Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi


Download 2.94 Kb.

bet30/34
Sana09.02.2017
Hajmi2.94 Kb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34

21-modda
1.  Ushbu moddaga muvofiq mazkur Konvensiyaning har qanday ishtirokchi 
davlati istalgan vaqtda u Qo'mitaning bir ishtirokchi davlatning boshqa ishtirokchi 
davlat o'zining ushbu Konvensiya bo'yicha vazifalarini bajarmayotganligi to'g'risidagi 
xabarlarini olish va ko'rib chiqish vakolatini tan olishini bildirishi mumkin.
Bunday xabarlar ushbu moddada bayon qilingan tartib-qoidalarga muvofiq, 
faqatgina ular o'ziga nisbatan Qo'mita vakolatini tan olgani to'g'risida ariza bergan 
ishtirokchi davlat tomonidan taqdim etilgan holdagina qabul qilinishi va ko'rib 
chiqilishi mumkin.
Qo'mita ushbu modda bo'yicha axborotlarni, agar ular bunday ariza bermagan 
ishtirokchi davlatga tegishli bo'lsa, ko'rib chiqmaydi. Ushbu moddaga ko'ra olingan 
xabarlar quyidagi tartibga muvofiq ko'rib chiqiladi:
a)  agar qaysidir ishtirokchi davlat boshqa ishtirokchi davlat Ushbu Konvensiya 
qoidalarini bajarmayotir, deb hisoblasa, unda bu haqda shu masala haqida 
ko'rsatilgan ishtirokchi davlatga yozma xabar qilishi mumkin. Shu xabarni olgandan 
keyin uch oy mobaynida uni olgan davlat yozma ravishda shunday xabar jo'natgan 
davlatga tushuntirish yoki boshqa ariza taqdim qiladiki, unda qanchalik mumkin va 
maqsadga muvofiq bo'lsa, shu masala yuzasidan qabul qilingan, qabul qilinadigan 
yoki qabul qilinishi mumkin bo'lgan ichki tartib va tadbirlar ko'rsatilmog'i lozim;
b) agar dastlabki xabar oladigan davlat tomonidan olingandan keyin olti oy 
mobaynida masala ikkala tegishli ishtirokchi davlatni qondirish tarzida hal etilmasa, 

247
shu davlatlardan har qaysisi bu masalani Qo'mitaga berib, bu haqda Qo'mita va 
boshqa davlatga bildirib qo'yishi mumkin;
c)  Qo'mita unga ushbu moddaga binoan berilgan masalani faqatgina u hamma iloji 
bor ichki choralar ko'rilgani hamda mazkur holda umum tomonidan tan olingan 
xalqaro huquq prinsiplariga muvofiq tugagani haqida ishonch hosil qilganidan 
so'ng qarab chiqadi. Bu qoida shu tadbirlarni qo'llash asossiz cho'zilib ketgan 
yoki Ushbu Konvensiya buzilishining qurboni bo'lgan shaxsga samarali yordam 
ko'rsatishi dargumon bo'lgan hollarda harakat qilmaydi;
d) ushbu modda bo'yicha axborotlarni ko'rib chiqqanda Qo'mita yopiq majlislar 
o'tkazadi;
e)  Qo'mita «s» banddagi qoidalarga rioya etgan holda tegishli ishtirokchi davlatlarga 
masalani ushbu Konvensiyada ko'zda tutilgan majburiyatlarini hurmat qilish 
asosida do'stona hal etish maqsadida yaxshi xizmat ko'rsatadi. Shu maqsadda 
Qo'mita zarurat bo'lganda maxsus kelishuv komissiyasini ta'sis qilishi mumkin:
f)  ushbu moddaga muvofiq o'ziga berilgan har qanday masala bo'yicha Qo'mita 
«b» bandda eslatilgan tegishli ishtirokchi davlatlardan ishga taalluqli istalgan 
axborotni berishlarini so'rashi mumkin;
d) «b» bandda eslatilgan tegishli ishtirokchi davlatlar Qo'mitada masalani ko'rib 
chiqishda vakil orqali qatnashishlari, og'zaki va (yoki) yozma ravishda fikr 
bildirishlari mumkin.
h) Qo'mita bildirishnoma olgan kundan o'n ikki oy mobaynida «b» bandga muvofiq 
quyidagi hollarda axborotnoma taqdim etadi:
I) agar «ye» band qoidalari doirasida yechimga erishilsa, unda Qo'mita o'z 
axborotida faktlarni va erishilgan yechimni qisqacha bayon etish bilan chegaralanadi;
II) agar «ye» band qoidalari doirasida yechimga erishilmasa, Qo'mita o'z axborotida 
faktlarni qisqacha bayon etish bilan chegaralanadi;
360 tegishli ishtirokchi davlatlar tomonidan taqdim etilgan yozma taqdimotlar va 
og'zaki arizalarning qaydi axborotga ilova qilinadi.
Har bir masala bo'yicha axborot tegishli ishtirokchi davlatlarga jo'natiladi.
2.  Ushbu moddaning qoidalari mazkur Konvensiyaning beshta ishtirokchi davlati 
shu moddaning 1 bandiga muvofiq ariza berganida amalga kiritiladi. Bunday arizalar 
ishtirokchi davlatlar tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash 
uchun beriladi, Bosh kotib ularning nusxalarini qolgan ishtirokchi davlatlarga jo'natadi. 
Ariza Bosh kotib nomiga bildirishnoma jo'natish orqali istalgan vaqtda chaqirib olinishi 
mumkin. Arizani bunday chaqirib olish ushbu moddaga muvofiq avval o'tkazib bo'lingan 
axborot mavzui bo'lgan har qanday masalani ko'rib chiqishga zarar yetkazmasligi kerak; 
ushbu moddaga muvofiq har qanday ishtirokchi davlatning hyech qanday keyingi 
axborotlari, agar tegishli ishtirokchi davlat yangi ariza bermagan bo'lsa, Bosh kotibga 
arizaning chaqirib olinishi to'g'risida bildirilgandan keyin qabul qilinmaydi.
22-modda
1.  Ushbu Konvensiyaning ishtirokchi davlati istalgan vaqtda Ushbu moddaga 
muvofiq uning huquqiy tobeligida bo'lgan shaxslarning ishtirokchi davlat tomonidan 

248
Konvensiya qoidalarini buzish qurbonlari bo'lganliklarini yoki ular nomidan tushadigan 
shunday tusdagi axborotlarni tasdiqlaydigan xabarlarini olish va ko'rib chiqishga Qo'mita 
vakolatini tan olishi to'g'risida bayonot berishi mumkin. Shunday bayonot bermagan 
ishtirokchi davlatga taalluqli bo'lgan har qanday axborotlarni Qo'mita qabul qilmaydi.
2.  Qo'mita ushbu moddaga binoan anonim bo'lgan yoki uning fikricha, shunday 
xabarlarni berish huquqini suiiste'mol qilgan, yoki Ushbu Konvensiya qoidalariga 
to'g'ri kelmaydigan har qanday axborotni nomaqbul deb hisoblaydi.
3.  Qo'mita, 2 bandni hisobga olgan holda, ushbu moddaga muvofiq unga berilgan 
axborotni 1 bandga ko'ra bayonot bergan va go'yoki Konvensiyaning u yoki bu qoidalarini 
buzayotgan ushbu Konvensiyaning ishtirokchi davlatiga ma'lum qiladi. Axborotni olgan 
davlat olti oy mobaynida Qo'mitaga masalani va shu davlat tomonidan qabul qilinadigan 
har qanday tadbirlarni aniqlashtiradigan yozma tushuntirish yoki ariza taqdim etadi.
4.  Qo'mita ushbu moddaga muvofiq olingan xabarlarni unga mazkur shaxs 
tomonidan yoki uning nomidan va tegishli ishtirokchi davlat tomonidan taqdim 
etilgan butun axborotlar asosida ko'rib chiqadi.
5.  Qo'mita, agar u quyidagilarga amin bo'lmasa, ushbu moddaga ko'ra qandaydir 
shaxsdan olingan hyech bir axborotni ko'rib chiqmaydi:
a)  xuddi shu masala xalqaro tergov yoki bartaraf etish bo'yicha qaysidir boshqa 
marosimda ko'rib chiqilmagan va ko'rib chiqilma-yapti;
b) mazkur shaxs mavjud ichki huquq himoyasining barcha choralarini tugatgan; 
bu qoida shu tadbirlarni qo'llash asossiz cho'ziladigan yoki shu Konvensiyani 
buzish qurboni bo'lgan shaxsga samarali yordam berishi gumon sanalgan hollarda 
harakat qilmaydi.
6.  Mazkur modda bo'yicha axborotlarni ko'rib chiqqanda Qo'mita yopiq majlislar 
o'tkazadi.
7.  Qo'mita tegishli ishtirokchi davlat va mazkur shaxsga o'z fikr-larini bildiradi.
8.  Bu moddaning qoidalari ushbu Konvensiyaning beshta ishtirokchi avlati mazkur 
moddaning 1 bandiga muvofiq ariza berganda amalga kiritiladi. Bunday arizalar 
ishtirokchi davlatlar tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash 
uchun beriladi, u ularning nusxalarini qolgan ishtirokchi davlatlarga jo'natadi. Ariza 
istalgan vaqtda Bosh kotib nomiga bildirishnoma jo'natish vositasida chaqirib olinishi 
mumkin.
Arizani bunday chaqirib olish ushbu moddaga binoan berilib bo'lingan axborot 
mavzui sanalgan istalgan masalani ko'rib chiqishga zarar keltirmasligi lozim; har 
qanday shaxs tomonidan yoki uning nomidan jo'natiladigan hyech qanday keyingi 
xabarlar ushbu moddaga muvofiq, Bosh kotib tomonidan arizani chaqirib olish 
to'g'risida bildirishnoma olingandan keyin, agar tegishli ishtirokchi davlat yangi 
ariza bermasa, qabul qilinmaydi.
23-modda
Qo'mita va 21-modda 1 bandining «ye» kichik bandiga binoan ta-yinlanishi mumkin 
bo'lgan kelishuv komissiyalarining a'zolari Birlashgan Millatlar Tashkilotining 

249
Imtiyozlar va immunitetlar to'g'risida Konvensiyasining tegishli bo'limlarida 
ko'zda tutilganidek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti topshirig'i bo'yicha ishlaydigan 
ekspertlarning imtiyozlari va immunitetlari huquqiga egadirlar.
24-modda
Qo'mita ishtirokchi davlatlarga va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
Assambleyasiga ushbu Konvensiyaga binoan o'z ishi to'g'risida yillik ma'ruza taqdim 
qiladi.
III QISM
25-modda
1.  Ushbu Konvensiya hamma davlatlar tomonidan imzolash uchun ochiqdir.
2.  Bu Konvensiya ratifikasiya qilinishi kerak. Ratifikasiya yorliqlari Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun beriladi.
26-modda
Ushbu Konvensiya hamma davlatlarning qo'shilishi uchun ochiqdir.
Bunday qo'shilish qo'shilganlik to'g'risida hujjatni Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
Bosh kotibiga saqlash uchun topshirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
27-modda
1.  Ushbu Konvensiya yigirmanchi ratifikasiya yorlig'i yoki qo'shilish to'g'risidagi 
hujjat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshirilganining 
o'ttizinchi kuni amalga kiritiladi.
2.  Ushbu Konvensiyani ratifikasiya qiladigan yoki o'nta yigirmanchi ratifikasiya 
yorlig'i, yoki qo'shilish to'g'risida hujjat topshirilgandan keyin qo'shiladigan har bir 
davlat uchun Ushbu Konvensiya uning o'zining ratifikasiya yorlig'i yoki qo'shilish 
to'g'risida hujjati saqlash uchun topshirilgan sanadan keyin o'ttizinchi kuni amalga 
kiritiladi.
28-modda
1 Har bir davlat ushbu Konvensiyani imzolash yoki ratifikasiya qilish, yoki qo'shilish 
paytida u yigirmanchi moddada belgilangan Qo'mita vakolatini tan olmasligi mumkin.
2 Ushbu moddaning birinchi bandiga muvofiq izoh bergan har qanday ishtirokchi 
davlat bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibini xabardor qilib istalgan 
vaqtda o'z izohini olib tashlashi mumkin.
29-modda
1.  Ushbu Konvensiya ishtirokchisi bo'lgan har qaysi davlat tuzatish taklif qilishi va 
uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi keyin taklif qilingan tuzatishni ishtirokchi davlatlarga 
shu taklifni ko'rib chiqish hamda u bo'yicha ovoz berishni o'tkazish maqsadida 

250
ishtirokchi davlatlar konferensiyasini chaqirishga ular tarafdor yoki tarafdor emasligini 
unga bildirishni iltimos qilib jo'natadi. Agar bunday xat jo'natilgan sanadan so'ng to'rt 
oy davomida ishtirokchi davlatlarning kamida uchdan bir qismi shunday konferensiyaga 
tarafdorligini bildirsa, Bosh kotib Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida 
konferensiya chaqiradi. Shu konferensiyada hozir bo'lgan va ovoz berishda ishtirok 
etgan ishtirokchi davlatlarning aksariyati tomonidan qabul qilingan har qanday tuzatish 
Bosh kotib tomonidan hamma ishtirokchi davlatlarga tasdiqlash uchun beriladi.
2.  Ushbu moddaning 1 bandi bo'yicha qabul qilingan tuzatish Ushbu Konvensiyaning 
ishtirokchi davlatlaridan uchdan ikki qismi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
kotibini o'zining konstitusion tartiblariga muvofiq ular tomonidan mazkur tuzatish 
qabul qilinganligi to'g'risida xabardor qilgandan keyin amalga kiritiladi.
3 Tuzatishlar amalga kiritilgach, ular o'shalarni qabul qilgan ishtirokchi davlatlar 
uchun majburiy bo'lib boshqa ishtirokchi davlatlar uchun esa ushbu Konvensiya 
qoidalari va ular tomonidan qabul qilingan tuzatishlar majburiy bo'lib qoladi.
30-modda
1.  Ushbu Konvensiyani sharhlash yoki qo'llash xususidagi ikki yoki ko'proq 
ishtirokchi davlatlar o'rtasida muzokaralar yo'li bilan bartaraf etilishi mumkin 
bo'lmagan har qanday bahs ulardan birining iltimosi bo'yicha arbitrajga beriladi. Agar 
arbitraj to'g'risida iltimos qilingandan so'ng o'tgan olti oy mobaynida tomonlar arbitraj 
tashkil etish to'g'risida bitimga kelish holatida bo'lmasalar, tomonlardan birining 
iltimosi bo'yicha bahs Xalqaro sud maqomiga binoan Xalqaro sudga o'tkazilishi 
mumkin.
2.  Har bir davlat ushbu Konvensiyani imzolaganda, ratifikasiya qilganda yoki unga 
qo'shilganda o'zini ushbu moddaning 1 bandi qoidalari bilan bog'lanib qolmagan, deb 
hisoblagani to'g'risida ma'lum qilishi mumkin. Boshqa ishtirokchi davlatlar shunday 
izoh bergan har qanday ishtirokchi davlatga nisbatan ushbu moddaning 1 bandi 
qoidalari bilan bog'lanib qolmaydilar.
3.  Ushbu moddaning 2 bandiga muvofiq izoh bergan har qanday ishtirokchi davlat 
bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga bildirib qo'yib, istalgan paytda 
o'z sharhini olib tashlashi mumkin.
31-modda
1.  Har qaysi ishtirokchi davlat ushbu Konvensiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
Bosh kotibiga yozma ravishda xabar berish yo'li bilan bekor qilishi mumkin. Bekor qilish 
Bosh kotib tomonidan bildirishnoma olingandan keyin bir yil o'tgach kuchga kiradi.
2.  Bunday bekor qilish ishtirokchi davlatni ushbu Konvensiya bo'yicha uni bekor 
qilish amalga kiritilgan sanaga mavjud bo'lgan har qanday harakat yoki nuqson uchun 
javobgarliklardan ozod qilmaydi va bekor qilish Qo'mita tomonidan bekor qilish 
amalga kiritilgan sanagacha ko'rib chiqilgan istalgan savolning davom etayotgan 
ko'rib chiqishiga hyech qanaqa zarar yetkazmaydi.
3.  Qaysidir ishtirokchi davlat uchun bekor qilish kuchga kiritilgan sanadan keyin 
Qo'mita mazkur davlatga tegishli yangi masalalarni ko'rib chiqishga kirishmaydi.

251
32-modda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Birlashgan Millatlar Tashkiloti a'zolari 
bo'lgan barcha davlatlarga, Ushbu Konvensiyani imzolagan yoki unga qo'shilgan 
barcha davlatlarga quyidagi ma'lumotlarni xabar qiladi:
a)  25- va 26-moddalarga binoan imzolash, ratifikasiya qilish va qo'shilish to'g'risida;
b) 27-moddaga binoan ushbu Konvensiyani amalga kiritish va 9-moddaga binoan 
istalgan tuzatishlarni amalga kiritish sanasi to'g'risida;
s)  31-moddaga binoan bekor qilish to'g'risida.
33-modda
1.  Inglizcha, arabcha, ispancha, xitoycha, ruscha va fransuzcha matnlari bir xil 
autentik bo'lgan ushbu Konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga 
saqlash uchun topshiriladi.
2.  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Ushbu Konvensiyaning tasdiqlangan 
nusxalarini barcha davlatlarga jo'natadi.

252
7-ilova
BOLA HUQUQLARI TO'G'RISIDA KONVENSIYA
Bosh Assambleyaning 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-rezolyusiyasi bilan 
imzolash, ratifikasiya qilish va qo'shilish uchun qabul qilingan va ochilgan.
1990 yil 2 sentyabrdan kuchga kirgan.
MUQADDIMA
Ushbu Konvensiyaga ishtirokchi-davlatlar,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e'lon qilingan tamoyillarga muvofiq, 
jamiyat barcha a'zolarining o'ziga xos bo'lgan qadr-qimmati, teng va ajralmas huquqlari 
yer yuzasida erkinlik, adolat va tinchlikni ta'minlashning asosi ekanligi e'tirof 
etilganini hisobga olib,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Nizomda insonning asosiy huquqlariga, 
inson shaxsining sha'ni va qadr-qimmatiga bo'lgan o'z ishonchlarini tasdiqlaganliklari 
hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko'maklashishga 
ahd qilganliklarini e'tiborga olib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi va inson 
huquqlari to'g'risidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson mazkur hujjatlarda ko'rsatib 
qo'yilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki 
boshqa e'tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug'ilishi yoki 
boshqa holatlar bilan bog'liq belgilariga ko'ra har qanday tafovutdan qat'iy nazar, ega 
bo'lishini e'lon qilganligi va rozilik bildirganligini e'tirof etib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasiga bolalar 
alohida g'amxo'rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e'lon qilganligini eslatib, jamiyatning 
asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a'zolari, ayniqsa, bolalar 
o'sib-ulg'ayishlari va farovonlikka ega bo'lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni 
o'z zimmasiga to'liq oladigan bo'lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam 
bilan ta'minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda, bolaning sog'lom va har 
tomonlama uyg'un holda kamoloti uchun u oila g'amxo'rligida, baxt, mehr-muhabbat va 
ongli tushunish vaziyatida o'sishi zarurligini e'tirof etib,
bola jamiyatda mustaqil hayotga to'la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti Nizomida e'lon qilingan g'oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, 
sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib,

253
bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari 
Jeneva deklarasiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi 
tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklarasiyasida ko'zda tutilganligini 
va Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar 
to'g'risida xalqaro paktda (jumladan, 23- va 24-moddalarda), Iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy huquqlar to'g'risida xalqaro paktda (jumladan, 10-modda), shuningdek, 
ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan 
shug'ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli hujjatlarida e'tirof 
etilganligini e'tiborga olib,
Bola huquqlari deklarasiyasida ko'rsatib o'tilganidek, «bola, agar u jismoniy va 
aqliy jihatdan kamolotga yetishmagan bo'lsa, maxsus muhofaza va g'amxo'rlikka, 
binobarin, tug'ilguncha va tug'ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy 
himoyaga muhtoj» ekanligini e'tiborga olib, Ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to'g'risidagi 
deklarasiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro 
darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga 
doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog'atga yetmagan bolalarga 
nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari («Pekin qoidalari») 
va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya 
qilish to'g'risida deklarasiya qoidalariga tayanib,
jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og'ir sharoitlarda yashayotgan bolalar 
borligi hamda ular alohida e'tiborga muhtoj ekanliklarini e'tirof etib,
bolaning himoya qilinishi va uyg'un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an'analari 
va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib,
har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush 
sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e'tirof etib,
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
I QISM
1-modda
Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga to'lmagan har bir inson zoti, 
agar bolaga nisbatan qo'llanadigan qonun bo'yicha u ertaroq balog'atga yetmagan 
bo'lsa, bola hisoblanadi.
2-modda
1.  Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada o'z ta'sir doirasida bo'lgan har bir 
bola uchun ko'zda tutilgan barcha huquqlarni, hyech qanday kamsitishlarsiz, irqi, 
tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy 
kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog'lig'i va tug'ilishi, uning ota-onasi yoki 
qonuniy vasiysi yoki biror bir boshqa holatlardan qat'iy nazar, hurmat qiladilar hamda 
shu huquqlarni ta'minlab beradilar.
2 Ishtirokchi-davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki oshqa oila 
a'zolarining qarashlari yoki e'tiqodida o'z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida 

254
kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bola himoyasini ta'minlash uchun 
hamma zarur choralarni ko'radilar.
3-modda
1.  Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta'minot masalalari 
bilan shug'ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, ma'muriy yoki qonun 
chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi-yo'qmi, bundan qat'iy nazar, bolaning 
manfaatlari yaxshiroq ta'minlanishiga birinchi darajali e'tibor beriladi.
2.  Ishtirokchi-davlatlar o'z zimmasiga bolani uning farovonligi uchun zarur 
hisoblangan himoya va g'amxo'rlik bilan ta'minlashini zimmalariga oladilar, bunda 
uning ota-onasi, vasiysi yoki qonun bo'yicha uning uchun javobgar sanalmish boshqa 
shaxslarning huquq va majburiyatlarini e'tiborda tutishni hisobga oladilar hamda 
anna shu maqsadda barcha qonuniy va ma'muriy chora-tadbirlarni ko'radilar.
3.  Ishtirokchi-davlatlar bolalar haqida g'amxo'rlik ko'rsatish yoki ularni himoya 
qilish uchun mas'ul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar vakolatli organlar 
tomonidan belgilab qo'yilgan me'yorlarga, xususan, xavfsizlik va sog'liqni saqlash sohasida 
va ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek, vakolatli nazorat olib 
borishi nuqtai nazaridan belgilangan me'yorlarga javob berishlarini ta'minlaydilar.
4-modda
Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada e'tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish 
uchun barcha zarur qonuniy, ma'muriy va boshqa choralarni ko'radilar. Iqtisodiy, 
ijtimoiy va madaniy huquqlarga nisbatan ishtirokchi-davlatlar bunday choralarni 
o'zlarida mavjud bo'lgan imkoniyatlar doirasida, mumkin qadar yuqori darajada 
zarurat tug'ilgan taqdirda esa xalqaro hamkorlik doirasida qabul qiladilar.
5-modda
Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning va tegishli holatlarda yengaytirilgan oila a'zolari 
yoki mahalliy urf-odatlarda ko'zda tutilganidek, jamoaning vasiylar yoki qonun bo'yicha 
bola tarbiyasi uchun javobgar hisoblangan boshqa shaxslarning ushbu Konvensiyada 
e'tirof etilgan huquqlarni amalga oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va 
unga rahbarlik qilish hamda bu ishni bolaning rivojlanib borayotgan qobiliyatlariga 
muvofiq holda bajarishdagi mas'uliyati, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladilar.
6-modda
1.  Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini 
e'tirof etadilar.
2.  Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sog'lom rivojlanishi uchun 
mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib beradilar.
7-modda
1.  Bola tug'ilgan zahoti ro'yxatga olinadi va tug'ilgan daqiqasidan boshlab ism 
bilan atalish va fuqarolikka ega bo'lish, shuningdek, iloji boricha, o'z ota-onasini 

255
bilish va ularning g'amxo'rliklaridan bahramand bo'lish huquqlarini olishga haqli 
hisoblanadi.
2.  Ishtirokchi-davlatlar bunday huquqlarning o'z milliy qonunchiliklariga muvofiq 
amalga oshirilishini, ularning majburiyatlari shu sohaga tegishli xalqaro hujjatlarga 
asosan, xususan, agar bola boshqa fuqarolikka ega bo'lmagan taqdirda bajarilishini 
ta'minlaydilar.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling