Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi
Inson huquqlari bo'yicha Kengash (IHK)
Download 2.94 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kengash oz ishini bir necha yonalishlarda amalga oshiradi
- Universal davriy tahlil
- Bugungi kunda quyidagi mavzularga oid maxsus maruzachilar mavjud
- BMTning inson huquqlari boyicha Oliy Komissari boshqarmasi (IHOKB)
- BMTning Inson huquqlari boyicha Oliy Komissarining asosiy vazifalari quyidagilardir: birinchidan
- Inson huquqlari boyicha Oliy Komissar Boshqarma boshligi hisoblanadi.
- Ushbu qomitalarni tasis etilishiga yuqoridagi paktlar va konvensiyalar yuridik asos bolib xizmat qildi.
- Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boyicha qomita 1966 yilgi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boyicha xalqaro paktni amalga oshirilishini nazorat qiladi.
- Irqiy kamsitishlarni bartaraf qilish qomitasi barcha korinishdagi irqiy kamsitishlarni bartaraf qilish togrisidagi xalqaro konvensiyaning amalga
- Xotin-qizlarni kamsitishlarga barham berish qomitasi 1982 yilgi Xotin- qizlarga nisbatan barcha korinishdagi kamsitishlarga barham berish togrisidagi
- Qiynoqlarga qarshi Qomita 10 ta vakildan iborat bolib
- Bola huquqlari boyicha Qomitaning birinchi yigilishi 1991 yilda otkazilgan.
- 8.3. Inson huquqlarini himoya qilish borasida Yevropadagi hamda boshqa mintaqaviy xalqaro tashkilotlar
- Yevropa mintaqasida umumetirof etilgan inson huquqlarini amalga oshirish
Inson huquqlari bo'yicha Kengash (IHK) ko'proq qiziqish uyg'otadi. Inson huquqlari bo'yicha Kengash BMTning diskriminasiyaga uchragan va siyosiylashgan Inson huquqlari bo'yicha komissiyasi o'rnini egallagan bo'lib, BMT Bosh Assambleyasining 2006 yil 15 martdagi 60/251 rezolyusiyasiga binoan ta'sis etildi. Mazkur hukumatlararo organ yilda uch marta Jeneva shahrida yig'iladi va BMT a'zo-davlatlari orasidan 3 yil muddatga saylanadigan 47 a'zodan iborat tarkibga ega. Inson huquqlari bo'yicha Kengash — bu tengsizlikni, kamsitishlarni bartaraf etish, nisbatan zaif himoyalgan guruhlarning huquqlarini ta'minlanishi uchun tuzilgan organdir. Kengash o'z ishini bir necha yo'nalishlarda amalga oshiradi: • universal davriy tahlil; • maxsus prosedurlar; • shikoyatlar bo'yicha proseduralar. 60/251 rezolyusiyaga binoan Inson huquqlari bo'yicha Kengashga quyidagi vakolatlar berildi: “Har bir davlat tomonidan, uning faoliyatini universalligi hamda barcha davlatlarga nisbatan teng munosabatda bo'lishini ta'minlab berishi mumkin bo'lgan usullar bilan o'z majburiyatlarini amalga oshirishi bo'yicha obyektiv va ishonchli axborotlarga asoslangan Universal davriy tahlilni o'tkazish. Tahlil manfaatdor davlatni, uning imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadlarida uning ehtiyojlarini e'tiborga olgan holda, o'zaro muloqotga to'liq jalb etishga asoslangan hamkorlik mexanizmi hisoblanadi. Bunday mexanizm shartnomaviy organlar ishlarini takrorlamaydi, balki to'ldiradi”. Universal davriy tahlil — bu yangi jarayon bo'lib unga ko'ra 2008 yildan boshlab BMTning barcha 192 a'zosi har 4–5 yilda undan o'tishlari kerak. O'zbekiston Respublikasi Universal davriy tahlil inson huquqlari bo'yicha kengashning 101 3-sessiyasida 2008 yil dekabr oyida o'z ma'ruzasini taqdim etdi. Inson huquqlari bo'yicha rezolyusiyaga ko'ra ko'rib chiqishga asos bo'luvchi hujjatlar quyidagilardir: birinchidan, manfaatdor davlat tomonidan milliy ma'ruza shaklida tayyorlangan ma'lumot, shuningdek ushbu davlatga tegishli yozma yoki og'zaki tarzda taqdim etiladigan ma'lumotlar; ikkinchidan, inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissar boshqarmasi tomonidan tayyorlangan konvensiyaviy organlar ma'ruzalari, maxsus jarayonlar manfaatdor davlatning tahlil va sharhlari va BMTning tegishli hujjatlariga asoslangan qo'shimcha ma'lumotlar; uchinchidan, universal davriy tahlil boshqa organlar tomonidan tayyorlangan qo'shimcha ma'lumot, o'z navbatida Kengash tomonidan ko'rib chiqilishi davomida hisobga olinishi va Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissar boshqarmasi tomonidan yagona hujjat holiga keltirilishi lozim. Bu organlar o'z ichiga nodavlat tashkilotlar, inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar, ilmiy muassasalar va tadqiqot institutlari, mintaqaviy tashkilotlar va fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlarivakillarini qamrab oladi. Universal davriy tahlilning jarayonlari siyosiylashmagan va tahlil asosida qabul qilinuvchi qarorlar obyektiv xolis yondashuvni fikrlar xilma-xilligini e'tiborga olishi va konvensiyaviy organlarning takrorlamasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Inson huquqlari bo'yicha kengashi faoliyatining boshqa shakli “maxsus proseduralari — bu BMT Inson huquqlari komissiyasi tomonidan ta'sis etilgan va Inson huquqlari bo'yicha kengash tomonidan davom ettirilgan, alohida davlatdagi vaziyatga yoki mavzu bo'yicha barcha davlatlarga qaratilgan mexanizmlarga berilgan umumiy nomdir”. Hozirgi kunda 28 ta mavzuga oid va 10 ta mamlakat bo'yicha mandatlar mavjud. Bugungi kunda quyidagi mavzularga oid maxsus ma'ruzachilar mavjud: • qiynoqlar; • noqonuniy qatl etish; • e'tiqod erkinligi; • yollanma askarlar; • bolalar savdosi; • irqchilik va ksenofobiya; • so'z erkinligi; • sud hokimiyatining mustaqilligi; • ayollarga nisbatan kuch ishlatish; • zaharli chiqindilar; • migrantlar huquqlari; • yashashning qoniqarli shartlari; • ovqatlanish huquqi; • ta'lim huquqi va boshqalar. Mandatlarga ega bo'lgan mandatariylar odatda, mandat bo'lgan mamlakatlarni, alohida mamlakat yoki hududlarda inson huquqlari bo'yicha yoki butun dunyoda inson huquqlarini buzilishining umumiy vaziyatiga nisbatan tematik mandatlar 102 vaziyatni ko'rib chiqish, monitoring o'tkazish, maslahatlar berish va ma'ruzalarini chop etishga chaqiradi. Maxsus proseduralar tomonidan individual shikoyatlarga javob berish, tadqiqotlar o'tkazish mamlakatlarga operativ texnik yordam berish va umumiy tadbirlarga jalb etish kabi turli xildagi faoliyat amalga oshiriladi. Individual yoki ishchi guruh odatda (ular “maxsus ma'ruzachi”, “Bosh kotib qoshidagi maxsus vakil”, “Bosh kotib qoshidagi vakil yoki mustaqil ekspert” deb ataladi) va 5 a'zodan (har bir mintaqadan bittadan) iborat bo'ladi. Maxsus proseduralar mandatlari ularni tashkil etuvchi alohida rezolyusiya bilan belgilanadi. Maxsus proseduralar bo'yicha mandat egalari shaxsan ishtirok etadi va o'z ishlari uchun hyech qanday pul mablag'lari yoki maosh olmaydi. Maxsus proseduraning asosiy faoliyatiga inson huquqlari buzilishi yuzasidan ma'lumotlarni olish va mamlakatlarga holat yuzasidan tushintirish berilishini so'rab tezda so'rovnoma va xat jo'natish. Mandat ishtirokchilari shuningdek milliy darajada inson huquqlari bo'yicha holatlarni tekshirish uchun mamlakatga tashrif yuzasidan rozilik so'raladi. BMTning inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissari boshqarmasi (IHOKB) har xil turdagi jarayonlarda vazifa bajaradigan turli tashkilot va muassasalarda xizmat ko'rsatadigan xalqaro xodimlardan tashkil topadi. BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissari Jenevada joylashgan. Nyu- York shahrida uncha katta bo'lmagan bo'limi va dunyo bo'yicha joylarda aloqada bo'lib turish uchun bir qancha vakolatxonalari bor. BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissarining asosiy vazifalari quyidagilardir: birinchidan, inson huquqlari bo'yicha komissiya va uning kichik komissiyalariga xizmatini taqdim etish; ikkinchidan, Bosh Assambleya tomonidan belgilangan tekshiruv, nazorat va tergovning turli proseduralarini qo'llab-quvvatlash; uchinchidan, shartnomalar ijrosini ta'minlanishini nazorat qiluvchi organlarga xizmatlar taqdim etish; to'rtinchidan, komissiya yoki kichik komissiyalar so'rovnomasi asosida inson huquqlariga bag'ishlangan turli masalalar yuzasidan tekshiruv ishlarini olib borish; beshinchidan milliy darajada inson huquqlarini implementasiya qilishda davlatlarni (mutaxassislarni tayyorlash, yuridik yordam va ma'lumot almashish) qo'llab-quvvatlashlarni amalga oshirish. Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissar Boshqarma boshlig'i hisoblanadi. 1993 yilda Venada o'tkazilgan inson huquqlari bo'yicha II-Butunjahon konferensiyasida BMTning Bosh Assambleyasi birinchilardan bo'lib BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissar lavozimini ta'sis etish yuzasidan taklif bildirdi. 1994 yil Bosh Assambleya rezolyusiya qabul qildi va Oliy Komissar Boshqarmasining birinchi komissari etib Xose Ayyalo Lasso (Ekvador) tayinlandi. Bosh Assambleya Oliy Komissarni “BMTning faoliyatidagi inson huquqlari bo'yicha mas'ul shaxs bo'lib Bosh Kotib rahbarligi ostidagi asosiy mansabdor shaxs” deb e'lon qildi. 103 Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissar yana inson huquqlarini himoya qilishdagi xalqaro aloqalarni mustahkamlanishiga rioya qilish; BMT tizimi doirasida inson huquqlari bo'yicha faoliyatga; Inson huquqlari bo'yicha Markaz faoliyatini amalga oshirishda mas'uldir. BMT tomonidan qabul qilingan inson huquqlari bo'yicha ikkita xalqaro pakt va to'rtta konvensiya asosida ta'sis etilgan BMTning konvensiyaviy organlarining faoliyati umume'tirof etilgan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda faoliyat ko'rsatayotgan va asosiy funksiyalaridan biri davlatlarning milliy ma'ruzalarini ko'rib chiqish bo'lgan BMTning inson huquqlari bo'yicha konvensiyaviy organlari tizimining paydo bo'lganligiga nisbatan ko'p bo'lgani yo'q. Ularni tashkil etilgunga qadar Inson huquqlari komissiyasini tavsiyasi bo'yicha EKOSOSning 1965 yilgi qaroriga asosan BMTning a'zolari Bosh kotibga har yili u yoki bu huquqlarni amalga oshirish bo'yicha yillik hisobotlarini topshirar edi. Inson huquqlari bo'yicha ikki xalqaro pakt kuchga kirgandan so'ng, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy shuningdek fuqarolik va siyosiy huquqlar va axborot erkinligi to'g'risidagi milliy hisobotlarni taqdim etish tizimi bir qator xalqaro shartnomalarda ko'zda tutilgan yangi proseduralar bilan almashtirildi. Inson huquqlari bo'yicha qo'mita xalqaro paktlar va konvensiyalar asosida tashkil etilgan birinchi nazorat organlaridan biridir. Xalqaro shartnomalarga rioya qilishni nazorat qiluvchi funksiyani mazkur organ bilan bir qatorda yana quyidagi organlar ham amalga oshiradilar: • Irqiy kamsitishni tugatish bo'yicha qo'mita (1970 yil); • Ayollarga nisbatan kamsitishlarni tugatish bo'yicha qo'mita (1982 yil); • Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha qo'mita (1985 yil); • Qiynoqqa qarshi qo'mita (1988 yil); • Bola huquqlari bo'yicha qo'mita (1990 yil); • Mehnatkash-migrantlar va ularning oila a'zolarining huquqlarini himoya qilish bo'yicha qo'mita (2003 yil); • Nogironlar huquqlari to'g'risidagi qo'mita Ushbu qo'mitalarni ta'sis etilishiga yuqoridagi paktlar va konvensiyalar yuridik asos bo'lib xizmat qildi. EKOSOSga yordamchi organ sifatida ta'sis etilgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha qo'mita bundan mustasnodir. Inson huquqlari bo'yicha qo'mita 1977 yilda tashkil etildi. U 1966 yili qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar bo'yicha xalqaro pakt qoidalarini amalga oshirilishini nazorat qiladi. Qo'mita 18 ta a'zodan iborat bo'lib, a'zo davlatlar ularni o'z fuqarolaridan tayinlaydi hamda o'z funksiyalarini shaxsiy tarkibda amalga oshirishadi. 1966 yilda qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktga birinchi fakultativ protokolga muvofiq Inson huquqlari bo'yicha qo'mita uning vakolatlarini tan olgan a'zo-davlatlardagi sodir etilgan huquqbuzarliklar yuzasidan kelib tushgan habar va arizalarni ko'rib chiqadi. Qo'mita Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktda e'tirof etilgan huquqlarning qo'llanilishi borasida yuzaga kelgan choralar va jarayonlar haqidagi 104 milliy ma'ruzalarni ko'rib chiqishga vakolatlidir. Bundan tashqari, Paktning Fakultativ protokoliga ko'ra, uni e'tirof etgan 97 ta davlat Qo'mitaning, bu davlatlar ustidan mazkur Paktda bayon qilingan o'z huquqlarini buzilganligi bo'yicha individlarning murojaatlarini ko'rib chiqish vakolatini tan olgan. Qo'mita Paktning a'zo-davlatlarining milliy hisobotlarini ko'rib chiqish uchun yiliga uch marta yig'iladi. Uning sessiyalari uch haftagacha davom etadi va quyidagi tartibda: mart aprel oylarida BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida, iyul, oktyabr noyabr oylarida Jenevadagi Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissar Boshqarmasi qarorgohida o'tkaziladi. Paktni ratifikasiya qilgandan bir yoki ikki yil o'tgandan so'ng davlat Paktda e'tirof etilgan huquqlarga rioya qilinishiga oid milliy hisobot taqdim etishi shart. Bu dastlabki ma'ruza batafsil mazmunga ega bo'lishi kerak (hususan, davlat ichki huquqining xususiyati va tuzilishi hamda aholi to'g'risida), shuningdek, Paktdagi har bir qoidaning amaliyotda qanday amalga oshirilayotganligining umumiyy tahlili kabi ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak. Hisobotlarning taqdim qilishdan asosiy maqsad — u yoki bu mamlakatdagi inson huquqlari sohasidagi holat to'g'risida umumiy tasavvurga ega bo'lish edi. Hisobotlarda, nafaqat amaldagi konstitusiyaviy qoidalarini, qonunlar, qoidalar aks ettirilishi, balki Paktni qoidalarini amaliyotda qanday qo'llanilayotgnaligi va davlatda inson huquqlari sohasining ahvoli to'g'risidagi daliliy holatlar ham qayd qilinishi kerak. Qo'mita Paktning Fakultativ protokolini ratifikasiya qilgan a'zo-davlatlarga nisbatan individual shikoyatlarni ham ko'rib chiqishi mumkin. Shikoyat tegishli jabrlanuvchi tomonidan yoki uning nomidan bunday harakatlar sodir etish vakolati berilgan boshqa shaxslar nomidan berilishi shart. Qo'mita “xalqaro sudlovda yoki xalqaro prosedurada ko'rib chiqilayotgan ishlarni ” ko'rib chiqish uchun qabul qila olmaydi. Individual shikoyatlar yopiq majlislarda ko'rib chiqiladi. Shikoyat qilish uchun lozim bo'lgan shartlar quyidagilar: • xabar anonim bo'lmaslik kerak; • xabarlarni berishda huquqlardan foydalanish suiiste'mol qilinmagan bo'lishi kerak; • xabar Paktning qoidalariga muvofiq kelishi kerak; • huquqiy himoya qilishning barcha davlat ichki vositalaridan foydalanib bo'lingan bo'lishi kerak. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha qo'mita 1966 yilgi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha xalqaro paktni amalga oshirilishini nazorat qiladi. Qo'mita o'zining birinchi sessiyasini 1987 yili o'tkazgan. U inson huquqlari sohasida e'tirof etilgan va o'zining shaxsiy xislatlariga ko'ra faoliyat ko'rsatuvchi 18 ta vakildan iboratdir. Qo'mita yiliga ikki marta Jenevada may, noyabr-dekabr oylari bo'lib o'tadigan 3 hafta davom etadigan sessiyalarga yig'iladi; uning sessiyalari jamoatchilik uchun ochiqdir. Har bir sessiyada bir haftalik ishchi guruh faoliyat yuritadi. Bu guruh Qo'mitaning keyingi majlislarida ko'rib chiqiladigan ishlarning qisqacha ro'yxatini tayyorlaydi. Qo'mita iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktda mavjud bo'lgan inson huquqlariga oid huquq va erkinliklarni amalga oshirilishida 105 qo'llanilayotgan tadbirlar borasidagi a'zo-davlatlarning xabarlarini ko'rib chiqadi. Davlatlar mazkur Paktga a'zo bo'lganidan so'ng ikki yil ichida milliy hisobot taqdim etish kerak va undan so'ng har besh yilda davriy hisobot taqdim qiladi. Davlatlarning milliy hisobotlari — hamma uchun ochiq bo'lgan hujjatdir; ular ochiq majlislarda ko'rib chiqiladi va bu majlislarda davlatlar o'zlarining hisobotlarini taqdim qiladilar hamda ular Qo'mita a'zolarining savollariga javob beradilar. Qo'mita o'zaro muloqot davomida Paktning normalari qanday qo'llanilayotganligini va Paktning normalarini amalga oshirish bo'yicha huquqni qo'llash amaliyotini yana qanday qilib takomillashtirish mumkinligini aniqlashtiradi. Qo'mita sessiyaning oxirgi kunida xavotirlanishga sabab bo'ladigan asosiy mavzularni muhokamasining yakuni sifatida a'zo davlat uchun taklif va tavsiyalarni o'z ichiga olgan xulosaviy izohlar beradi. Milliy hisobotni muhokamasi jarayonida faqat Qo'mitaning a'zolari va a'zo davlatning vakillari qatnashishi mumkin. Nohukumat tashkilotlar muayyan davlatning hisoboti ko'rib chiqilishidan oldin chaqiriladigan ishchi guruhning majlisida o'zlarining xavotirlarini ifodalashlari mumkin. EKOSOSning maslahatchisi maqomiga ega bo'lgan nohukumat tashkilotlari ham agarda Paktda shakllantirilgan huquqlarning amalga oshirilishi va e'tirof etilishiga muayyan darajada hissa qo'shishga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan hisobotlarni va ma'lumotlarni keltirishlari mumkin. Irqiy kamsitishlarni bartaraf qilish qo'mitasi barcha ko'rinishdagi irqiy kamsitishlarni bartaraf qilish to'g'risidagi xalqaro konvensiyaning amalga oshirilishini kuzatib boradi. U a'zo davlatlar tomonidan 4 yillik muddatga tayinlanadigan 18 vakildan iboratdir. Qo'mita Konvensiyaning qoidalarini bajarilishi yuzasidan qabul qilingan chora- tadbir va ush bu sohada erishilgan yutuqlar yuzasidan a'zo davlatlar tomonidan topshirilgan hisobotlarni o'rganib chiqadi. Qo'mita Konvensiyada e'tirof etilgan majburiyatlarni bajarilishi yuzasidan kelib chiqadigan masalalar bo'yicha davlatlar orasida kelib chiqadigan nizolarni tartibga solish va alohida shaxslarning shikoyatlarini ko'rib chiqish uchun doimiy ishchi guruhlar yoki maxsus kelishtiruvchi komissiyalar tashkil qiladi. Odatda Qo'mita yiliga ikki marta yig'iladi. Uning sessiyalari uch hafta davom etadi: fevral-mart va avgust oylari Jeneva shahrida o'tkaziladi. A'zo davlatlarning hisobotlari Qo'mita tomonidan ochiq majlislarda ko'rib chiqiladi. Qo'mita quyidagi to'rta funksiyani bajaradi: • hisobotlarni ko'rib chiqish; • oldini olishga qaratilgan choralar; • hisobotni taqdim qilish kechiktirilsa a'zo-davlatdagi yuzaga-kelgan vaziyatni majburiy shaklda ko'rib chiqish; • individual habarlar bo'yicha fikr-mulohazalarni ishlab chiqish. Milliy hisobotlarni taqdim qilish uchun ikki yillik muddat o'rnatilgan. Qo'mita o'z faoliyati yuzasidan Bosh Assambleyaga har yili hisobot berib turishi kerak va a'zo davlatlar tomonidan berilgan milliy hisobotlarni o'rganishga tayangan holda taklif va tavsiyalari belgilashi mumkin. 106 Konvensiyaning 14-moddasida o'rnatilgandek, o'zlarining huquqlari buzilishi yuzasidan alohida shaxslar yoki shaxslar guruhi Qo'mitaga shikoyat qilishi mumkin. Bu vaqtga qadar ular bu huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlatdagi mavjud ichki imkoniyatlarning barcha vositalaridan foydalanib bo'lgan bo'lishlari lozim Biroq, Qo'mita Konvensiyani ishtirokchisi bo'lib hisoblanadigan, ammo Qo'mitaning vakolatlarini tan olmaydigan davlatlarga nisbatan shikoyatlarni ko'rib chiqish uchun qabul qila olmaydi. Konvensiyani ratifikasiya qilgan yoki unga qo'shilgan 156 davlatdan faqatgina 30 tasi Qo'mitaning Konvensiyaning 14-moddasida o'rnatilgan shikoyatlarni ko'rib chiqishga qabul qilish va ko'rib chiqish vakolatini e'tirof etganlar. Qo'mita Konvensiyadagi qoidalar hayotga tadbiq etilmasligiga oid vaziyatlar bir davlatda kuzatilsa, ikkinchi davlatning bunga doir shikoyatini ko'rib chiqishi kerak. Xotin-qizlarni kamsitishlarga barham berish qo'mitasi 1982 yilgi Xotin- qizlarga nisbatan barcha ko'rinishdagi kamsitishlarga barham berish to'g'risidagi konvensiyaga asosan tuzilgan. Qo'mita 23 a'zodan iborat. Ular 4 yillik muddatga yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanadilar. Bu shaxslar yuksak axloqiy fazilatlarga hamda ayollar huquqlari sohasida muayyan bilimlarga ega bo'lishlari shart.... O'zining sessiyalarida Qo'mita a'zo davlatlar tomonidan taqdim etilgan hisobot va har qanday axborotlarni o'rganadi. Bu hisobotlarni ko'rib chiqish yakunida Qo'mita taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi. U shuningdek Konvensiyadagi majburiyatlarni bajarish yuzasidan a'zo-davlatlar qo'llashi mumkin bo'lgan umum tavsiyalarni ham ishlab chiqadi. 1997 yildan boshlab Qo'mita yiliga ikki marta yig'iladi. Uning yig'ilishlari 3 hafta davom etadi va odatda yanvar va iyul oylarida o'tkaziladi. Qo'mita o'z faoliyatini takomillashtirish yuzasidan 2001 yildan boshlab o'zining yig'ilishlarini Jenevada ham ikki yilda bir marta o'tkazadigan bo'ldi. Bu esa uning boshqa shartnomaviy organlar hamda BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissari Boshqarmasi bilan yaqin hamkorlik qilishiga imkon bermoqda. Qo'mitaga Konvensiyani bajarish davomida erishilgan progressiv jarayonlarni tahlil qilish yuklatilgan. U o'z yig'ilishlarida Konvensiyani ratifikasiya qilgandan yoki unga qo'shilgandan davlatlari so'ng bir yil ichida taqdim qilgan hisobotlarini ko'rib chiqadi. A'zo bo'lgan davlat bundan keyin har to'rt yilda hisobot topshirishlari shart. Har yili Qo'mita EKOSOS orqali o'z faoliyati yuzasidan Bosh Assambleyaga hisobot topshiradi. Qo'mita a'zo-davlatlar tomonidan berilgan milliy hisobotlarni o'rganishga tayangan holda taklif va tavsiyalar berishi mumkin. Davlatlarning vakillari o'z hisobotlari bilan og'zaki tarzda bayon qilishlari, bundan keyin ekspertlarning izohlarini eshitiladi va savollariga javoblar berishlari mumkin. Qo'mita sessiyaning yakunida Bosh Assambleyaning yillik hisobotlarida aks etadigan yakuniy fikr-mulohazalarni qabul qilishi lozim. Qiynoqlarga qarshi Qo'mita 10 ta vakildan iborat bo'lib, ular a'zo-davlatlar tomonidan saylanadi. Ular Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid, qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyani ratifikasiya qilgan davlatlarning hisobotlarini ko'rib chiqadilar. Milliy hisobotlarni ko'rib chiqish, o'rganish va a'zo davlatlarga yo'nalishlar berish hamda Bosh Assambleyaga o'zining fikr-mulohazalarini yuborishdan tashqari Qo'mita yashirin tergov o'tkazish vakolatiga ham ega. Davlat hududida tizimli ravishda 107 qiynoqlar qo'llanilishiga oid ma'lumotlar bo'lsa, Qo'mita a'zo davlatning roziligi bilan joylarda tergov o'tkazishi mumkin. Bola huquqlari bo'yicha Qo'mitaning birinchi yig'ilishi 1991 yilda o'tkazilgan. Qo'mita 10 ta vakildan iborat. Unga bola huquqlarini rag'batlantirish uchun qo'shilgan davlatlar orasida doimiy muloqot tashkillashtirish vazifasi yuklatiladi. Qo'mita bolalarning ravnaqiga xavf tug'diruvchi omillarni aniqlashtiradi, aniq muammolarning amaliy echimlarini ishlab chiqadi, muammolarni hal qilish uchun zaruriy inson va moliyaviy resurslarini safarbar qiladi, bola huquqlari borasida jamiyatning xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni hamda uning bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ishtirokini kengaytirishga oid choralarni qo'llaydi. Bu maqsadlar yo'lida Qo'mita mazkur sohada faol faoliyat olib boradigan tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Qo'mita 1989 yilgi Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyani ratifikasiya qilgan yoki unga qo'shilgan davlatlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi. A'zo-davlatlar doimo Qo'mitaga Konvensiyaning bajarilishi va bola huquqlarining muhofaza qilinishiga doir qabul qilgan chora-tadbirlariga doir hisobotlar taqdim qiladi. Bu hisobotlar oshkora qilinadi va milliy darajasida keng tarqatiladi. 8.3. Inson huquqlarini himoya qilish borasida Yevropadagi hamda boshqa mintaqaviy xalqaro tashkilotlar Inson xuquqlari bo'yicha zamonaviy tizim Yevropada alohida rivojlanish bosqichiga egaligi bilan birgalikda u yerda yaralgangan xuquqni muxofaza kilish tizimi jamiyatni rivojlanishi bilan teng taraqiy etganligi umume'tirof etiladi voqyellikdir. Yevropa integrasiyalashuv jarayonlari huquqni himoyalash normalari qonunchilikni yangi tarmoqlariga singdirilmoqda va inson huquqlari obyektiv tarkibini murakkablashuviga olib kelmoqda. Yevropa mintaqasida umume'tirof etilgan inson huquqlarini amalga oshirish Download 2.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling