Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi


Download 2.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/34
Sana09.02.2017
Hajmi2.94 Kb.
#37
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34

birinchidan, go'zal yoki xunuk (estetika sohasi);
ikkinchidan, yaxshilik yoki yomonlik (axloq sohasi).

149
Huquqiy estetika ichki ishlar idoralari xodimining estetik madaniyatini aniqlash 
va rivojlantirish imkonini beradigan ikkita muhim muammoni ko'rib chiqadi:
birinchidan, kasbiy faoliyat jarayonida ichki ishlar idoralari xodimida ijobiy yoki 
salbiy ta'sirni qo'zg'atuvchi estetik shakllarning sifati (go'zal, xunuk va boshqalar);
ikkinchidan, huquqiy amaliyot umumiy tizimini tashkillashtirish tamoyillarini 
estetik talablarga binoan aniqlash (oliy maqsad, estetik did va boshqalar).
Ichki ishlar idoralari xodimining estetik madaniyati — huquqshunosning go'zallikka 
ega bo'lishi natijasida kasbiy vakolatlarini bajarishdagi xatti-harakatlari shakli (tashqi 
tomoni) va mohiyatida (ichki tomoni) namoyon bo'luvchi estetik talablar tizimidir.
Ichki ishlar idoralari xodimining estetik madaniyati — huquqshunos ruhiy dunyosini 
har tomonlama boyitish, ijtimoiy burch va xizmat etiketiga ongli munosabatda bo'lish, 
huquqiy etiket qoidalari va me'yorlarini o'zlashtirish va bajarishga yordamlashuvchi, 
go'zallik hissini shakllantirishga qaratilgan huquqshunos shaxsini axloqiy-estetik 
tarbiyalash natijasidir.
Ichki ishlar idoralari xodimining estetik madaniyatidagi o'ziga xoslik — estetiklik-
huquqshunosning o'ziga, kasbiga, kasbdoshlari, fuqarolarga nisbatan qadrli 
munosabatda bo'lishini tahlil qilish orqali ochiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimining estetik madaniyatini ochib beruvchi ichki ishlar 
idoralari xodimi estetik bilimlarining uchta sohasini ajratib ko'rsatish mumkin:
birinchidan, tabiat va inson tomonidan yaratilgan voqyelikning turli omillari 
va hodisalari;
ikkinchidan, ichki ishlar idoralari xodimining faoliyati, uning “go'zallik 
qonunlari”ga ko'ra olib boradigan ishi;
uchinchidan, ichki ishlar idoralari xodimlarining ichki va tashqi estetik madaniyati, 
yana huquqshunosda turli tuyg'ularni uyg'otib, tegishli jismoniy-ruhiy o'zgarishlarga 
sabab bo'ladigan san'at asarlari (musiqa, adabiyot, rassomchilik va boshqalar).
Ichki ishlar idoralari xodimining estetik madaniyati ichki va tashqi taraflarga ega 
bo'ladi. Tashqi tarafi uning ko'rinishi shaklida gavdalanadi va ichki ishlar idoralari 
xodimi faoliyatining tashqi tarafini tavsiflaydi; ichkisi — shaxsning chuqur xususiyatlari 
bo'lib, ichki ishlar idoralari xodimining shaxs sifatidagi oliy maqsadlari va estetik 
didining ichki tarafini tavsiflovchi go'zallikni o'zlashtirish talablarida namoyon bo'ladi.
Ichki ishlar idoralari xodimining estetik madaniyatini namoyon bo'lish shakllari — 
ichki ishlar idoralari xodimi faoliyatining tashqi tarafiga, uning tashqi ko'rinishi va 
harakat (muomala) tarziga qo'yiladigan estetik talablar tizimidir. Ichki ishlar idoralari 
xodimining estetik madaniyatini namoyon bo'lish shakllari — uning estetik didi, 
oliy maqsadlari ko'rsatkichidir.
Ichki ishlar idoralari xodimining kasbiy faoliyatida uning jismoniy-ruhiy 
xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan va muomalaning noverbal bo'lmagan vositalari: 
nutq (ovoz, uning baland-pastligi, ohangi); harakatlanish (mimika, imo-ishora, tana 
harakati); eshitish (eshitish va eshita olish qobiliyati); ko'rish (nigoh) bo'lgan xatti-
harakat tarzi katta ahamiyat kasb etadi.
Har qanday odam, ichki ishlar idoralari xodimi qabuliga kelar ekan, suhbatdoshini 
ruhiy baholashga harakat qiladi. Ko'pincha uning xatti-harakatlari va ishni ochishda 

150
yordam berishga bo'lgan xohishi mana shunga bog'liq bo'ladi. Estetik madaniyatni 
namoyon bo'lish shakllari sifatida harakat tarzi (nutq, harakatlanish, eshitish, ko'rish) 
huquqiy jarayon ishtirokchilari orasida ruhiy aloqaning o'rnatilishiga yordamlashadi.
Huquqiy ishni ko'rib chiqish jarayonida ichki ishlar idoralari xodimi uchun turli 
insonlarning xarakter qirralari, his-tuyg'ulari va niyatlari, harakatlar tarzi — yuzidagi 
mimika, ishora, harakatlariga qarab ruhiy holatini bilib olish qobiliyati muhim 
hisoblanadi. Shu tufayli, ichki ishlar idoralari xodimi aniq inson, uning mumkin 
bo'lgan harakatlari, qarorlari to'g'risida obyektiv fikrni o'z vaqtida shakllantirib, o'zaro 
munosabat uchun tegishli usul va yo'nalishni tanlashi mumkin. Boshqa tarafdan, ichki 
ishlar idoralari xodimining harakat tarzi ham, doimo atrofdagi insonlar diqqat — 
e'tiborida bo'ladi.
Yuz mimikasi orqali ko'plab tuyg'ularni bilib olish mumkin, shuning uchun ichki 
ishlar idoralari xodimi iloji boricha ishga taalluqli barcha shaxslar bilan telefon 
orqali emas, balki bevosita gaplashishi lozim. Bu ushbu bilan bog'liqki, biz ko'pincha 
inson haqida ko'p narsani uning so'zlaridan emas, balki uning yuzidan bilib olamiz. 
Kuzatuvchan insonga imo-ishoralar va gavda harakatlari, mimika ham ko'ra ko'proq 
ma'lumot berishi mumkin.
Ijobiy his-tuyg'ular-quvonch, faxr, hayratlanish hammadan ko'ra tezroq namoyon 
bo'ladi. Salbiy his-tuyg'ular-g'am, nafrat, jahl, g'azab, jirkanishni aniqlash qiyinroq 
kechadi. Ovoz ham barmoq izlari kabi insonning xarakterli jihatlaridan hisoblanadi. 
Baland yoki past, qahrli va mulozamatli, tinchlantiruvchi yoki jahlni chiqaradigan 
qilib gapirish mumkin. Ovozning ohangi, baland-pastligiga qarab inson haqida ko'p 
narsani bilib olish mumkin. Ko'pincha birgina muomala tarzining o'zi suhbatdoshda 
aqlli va puxta o'ylangan harakatlar taassurotini qoldiradi. Ovozning muhim xususiyati 
shundan iboratki, ko'pchilik insonlar o'z fikrlarini aytar ekanlar, so'zlarini qanday 
ifodalash usuli haqida emas, balki ularning mazmuni haqida o'ylaydilar. Shuning 
uchun ovozni inson tabiatining birlamchi ko'rinishiga kiritish lozim. Nutqning tezligi 
inson mijozining humronlik holatiga tegishli bo'lib, uni sun'iy ravishda o'zgartirish 
o'ta murakkab hisoblanadi va eng yaxshi holatda ham qisqa muddatga amalga oshirish 
mumkin. Nutq tezligida (ohangida)gi to'satdan yuz beradigan keskin o'zgarishlar tez 
hayajonlanadigan, o'ziga ishonmaydigan yoki yengil xarakterli odamlarda yuz beradi 
(huquqshunoslarda o'ziga ishonmaslik yetarli darajada malakaga ega bo'lmaganlik 
va tajribasizlik oqibatida bo'lishi mumkin).
Ichki ishlar idoralari xodimi uchun nutqning ortiqcha tezligini oldini olish uchun 
oldindan kutilayotgan suhbatning mazmuni va shakli to'g'risida o'ylab ko'rish, 
suhbatdosh shaxsiga taalluqli bo'lgan ma'lumotlarni o'rganib chiqish lozim. Huquqiy 
faoliyatning o'ziga xosligi ham shundaki, suhbatning barcha taraflarini oldindan tahlil 
qilishning iloji yo'q. Shuning uchun o'z fikrini aytishga chuqur tayyorgarlik ko'rish 
bilan bir qatorda tayyorgarliksiz fikr aytishni ham nazarda tutish kerak.
Fikrni aniq va ravshan bayon qilish — aql-farosatning ajralmas yo'ldoshi, uning 
eng yaxshi bezagidir. Har qanday fikr aniq va mantiqiy bayon qilinsa, u albatta ustun 
keladi. Ishlatilgan so'zning o'z o'rnida qo'llanganligi va bexatoligi ular ifodalayotgan 
fikrni tushunish uchun asosiy ahamiyat kasb etadi. Xayrixohlik suhbatga ulug'vorlik 

151
va ishonchlilik ruhini baxsh etadi. Gapga chechanlik qobiliyatini juda ham ehtiyotlik 
bilan ko'rsatish lozim, chunki u qanchalik haqiqatga yaqin bo'lmasin, ichki ishlar 
idoralari xodimi izmida bo'lgan odam uni hammavaqt ham ijobiy baholamasdan, 
tergovchi va profilaktika inspektorining unga jiddiy qaramayotganligining belgisi 
deb tushunishi mumkin.
Suhbatlashish tarzi va ohangi, uning mazmunidek ahamiyat kasb etadi. “Siz” 
deb murojaat qilish, fikrlarni ifodalashda juda keskin ohanglardan foydalanishdan 
qochish kerak, chunki bu suhbatdosh g'ururiga tegishi mumkin. Iloji boricha ichki 
ishlar idoralari xodimining nutqi oddiy jumlalar bilan ifodalanishi kerak. Bunday 
holatda guvoh, gumon qilinuvchi va boshqalar aytilgan so'zning mazmunini, jumladan 
huquqiy atamalarni ham tezroq tushunib oladilar.
Ko'pincha aqlli, yaxshi nutqni o'z o'rnida qo'llanmagan va qatorasida aytilgan 
parazit so'zlar, matallar, maqollar, topishmoqlar buzadi. Xorijiy so'z va iboralarni 
ishlatishda juda ehtiyot bo'lish lozim, chunki ularning ma'nosi kasbdoshlar, mijozga 
tushunarsiz bo'lishi mumkin.
Hyech qachon shaxsiy qarashlarni, ular qanchalik to'g'ri bo'lishidan qat'iy nazar, 
haqoratlash va baqirish ohangida himoya qilish kerak emas. Hayotda ham, huquqiy 
amaliyotda ham shunday holatlar bo'ladiki, nima bo'lgan taqdirda ham qat'iyatlilikni 
talab qiladi, lekin shunday vaziyatlarda ham ichki ishlar idoralari xodimi raqibiga 
o'rtamiyona ohangda gapirishi va xayrixoh munosabatda bo'lishga majbur. Dalil-
isbotning kuchi ovozning kuchida emas, balki isbot qilishning kuchidadir.
Ichki ishlar idoralari xodimiga masala qay darajada muhim bo'lishidan qat'iy nazar, 
suhbatdoshni tinglay olish qobiliyati xos bo'lishi lozim. So'zlarga e'tiborsizlik — 
so'zlovchi uchun shaxsiy xafagarchiliki bo'lib, kelajakda albatta salbiy tarzda namoyon 
bo'ladi. Suhbatdoshning so'zlariga bo'lgan e'tiborsizlik — bu xulosa qila olmaslik, 
qo'pincha ikki-uch muhim hodisalar asosida qilingan xulosalardan ko'ra haqiqatga 
ko'proq yaqin bo'lgan, suhbat davomida e'tibordan chetga qolgan kichik tafsilotlar 
hamdir. Hayotdagi qiyin vaziyatlarda inson mug'ombirlik qilishga moyil, lekin kichkina 
narsalarda doimo mug'ombirlik qilib bo'lmaydi. Ichki ishlar idoralari xodimining 
fuqaro, ayblanuvchi bilan suhbat jarayonida erkin gapirishini diqqat bilan eshita olish 
qobiliyati yanada to'liq va ishonchli ma'lumotni olish imkoni beradi.
Hyech bir sharoitda o'zini diqqat bilan eshitayotgandek qilib ko'rsatish mumkin emas. 
Ichki ishlar idoralari xodimi qanchalik o'zini bunday qilib ko'rsatmasin, qiziqishning 
yo'qligi va zerikishni uning yuzi va qiliqlari bildirib qo'yadi. Keskin vaziyatlarda 
yolg'ondan harakat qilish hurmatsizlik ma'nosida qabul qilinadi. Masalan, suhbat 
jarayonida qog'ozga rasm chizib o'tirish mumkin emas.
Suhbat vaqtida so'zlovchiga to'g'ri qarab o'tirish, doimiy ravishda vizual aloqani 
ushlab turishi lozim. Ichki ishlar idoralari xodimi suhbatdoshga qanday qarashga 
alohida talablar qo'yishi lozim. Shuni doimo yodda tutish kerakki, qat'iy nigoh 
insonlarda ko'pincha norozilik hissini uyg'otib, shaxsiy hissiyotlarga tajovuz sifatida 
qaraladi. Juda diqqat bilan qarash ham ko'pchilikda dushmanlik alomati deb tushuniladi. 
Ichki ishlar idoralari xodimi nigohi undan huquqiy yordam so'rab kelgan inson 
muammolariga qiziqishini isbotlashi lozim. Shuning uchun, domiy ravishda suhbatdosh 

152
ko'zining “ichiga” qarab o'tirish mumkin emas. Ko'pincha bunday nigoh diqqatsizlik 
yoki urg'u berilgan hurmatsizlik sifatida baholanadi. Suhbatdoshlarning stullari 
balandlik jihatdan qanday joylashtirilganligi ham, ichki ishlar idoralari xodimi 
nigohida katta ruhiy ahamiyat kasb etadi. Pastdan qarash, ayniqsa boshni tushirib, 
sekinroq gapirish bo'ysunish, xizmat ko'rsatishga moyillikni anglatadi. Tepadan 
pastga, boshni orqaga tashlagan holda gapirish manmanlik, kibr-havo, jirkanishni 
bildiradi. Shuning uchun nigoh bitta darajada bo'lishi lozim.
Shunday qilib, huquqiy amaliyotda suhbatdoshning ijtimoiy mavqyeiga va 
suhbatlashish jarayoniga tegishli harakat tarzi, tashqi ko'rinish, gaplashish, imo-
ishoralar, mimika, gavdaning turishi, gavdani tutish, ovoz muhim o'rin tutib, ichki 
ishlar idoralari xodimi xizmat etiketi asoslaridir.
12.2. Ichki ishlar idoralari xodimining inson huquqlari etik madaniyati 
(axloqiy) o'rni
Inson faoliyatining har bir jabhasida axloqiy talablarga katta o'rin ajratiladi, biroq 
ular insonning hayot mamoti, sog'lig'i, qadr-qimmati bilan bog'liq bo'lgan ichki ishlar 
idoralari xodimi faoliyatida alohida katta ahamiyatga ega. Ichki ishlar idoralari 
xodimining axloqiy xislatlariga (to'g'riso'zlik, haqgo'ylik, qonunga sodiqlik, hammaning 
qonun oldida tengligiga amal qilish) boshqa bir inson-fuqaroning (ayblanuvchi, 
sudlanuvchi) taqdiri bog'liq bo'ladi. Shuning uchun har bir ichki ishlar idoralari xodimi 
bo'lishga qaror qilgan inson, unga jamiyat tomonidan qo'yiladigan barcha kasbiy-
axloqiy talablarni aniq anglab yetishi lozim. Mazkur axloqiy talablar “ichki ishlar 
idoralari xodimining axloqiy madaniyati” tushunchasiga kirib, huquqiy axloqning 
asosini, o'zagini tashkil etadi.
Huquqiy madaniyat shifokor, o'qituvchi etikasi kabi kasbiy axloqning bir 
ko'rinishidir. Bularning barchasi etikaning qismlari sifatida uning tarkibiga kiradi.
Etika (yunoncha ethos — odat) — falsafiy fan bo'lib, uning o'rganish obyekti 
axloqdir. Etika falsafaning tarkibiy qismi sifatida qadimgi davrda paydo bo'lgan. 
“Etika” atamasi qadimgi yunon faylasufi Aristotel tomonidan “Etika” asarida axloqiylik 
haqidagi o'qishni izohlashda, inson qalbining yuqori sifatlarini (mo'tadillik, mardlik, 
adolatlilik) ifodalashda foydalanilgan.
Ahloqiylik (lotincha moralis — axloqli, mores — axloqlar — )bu individlarning 
o'zaro va jamiyat bilan manfaatlarini moslashtirish ehtiyojidan kelib chiqadigan me'yor 
va prinsiplar tizimi bo'lib, insonlar harakatini ezgulik va yovuzlik tushunchalari 
asosida muvofiqlashtirishga yo'naltirilgan va shaxsiy fikr, an'ana, tarbiya, jamoatchilik 
fikri kuchi bilan saqlanadi.
Ma'naviyat — tilidan kelib chiqqan atama bo'lib, “moral”, “etika” atamalari 
bilan deyarli bir xil ma'noni anglatadi; ammo, qadim davrdan buyon etikani moral, 
axloqiylik haqidagi o'qish sifatida qarab kelishgan. Moral — tarixiy holat bo'lib, 
insoniyatning umumiy taraqqiyoti bilan o'zgaradi va rivojlanib boradi, lekin har 
doim ezgulik, yovuzlik, haqgo'ylik, tarbiyalilik, vijdonlilik (O'ldirma, O'g'irlama, 
Shuhratparast bo'lma, Xasislik qilma) axloqiy me'yorlarni belgilovchi omillar bo'lib 

153
kelgan. Moral — hayotning deyarli barcha jabhalarini qamrab oladi — iqtisodiyot, 
siyosat, huquq va boshqa. Axloq yordamida shaxsning xatti-harakatlari jamiyat 
manfaatlariga moslashtiriladi, ular o'rtasidagi ziddiyatlar bartaraf etiladi, shaxslararo 
munosabatlar tartibga solinadi.
Qadim davrlardan buyon ma'lum axloqning “oltin qoidasi” bu: “o'zgalarga nisbatan, 
o'zingga nisbatan qilinishini xohlagan (xohlamagan) munosabatni qil (qilma)”.
Axloqning tarkibiy qismlari:
birinchidan, axloqiy ong (qadriyatlar, me'yorlar, ideallar: ezgulik, yovuzlik, 
sha'n, burch, vijdon);
ikkinchidan, axloqiy munosabatlar (axloqiy o'zaro munosabatlar, axloqiy ziddiyat, 
axloqiy obro' va boshqalar);
uchinchidan, axloqiy hulq (axloqiy harakat, axloqiy oqibat, axloqiy cheklashlar, 
axloqiy amaliyot).
Mazkur elementlarning barchasi o'zaro bog'langan, bir birini to'ldiradi va bir biriga 
o'tadi. Biroq ularning o'zaro munosabatlarining boshlang'ich nuqtasi axloqiy ongdir. 
Ularsiz axloqiy-huquqiy kategoriyalarni tahlil qilib bo'lmaydi.
Axloqning vazifalari:
•  nazorat — o'zaro munosabatlarning axloqiy jihatdan nazorat qilish, shaxs hulqini 
jamiyatdagi bosh axloqiy me'yor va prinisiplar bilan muvofiqlashtirish;
•  baholash (akseologik) — xatti-harakat, munosabat, reja va qarashlarning axloqiy 
baho berish;
•  yo'naltiruvchi — axloqiy ustuvorlikni ishlab chiqish, bir axloqiy qadriyatlarni 
boshqalariga nisbatan afzal ko'rish;
•  sabablash — u yoki bu niyatlarga axloqiylik va axloqsizlik, olijanoblik va 
pastkashlik bahosini berish;
•  axborot (bilishga oid) — axloqiy me'yor, prinisiplar haqida tasavvurga ega bo'lish;
•  tarbiyaviy — axloqiy me'yor, odat, an'ana, umum e'tirof etilgan hulq namunalariga 
o'rgatish;
•  kommunikativ — o'zaro muloqot, tushunish, qo'llab-quvvatlashga da'vat etish.
Axloq va huquqning aloqasi quyidagilarda namoyon bo'ladi:
birinchidan, yakka va umumiy belgilarga xos ekanligida;
ikkinchidan, farqlar mavjudligida;
uchinchidan, o'zaro munosabat va aloqadorlikda ekanligida.
Huquqiy axloqda ko'rib chiqiladigan axloqiy me'yorlar alohida, mustaqil me'yorlar 
emas: ular insonlar o'rtasida mavjud huquqiy sohadagi alohida munosabatlarga 
moslashgan. Ko'pchilik hollarda huquqiy me'yorlar axloqiy prinsip va me'yorlardan 
“o'sib chiqqan” bo'ladi, chunki axloq va huquqning vazifalari ko'p hollarda bir biriga 
o'zaro mos keladi. Ularning o'zaro munosabati va ta'siri davlatning huquqiy ijod va 
huquqiy amaliyoti jarayonida namoyon bo'ladi.
Huquq va axloq me'yorlari o'rtasidagi umumiylik shundaki, ular:
birinchidan, ijtimoiy aloqalar bilan bir maydonda amal qiladilar, ya'ni ular ijtimoiy 
me'yorlar hisoblanadi;
ikkinchidan, yagona maqsadni ko'zlaydi — jamiyatda tartib o'rnatish va saqlash;

154
uchinchidan, yagona vazifaga ega — odamlar hulqiga ta'sir ko'rsatish, ularning 
munosabatlarini muvofiqlashtirish, hulq ko'lamlarini (etalon, standartlar) shakllantirish;
to'rtinchidan, hammaga yoki katta guruhdagi insonlarga qaratilgan, ya'ni umumiy 
xarakterdagi hulq-atvor qoidalari hisoblanadi;
beshinchidan, adolat timsolida yagona ruhiy-ma'naviy tabiatga, yagona qadriyat 
asosiga ega. Hatto sinfiy davlatda huquq me'yorlari axloq me'yorlari asosida turuvchi 
adolatning namoyon bo'lishi hisoblangan. Ular o'z navbatida, jamiyatning moddiy va 
ma'naviy taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lgan. Ammo o'sha davrda ham huquq va axloq 
me'yorlari boshboshdoqlik va tartibsizlikka qarshi turgan.
Biroq axloq va huquq me'yorlari o'rtasida farqlar mavjud. Huquqiy me'yorlardan 
farqli ravishda axloq me'yorlari inson hulqini hayotning barcha jabhalarida nazorat 
qilib turadi. Axloq va huquq o'rtasidagi farq asosan ularning shaxsning jamiyatdagi 
hulqini qanday usulda tartibga solishiga tegishlidir. Axloq me'yorlari talablariga 
ixtiyoriy ravishda amal qilinadi va umumqabul qilingan odatlar, jamoatchilik fikri 
bilan tartibga solib turiladi. Axloq me'yorlarining buzilishi alohida odamlar emas, 
balki jamoaning barcha a'zolari tomonidan ruhiy ta'sir ko'rsatilishi (ommaviy 
cheklash va muhokama qilish) ko'rinishidagi cheklashlarni keltirib chiqaradi. 
Mazkur me'yorlar jamoa ongida yaxshilik, yomonlik, adolat, tarbiyalilik va boshqa 
shu kabilar haqidagi umum qabul qilingan tasavvurlar asosida belgilanadi. Huquq 
me'yorlari ishontirish va boshqa usullardan tashqari davlat tomonidan majburlash 
orqali ta'minlanadi.
Axloq me'yorlari talablari maxsus aktlarda mustahkamlab qo'yilmasdan, insonlar 
ongida saqlanadi, huquq me'yorlari esa jamiyatning barcha a'zolari uchun majburiy 
bo'lgan rasmiy davlat aktlarida (qonun, qaror, farmoyishlarda) mustahkamlab qo'yiladi, 
ammo axloq me'yorlari huquq me'yorlarida maxsus ko'rinishda aks etishi mumkin.
Ichki ishlar idoralari xodimining kasbiy faoliyatida axloqiy betaraf elementlar bo'lmaydi, 
huquq va axloqning maqsadi yagona — insonlar o'rtasidagi munosabatlarni umuminsoniy 
qadriyatlar: insoniylik, adolatlilik, ozodlik, tenglik, shaxsning tabiiy huquq va erkinliklarini 
hurmat qilish kabilar asosida shakllanishiga ko'maklashish.
Huquqiy (yuridik) axloq — ilmiy-amaliy fan bo'lib, “inson – huquq” tizimining 
axloqiy qonuniyatlarini o'rganadi, mazkur tizim samadorligini oshirishga qaratilgan 
tavsiyalar ishlab chiqadi.
Huquqiy etika axloq me'yorlarini tizimlashtirib, ularni “ichki ishlar idoralari xodimi-
fuqaro”, “ichki ishlar idoralari xodimi-gumonlanuvchi”, “ichki ishlar idoralari xodimi – 
jabrlanuvchi”, “ichki ishlar idoralari xodimi – guvoh” va boshqalar munosabatlarida 
ko'rinishini baholaydi. Huquqiy etika ichki ishlar idoralari xodimi o'z kasbiy faoliyati 
davomida, va kundalik hayotda amal qiladigan axloqiy bilim, his, qadriyat va 
ehtiyojlari ezgulik, burch, vijdon kabi axloqiy me'yorlarga asoslanishi lozimligidan 
kelib chiqadi. Xuddi shunday talablarni ichki ishlar idoralari xodimi o'zining kundalik 
amaliyotida o'zaro munosabatda bo'ladigan shaxslarga nisbatan ham qo'yishi kerak.
Huquqiy axloqning ahamiyati quyidagi vazifalarda ko'rinadi:
birinchidan, ichki ishlar idoralari xodimlariga qo'yiladigan axloqiy talablarni 
umumlashtirish;

155
ikkinchidan, yuridik amaliyotni o'rganish va yuridik ishni ko'rish chog'ida ichki 
ishlar idoralari xodimlarining hamkasblari bilan munosabatlari axloqi tahlilida;
uchinchidan, ichki ishlar idoralari xodimlari va amaliyot ishtirokchilarining 
(gumonlanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi va boshqalar) o'zaro munosabatlari axloqi 
tahlil qilish;
to'rtinchidan, ichki ishlar idoralari xodimi kasbi obro'sini oshirish bilan bog'liq 
axloqiy mazmundagi tavsiyalarni ishlab chiqish;
Huquqiy (yuridik) axloq — ichki ishlar idoralari xodimi axloqiy madaniyatiga 
nisbatan, kengroq tushunchadir, chunki uning predmetiga nafaqat ichki ishlar idoralari 
xodimining kasbiy axloqini, balki davlatning huquqiy maydonida huquqiy masalalarda 
boshqa bir shaxslar bilan, jumladan ichki ishlar idoralari xodimi bilan muomalada 
bo'ladigan har bir shaxs axloqini o'rganish kiradi. Huquqiy axloq fuqarolarning 
huquq sohasidagi, avvalo ichki ishlar idoralari xodimlarining aniq yuridik ishlarni 
yechishda, umuman ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy madaniyati, uning 
shaxsiy ma'naviy tajribasi, axloqiy-tarbiyaviy chalkashliklarni yechish qobiliyatlari 
kabi faoliyatlarining umumiy tahliliga bag'ishlangan. Huquqiy axloq yuridik amaliyot 
chog'idagi xatolarni yechishning, jumladan kasbiy buzilishlarning axloqiy jihatlarini 
ham o'rganadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy madaniyati, ya'ni uning kasbiy axloqi — 
huquqiy axloqning asosi, uning tamal toshidir. “Kasb etikasi” atamasini “kasbiy 
axloq” yoki “kasbiy axloqiylik” atamalari bilan almashtirib bo'lmaydi, chunki kasbiy 
etika yuristning jamiyatdagi boshqa munosabatlari tizimida kasbiy ma'naviyatning 
o'rnini aniqlaydi, ichki ishlar idoralari xodimining kasbiy axloqiylilik tizimini 
nazariy jihatdan asoslaydi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining, sudyalarning, prokurorlarning, tergovchi, 
advokat, notarius, yuridik maslahatchi va boshqalarning, ya'ni faqatgina bitta 
mutaxassislikka tegishli qandaydir alohida axloqiy me'yorlari borligi to'g'risidagi 
gap bormasligi kerak. Ichki ishlar idoralari xodimi axloqiy madaniyati har qanday 
huquqiy kasbga xos axloqning umumiy me'yorlarini o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, 
“etik madaniyat” va “ma'naviy madaniyat” tushunchalari bir xil mazmunga ega o'zaro 
almasha oladigan tushunchalardir.
Ichki ishlar idoralari xodimi etik madaniyati — bu ichki ishlar idoralari xodimining 
kasbiy vakolatlarini bajarish chog'ida namoyon bo'ladigan, chuqur anglangan 
axloqiy xatti-harakatida aks etadigan bilim, ehtiyoj, qadriyatlar natijasi sifatidagi 
axloqiy talablar (prinsip va me'yorlar) tizimidir. Ichki ishlar idoralari xodimining 
o'z majburiyatlarini sifatli va samarali bajarishi huquqiy yordam ko'rsatilayotgan 
insonning sha'ni, qadr-qimmatini saqlashi, ichki ishlar idoralari xodimining o'zi va 
hamkasblarining, umuman yuridik sohaning obro'si ichki ishlar idoralari xodimining 
axloqiy madaniyati darajasiga bog'liq;
Ichki ishlar idoralari xodimlariga qo'yiladigan axloqiy talablar (prinisp va me'yorlar) 
tizimining tarkibi (darajalari):
Download 2.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling