Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi
INSON HUQUQLARI VA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
Download 2.94 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.2. Inson huquqlari togrisidagi xalqaro shartnomalar va ularning Ozbekiston Respublikasi Jinoiy-ijroiy kodeksida amalga oshirilishi
- ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMINING INSON HUQUQLARI MADANIYATI 12.1. Ichki ishlar idoralari xodimidan inson huquqlari madaniyatining estetik jixatlari
INSON HUQUQLARI VA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-IJROIYA QONUNCHILIGI 11.1. Mahkumlar bilan muomala qilishda inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarning ahamiyati Mustaqillik yillarida O'zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining sud tomonidan himoyalanishini kengaytirish, adolatli sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni ta'minlash bo'yicha tizimli va bosqichma bosqich amalga oshiriladigan choralar ko'rildi. Jinoiy, jinoiy- prosessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligini liberalizasiya qilish jarayonining evolyusion tarzda amalga oshirilishi inson huquqlariga rioya etilishining muhim kafolati bo'ldi. Xususan, Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlar jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o'tash sharoitlarini sezilarli darajada yaxshilash, huquqni muhofaza qilish organlarining, shu jumladan, jazoni ijro etish muassasalarining faoliyatini nazorat qilishning samarali mexanizm-larini ishga tushirish imkonini yaratdi. 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan va 1997 yil 1 oktyabrdan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi jinoiy jazoni ijro etishning umume'tirof etilgan, shu jumladan, xalqaro hamjamiyat tomonidan ham tan olingan demokratik va insonparvarlik prinsiplarni amalga oshirishga qaratilgan. O'zbekiston 70 dan ortiq inson huquqlari bo'yicha shartnomalarga, shu jumladan, YeXHTning insoniylik mezonlari bo'yicha hujjatlariga ham qo'shilgan bo'lib, ular asosida o'z qonunchiligini inson huquqlarini himoyalash bo'yicha xalqaro aktlarga, shu jumladan, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida ham, muvofiqlashtirish majburiyatlarini qabul qilgan. Ushbu majburiyatlar-ga ko'ra ishtirokchi davlatlar hibsda yoki qamoqda saqlanuvchi barcha shaxslar bilan muomalada bo'lishda insoniylikni va inson sha'nining hurmat qilinishini ta'minlaydilar (32.2 band). Inson huquqlarini himoyalash va mahkumlar bilan munosabatda bo'lish to'g'risidagi xalqaro shartnomalarda ifodalangan prinsiplar va umumiy holatlarning O'zbekiston jinoyat-ijroiya qonunchiligi uchun ahamiyati shundan iboratki, ular davlatlararo xarakterga ega, barqaror, muayyan mamlakatda turli siyosiy, g'oyaviy, iqtisodiy va kriminalogik omillar ta'siri ostida yuzaga keladigan ijtimoiy kon'yunktura ta'siriga uchramagan va shundan kelib chiqqan holda milliy qonunchilik va huquqni tadbiq etish faoliyatini rivojlantirish uchun aniq mo'ljal bo'lib xizmat qiladi. Ushbu prinsiplar 141 BMTga a'zo davlatlarning ko'p yillik yuridik amaliyotiga asoslangan holda ishlab chiqilgan. O'zbekiston milliy qonunchiligida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifalariga kiruvchi asosiy inson huquqlari va erkinliklarining himoyalanishini, qo'llab-quvvatlanishini va ularga rioya etilishini kafolatlovchi prinsiplar nafaqat mustahkamlangan, balki ularni amalga oshirish mexanizmi ham belgilab qo'yilgan. Yana shuni ham e'tiborga olish zarurki, xalqaro shartnomalar umumiy tabiatga ega bo'lgan normalar (prinsip-normalar) bilan bir qatorda ularni ratifikasiya qilgan davlatlar uchun majburiy bo'lmagan tavsiya-normalarni ham o'z ichiga oladi. Milliy qonunchilikda ham, davlat organlari faoliyatida ham normalar-prinsipdan chekinishga yo'l qo'yilmaydi. Bu holat bevosita Inson huquqlari deklarasiyasining 30-moddasi va Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 5-moddasidan kelib chiqadi. “Hattoki favqulodda holatlar ham qiynoq yoki boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yohud inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomala va jazo turlarini oqlash uchun asos bo'lib xizmat qila olmaydi” (Barcha shaxslarni qiynoq yoki boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yohud inson qadr-qimmatini toptovchi munosabat va jazo turlaridan himoyalash to'g'risidagi deklarasiya, 3-modda). Turli xalqaro shartnomalarda bayon etilgan bu kabi normalar-prinsipdan barcha asosiy inson huquqlari va erkinliklarini qamrab olgan. Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro shartnomalarda bayon etilgan boshqa qoidalar, milliy qonunchilik aktlarini ishlab chiqishda va huquqni tadbiq etish amaliyotida hisobga olinishi lozim bo'lsada, davlatlar uchun tavsiyaviy xarakterga egadirlar. Misol uchun “Mahbuslar bilan muomalada bo'lishning minimal standart qoidalari”ning ba'zi holatlarida, xususan, 2 bandida quyidagilar yozilgan: “Dunyodagi yuridik, ijtimoiy, iqtisodiy va geografik sharoitlarning har xilligini e'tiborga olgan holda ushbu qoidalarning barchasini ham hamma yerda bir paytda qo'llab bo'lmasligi oydin, ravshan”. Shu bilan bir qatorda ularni amalga oshirishga doimo intilish zarurligi ta'kidlanadi, chunki ular BMTning fikriga ko'ra amalga oshirilishi mumkin bo'lgan minimal shartlarni aks ettiradi. YeXHTning 1989 yil 15 yanvarda qabul qilgan Insoniylik mezonlari to'g'risidagi Vena shartnomasida qayd etilishicha, “a'zo davlatlar BMT tomonidan qabul qilingan Mahbuslar bilan muomalada bo'lishning minimal standart qoidalari hamda BMT tomonidan qabul qilingan Huquq-tartibotni saqlash bo'yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor kodeksiga amal qiladilar”. Shu munosabat bilan mahkumlar va oldini olish chorasi sifatida hibsda saqlanayotgan shaxslar bilan munosabatda bo'lishda xalqaro shartnomalardagi normalar-prinsipdan va tavsiya-normalarni chegaralash masalasi ko'tariladi. Bunday chegaralash inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi (1948), Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt (1966) hamda Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyada (1984) e'lon qilingan asosiy inson huquqlari va erkinliklariga asoslangan bo'lishi kerak. Aynan, ularda inson huquqlari to'g'risidagi asosiy holatlar mustahkamlangan va ular orasidan eng muhimlari belgilab berilgan. Biroq Mahbuslar bilan muomalada bo'lishning minimal standart qoidalari kabi maxsus maqsadda ishlab chiqilgan xalqaro 142 aktda ham mazkur shaxslar bilan muomalada bo'lishning nafaqat tavsiya-normalari, balki, normalar-prinsipdan ham bayon etilgan. Barcha shaxslarni qiynoqlardan himoyalash to'g'risidagi deklarasiyaning 1-moddasida Minimal standart qoidalarga murojaat etilishi bejiz emas. Bundan tashqari, BMTning “Minimal qoidalari” ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning birinchi darajali huquqlarini qamrab oluvchi hamda milliy qonunchilikda albatta mustahkamlanishi shart bo'lgan mahkumlar bilan munosabatda bo'lishning “Asosiy prinsipi” va “Yetakchi prinsiplari” ni belgilab beradi. Shu munosabat bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1988 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Har qanday shaklda ushlanishi va qamoqqa olinishi lozim bo'lgan barcha shaxslarni himoyalash prinsiplari majmuasi” ning ahamiyati beqiyosdir. Mazkur yo'nalishda O'zbekistonda ishlab chiqilayotgan jazoni ijro etishni tartibga soluvchi qonunchilik aktlarida jinoiy jazoni ijro etishda inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro shartnomalar, mahbuslar bilan munosabatda bo'lish, ularni nazorat qilish, jazoni o'tagach qayta ijtimoiylashuvi va moslashuviga ko'maklashish qoidalarini belgilovchi alohida konvensiyalarda bayon etilgan umumiy prinsiplarni amalga oshirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda nihoyatda jiddiy norma ijodkorligi amalga oshirildi. Xalqaro shartnomalar tahlili, ulardan o'rin olgan masalalarning O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi va uning qo'llanishi uchun birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lgan asosiy guruhlarini ajratib olish imkonini berdi: birinchidan, inson huquqlari to'g'risidagi holatlarni amalga oshirish masalalari; ikkinchidan, inson huquqlarini himoyalash va uni mahkumlar huquqiy maqomida amalga oshirish; uchinchidan, mahkumlar bilan munosabatda bo'lishning umumiy qoidalari; to'rtinchidan, jazoni ijro etish muassasalari xizmatchilariga qo'yiladigan talablar. Ularning har birini batafsilroq ko'rib chiqamiz. 11.2. Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro shartnomalar va ularning O'zbekiston Respublikasi Jinoiy-ijroiy kodeksida amalga oshirilishi Inson huquqlari to'g'risidagi asosiy xalqaro shartnomalar shaxsning jamiyatdagi hayoti va faoliyatining, shu jumladan, adolatli jinoiy sudlovni amalga oshirishning yetakchi sohalarini qamrab oladi. Yuqorida sanab o'tilgan xalqaro shartnomalar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi prinsiplarini shakllantirish uchun asos bo'lib xizmat qilgan. Ular qatoriga jazoni ijro etishda qonuniylikni ta'minlash, mahkumlarning qonun oldida teng huquqliligi, adolat, insonparvarlik va demokratizm, jazoni ijro etishni differensiasiyalash va individuallashtirish, majburlov vositalaridan oqilona foydalanish, mahkumlarning qonunga itoat etishlarini rag'batlantirish prinsiplarini kiritish lozim (ushbu prinsiplar bu yerda milliy huquqimizda qabul qilingan terminologiyada berildi; xalqaro huquqda ular o'zgacha shaklda bayon etilgan). Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro shartnomalarda quyidagilar e'tirof etiladi: birinchidan, hyech kimning sud hukmi yoki qarorisiz ozodlikdan mahrum etilishi mumkin emas; 143 ikkinchidan, mahkumlarni irqiy, til, diniy, siyosiy yoki boshqa e'tiqod, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, jinsiy, yosh, mulkiy holati belgilariga ko'ra har qanday kamsitish taqiqlanadi; uchinchidan, ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslar insoniy munosabatda bo'lish, inson shaxsiga xos bo'lgan qadr-qimmatining hurmatlanishi, jamiyatdan qayta ijtimoiylashuvi uchun har taraflama yordam olish huquqiga egadirlar. Sanab o'tilgan holatlarning jazoning ijro etilishini tartibga soluvchi O'zbekiston milliy qonunchiligi bilan qay tarzda muvofiqlashtirilganini ko'rib chiqamiz. O'zbekiston jinoyat-ijroiya qonunchiligida mazkur prinsiplarni aks ettiruvchi maxsus normalar mavjud. Ular alohida institutlar va qonunchilik aktlarining normalaridan o'rin olgan yoki ulardan kelib chiqadi. Haqiqatan ham, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-moddasida “jazoni ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki qarori hamda amnistiya yoki afv akti asos bo'ladi”, deb ko'rsatilgan. Jinoyat- ijroiya kodeksining 2-moddasida ta'kidlanishicha, “jinoyat-ijroiya qonunchilikning vazifalari jazoni ijro etish, mahkumlarni tuzatish, jinoyat sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoyalashdan iborat”. Normalar-prinsipdan o'zak deb atash mumkin: qonunchilikning ushbu sohasiga tegishli barcha institutlar ularga asoslanadi. Shuning uchun ular Jinoiy-ijroiy kodeksning 6-moddasida qayd etilgan. Mazkur prinsiplarning jinoyat-ijroiya qonunchiligi uchun ijtimoiy ahamiyati shundan iboratki, mahkumning, ayniqsa, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning huquqlari cheklanadi va tabiiyki, u tegishli ijtimoiy-huquqiy himoyaga muhtoj bo'ladi. Jinoyat-ijroiya kodeksda bayon etilgan jazoni ijro etish prinsiplari inson huquqlari bo'yicha va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan munosabatda bo'lish to'g'risidagi xalqaro shartnomalarning qoidalarini yetarlicha to'liq aks ettiradi. Ular qatoriga qonuniylik va mahkumlarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik va demokratizm prinsiplari ham kiradi. Ular JIKning asosiy institutlari va normalarida, xususan, mahkumlarning huquqiy maqomi, ularni tuzatish vositalari va boshqalarga berilgan ta'riflarda o'z aksini topgan. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaga kiritilgan asosiy g'oyalarni aks ettiruvchi prinsiplar bayon etilgan. Ular jazoni ijro etish muassasalari va jazoni ijro etuvchi boshqa organlar xodimlarini mahkumlar bilan insoniy munosabatlarda bo'lishga yo'naltiradi. Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro shartnomalar va mahkumlarning huquqiy maqomi. Yuqorida nomlari tilga olingan xalqaro aktlarning ko'pchilik holatlari jinoiy yustisiya organlari faoliyati sohasidagi inson huquqlariga, shu jumladan, hibsga olingan va sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga tegishlidir. Shu sababdan “Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt”da, “Mahbuslar bilan munosabatda bo'lishning minimal standart qoidalari”da, “Har qanday shaklda ushlanishi va hibsga olinishi lozim bo'lgan barcha shaxslarni himoyalash prinsiplari majmuasi”da mahkumlarning huquqiy maqomiga katta e'tibor qaratilgan. 144 Mahkumga huquqning subyekti sifatida qaralishi lozimligi haqidagi qoida o'zak holat hisoblanadi. Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risidagi paktning 16-moddasida “har bir kishi, qayerda bo'lishidan qat'iy nazar, huquq subyekti deb tan olinish huquqiga egadir”, deya e'tirof etilgan. Minimal standart qoidalarda “mahbuslar bilan muomalada bo'lishda ularning jamiyatdan chiqarib qo'yilganligi emas, hamon uning a'zosi bo'lishda davom etayotganliklariga urg'u berish darkor”, degan holat bilan ushbu prinsip rivoj toptirilgan. BMT “Minimal qoidalar”ining 61 bandida ta'kidlanganidke, “mahbuslarning qonunga va ular uchun chiqarilgan hukm shartlariga mos keluvchi fuqaroviy manfaatlar, ijtimoiy ta'minot va boshqa ijtimoiy imtiyozlar sohasidagi maksimal huquqlarini saqlab qolish choralarini ko'rish lozim”. Qayd etish lozimki, O'zbekistonning jinoiy-ijroiy qonunchiligi ham mazkur xalqaro prinsipdan kelib chiqadi. Jinoyat-ijroiya kodeksning 8-moddasida “mahkumlar mahrum etilish va cheklovlar bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklar va majburiyatlarga egadirlar”, deb ta'kidlanadi. Shu bilan birga, shaxsning huquqiy maqomi umumiy formulasini (huquq subyekti bo'lish) rivojlantirib borib, inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar asosiy e'tiborni fuqarolarning qonun oldida tengliklari, vijdon erkinligi, ona tilidan foydalanish erkinligi va boshqalarga qaratadilar. Ushbu huquqiy prinsiplar har bir insonga, shu jumladan, mahkumga ham tegishlidir. Masalan, Minimal standart qoidalar, mahkumlar bilan muomalada bo'lish prinsiplarini bayon etarkan, ularni irqiy, tana rangi, jinsiy, diniy va boshqa e'tiqod belgilariga ko'ra kamsitishni taqiqlaydi, dinga e'tiqod qilish, ona tilidan foydalanish erkinligini e'lon qiladi. Shu munosabat bilan “Minimal qoidalar”da o'rnatilgan bir qoida e'tiborni o'ziga tortadi. Unga ko'ra “axloq tuzatish muassasasi direktori, uning o'rinbosari va ko'pchilik xizmatchilar mahbuslarning aksariyati gaplashadigan tilni bilishlari shart” (51 band). Jazoni o'tashda ona tilidan foydalanish erkinligi prinsipi ko'p millatli davlatlar, shu jumladan O'zbekiston uchun ham favqulotda muhim ahamiyatni kasb etadi. JIKning 9-moddasida mahkumlarning asosiy huquqlaridan biri bo'lgan o'z ona tilida yoki boshqa tilda murojaat qilish huquqining mustahkamlab qo'yilishi, shubhasiz, jazoni o'tash tartibini demokratlashtirish yo'lidagi yana bir qadam bo'ldi. O'zbekiston Respublikasining jazoni ijro etishni tartibga soluvchi jinoyat-ijroiya qonunchiligida vijdon erkinligini ta'minlash kabi mahkumlar bilan munosabatda bo'lish prinsipi mustahkamlab qo'yilgan. JIKning 12-moddasida shunday deyiladi: “Mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Ular har qanday dinga e'tiqod qilish yoki hyech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga egadirlar”. Diniy marosimlarni ado etish ixtiyoriy hisoblanadi va jazoni ijro etuvchi muassasaning ichki tartib-qoidalarini buzmasligi hamda boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitmasligi lozim. Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro shartnomalar va mahkumlarni saqlash sharoitlari. Asosiy inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi nuqtai nazaridan mahkumlarni saqlash sharoitlariga alohida ahamiyat berilishi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar 145 to'risidagi xalqaro paktning 10-moddasida bayon qilingan quyidagi holat bilan yaqqol ko'rsatib berilgan: “Axloq tuzatish tizimining asosiy maqsadi mahbuslarni tuzatish va ijtimoiy qayta tarbiyalash bo'lgan tartibni nazarda tutadi”. Ushbu holat Mahbuslar bilan muomalada bo'lishning minimal standart qoidalarida batafsil bayon etilgan. Unda joylashish, ovqatlanish, tibbiy xizmat ko'rsatish, intizom va jazo, xavfsizlik choralarini ko'rish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, mehnat qilish, ta'lim va tarbiya masalalari hal etilgan. O'zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat-ijroiya qonunchiligiga baho berilar ekan, ta'kidlash joizki, mazkur hujjat va inson huquqlari bo'yicha boshqa xalqaro aktlarda bayon etilgan talablarga to'liq mos keladi. O'zbekiston Respublikasining jinoyat-ijroiya qonunchiligida jazoni o'tash sharoitlarini yanada demokratlashtirish yo'lida katta ishlar amalga oshirildi. Bu ayniqsa, axloq tuzatish muassasalarida, xususan, voyaga yetmaganlar va ayollar saqlanadigan joylarda mahkumlarning ijtimoiy foydali aloqalarining kengaytirilishi va jazoni o'tash tartib-qoidalariga taalluqlidir. Jazoni ijro etish va mahkumlar bilan munosabatda bo'lishga taalluqli xalqaro tavsiya-normalar Ushbu normalarning vazifasi jinoiy jazolarni ijro etishni tartibga soluvchi qonunchilikning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatishidir. Masalan, BMT EKOSOS tomonidan 1984 yil 25 mayda qabul qilingan “Mahbuslar bilan muomalada bo'lishning minimal standart qoidalarini samarali amalga oshirish tartibi” da ta'kidlanadiki, “har qanday shaklda ushlanishi va hibsga olinishi lozim bo'lgan barcha shaxslarni himoyalash borasidagi normalari, mahbuslar bilan munosabatda bo'lishning minimal standart qoidalari mos kelmaydigan barcha davlatlar ushbu normalarni qabul qilishlari shart”. Ushbu holat 1989 yildagi Vena uchrashuvining yakuniy hujjatlari bilan tasdiqlangan. Ular davlat organlari va mahkumlar o'rtasida tartib, ularning moddiy-maishiy va tibbiy ta'minoti, mehnati, ta'lim-tarbiyasi va boshqa sohalarda yuzaga keladigan keng qamrovli munosabatlarni o'z ichiga oladi va insonparvarlik xarakteridagi tavsiyalarni aks ettiradi. Ular O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida o'z ifodasini topgan. Jazoni ijro etish muassasalari xizmatchilarini tayyorlash Demokratik va insonparvarlik prinsiplariga asoslangan eng mukammal qonunchilik malakali, professional tayyorgarlikdan o'tgan va uni qo'llash uchun safarbar etilgan xizmatchilarsiz oldiga qo'yilgan vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishini kafolatlay olmaydi. Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro shartnomalarda asosiy e'tibor jinoyat yustisiyasi organlari xodimlarini, ayniqsa ularning asosiy inson huquqlari va erkinliklarini o'zlashtirishlari va ularga rioya qilishlari nuqtai nazaridan tayyorlashga qaratilishi bejiz emas. Masalan, Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning 10-moddasida “har bir davlat qiynoqlarning taqiqlanganligi haqidagi ma'lumotning to'la ravishda huquqni tadbiq etuvchi organlar, ayniqsa, hibsda saqlanayotgan, ushlangan yoki qamoqqa olingan shaxslarni so'roq qilish yoki ular bilan o'zaro munosabatda bo'lgan xodimlarni tayyorlash dasturlariga kiritilishini 146 ta'minlaydi” deyiladi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1979 yil 17 dekabrida qabul qilingan Hukuq-tartibotni saqlash bo'yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor kodeksi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Minimal standart qoidalarda qayd etilishicha, axloq tuzatish muassasalari ishining muvaffaqiyati xodimlarning halolligi, insonparvar-ligi, bunday ishga layoqatliligi, shaxsiy yaroqliligiga bog'liq. Bu O'zbekiston Respublikasidagi jazoni ijro etish muassasalari va organlari xodimlarining tayyorlashga ham taalluqli. Hozirgi kunda ushbu organ xodimlarini tayyorlovchi oliy va o'rta o'quv yurtlari tizimi yaratilgan. Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, mahbuslar bilan muomalada bo'lishning minimal standart qoidalari ratifikasiya qilgan davlatlardan barcha mahbuslarga nisbatan ularning axloq tuzatish muassasasiga qabul qilinishidan tortib, to ushbu muassasada saqlanish muddatining tugashiga qadar tatbiq etilishini ta'minlash talab etadi. Buyuk britaniya qirolligi xalqaro huquq kolledji professori R. Myullerson O'zbekistonning axloq tuzatish siyosati haqida gapirar ekan, shunday degan edi: “So'ngi yillarda nodavlat tashkilotlari vakillariga, Xalqaro hoj tashkilotiga mamlakatning axloq tuzatish muassasalari bilan kengroq tanishish imkoniyatining berilishi borasida hukumat tomonidan ko'rilgan ijobiy choralar mahbuslarni saqlash sharoitlarining xalqaro standartlarga mos kelishining kafolati bo'lmoqda”. 147 12-BOB. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMINING INSON HUQUQLARI MADANIYATI 12.1. Ichki ishlar idoralari xodimidan inson huquqlari madaniyatining estetik jixatlari Estetika (yunoncha “estetikos” — hissiy, his qilinadigan) — insonning dunyoga bo'lgan munosabatining butun sohasini, u tomonidan dunyoni idrok qilinishning barcha tomonlarini go'zallik qonuniyatlari asosida o'rganadigan falsafiy fan. Fan sifatida estetikada ikkita asosiy o'zaro bog'liq hodisalar doirasini ajratish mumkin: birinchidan, estetik soha, dunyoga nisbatan inson munosabatining o'ziga xos shaklda (go'zal) namoyish bo'lishi (“go'zallik falsafasi”); ikkinchidan, insonlarning badiiy faoliyati (“san'at falsafasi”). Estetikaning ushbu bo'limlari uzviy bog'liq bo'lsa-da, nisbatan mustaqillikka ham ega. Estetika fani bo'limi sifatida “go'zallik falsafasi” quyidagi masalalarni o'rganadi: qadriyatlarga asoslangan munosabatlar tizimida estetika tabiati va o'ziga xosligi; estetik qadriyat, baho, o'zlashtirish va amaliyotning dialektik aloqasi; inson estetik faolligining ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi ahamiyati; estetiklik va badiiylikning turli sohalarda — amaliy faoliyatda, tarbiya, ta'lim, mushohadada namoyon bo'lishi. Estetika fani bo'limi sifatida “san'at falsafasi” badiiy faoliyatni maxsus tahlil qilish; uning paydo bo'lishi; inson faoliyatning boshqa shakllari qatorida tuzilmaviy o'ziga xosligi; badiiy ijod va uning natijalarini inson tomonidan qabul qilinishi xarakteri bilan aloqasi va boshqalarni o'rganishga bag'ishlangan. Shaxs uchun estetika va estetik — san'at va hayotdagi go'zallikdan ta'sirlanish, hodisa va narsalarni o'ziga xos, badiiy o'zlashtirishdan ajralmas bo'lgan narsadir. Ko'pgina ichki ishlar idoralari xodimlari chiroyli rasm chizishgan, she'rlar yozgan, cholg'u asboblarini chala oligan. San'at — hissiy, aqliy — fikriy sohalar va qadriyatlar bilan umumiylikda mukammal insonni shakllantiradi. San'at ichki ishlar idoralari xodimlarining ijodiy qobiliyatlarini mukammallashtiradi, go'zallik qonuniyatlari asosida faoliyat yurgizishga undaydi. Haqiqiy ichki ishlar idoralari xodimi shaxsiy faoliyatini kasbiy chegaralar bilan cheklanmasdan sermahsul ishlashi mumkin. Lekin, bizni, avvalambor uning kasbiy faoliyatida namoyon bo'luvchi ichki ishlar idoralari xodimining estetik madaniyati qiziqtiradi. Bu esa — huquqiy estetikaning tarkibiy qismi bo'lgan “go'zallik falsafasi”ning amaliy yuridik faoliyatda sinashta sohadir. 148 Amaliyotda, to'la anglab yetmay turib, doimo san'atdan tashqari estetika va estetik narsalar haqida gapiramiz. Hozirda tobara korxona, firma egasini xodimlarning kostyumlari shakli va rangi, xonalarning jihozlanishi, binoning tashqi ko'rinishi tashvishlantiradi. Ma'lum bo'ladiki, xodimlarning ish samaradorligi shunga bog'liq (ba'zida juda ham) va bularning bari estetika sohasiga taalluqli bo'lsada katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Avtomobil konstruktori borgan sari “yaratgan bolasi”ning tashqi ko'rinishi, yo'l quruvchisi esa yo'l belgilari shakli va rangi haqida o'ylaydi. Mazkur holatda so'z, san'atga qaraganda boshqa sohaga tegishli bo'lgan ishlab chiqarish estetikasi haqida bormoqda, lekin ular o'rtasida umumiylik mavjud: ularning ikkalasi ham go'zallik qonunlariga asoslangan va ushbu qonunlarga bo'ysunishdi. Shunday qilib, estetika u yoki bu ma'noda inson faoliyatining barcha sohalariga ta'sir qiladi. Ichki ishlar idoralari xodimi kasbiy faoliyati ham estetika bilan bog'liq, chunki bu yerda mazkur aloqadorlikning xususiyatlari va natijalari aniq namoyon bo'ladi. Ular huquqiy estetikaning ilmiy yo'nalish sifatida asosi bo'lgan ichki ishlar idoralari xodimining estetik madaniyatida aks etadi. Huquqiy estetika — huquqshunoslik faoliyatining tashqi tomoniga ko'rsatiladigan talablar va huquqiy ishni ijobiy hal etishda ularning roli haqidagi bilimlar tizimidir. Huquqiy estetika talablari ichki ishlar idoralari xodimi faoliyatining barcha sohalariga taalluqlidir. Ular ichki ishlar idoralari xodimi faoliyat barcha samarali va yuksak ta'minlanishi, uning yuqori madaniyati, qulay ish sharoitlarini yaratilishiga yordamlashadi. Huquqiy estetikani ichki ishlar idoralari xodimi ruhiy-jismoniy holatiga estetik hodisalarning ta'sirini, huquqiy xatti-harakat tamoyillarini ishlab chiqish, atrofdagi tabiiy va ijtimoiy muhit go'zalligi, ishlab chiqarish san'ati yordamida jinoyatchilikni oldini olishni o'rganuvchi amaliy bilimlash sifatida ham belgilash mumkin. Huquqiy estetika sohasiga ichki ishlar idoralari xodimi shaxsi estetik hissiyotlarini o'rganish, hissiy ta'sirlanish, xavotirlanish va ularning jismoniy va ruhiy faoliyatdagi ahamiyatini tadqiq qilish kiradi. Estetik munosabatlar — ichki ishlar idoralari xodimining voqyelik hodisalarini go'zal yoki xunuk, olijanoblik yoki pastlik, fojiali yoki kulgili deb baholash qobiliyati. Aytish mumkinki, huquqiy estetikaning eng asosiy savollaridan biri — huquqshunosning jismoniy va axloqiy sog'ligi uchun estetik munosabatlar va baholar tabiati qanday ta'sir ko'rsatishi bilan bog'liq. Huquqiy estetika yoqimli hayajon va quvonch hissini tug'diradigan, qayg'uni tinchlanishga aylantiradigan, tinchlanishdan ruhiy barqarorlikni keltirib chiqaradigan, ruhiy holatni o'zgartiradigan sabablarni aniqlaydi. Bundan tashqari, huquqiy estetika sohasiga, ichki ishlar idoralari xodimining huquqiy vazifalarni hal etishga qaratilgan faoliyatini go'zallik qonunlari asosida yoritish kiradi. Etik va estetik huquqshunoslik (ularning o'ziga xosligini inobatga olgan holda) boshqa fanlardagi kabi, ajralmas umumiylikni tashkil qiladi. Barcha ijtimoiy hodisa, inson faoliyatining harakat va sabablari bir vaqtning o'zida etik va estetik ahamiyatga ega bo'lib, quyidagicha baholanishi mumkin: Download 2.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling