Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi
INSON HUQUQLARI HIMOYASINING KAFOLATLARI MEXANIZMI
Download 2.94 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson huquqlari taminotining milliy mexanizmi quyidagi turlardan iborat
- Huquqiy kafolatlar deganda
- Inson huquqlariga nisbatan huquq va erkinliklar taminotining huquqiy choralari eng katta qiziqishga egadir.
- Inson va fuqaro huquq va erkinliklarini umumiy davlat va maxsus huquqiy kafolatlarini turlarini farqlay bilish lozim.
- 7.2. Ozbekistonda inson huquqlari kafolatining huquqiy mexanizmlarini shakllanishi
- Huquq fanida umumiy va maxsus (huquqiy) kafolatlarni farqlash qabul qilingan. Umumiy kafolatlar — huquqni royobga chikaruvchi iqtisodiy, siyosiy va
- Mafkuraviy kafolatlar
- 1. Insonning huquq va erkinliklarini buzishi mumkin bolib, huquqiy normalarda belgilangan bunday harakatlarni taqiqlash va cheklashlar
- 2. Fuqarolarnnig tosqinliklarsiz oz huquq va erkinliklarini amalga oshirishini taminlash boyicha davlat organlari, mansabdor shaxslar va boshqa subyektlarning
- 7.3. Ozbekiston Respublikasining inson huquqlari boyicha milliy tashkilotlarining oziga xos xususiyatlari
INSON HUQUQLARI HIMOYASINING KAFOLATLARI MEXANIZMI VA UNING O'ZBEKISTONDA SHAKLLANISHI 7.1. Inson huquqlari umumiy nazariyasida kafolatlar mexanizmi tushunchasi Kafolat-kafillik, ta'min etish, garovga javob berish (fr. tarjima garantie). Inson va fuqaro huquqlari kafolatlari — bu konstitusiya va boshqa qonunlar bilan o'rnatilgan huquqlardan foydalanish imkonini yaratuvchi chora va shart-sharoitdir. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini qonunda mustahkamlab o'tish lozimdir. Biroq, bu masalaning yarmi va oddiy qismi, xolos. Ularni samarali amalga oshirish ancha qiyinroq masaladir. Konstitusiya ko'p hollarda “kafolat” atamasini qo'llab, buni ta'minoti haqida so'z yuritsa-da, huquqlarning haqiqiy amalga joriy etilishi uchun davlat organlari va fuqarolarning o'zlari ham anchagina ter to'kishlari talab etiladi. Eng avvalo, bunday ta'minotning choralari ishlab chiqilgan bo'lishi kerak. Buni adabiyotlarda odatda, kafolatlar deya yuritiladi. Inson huquqlari kafolatlari mexanizmi inson huquqlarini amalga oshirishning bir biri bilan bog'liq shartlari tizimidan iboratdir. Inson huquqlari ta'minotining milliy mexanizmi quyidagi turlardan iborat: • iqtisodiy kafolatlar; • ijtimoiy kafolatlar; • mafkurafiy kafolatlar; • siyosiy kafolatlar; • huquqiy kafolatlar; • moddiy kafolatlar. Huquqiy kafolatlar — fuqarolarga berilgan huquq va erkinliklarning amalga oshirishining huquqiy chora-tadbirlaridir. Ushbu tushunchaga quyidagicha ta'rif berish mumkin: kafolatlar — fuqarolarga berilgan huquq va erkinliklarning amalga oshirishining huquqiy chora-tadbirlaridir. Kafolatlarning bir necha turlari ajratiladi. Ko'p hollarda siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy va huquqiy kafolatlar tilga olinadi. Iqtisodiy kafolat turlari qatorida ta'minotning moddiy choralari haqida ham gapirish mumkin (himoya vositalari, maxsus kiyimlar va b.). Kafolatlardan maqsad, avvalo, huquqlarni amalga oshirilishdagi to'siqlar bo'lishiga yo'l qo'ymaslik va agarda bunday to'siqlar paydo bo'lsa, ularni bartaraf etish, ikkinchidan, bu huquqlar bilan bog'liq majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash 86 (bunday vazifani, masalan, qo'llanish xavfi ma'lum bir subyektni fuqaro huquqlarini bajarishga majbur qiluvchi jarima o'taydi). Ushbu tamoyil shuni bildiradiki, huquq va erkinliklar insonga tegishli va qonunchilikda mustahkamlab qo'yilishdan qat'i nazar, inson o'z huquqlairini qonunda ta'qiqlanmagan hamma choralar bilan himoya qilishi mumkin. Bevosita ravishda inson huquq va erkinliklarini tan olish, ular buzilgan taqdirda, ularning qo'llanishi imkonini beradi. Shunisi ma'lumki, huquq faqatgina davlat yoki boshqa shaxs (organ) uni ta'minlash majburiyatini olsagina amalga oshishi mumkin. Kafolatlar o'z-o'zi uchun emas, balki huquq va erkinliklarning hayotga to'liq joriy etilish uchun zarurdir. Ular shunday sharoitni yaratishlari lozimki, bunda Konstitusiya va boshqa qonunlarda qayd etilgan shaxsning huquqiy statusi, huquq va erkinliklari to'g'risidagi qoidalar amalda har bir kishiga tegishli bo'lishi lozim. Keng ma'noda inson huquq va erkinliklari kafolatlari tushunchasi fuqarolar huquq va erkinliklarining to'liq amalga oshirilishi va himoyasiga qaratilgan barcha obyektiv va subyektiv omillarni qamrab oladi. Huquqiy kafolatlar deganda, inson huquq, erkinliklar, majburiyatlarini huquq normasida qayd etilishi, davlat va xalqaro hamjamiyat institutlarining huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan ularning ta'minlanishi, saqlanishi va himoyasini tushunish mumkin. Qonunda ushbuni ta'minlashga qaratilgan choralar huquqiy kafolatdir. Mustaqillik davrida O'zbekiston Respublikasi qonunchiligining rivojlanishi u yoki bu huquqlarning kafolatlarini o'z ichiga olgan bir qator qonun hujjatlarining ishlab chiqilishi bilan bog'liq. “Tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to'g'risida”, “Nodavlat, notijorat tashkilotlar faoliyati kafolatlari to'g'risida”, “Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida”, “Jurnalistik faoliyat kafolatlarito'g'risida”, “Fuqarolarning saylov huquqlari to'g'risida” gi qonunlar shular jumlasidandir. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi sudda ish yuritishining demokratik tamoyillarini, sud tartibida huquqiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga nisbatan insoniy munosabatni kafolatlaydi. Huquqiy kafolatlar fuqaro va inson huquqlarining amalga oshirilishini ta'minlab beruvchi, amaldagi qonunchilikda o'z aksini topadigan, ko'rsatilagn huquq va erkinliklarni aniqlashtirib beradigan barcha choralarni qamrab oladi. Huquqiy kafolatlarning boshqa kafolat turlaridan farqi quyidagichadir. Agar, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-axloqiy kafolatlar fuqaro va inson huquqlarining amalga oshirishida ilk qadam bo'lsa, huquqiy kafolatlar shaxsning huquqlarining aniq amalga oshirishi va bu huquqlarni tajovuzlardan himoya etishga qaratilgandir. Inson huquqlariga nisbatan huquq va erkinliklar ta'minotining huquqiy choralari eng katta qiziqishga egadir. Ba'zi bir mualliflar huquqiy kafolatlar deganda keng institutlar va modiy va prosessual moddalar tizimini tushunadilar, ular subyektiv huquqlarni ta'minlash tizimi faqatgina huquq o'rnatuvchi va huquqni tiklovchi normalardan iborat huquqiy kafolatlar orqaligina ishlashi mumkin deb hisoblashadi. 87 Aynan davlat-huquq majmuasining turli qismlarining birgalikda xizmat qilishi orqali huquqiy kafolatlarning alohida qismlari, tuzilmalari o'zining himoyaviy vazifasini amalda bajarishi mumkin. Mansabdor shaxslarning noqonuniy hatti-harakatlari ustidan ma'muriy va sud tartibida shikoyat qilish tartibi mavjud. Bu tartib va u bilan bog'liq jarayonlar qonun darajasida ko'rsatib o'tilgan. Bundan tashqari institusional darajada ushbu mexanizmning ishlashini ta'minlovchi organlar va muassasalar mavjud. Fuqaro o'z huquqlarini himoya qilish uchun yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxs yoki sudga murojaat qilishi mumkin. Barcha normalar ham inson huquq va erkinliklarining kafolatlari hisoblanmaydi, faqatgina o'zida huquqlarni himoya qilish va ular buzilgan taqdirda, ularni tiklash bo'yicha chora-tadbirlarni ko'zda tutuvchi normalargina, huquqiy kafolatlardir. Qonunchilik faqatgina fuqarolar huquqlarni himoya qilish mexanizmining turg'un elementlarini kafolatlar tizimi bilan o'z normalarida aks ettiradi. Ushbu mexanizmning samarali ishlashi davlat hokimiyati organining ter to'kib ishlashi, amaldorlarning o'z mansab vazifadarini bajarish chog'ida noqonuniy harakati (harakatsizligi) uchun javobgarlikni oshirish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyati yuksalishiga bog'liqdir. Inson va fuqaro huquq va erkinliklarini umumiy davlat va maxsus huquqiy kafolatlarini turlarini farqlay bilish lozim. Inson va fuqaro huquq va erkinliklarining umumiy davlat kafolatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan, Konstitusiya va qonunning ustivorligi, hokimiyatning bo'linishi va konstitusion tuzulmaga ega demokratik huquqiy davlatchilik institutlari tizimini shakllantirish; ikkinchidan, inson va fuqaroning konstitusiyaviy huquq va erkinliklarining bevosita, to'g'ridan-to'g'ri amalga oshirilishi prinsipining izchil joriy etilishi; uchinchidan, inson va fuqaro huquq va erkinliklarining huquqiy asosisini yaratish, ya'ni inson va fuqaro huquqlari to'g'risidagi qonunchilik tizimini tashkil etuvchi qonun hujjatlarini qabul qilish; to'rtinchidan, inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar tizimini tashkil etish (Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili, O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy Markazi); beshinchidan, inson huquqlari bo'yicha ko'p maqsadli va ko'p darajali ta'lim tizimini yaratish va keng aholi orasida inson huqfuqlari madaniyatini shakllantirish; oltinchidan, mamlakatda fuqarolik institutlari (nohukumat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari), huquqni himoya qilish harakatini rivojlantirish; yettinchidan, inson huquqlari bo'yicha xalqaro hujjatlarga qo'shilish va ular bo'yicha majburiyatlarni bajarish. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida jahon konstitusion tajribasidan kelib chiqib, quyidagicha belgilangan: birinchidan, inson va fuqaro huquq va erkinliklarining keng doirasi; ikkinchidan, bu asosiy huquq va erkinliklar boshqa hamma konstitusion institutlar bilan uyg'unlashtirilgan, ularning xo'jalik yuritish, davlat boshqaruvi, konstitusion tuzilma bilan o'zaro bog'liqligiga erishilgan; 88 uchinchidan, insonning konstitusion huquqlarining amalga oshirilishi uchun zarur bo'lgan mexanizmlar, jarayonlar, tuzilmalarning huquqiy asosolari yaratilgan. Shunisi ravshanki, huquq faqatgina davlat yoki boshqa shaxs (organ) uni ta'minlash majburiyatini olsagina amalga oshirilishi mumkin. Kafolatlar o'z-o'zi uchun emas, balki huquq va erkinliklarning hayotga to'liq joriy etish uchun kerakdir. Ular shunday sharoitni yaratishlari lozimki, bunda Konstitusiya va boshqa qonunlarda qayd etilgan shaxsning huquqiy statusi, huquq va erkinliklari to'g'risidagi qoidalar amalda har bir kishiga tegishli bo'lishi lozim. Keng ma'noda inson huquqlari kafolatlari tushunchasi deganda fuqarolar huquqlarining to'la amalga oshirilishi va har tomonlama himoyasi, ularning bajarilishiga to'siq bo'luvchi sabalarni bartaraf qilishga qaratilgan obyektiv va subyektiv omillar jamlanmasi tushuniladi. 7.2. O'zbekistonda inson huquqlari kafolatining huquqiy mexanizmlarini shakllanishi O'zbekiston Prezidenti I. A. Karimov inson huquqlarini himoya qilish to'g'risida jonkuyarlikni oshib borishi asosida jamiyatning barqaror demokratik rivojlantirishga qaratilgan strategik yo'nalishlarini qayd etar ekan, O'zbekistonda inson huquqlari kafolatining amaliy ishlovchi mexanizmini yaratish asosiy vazifalardan biri ekanligini bir necha bor ta'kidlab o'tgan. Bu holatda jamoat va nodavlat tuzilmalarning roli va ahamiyati davr talabi va zaruriy hayotiy ehtiyoji bo'lishi kerak. Bu masalada jamoat va nodavlat tashkilotlarining roli va ahamiyatini vaqtning o'zi ko'rsatib turibdi, hayotning o'zi talab etmoqda. Mahalliy va markaziy davlat hokimiyati organlari esa, nafaqat mazkur jarayonga to'sqinlik qilmasligi, balki insonlarni yanada ko'proq ijtimoiy-siyosiy hayotda fuqarolik jamiyatini qurish, hayotimiz tub mohiyatini belgilab berayotgan qadriyatlarimiz shakllanishi jarayonida ishtirok etishlari uchun yangi demokratik va jamoatchilik tuzilmalarni shakllanishiga har tomonlama ko'mak berishi va rag'batlantirishi lozim. Shundagina, inson huquqlari haqiqatda kafolatlangan bo'ladi va mazkur huquq va erkinliklarni ta'minlash mexanizmi samarali ishlay boshlaydi. O'zbekistonda inson huquqlari kafolatlarining huquqiy mexanizmlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy yo'nalishlari demokratik institutlarni takomillash barchani jamiyatimizni qurishga jalb etishga, shu orqali ularni o'z taqdiri, o'zining kelajagini to'la huquqli xo'jayiniga aylanishida ko'rinadi. Kafolatlarni tasniflash zaruratdir — konstitusiyaviy kafolatlarni yaxshiroq va chuqurroq tushunish, mazmunini ochish, ularning qimmati va kamchiligini ko'rsatib berish, tegishli xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqarishga imkon beradi. Huquq fanida umumiy va maxsus (huquqiy) kafolatlarni farqlash qabul qilingan. Umumiy kafolatlar — huquqni ro'yobga chikaruvchi iqtisodiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarning yig'indisi hisoblanadi. Umumiy kafolatlarga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy (ma'naviy) kafolatlar, maxsus kafolatlarga esa, qonunlar va boshqa me'yoriy manbalardan kelib chiquvchi huquqiy (yuridik) kafolatlar kiradi. 89 Ijtimoiy-iqtisodiy kafolatlar huquq va erkinliklardan foydalanishni ta'minlab beruvchi (ijtimoiy barqarorlik, rivojlanayotgan iqtisodiyot, tegishlicha ishlab chiqarishning kuchi) maxsus muhitni va moddiy asosni ko'zda tutadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi davlatga qonuniy iqtisodiy faoliyat hamda raqobatni qo'llab-quvvatlashni ta'minlab berishni, monopollashtirish va g'irrom raqobatni taqiqlab, mulkchilikning barcha shakllarining tengligini va ularni teng himoya qilishni e'lon qilish majburiyatini yuklaydi. Siyosiy kafolatlar esa, insonga maqbul hayot va erkin rivojlanishni ta'minlab beruvchi sharoitlarni vujudga keltirishni; jamiyatdagi barqarorlikni buzishga yo'l qo'ymaydigan fuqaroviy totuvlikka erishish qobiliyatini bildiruvchi fuqarolar siyosiy madaniyatining kerakli darajasini ta'minlab beruvchi siyosiy tuzilmalarning barqarorligiga erishishni; davlat apparatini byurokratligiga, unda poraxo'rlikka qarshi kurash va boshqa siyosiy-tashkiliy omillarni ko'zda tutuvchi davlatning tegishli ravishda, aniq yo'naltirilgan siyosatini amalga oshirishni ko'zda tutadi. Siyosiy kafolatlar — bu har tomonlama rivojlanish va jamiyatning siyosiy tizimini, nazariyada eng muhim hisoblangan o'z-o'zini boshqarish g'oyasining asosini tashkil etuvchi demokratiyaning butun tizimini takomillashtirishdir. Mafkuraviy kafolatlar — bu davlat va jamiyatning, shaxs dunyoqarashining erkinligini shakllantiradigan sharoitlarni yaratishga, (qo'llab-quvvatlashga), ma'naviy va ahloqiy mo'ljallarni tanlab olish amalga oshirilishga qaratilgan faoliyatdir. Ba'zida, davlat va jamiyat tashkilotlari faoliyatiga mujassamlashgan tashkiliy kafolatlar ham farqlanadiki. Huquqiy kafolatlar inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan barcha huquqiy vositalarni o'ziga qamrab olib, joriy qonunchilik normalarida aks etadi, ko'rsatib o'tilgan huquq va erkinliklarning mazmunini ochib beradi va aniqlashtiradi hamda. Ayrim mualliflar huquqiy kafolatlar deganda, moddiy va prosessual huquq institutlari va normalarini keng tarmog'ini tushunishadiki, ularning fikricha subyektiv huquqlarni ta'minlash — shaxsning huquqiy maqomini belgilovchi huquq o'rnatuvchi va qayta tiklovchi normalardan iborat bo'lgan huquqiy kafolatlar orqaligina ishlaydi. Huquqiy kafolatlar deganda, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini huquq normalari orqali mustaxkamlab qo'yilishni, ularni davlatning butun huquqni muhofaza qilish faoliyati orqali himoya qilishni tushunish lozim. Qonunda belgilangan vositalar, umumiy shartlarning ifodasi hisoblanib, bevosita inson huquqlarini jamiyatda huquqiy jihatdan to'g'ri amalga oshirishni va ularning muhofaza qilish imkoniyatini ta'minlaydi, bu mazkur huquqlarning huquqiy kafolatidir. 1. Insonning huquq va erkinliklarini buzishi mumkin bo'lib, huquqiy normalarda belgilangan bunday harakatlarni taqiqlash va cheklashlar: • irqiy va milliy kelib chiqishi alomatlariga qarab kamsitishni ta'qiqlash (O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 18-moddasi); • qamoqqa olish va ushlab turishning faqat sud qaroriga asosan amalga oshirilishi(O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25-moddasi); • fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklariga qarshi chiquvchi siyosiy partiyalar tashkil etish va ularning faoliyatini ta'qiqlash (O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 57-moddasi) 90 • majburiy mehnatning ta'qiqlash (O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 37-modda); • insonlarga qiynoq, zo'ravonlik yoki shavqatsiz muomala bo'lishni ta'qiqlash. 2. Fuqarolarnnig to'sqinliklarsiz o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishini ta'minlash bo'yicha davlat organlari, mansabdor shaxslar va boshqa subyektlarning majburiyatlari (O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 43-modda) 3. Fuqarolarning huquqiy maqomini amalga oshirish va himoya qilish uchun maxsus mo'ljallangan huquqlari mustahkamlangan normalar (shikoyat qilish huquqi, sudga murojaat qilish huquqi va b. q.) 4. Fuqaro huquqlarining buzilishi uchun yuridik javobgarlik. 5. Tegishli davlat va jamoat organlari, mansabdor shaxslarning fuqarolar huquq- larini ta'minlash va amalga oshirishga qaratilgan hamda huquqiy ahamiyatga ega bo'lgan faoliyati: • qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish (prokuratura) • inson huquqlarini buzilishi bilan bog'liq bo'lgan nizolarni hal qilish (sud). Dunyoning turli mamlakatlarida inson huquqlarini himoya qilishning turli xil mexanizmlari mavjud. Zamonaviy dunyoda inson huquqlarini ta'minlashning xalqaro tizimi shakllangan bo'lishiga qaramasdan, bunday himoyaning samaradorligi, avvalambor davlatning ichki mexanizmi qay tarzda qurilganligi va ishlashi bilan belgilanadi. Bu yerda sanab o'tilgan huquqiy kafolatlarning barchasi, tashkiliy qismlari bir biri bilan bog'liq hamda o'zaro ta'sir ko'rsatishini ifoda etib, fuqaroning huquqiy maqomini ta'minlashga qaratilgan yagona tizimni tashkil etadi. Har bir vositaning samaradorligi, ma'lum darajada ularning o'zaro ta'siriga, inson huquq va erkinliklarini so'zsiz ta'minlash maqsadlarida faol ishlatilishiga bog'liqdir. Albatta, bu tizimda hammasi ham mukammal emas. Huquqiy negizini yanada takomillashtirish, inson huquqlarini himoya qilish organlari faoliyatining professionalizmini oshirish lozim. Keyingi paytlarda O'zbekiston Respublikasida qonuniylikka va fuqarolar huquqlariga rioya etish ustidan nazoratni ta'minlab beruvchi davlat organlarining butun tizimi, inson huquqlari bo'yicha maxsus milliy, davlatning ichki muassasalari bilan to'ldirildi. 7.3. O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha milliy tashkilotlarining o'ziga xos xususiyatlari O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha milliy davlat tashkilotlariga quyidagilar kiradi: 1) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoshida vakolatga ega bo'lgan inson huquqlari bo'yicha organ (Ombudsman); 2) Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi; 3) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonunchilik monitoringi instituti. O'zbekiston Respublikasida Vena deklarasiyasi hamda Harakat dasturi asosida inson huquqlari bo'yicha quyidagi milliy institutlar tashkil etildi: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo'yicha 91 O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonunchilik monitoringi Instituti. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi inson huquq huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) inson huquqlari bo'yicha mavjud qonunchilik ustidan uning bajarilishi bo'yicha nazorat funksiyalarini amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi hamda o'ziga berilgan vakolatlar va vositalar asosida nafaqat buzilgan huquqlarni tiklaydi balki shu sohadagi qonunchilikning takominlashishiga ham o'z hissasini qo'shadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) inson huquqlari va erkinliklarini to'la himoyalash va samaradorligini oshirishda va uning kelajakdagi rivojlanishi yo'lidagi davlat organlari, sud, xuquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorligida fuqarolarninng murojaatini ko'rib chiqishi, inson huquqi va erkinliklari bo'yicha yuzaga kelgan huquqbuzarliklarni oldini olish va ularni tiklanishi ushbu organning muhim ustivor vazifasi hisoblanadi. Hozirgi davrda dunyodagi ko'plab mamlakatlarda 100 dan ortiq ombudsmanlar o'z faoliyatini olib bormoqda, ba'zi mamlakatlarda bu — ombudsmanlar, ba'zilarning vositachilar (mediatorlar), yana birovlarning parlament qoshidagi vakillar nomi bilan, O'zbekistonda esa inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman) kabi nomlanadi. Xorijiy mamlakatlar tarixi va amaliyotida ombudsmanning ikki xil ko'rinishi mavjud bo'lib bu: parlament ombudsmani (Shvesiya, Buyuk Britaniya) va ijroiya hokimiyati ombudsmani (AQSh, Fransiya, Kanada). Ijtimoiy nochor aholi qatlamlarining huquqlarini himoya qilish yo'lida ko'plab mamlakatlarda bola huquqlari, harbiylar, kasallar masalasi bo'yicha ixtisoslashgan ombudsman o'z faoliyatlarini olib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoshida bo'lgan inson huquqlari bo'yicha vakolatga ega organ (Ombudsman) — bu inson huquqlari bo'yicha xolis yordam berish uchun ya'ni: norasmiy, tezkor, bepul harakat qila oladigan malakali organ sifatida faoliyat olib boruvchi mansabdor shaxs hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi ombudsmanining asosiy vazifasi davlat organlari ma'muriyati faoliyatining to'g'ri va adolatli harakat qilishini ta'minlash hisoblanadi. Ombudsman fuqarolarning ariza va shikoyatlarini ko'rib chiqadi va ularning qonun hamda xalqaro huquq normalari asosida himoya qilinishi uchun tegishli davlat organlarida ko'rib chiqishiga harakat qiladi. O'zbekiston Respublikasi ombudsmanining faoliyati, vakolati va huquqiy maqomi “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman)” to'g'risidagi qonuni bilan tartibga solinganligi belgilangan. 1996 yil 31 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni asosida inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etildi. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi xalqaro huquqning inson huquqlari va erkinliklari sohasida umume'tirof etilgan prinsiplari va me'yorlarini, O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qoidalarini va qonunlarini, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat siyosatini amalga oshirish bo'yicha davlatga qarashli tahliliy, maslahat beruvchi, idoralararo muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi. 92 Ushbu markaz inson huquqlarini himoya qilishda aloqador bo'lgan barcha davlat va nodavlat organlarining faoliyatini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. Markaz inson huquqlarinig milliy va xalqaro darajada himoya qilinishi hamda ta'minlanishining turli nuqtai-nazarlarini o'rganadi; BMTning konvension organlariga inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishi haqida milliy ma'ruzalar tayyorlaydi; ilmiy tashriflar, seminarlar, ma'ruzalarni tashkillashtiradi; inson huqlari bo'yicha o'quv dasturlari yaratilishida va uning amalga oshirilishida o'z hissasini qo'shadi; inson huquqlari haqidagi ma'lumotlarni to'playdi va tarqatadi; inson huquqlari sohasidagi tashkilotlar va xalqaro markazlar bilan texnik hamkorlik va axborot almashuvini rivojlantirishida ko'maklashadi; inson huquqlarini himoya qilish, ta'minlashda hamda jamiyatni demokratizasiyalashda texnik masalalarga yordam beruvchi xalqaro agentliklarning faoliyatini tartibga soladi; inson huquqlari buzilishi masalalari bo'yicha aholidan murojaat va shikoyatlarni qabul qiladi va ko'rib chiqadi. Download 2.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling