq namoyon bo'lishiga yana ham ko'proq kiyinchiliklar tug'dirishini eslatib,
qashshoqlik sharoitlarida hotin-qizlarning oziq-ovqatga, sog'liqni saqlashga, 
ta'limga, kasb tayyorgarligiga va ishga joylashish imkoniyatlariga, shuningdek, 
boshqa ehtiyojlarni qondirishga imkoniyati juda kam ekanligidan tashvishlanib,
tenglik va adolat asosida o'rnatilgan yangi xalqaro iqtisodiy tartib erkaklar va 
ayollar o'rtasidagi genglikni ta'minlashda anchagina imkoniyat berishiga qatiy ishonib,

273
irqiy ayirmachilikni, barcha turdagi irqchilik, irqiy kamsitish, eski va yangi 
mustamlakachilik, agressiya davlatlar ustidan hukmronlik o'rnatishni, boshqa 
davlat tomonidan bosib olinishini va hukmronlik qilishini hamda davlatlarning 
ichki ishlariga aralashishni bartaraf qilish erkaklar va xotin-qizlar huquqlarini to'la 
amalga oshirishning zarur omillari ekanligini ta'kiddab,
xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustaxkamlash, xalqaro keskinlikni yumshatish, 
ijtimoiy va iqtisodiy tizimlaridan qat'iy nazar, barcha davlatlar o'rtasida o'zaro 
hamkorlik, kat'iy va samarali xalqaro nazorat ostida yoppasiga va batamom 
kurolsizlanish ayniqsa, yadroviy qurolsizlanish mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarda 
adolat, tenglik va o'zaro manfaatdorlik tamoyillarini qaror optirish hamda chet 
el va mustamlaka xukumronligi va boshqa davlatlar okkupasiyasi ostida bo'lgan 
xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash va mustaqillik xuquqini amalga oshirish, 
shuningdek davlatlarning milliy mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish 
ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishga ko'maklashishini hamda buning oqibati o'laroq 
erkaklar bilan ayollar o'rtasida to'la tenglikka erishish imkonini berishini tasdiqlab,
mamlakatning to'liq rivojlanishi, butun dunyoda farovonlik va tinchlik ishi 
barcha sohalarda ayollarning erkaklar bilan baravar mumkin qadar ko'proq ishtirok 
etishlarini talab qilishiga qat'iy ishonib, xotin-qizlarning oila farovonligi va jamiyat 
rivojiga qo'shayotgan hozirgacha to'la tan olinmagan hissasining ahamiyatini, onalikni 
ijtimoiy ahamiyatini hamda oilada va bola tarbiyasida ota-onaning tutgan o'rnini 
hisobga olgan holda ayolning nasl davomchisi sifatidagi o'rni ayol huquqlarining 
kamsitilishiga sabab bo'lmasligini, chunki bolalarning tarbiyasi erkak va ayollarning 
va umuman jamiyatning birgalikdagi javobgarligini talab qilishini anglab,
erkak va ayol o'rtasida to'la tenglikka erishish uchun, ham erkak, ham ayolning 
jamiyat va oilada tutgan an'anaviy o'rninio'zgartirish zarurligini tan olib, xotin-qizlar 
huquqlarining kamsitshshshini bartaraf etish to'g'risidagi Deklarasiyada e'lon qilingan 
prinsiplarni amalga oshirish va shu maqsadda bunday huquqlar kamsitilishining barcha 
shakllari va ko'rinishlarini bartaraf etish uchun zarur choralarni ko'rishga azmu qaror qilib,
Quyidagilar to'g'risida kelishib oldilar:
I QISM
1-modda
Mazkur Konvensiyaning maqsadi o'laroq «xotin-qizlarning kamsitilishi» 
tushunchasi, har qanday farq, jinsiy belgilariga ko'ra istisno qilish, cheklash, tan 
olmaslik, yo'qqa chiqarish yoki bo'shashtirishga yo'naltirilgan, ayollar foydalanayotgan 
yoki amalga oshirayotgan har qanday siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaroviy 
va boshqa sohada oilaviy sharoitidan qat'i nazar erkak va ayollarga tenglik asosida 
inson huquqlari va asosiy erkinliklar berilishini anglatadi.
2-modda
Ishtirokchi davlatlar xotin-qizlar kamsitilishining barcha shakllarini qoralab, 
zudlik bilan barcha tegishli usullar orqali xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish 

274
siyosatini yurgizishga kelishadilar va shu maqsadda quyidagi majburiyatlarni 
oladilar:
a)  erkaklar bilan ayollar o'rtasidagi tenglik tamoiylini, agarda bu hozirgacha 
qilingan bo'lmasa, milliy Konstitusiyaga va boshqa tegishli qonunlarga kiritish 
hamda qonun va boshqa tegishli vositalar yordamida ushbu tamoyilni amaliyotga 
joriy etishni ta'minlash;
b) xotin-qizlarning har qanday kamsitilishini ta'qiqlovchi tegishli qonunchilik va 
boshqa choralarni ko'rish, zarur bo'lganda sanksiyalarni qo'llash;
v)  erkaklar bilan tenglik asosida ayollarning huquqlari yuridik jihatdan 
himoyalanishni o'rnatish, vakolatli milliy sudlar va davlat muassasalarining 
yordamida xotin-qizlarning har qanday kamsitilishiga qarshi ularning samarali 
himoya qilinishini ta'minlash;
g) xotin-qizlarni kamsitadigan biron bir hatti-haraqatlarni amalga oshirishdan 
tiyilish, davlat organlari va muassasalari ushbu majburiyatga muvofiq faoliyat 
ko'rsatishlariga kafolat berish;
d) biron bir shaxs, tashkilot, yoki korxona tomonidan xotin-qizlar kamsitilishini 
bartaraf etish uchun barcha tegishli choralarni ko'rish;
ye)  xotin-qizlarni kamsituvchi mavjud qonunlar, qarorlar, urf-odatlar va 
amadiyotni o'zgartirish yoki bekor qilish uchun barcha tegishli choralarni, shu 
jumladan qonunchilik choralarini ko'rish;
j)  xotin kizlarni kamsitishdan iborat bo'lgan o'zining jinoyatchilikka oid 
qonunlarining barcha moddalarini bekor qilish.
3-modda
Ishtirokchi davlatlar erkaklar bilan tenglik asosida xotin-qizlarning inson hukuqlari 
hamda asosiy erkinliklarini ro'yobga chiqarishlari va ulardan foydalanishlarini 
kafolatlash maqsadida xotin-qizlarining har tomonlama rivojlanishini va taraqqiyotini 
ta'minlash uchun barcha sohalarda, xususan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy 
sohalarda barcha tegishli choralarni, shu jumladan qonunchilik choralarini ko'radilar.
4-modda
1.  Mazkur Konvensiyada ko'rsatilganidek, ishtirokchi davlatlar tomonidan xotin-
qizlarning erkaklar bilan amalda tengligini ta'minlash tezlashtirishga qaratilgan vaqtincha 
qabul qilingan maxsus choralar huquqlarni kamsituvchi deb hisoblanmaydi, lekin u teng 
huquqli bo'lmagan yoki tabaqalashtirilgan andozalarning saqlanib qolishiga aslo olib 
kelmasligi kerak; qachonki imkoniyatlarning tengyaigi va teng huqukli munosabatning 
maqsadlariga erishilgandan so'ng bu choralar bekor qilinishi zarur.
2.  Ishtirokchi davlatlar onalikni himoya qilishga qaratilgan maxsus choralarii, 
jumladan ushbu Konvensiyada mavjud bo'lgan choralarni qabul qilishi kamsituvchi 
choralar deb hisoblanmaydi.
5-modda
Ishtirokchi davlatlar barcha tegishli choralarni qabul qilishlaridan maqsad:

275
a)  erkak va ayollarning ijtimoiy va madaniy xulq-atvor modellarini bitta jins 
ikkinchisi ustidan ustun bo'lishi yoki erkak va ayolning bir xil roli g'oyasiga asoslangan 
hurofiy urf-odatlar, bid'atlar va shukga o'xshash hollarni tugatish va bekor qilish 
maqsadida o'zgartirish;
b) bolalar manfaatlari barcha xollarda ustun qurishini nazarda tutib, oilaviy 
tarbiya o'z ichiga onalikni ijtimoiy vazifa sifatida to'g'ri anglanishi hamda erkak va 
ayollarning o'z bolalari tarbiyasi va kamoloti uchun umumiy javobgaryaigi e'tirof 
etilishi qamrab olinishini ta'minlash.
6-modda
Ishtirokchi davlatlar ayollarni sotishning va fohishalikda ishlatishning barcha 
turlariga chek qo'yish uchun barcha tegishli choralarni, shu jumladan qonunchilik 
choralarini ko'radilar.
II QISM
7-modda
Ishtirokchi davlatlar mamlakatning siyosiy va jamoat hayotida xotin-qizlar 
kamsitilishiga barham berish yuzasidan barcha tegishli choralarni ko'radilar, jumladan, 
ayollarga erkaklar bilan teng shart-sharoitlar asosida quyidagi huquqlarni ta'minlaydilar:
a)  barcha saylovlar va ommaviy referendumlarda ovoz berish va ommaviy 
saylanadigan organlarga saylanish;
b) davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish hamda davlat 
lavozimlarini egallash, shuningdek, davlat boshqaruvining barcha bo'g'inlarida davlat 
vazifalarini amalga oshirish;
v)  mamlakatning ijtimoiy va siyosiy hayot muammolari bilan shug'ullanadigan 
hukumatga qarashli bo'lmagan tashkilotlar va uyushmalarning faoliyatida qatnashish.
8-modda
Ishtirokchi davlatlar xotin-qizlarning erkaklar bilan tenglik asosida va hyech 
qanday kamsitishsiz xalharo miqyosda o'z hukumatlari nomidan vakillik qilish va 
xalqaro tashkilotlar ishida qagnashish imkoniyatlarini ta'minlash maqsadida barcha 
tegishli choralarni ko'radilar.
9-modda
1.  Ishtirokchi davlatlar fuqaroligni qabul qilish, uni o'zgartirish yoki saqlab qolishda 
ayollarga erkaklar bilan teng huquqlarni beradi. Ular, jumladan, chet el kishisiga 
turmushga chiqqanda ham, turmushga chiqayotgan vaqtda turmush o'rtog'ining 
fuqaroligi o'zgarganda ham ayolning fuqaroligi o'z-o'zidan o'zgarishiga olib kelmaydi, 
uni fuqaroligi bo'lmatan shaxsga ayyaantirmaydi va erining fuqaroligini qabul qilishga 
majbur eta olmaydi;
2.  Ishtirokchi davlatlar ayollarga o'z farzandlarining fuqaroligiga nisbatan erkaklar 
bilan teng huquqlar beradi.

276
III QISM
10-modda
Ishtirokchi davlatlar xotin-qizlarning kamsitilishini bartaraf etish, ayollarning 
erkaklar va ayollar tengligi asosida ta'lim olish sohasida erkaklar bilan teng huquqlarini 
ta'minlash uchun barcha zarur choralarni ko'radilar. Jumladan, quyidagilarni 
ta'minlaydilar:
a)  shahar, tumanlari singari qishloq joylarida ham barcha toifadagi o'quv yurtlarida 
bilimdan bahramand bo'lish va diplom olish, kasb-kor yoki mutaxassislikni tanlashda 
bir xil sharoitlarni yaratish, bunday tenglik maktabgacha tarbiya, umumta'lim, o'rta 
maxsus va oliy texnik ma'lumot olishda, shuningdek, kasbga tayyorlashning barcha 
turlarida taminlanadi;
b) bir xil o'quv dasturlariga, bir xil imtihonlarga, bir xil malakali o'qituvchilar 
tarkibiga, teng sifatli maktab xonalari va jihozlariga ega bo'lish;
v)  barcha ta'lim olish bosqichlari va shakllarida erkak va xotin-qizlar rolining 
birgalikda va boshqa xildagi ta'lim olish yo'li orqali har qanday bir qolipdagi 
konsenpsiyasini bartaraf etish va shu asosda, jumladan, o'quv ko'llanmalari va 
maktab dasturlarini qayta ko'rib chiqish hamda o'qitish uslublarini moslashtirish 
yo'li bilan shu maqsadga erishish;
g) talim uchun stipendiya va boshqa nafaqalar olish imkoniyatlarining bir xilligi;
d) erkaklar va ayollar bilimdagi har qanday uzilishni mumkin qadar tezlik bilan 
qisqartirishga yo'naltirilgan funksional savodxonlik dasturi va katta shdagilar 
orasidagi savodxonlikni ommalashtirish dasturlarini nazarda tutib, ta'lim olishni 
davom ettirish dasturidan foydalanish imkoniyatlarining bir xilligi;
ye)  maktabni tugatmayotgan qizlar sonini kamaytirish va maktabni barvaqt 
tark etgan ayollar va qizlar uchun alohida dasturlarni ishlab chiqish;
j)  jismoniy tayyorgarlik va sport mashg'ulotlarida faol qatnashish uchun bir xil 
imkoniyatlar yaratish;
z)  oilalar sog'ligi va farovonligini ta'minlashga ko'maklashish maqsadida ta'lim 
sohasiga bagashlangan maxsus axborotlarga, shu jumladan oilaning katta-kichikligini: 
rejalashtirish to'g'risidagi axborot va yo'l-yo'riq ma'lumotlariga ega bo'lish.
11-modda
1.  Xotin-qizlarning ish bilan band bo'lish sohasidagi huquqlari kamsitilishini 
bartaraf etish, ayni vaqtda erkaklar bilan ayollarning teng huquqlarini ta'minlash 
maqsadida ishtirokchi davlatlar barcha tegishli choralarni, jumladan, quyidagi 
huquqlarni ta'minlash choralarini ko'radilar:
a)  barcha insonlarning ajralmas huquqi sifatida mehnat qilish xuquqi;
b) ishga yollashda bir xil imkoniyatlarga ega bo'lish, shu bilan birga ishga yollashda 
bir xil tanlash mezonlarini qo'llash huquqi;
v)  kasb yoki ish turini erkin tanlash, lavozim bo'yicha ko'tarilish va ish bilan 
band etish kafolatiga ega bo'lish, shuningdek, shogirdlik, yuqori darajadagi kasb 
bo'yicha tayyorlardik va muntazam suratda malaka oshirishni o'z ichiga olgan 

277
holda mehnat qilishning barcha imtiyozlari va shart-sharoitlaridan to'liq foydalanish, 
kasb bo'yicha tayyorgarlik va qayta tayyorgarlikdan o'tish huquqi;
g) imtiyozlar olishni ham hisobga olgan holda teng mukofotlanish, bir xil qimmatga 
ega bo'lgan mehnatga nisbatan teng sharoitlarga, shuningdek, ish sifatini baholashga 
teng yondashish huquqi;
d) jumladan nafaqaga chiqish, ishsiz qolish, kasallik, nogironlik, qarilik va 
mehnat qobiliyatini yo'kotishdan iborat boshqa holatlarda ijtimoiy ta'minot huquqi 
shuningdek, haqi to'lanadigan ta'til huquqi;
j)  sog'liqii saqlash va xavfsiz mexnat sharoitlarga ega bo'lish, shuningdek, naslni 
davom ettirish vazifasini saqlab qolish huquqi;
2.  Ayollarning turmushga chiqmaganligi yoki onaligi sababli kamsitilishining 
oldini olish va ularga mexnat qilishning samarali huquqlarini kafolatlash maqsadida, 
ishtirokchi davlatlar quyidagilarni amalga oshirish uchun tegishli choralarni ko'radilar:
a)  homiladorlik sababli ishdan bo'shatishni yoki homiladorlik va tug'ruq bo'yicha 
ta'tilga chiqarishni yoxud oilaviy ahvol tufayli kamsitishni sanksiyalar ko'llanish 
tahdidi ostida man qilish;
b) oxirgi ish joyini, lavozimini yoki ijtimoiy nafaqalarini yo'qotmagan holda 
xomiladorlik va tug'ruq bo'yicha haq to'lanadigan ta'tillar yoki taqqoslama ijtimoiy 
nafaqalar, to'lanadigan ta'tillar joriy etish;
v)  ota-onalar oilaviy burchlarining bajarilishini mehnat faoliyati va jamoat 
hayotdagi ishtiroki biyaan birga qo'shib olib borish imkonini yaratish uchun, 
jumladan, bolalarni tarbiya qilish muassasalari tarmog'ini kengaytirish yo'li bilan, 
qo'shimcha zarur ijtimoiy xizmat ko'rsatishni rag'batlantirish;
g) ayollar homiladorligi davrida ularning salomatligi uchun zararli deb isbotlangan 
mehnat turlarida alohida himoyalashni ta'minlash;
3.  Mazkur moddada o'z aksini topgan huquqlarni himoya qilishga taalluqli 
qonunchilik ilmiy-texnikaviy bilimlar asosida vaqti-vaqti bilan ko'rib chiqiladi, 
shuningdek, zaruratga qarab qaytadan ko'riladi, bekor qilinadi yoki kengaytiriladi.
12-modda
Ishtirokchi davlatlar xotin-qizlarning sog'liqni saqlash sohasidagi huquqlari 
kamsitilishiga barham berish maqsadida, erkak va ayollarga tibbiy xizmatni teng ta'minlash, 
oilaning katta-kichikligini rejalashtirish masalalarida tegishli barcha choralarni ko'radilar;
Ishtirokchi davlatlar ushbu moddaning 1 bandi qoidalari bilan bir qatorda ayollarning 
homiladorlik, tug'ruq va tug'ruqsan keyingi davrida tegishli xizmatlar bilan ta'minlaydi 
va zaruriyat tug'ilgaida, bepul xizmatlar ko'rsatadilar, shuningdek, homiladorlik va 
emizikli davrida kerakli oziq-ovqatlarni yetkazib beradilar.
13-modda
Ishtirokchi davlatlar ijtimoiy va iqtisodiy hayotning boshqa sohalarida xotin-
qizlarning kamsitilishiga barham berish, shu bilan birga erkak va ayollarnish tengligi 
asosida ularning teng huquqlarini ta'minlash borasida tegishli barcha choralarni 
ko'radilar, jumladan quyidagi huquqlarni ta'minlaydilar:

278
a)  oilaviy nafaqa huquqi;
b) zayom, ko'chmas mulk hisobiga qarz va boshqa shakldagi moliyaviy kreditlarni 
olish huquqi;
v)  dam olish bilan bog'liq tadbirlarda, sport mashg'uloglarida va madaniy hayotning 
barcha sohalarida qatnashish huquqi.
14-modda
Ishtirokchi davlatlar qishloq joylarda yashovchi xotin-qizlar duch keladigan alohida 
muammolarni va ularning o'z oilalari iqtisodiy farovonligini ta'minlashda muhim rol 
o'ynashini, shuningdek, ularnig tovarsiz xo'jalik tarmoqlaridagi faoliyatini e'tiborxa 
olgan holda qishloq joylarda yashovchi ayollarga nisbatan mazkur Konvensiya 
qoidalarining qo'llanilishini ta'minlash borasida barcha tegishli choralarni ko'radilar.
Ishtirokchi davlatlar kishloq joylarda xotin-qizlar kamsitilishiga barham 
berish, erkak va xotin-qizlarning tengligi asosida ularning qishlok hududlarini 
rivojlantirishdagi ishtirokini ta'minlash va bunday rivojlanishdan naf ko'rish uchun 
barcha tegishli choralarni ko'radilar, jumladan, bunday xotin-qizlarga quyidagi 
huquqlarni ta'minlaydilar:
a)  barcha darajalarda rivojlanish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda 
ishtirok etish;
b) oilani rejalashtirish masalalari bo'yicha axborotlar, maslahatlar va xizmatlarni 
qo'shgan holda tegishli tibbiy xizmat ko'rsatilishiga erishish;
v)  ijtimoiy sug'urta dasturlari qulayliklaridan bevosita foydalanish;
g) jumladan, xotin-qizlarning texnikaviy bilim saviyasini oshirish maqsadida 
funksional savodxonlikni hisobga olgan holda barcha turdagi rasmiy va norasmiy 
ta'lim va tayyorgarlik olish, shuningdek, barcha turdagi jamoa xizmatlaridan, 
qishloq xo'jalik. masalalari bo'yicha maslahat berish xizmatidan foydalanish;
d) mustaqil mehnat faoliyati yoki ishga yollash orqali teng iqtisodiy imkoniyaxlarni 
taminlash uchun shirkatlar va o'z o'ziga yordam ko'rsatish guruhlarini tashkil etish;
ye)  jamoa faoliyatining barcha turlarida ishtirok etish;
j)  qishloq xo'jalik kreditlari va zayomlariga, sotish tizimiga, tegishli 
texnologiyalarga, yer va agrar islohotlarda, shuningdek yerlarni qayta joylashtirish 
rejalarida teng maqomga erishish;
z)  tegishli turmush sharoitlaridan, ayniqsa, uy-joy sharoitlaridan, sanitariya 
xizmatidan, elektr va suv ta'minotidan, shuningdek, transport va aloqa vositalaridan 
foydalanish;
IV QISM
15-modda
1.  Ishtirokchi davlatlar xotin-qizlarning qonun oldida erkaklar bilan tengligini 
tan oladilar.
2.  Ishtirokchi davlatlar xotin-qizlarga erkaklar bilan bir xil fuqarolik huquqlarini 
va ularni amalga oshirishning bir xil imkoniyatlarini beradilar, jumladan, ular mulkni 

279
boshqarish va shartnomalarni tuzish vaqtida xotin-qizlarning teng huquqlarini, 
shuningdek, tribunal va sud muhokamasining barcha bosqichlarida ularga nisbatan 
teng munosabatni ta'minlaydilar.
3.  Ishtirokchi davlatlar shunga qo'shiladilarki, xotin-qizdarning huquqlarini 
cheklashga qaratilgan har qanday huquqiy shartnomalar va boshqa har xil xususiy 
hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
4.  Ishtirokchi davlatlar erkak va xotin-qizlarga shaxsning ko'chib yurishi, yashash 
va turar joyni tanlash erkinligaga taalluqli bo'lgan qonunchilikka nisbatan bir xildagi 
hukuklarni beradi.
16-modda
1.  Ishtirokchi davlatlar xotin-qizlarning nikoh va oila munosabatlariga taalluqli hamma 
masalalarda kamsitilishini bartaraf etish uchun barcha tegishli choralarni ko'radilar, 
jumladan, erkak va ayollarning tengligi asosida quyidagi huquqlarni ta'minlaydilar:
a)  nikohdan o'tishda bir xil huquqlar;
b) turmush o'rtog'ini erkin tanlash va nikoxdan fakat o'zining erkin va to'liq 
roziligi bilan o'tishda teng huquqlar;
v)  nikohdan o'tish hamda uni bekor qilish paytida bir xildagi huquq va burchlar;
g) bolalarga taalluqli bo'lgan masalalarda oilaviy sharoitidan qati nazar, barcha 
vaziyatda bolalarning manfaati ustun turgan holda, erkak va ayollar ota-ona 
sifatida bir xildagi burch va huquqlarga ega bo'lishi;
d) oilada bolalar soni, ularning tug'ilishi o'rtasidagi yoshi masalasini erkin va 
mas'uliyatli yechishda va bu huquqlarni amalga oishrishni ta'minlab beradigan 
vositalarga, ma'lumotdarga va ta'lim olishga bir xilda yondashish huquqiga ega bo'lish;
ye) bolalarni farzandlikka olish, vakolat berish, tarbiyalash, vasiylik qilish yoki shunga 
o'xshash vazifalarni milliy konunga asosan amalga oshirishda barcha vaziyatlarda 
bolalarning manfaati ustun turgan holda bir xil burch va huquqlarga ega bulish;
j)  er va xotinning teng shaxsiy huquqlari, shu jumladan, ismi-sharifini, kasb va 
mashg'ulotni tanlash huquqi;
z)  er-xotinning mol-mulkka bepul va pullik egalik qilish, sotib olish, boshqarish, 
foydalanish va tasarruf qilish borasidagi teng huquqlari.
2.  Bolani unashtirib qo'yish va nikohlash yuridik kuchga ega bo'lmaydi, nikohdan 
o'tishning eng quyi yoshini aniqlash va nikohlarni fuqarolik holati dalolatnomalarida 
majburiy qayd etish maksadida, barcha zarur, shu jumladan, zarur qonunchilik chora-
tadbirlari ko'riladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling