Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi
Download 2.94 Kb. Pdf ko'rish
|
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI INSON HUQUQLARI UMUMIY NAZARIYASI O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Akademiya hamda IIV tizimidagi ta'lim muassasalarining tinglovchi va kursantlari shuningdek huquqni muhofaza etuvchi organlar xodimlari uchun “Inson huquqlari umumiy nazariyasi” fanidan darslik sifatida ruxsat berildi TOSHKENT 2012 O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Tahririyat-noshirlik kengashi tomonidan ma'qullangan. Mualliflar jamoasi: A. X. Saidov (Kirish so'zi, birinchi bob); M. T. Turg'unov (ikkinchi va oltinchi bob, paragraf 6.4. — Fazilov O.); A. A. Matchanov (yettinchi va o'ninchi bob); Sh. G'. G'oyibnazarov (beshinchi bob, paragraf 5.4. — T. T. Saidov); L. F. Isxakova (uchinchi bob va to'rtinchi bob U. Sh. Nurboyev bilan hammualliflikda); A. T. Niyozov (sakkizinchi bob); U. T. Tadjibayev (to'qqizinchi bob); A. A. Saidov (o'n birinchi bob); I. T. Turg'unov (o'n ikkinchi bob). Mas'ul muharrir: yuridik fanlar doktori, professor A. X. Saidov Inson huquqlari umumiy nazariyasi: IIV tizimidagi ta'lim muassasalari tinglovchi va kursantlari, shuningdek huquqni muhofaza etuvchi organlar xodimlari uchun darslik. — T., 2012. — 276 b. Darslikda inson huquqlari nazariyasi va tarixi masalalari, inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar va ularning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementasiyasi, shuningdek inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash va ularni himoya qilishda ichki ishlar organlarining vazifalari yoritib berilgan. Darslikda alohida e'tibor, inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarni ta'minlash bo'yicha milliy va xalqaro mexanizmlar, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatiga bag'ishlangan xalqaro hujjatlarning tavsifiga qaratilgan. Kitobda inson huquqlari nazariyasining asosiy tushunchalari ochib berilgan bo'lib, inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro va milliy mexanizmlari umumiy tavsifi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari faoliyatida inson huquqlarini himoya qilishning o'zigi xos xususiyatlari ko'rsatib berilgan. Ilovalar sifatida jadvallar hamda inson huquqlari bo'yicha xalqaro paktlar berilgan. Taqrizchilar: O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari, Tergov bosh boshqarmasi boshlig'i, polkovnik S. O. Nurmatov; Toshkent davlat yuridik instituti “Xalqaro va qiyosiy huquq” kafedrasi mudirasi yu. f. n., dosent G. Yuldasheva; Mazkur darslik YeXHTning O'zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko'magida nashr etildi. © O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012 y. 3 KIRISH SO'ZI O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining Muqaddimasida O'zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g'oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e'lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatini anglagan holda, o'zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlashga intilib, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash maqsadida insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasi qo'yilganligi aytib o'tilgan. Hozirgi dunyoda inson huquqlari yetakchi o'rinni egallashi umume'tirof etilgan haqiqatdir. Inson huquqlari masalasining har qanday sivilizasiyalashgan, adolatli fuqarolik jamiyatini qurishdagi rolini kamaytirib bo'lmaydi. Demokratik, huquqiy davlat qurishning bosh sharti asosiy huquq va erkinliklarni rag'batlantirish va himoya qilish hamda jamiyatda har bir insonning huquqlarini kafolatlashning haqiqiy tizimini yaratish hisoblanadi. Mamlakat Prezidenti I. A. Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” yuzasidan qilgan ma'ruzasida shunday degan edi: “Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo'nalishlaridan biri bu — qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so'z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo'lib qolmoqda 1 . Inson huquqlari yer yuzida hayotning to'laqonliligini belgilaydi hamda millatlar madaniyatlarining ajralmas qismi, insoniyat ma'naviy-huquqiy ideallarining eng yuqori darajada ko'rinishi bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham, hozirgi zamon dunyosining ma'naviy qadriyatlari orasida umume'tirof etilgan inson huquqlari eng muhim o'rinlardan birini egallaydi. BMT Nizomi va xalqaro konvensiyalarda hamda dunyoning turli mamlakatlari konstitusiyalarida mustahkamlangan inson 1 Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqaro lik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi / Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shak- llantirish — mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. — T. 19. — T.: O‘zbekiston, 2011. — B. 53. 4 huquqlari fundamental va ajralmas huquqlar sifatida ongimizga singib bormoqda. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov mamlakatimizda inson huquqlarini ta'minlash sohasidagi ustuvor yo'nalishlarni ko'rsatib o'tmoqda. Xususan, «…Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu dastur eng avvalo huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishini ta'minlash, jamiyatda inson huquqlari bo'yicha madaniyatni shakllantirish va shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni o'zida mujassam etishi kerak» 1 . Insonning asosiy huquq va erkinliklarining ro'yxati va mazmuni Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida mustahkamlab qo'yilgan bo'lib, mazkur hujjat odatda dunyoning vijdoni, insoniyat ma'naviyatining etaloni deb nomlanadi. BMT Nizomi kabi, mazkur tarixiy hujjatda haqiqat o'z tasdig'ini topgan: barcha insonlar erkin va insoniy qadr-qimmat va asosiy, tabiiy huquqlarda teng tug'iladilar. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodlaridan, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat'i nazar har bir insonning ehtiyojlarsiz va o'z shaxsiy daxlsizligi uchun hadiksiramay yashash huquqi, so'z va e'tiqod erkinligi, adolatli va butun dunyoda tinchlikga bo'lgan huquqi mustahkamlab qo'yilgan. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilingan kun — 1948 yil 10 dekabr — butunjahon bayrami bo'lib qoldi, chunki, mazkur hujjat barcha uchun kamsitishlarsiz, insonga erkin va maqbul sharoitlarda ijtimoiy adolatni e'lon qilgan daslabki hujjatlardan biri edi. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi asosida o'nlab hujjatlar: yuridik kuchga ega bo'lgan paktlar, konvensiyalar, protokollar ishlab chiqildi. Ularda demokratiya va bag'rikenglik, ya'ni boshqalarning fikrlari, dinga e'tiqod, ularning o'zini tuta bilishi, inson huquqlari va erkinliklari, tinchlik va taraqqiyot umume'tirof etilgan universal qadriyatlar maqomiga egaligi to'g'risida qat'iy fikrlar yuritiladi. Inson huquqlarini mustahkamlash va himoya qilishda ta'limning roli ko'plab xalqaro hujjatlarda qayd etiladi. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilingandan keyingi o'n yilliklarda BMT, XST, XMT, YuNESKO, Yevropa Kengashi, YeXHT va boshqa xalqaro tashkilotlar ko'plab muhim fundamental hujjatlarni qabul qildiki, ularda inson huquqlari sohasidagi ta'limni insonparvarlik g'oyalari asosida qurish to'g'risidagi qoidalar rivojlantirildi. Xususan, 1974 yil 19 noyabr kuni YuNESKOning Bosh konferensiyasi tomonidan Xalqaro tushunish, hamkorlik va tinchlik ruhida tarbiyalash hamda inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmat ruhida 1 Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyat- ini rivojlantirish konsepsiyasi / Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish — mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. — T. 19. — T.: O‘zbekiston, 2011. — B. 96–97. 5 tarbiyalash to'g'risidagi tavsiyanoma qabul qilindi. Bosh konferensiya YuNESKOning barcha a'zo-davlatlariga mazkur tavsiyanomani maktab ta'limi, oliy va maktabdan tashqari ta'lim uchun mas'ul bo'lgan organlar, idoralar yoki muassasalar bilan bir qatorda, yoshlar va katta yoshdagilar orasida tarbiyaviy ishlar olib boruvchi, talabalar va yoshlar harakati, o'quvchilarning ota-onalari assosiasiyalari, o'qituvchilar kasaba uyushmalari, shuningdek, boshqa manfaatdor tomonlarning e'tiboriga yetkazishni tavsiya qildi. 1985 yil 14 may kuni Yevropa Kengashining Vazirlar qo'mitasi a'zo-davlatlarning inson huquqlarini o'qitish sohasidagi majburiyatlarini hisobga olib va o'zining rezolyusiyalaridan kelib chiqib, Maktablarda inson huquqlarini o'qitish va o'rganish to'g'risidagi tavsiyanomani qabul qildi. Unda, xususan, “maktablarda inson huquqlarini o'qitishni va o'rganishni rag'batlantirish; maktab ta'limi bilan shug'ullanuvchi shaxslar va tashkilotlar e'tiborini Tavsiyanomaning... matniga qaratishni;... Yevropa kengashi a'zosi bo'lmagan Yevropa madaniy konvensiyasining a'zo-davlatlarining hukumatlariga Tavsiyanomani berishni” taklif etilgan. Inson huquqlari bo'yicha ta'limga e'tiborning “hali ham boshlang'ich darajada” ekanligini hisobga olib, Inson huquqlari bo'yicha Ikkinchi butunjahon konferensiyasi (Vena, 1993 yil) o'zining Deklarasiyasi va Harakat dasturida “barcha davlatlar va muassasalarni inson huquqlari, gumanitar huquq, demokratiya va qonuniylik masalalarini barcha o'quv yurtlarining o'quv dasturlariga kiritish va inson huquqlari sohasida keng miqyosdagi ta'limni ta'minlab beruvchi inson huquqlari sohasida muayyan dasturlar va strategiyalarni ishlab chiqishga” chaqirdi. 1993 yil Monrealda bo'lib o'tgan Inson huquqlari, demokratiya ta'limi bo'yicha xalqaro kongress tomonidan inson huquqlari va demokratiyani o'qitish bo'yicha Butunjahon harakat rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Harakat rejasi inson huquqlarining hurmat qilinishi, fuqarolik jamiyati esa barcha uchun maqbul bo'lgan modelga aylanishi uchun alohida shaxslar va guruhlarni inson huquqlariga o'qitish uchun oiladan boshlab BMTgacha bo'lgan energiya va resurslarni global mobilizasiya qilishga da'vat etdi. 1988 yildan boshlab BMT inson huquqlari madaniyatini shakllantirishning eng muhim vositalaridan biri sifatida o'quv yurtlariga yuksak ishonch bildirib, jamoatchilikni inson huquqlari to'g'risida xabardor qilish bo'yicha Butunjahon kampaniyasini o'tkazib kelmoqda. BMT shafeligi ostida YuNESKO, Yevropa kengashi, YeXHT va uning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB), Xalqaro inson huquqlari instituti va boshqa xalqaro hukumatlararo va nohukumat tashkilotlar va jamg'armalar tomonidan jahonda har yili inson huquqlari sohasida, inson huquqlari, demokratiya, bag'rikenglik, dunyo madaniyati va xalqaro tushunish masalalari bo'yicha aholini habardor qilish va o'qitish bo'yicha o'nlab butunjahon, mintaqaviy va milliy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, maktablar, o'quv kurslari o'tkazilmoqda. BMT Bosh Assambleyasi 1995–2004 yillarni Inson huquqlari ta'lim sohasining o'n yilligi deb e'lon qildi. Shu bilan birga BMTning Inson huquqlari Oliy Komissari 6 Boshqarmasi inson huquqlari ta'limi sohasi bo'yicha milliy harakat rejalariga taalluqli Rahbariy prinsiplarni ishlab chiqdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, a'zo- davlatlarni inson huquqlari ta'lim sohasidagi bo'yicha Milliy harakat rejasini ishlab chiqishga chaqirmoqda. Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish sohasidagi faoliyatda shaxs va davlatning o'zaro munosabati bo'yicha insoniyat tomonidan yig'ilgan tajribadan foydalanish zarur. Bunday tajriba esa, inson huquqlari bo'yicha asosiy xalqaro hujjatlarda aks etgan. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar g'oyasi — ulkan ahloqiy-huquqiy qadriyat hisoblanadi. Ko'plab xalqaro shartnomalar mazkur shartnomaning mazmuni bilan aholini xabardor qilish majburiyatini davlatga yuklaydi. Misol uchun, BMT tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaning 42-moddasida shunday deyilgan: “Ishtirokchi-davlatlar tegishli va ta'sirli vositalardan foydalangan holda Konvensiyaning tamoyillari va qoidalari haqida katta yoshdagilarni ham, bolalarni ham keng xabardor qilish majburiyatini o'z zimmasiga oladilar” Xelsinki jarayoni doirasida, 1991 yil kuzida Moskvada bo'lib o'tgan YeXHTning Insoniylik mezonlari bo'yicha konferensiyasining yig'ilishida a'zo-davlatlar inson huquqlari ta'limi sohasida o'z zimmalariga qator majburiyatlarni qabul qildilar. Shunday qilib, inson huquqlari ta'limi, davlatning inson huquqlari sohasida xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlari bo'yicha qabul qiligan majburiyatlarini amalga oshirishi bilan bog'liq bo'lgan to'g'ridan to'g'ri majburiyati hisoblanadi. Inson huquqlarini o'qitish — fuqarolar yuridik ta'limining tarkibiy qismi hisoblanib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida liberallashtirish va demokratlashtirish jarayoni ketayotgan, huquqiy davlat qurilayotgan hamda adolatli fuqarolik jamiyati shakllantirilayotgan hozirgi sharoitlarda ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi. “Aholida inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish borasida yangi qadriyatlar va ko'nikmalarni shakllantirish va pirovardida millat darajasida inson huquqlarini hurmat qilish va ularga rioya qilishni rivojlantirishga qaratilgan madaniyatni shakllantirish lozimdir. Insonlarning o'z huquq va erkinliklarini bilishlari, shaxs huquqlarini konstitusiyaviy kafolatini amalga oshirishning zaruriy sharti bo'lishi kerak” 1 . Mazkur darslik o'z oldiga huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida qo'llaniladigan umume'tirof etilgan inson huquqlarining murakkab muammolarini tushuntirishga yordam berishga qaratilgandir. U shaxsning ahloqiy va fuqarolik pozisiyalarining o'zaro aloqalariga bog'liq ravishda milliy hamda xalqaro darajada inson huquqlarining yuridik jihatlarini tahlil qilishga imkon beruvchi turli fikrlar integrasiyasiga qurilgan. Yetakchi g'oyalar — gumanizm, insonning sha'ni va qadr- qimmatiga hurmat, erkinlik va ma'suliyatdir. O'quv materialini tanlashda inson huquqlari bo'yicha xalqaro deklarasiyalar va konvensiyalardan, shuningdek bu 1 Karimov I. A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. — T. 5 — T.: «O‘zbekiston», 1997. — B — 115. 7 sohadagi xorijiy huquqiy tajribadan keng foydalanildi. Darslikda alohida e'tibor umume'tirof etilgan inson huquqlari va erkinliklarining huquqiy jihatlariga, ya'ni: ularning mazmuniga, ularni ta'minlashning huquqiy asoslari bilan hyech bo'lmaganda minimal darajada tanishish zaruriyatini ko'zda tutuvchi, uni himoya qilish mexanizmi va proseduralariga qaratildi. Mualliflar darslikda huquqiy tilning qat'iyligi bilan bayon qilinayotgan materialning oddiyligini o'zaro bog'lashga, siyosiy va ahloqiy tushunchalarga huquqning aniqligini berishga, fuqarolarga o'z huquqlarini himoya qilishning tinch va ma'rifiy huquqiy shakllarini ko'rsatishga harakat qilishgan. Darslikning asosiy maqsadlaridan biri — o'z huquqlarini, ularning mohiyatini anglagan holda, mas'uliyat bilan yondashib va ulardan foydalanish, o'zining huquqiy va ahloqiy madaniyatini, inson huquqlari madaniyatini takomillashtirishdan iborat. Darslikdan ta'limning turli bosqichlarida va turli shakllarida foydalanish mumkin. Ya'ni: Birinchidan, ma'ruzalarga tayyorgarlik ko'rishda. Tegishli mavzuning materiallari bilan dastlabki tanishish, tezda ishchi rejimga kirishishga, o'rganilayotgan masalaga yaxshiroq tushunishga yordam bersa, boshqa tomondan esa, tinglovchilarda ma'ruzachi tomonidan bildirilayotgan, ko'pincha mulohaza qilish murakkab bo'lgan fikrlarni o'ylab o'tirmasdan yozib olishdan ozod qiladi. Qo'shimcha axborotlarni yozib olishning o'zi kifoya. Ma'ruzani eshitib bo'lgandan keyin barcha olingan axborotlarni tezda mantiqiy tizimga va ketma ketlikka keltirish mumkin. Ikkinchidan, amaliy mashg'ulotlar paytida. Darslikdagi materillardan munozara, mustaqil ta'lim hamda mustaqil tayyorgarlik mashg'ulotlarida javob uchun o'ziga xos manba sifatida foydalanish mumkin. Uchinchidan, mustaqil tayyorlanishda. Savollarni mumtoz usulda sodda yoritilishi, tafakurlarni sxemalashtirishga inson huquqlari mohiyati to'g'risidagi tasavvurlarni soddalashtirishga olib kelmaydi, yoki tayyor sxemalar doirasida fikr yuritishni rahbarlamaydi. Aksincha u, aksincha, mustaqil ta'lim vaqtida, o'rganilayotgan “Inson huquqlarining umumiy nazariyasi” kursining nazariy qoidalari ustida fikrlashni nazarda tutib, tinglovchilarda nazariy masalalardan ijtimoiy hayotning haqiqiy voqyeliklariga va huquqni muhofaza qilish organlarida bo'lajak faoliyatga “o'tuvchi ko'prik” bo'lib xizmat qilishi mumkin. To'rtinchidan, taklif etilayotgan darslik davlat attestasiyasiga tayyorgarlik ko'rishda katta yordam berishi mumkin. Mazkur darslikni tayyorlashda O'zbekiston Respublikasida, shuningdek yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarda inson huquqlari bo'yicha tayyorlangan, shuningdek BMT, YuNESKO, Yevropa Kengashi, YeXHT, Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB) kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan nashr etilgan shunga o'xshash kitoblarning yaratilish tajribasi hisobga olingan. 8 1-BOB. «INSON HUQUQLARI UMUMIY NAZARIYASI» FANINING TUSHUNCHASI, METODI, TIZIMI VA UNING AHAMIYATI 1.1. «Inson huquqlari umumiy nazariyasi» fanining predmeti va vazifalari O'zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurilishining asosiy shartlaridan biri shaxsning asosiy huquq va erkinliklari himoyasini rag'batlantirish va jamiyatdagi har bir inson huquqlarining amaliy kafolatlari tizimini yaratishdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta'kidlaginidek, «biz o'z oldimizga qo'ygan demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsadidan voz kechmaymiz, muqaddas zaminimizda yashayotgan har bir inson uchun erkin, hyech kim va hyech nimadan kam bo'lmagan farovon hayot barpo etish yo'lidan qaytmaymiz» 1 . O'zining tashqi va ichki siyosatida O'zbekiston Respublikasi 1993 yil BMTning Inson huquqlari bo'yicha Ikkinchi umumjahon konferensiyasida tasdiqlangan «inson huquqlari shak shubhasiz universal xususiyatga ega, ularning himoyasi esa tegishli davlatlarning qonuniy ehtiyojidir» degan prinsipga asoslanadi 2 . Yurtimizda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash bo'yicha maqsadli ish olib borilmokda, qonun hujjatlarining butun bir tizimi ishlab chiqilgan hamda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha milliy institutlar muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qo'shilgan birinchi xalqaro- huquqiy hujjat bu — Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi edi. Bu, O'zbekistonning inson huquqlarini rivojlantirish, himoya etish va kafolatlash bo'yicha xaqiqiy maqsadlarini bildiradi. Bugungi kunda, Respublika inson huquq va erkinliklari bo'yicha 70 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikasiya qilgan. O'zbekiston Respublikasi inson huquq va erkinliklari bo'yicha asosiy hujjatlarga qo'shilishi bilan xalqaro huquqning asosiy umumiy e'tirof etilgan prinsiplari bosqichma bosqich milliy huquqiy tizimga implementasiya qilib borilmoqda. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar implementasiyasida BMT konvensiyaviy hujjatlari bo'yicha hisobotlar mexanizmi muhim o'ringa ega. 2011 yil 1 Karimov I. A. Jahon inqirozning oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko‘tarilish sari. — T. 18. — T.: O‘zbekiston, 2010. — 280 b. B — 10. 2 Inson huquqlari va sen. Ko‘llanma. — Varshava: BDIPCHG‘OBSE. 2000. — B. 150–152. 9 boshida O'zbekiston Respublikasi qo'shilgan BMTning asosiy hujjatlari bo'yicha Tashkilotning tegishli qo'mitalarida inson huquq va erkinliklari borasidagi asosiy hujjatlar bo'yicha milliy hisobotlar taqdim etilib, ko'rib chiqilgan, jumladan, • «Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi konvensiya»; • «Irqiy kamsitishning barcha turlariga barham berish to'g'risidagi konvensiya»; • «Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya», • «Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya», • «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt»; • «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt» hujjatlari bo'yicha hisobotlar topshirilgan. Shuni ta'kidlash joizki, xalqaro-huquqiy standartlarni O'zbekiston milliy qonunchiligiga implementasiya qilish jarayoni barqaror, tizimli va ortga qaytmas xususiyat kasb etmoqda. Ushbu hodisaning natijasida bir qator qonun va qonunosti hujjatlarining xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari talablariga mosligi bo'yicha qayta ko'rib chiqish amalga oshirilmoqda. Tabiiyki, u yoki bu sohada rejalarning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi hali muammoning yechilishini bildirmaydi, balki strategik ustuvorlikni aniqlab olish va qo'yilgan vazifalarni to'liq hal etilishi muammoning yechimidir. Xalqaro hamjamiyat endilikda rivojlanishga bo'lgan huquqqa alohida e'tibor qaratmokda. Ushbu huquq xalqlar va inson uchun uzviy bo'lib, asosiy inson huquqlarining bir qismi hisoblanadi. Ushbu huquq yakuniy ravishda 1986 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Rivojlanishga bo'lgan huquq Download 2.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling