Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi
Download 2.94 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki ishlar organlari oldida turgan asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi
- Oz mazmuni, xarakteri va xususiyatiga kora yuridik shakl huquq ijodkorligi va huquqni tatbiq etish faoliyatini qamrab oladi.
- Ichki ishlar organlari faoliyatining ikkinchi shakli huquqni tatbiq etish hisoblanadi.
- Huquq normasini qollashga bolgan asosiy talab, uning qonuniyligi, asoslanganligi, maqsadga muvofiqligi va adolatligi hisoblanadi.
- Huquqni qollash jarayonida ichki ishlar organlari: birinchidan
- Oz mazmuniga kora huquqni qollash faoliyati turlari regulyativ va huquqni muhofaza qilishga bolinadi.
- Ichki tashkiliy funksiyalarga quyidagilar kiradi: birinchidan
- Tashqi tashkiliy faoliyat quyidagilarni qamrab oladi: birinchidan
- Ichki ishlar organlarining fuqarolarga, ularni huquqqa itoatkorligi boyicha irodasi va ongiga tasir korsatish yollarida ishontirish va majburlash usullari hisoblanadi.
- Majburlash asosan quyidagi: birinchidan
- QIYNOQ HAMDA MUOMALA VA JAZOLASHNING QATTIQ SHAFQATSIZ, INSONIYLIKKA ZID VA QADR-QIMMATNI KAMSITUVCHI TURLARIGA QARSHI KONVENSIYA VA HUQUQNI
- Ushbu Konvensiyaning 1-moddasida muvofiq qiynoqqa quyidagicha tarif berilgan
- BMTning Qiynoqlarga qarshi qomitasi qiynoqning yana quyidagi elementlarini korsatib otadi: birinchidan
kasbiy madaniyatini to'g'risida”gi №96-sonli buyrug'idir. 123 9.3. Ichki ishlar organlar vazifalarini ado etilishida inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash Huquqiy davlatda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish, bartaraf etish va tergov qilish qonuniy vositalar yordamida olib borilishi lozim. Davlatning barcha hokimiyat-ijro etuvchi tuzilmalari va ayniqsa, ichki ishlar organlari (o'z vakolatlari doirasida) fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishni ta'minlab berishi, ularni himoya qilish funksiyasini amalga oshirishi lozim. Biroq, mazkur huquqlarni himoya qilish, butunlay huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuklatiladi, ular orasida ichki ishlar organlari alohida o'rin egallaydi. Ichki ishlar organlari oldida turgan asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi: • fuqarolarning shaxsiy xavfsizligini ta'minlab berish; • jinoyatlar va ma'muriy huquqbuzarliklarni o'z vaqtida oldini olish va bartaraf etish; • jinoyatlarni tezda va to'la ochish; jamoat tartibini muhofaza qilish va jamoat xavfsizligini ta'minlash; • mulkni noqonuniy tajovuzlardan himoya qilish; • o'zining qonuniy huquq va manfaatlarini amalga oshirishida fuqarolarga, mansabdor shaxslarga va boshqa subyektlarga huquqiy va tashkiliy yordam ko'rsatish va boshqalar. Ichki ishlar organlari tuzilmaviy bo'g'inlarining ish faoliyati, O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan mustahkamlangan huquqlarga tahdid solayotgan turli xil huquqbuzarliklarga qarshi kurash olib borishga qaratilgan. Faoliyatning ko'rsatib o'tilgan turlari mazmuni va xususiyati turfa xil bo'lishiga qaramay, shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha vazifalarga taalluqli asosiy prinsiplar, shakllar va usullar bir xil hisoblanadi va faqatgina tafsilotlardagina farqlanadi, xolos. Hokimiyat vakolatiga ega bo'lgan ichki ishlar organlarining faoliyati, qonunda ular uchun belgilab qo'yilgan huquqiy shakllar doirasida amalga oshiriladi. Bunday shakllarga, turli mazmunga ega bo'lishiga qaramay, bir biri bilan yaqindan bog'langan va o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi tashkiliy va yuridik shakllar kiradi. Undan tashqari, ularning har biri o'zida, boshqasiga taalluqli bo'lgan elementni ham olgan bo'lib, ayrim hollarda ularni farqlash juda ham qiyin kechadi. Bu, ichki ishlar organlarining funksional-tuzilmasining ikki tomonlama hususiyatga ega ekanligiddan darak beradi. Ular o'zining egallab turgan holati bo'yicha davlat boshqaruvi organlari tizimiga kiradi va shu roli bilan hokimiyat boshqaruvchilik vakili sohibi sifatida vakolatini amalga oshiradi hamda o'z kuchlari va vositalariga nisbatan ham, shuningdek, tashqi muhitga nisbatan ham boshqaruvchilik tizimini tashkil etuvchilik vakolatini amalga oshiradi. Undan tashqari, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini har qanday tahdidlardan himoya qilish majburiyati yuklatilgan huquqni muhofaza qilish tizimining faol zvenosi ham hisoblanadi. 124 Qayd etib o'tilganidek, faoliyatning yuridik va tashkiliy shakllari o'rtasidagi chegara ancha noaniqdir, chunki ular ko'proq o'zaro bog'liq bo'lib, bir birini to'ldiradi yoki bir birini takrorlaydi. O'z mazmuni, xarakteri va xususiyatiga ko'ra yuridik shakl huquq ijodkorligi va huquqni tatbiq etish faoliyatini qamrab oladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning norma ijodkorligi faoliyati, idoraviy me'yoriy hujjatlarni yaratishga qaratilgan bo'lganligi uchun ham, qonunosti hujjatlar yaratish xususiyatini kasb etadi. Ularning maqsadi — huquqni muhofaza qiluvchi organlar ish faoliyatining turli tomonlarini tartibga solish hisoblanadi. Biroq, ular faoliyatning qaysi sohasini tartibga solmasin, asosiy maqsadi — fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadini ko'zlaydi. Birinchi holatda, masalan, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashni tartibga soluvchi hujjatlar. Ikkinchi holatda esa, ularni oldini olish bo'yicha chora- tadbirlar mexanizmlari belgilab beriladi. Qabul qilinayotgan me'yoriy hujjatlarning ko'pgina qismi qonunchilikni mustahkamlash, shaxsning huquq va erkinliklariga rioya qilish muammolari va boshqalarga taalluqlidir. Qabul qilinayotgan qator hujjatlar davlat qonunlarini va boshqa qonunosti hujjatlarini to'ldiradi va aniqlashtiradi. Ular O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga zid kelmasligi; huquq va erkinliklar faqatgina qonun yo'li bilan va faqat konstitusiyaviy tuzumni, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun zaruriy darajadagina chegaralanishi mumkin degan qoidaga mos kelishi shart. Ichki ishlar organlari faoliyatining ikkinchi shakli huquqni tatbiq etish hisoblanadi. Mazkur shaklni, huquqiy normalarni amalga oshirish mexanizmining eng ishlovchi elementlaridan biri va individual-konkret ishlar bo'yicha davlat- hokimiyatiga taalluqli qarorlarni qabul qiluvchi sifatida ko'rish lozim. Bundan tashqari, Konstitusiya va boshqa normativ hujjatlarda e'lon qilingan huquq va erkinliklarni ruyoga chiqarish tegishli huquqiy normalarni qo'llash orqali erishiladi. Shu bilan birga, huquqni tatbiq etish, bevosita ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilariga hokimiyatchilik vakolatlari orqali ta'sir qilishda aks etganligi uchun ham boshqaruv faoliyatining shakli hisoblanadi. Ushbu tarzdagi ta'sir ko'rsatish, jo'natilgan organlar va shaxslar tomonidan ijro etish majburiy bo'lgan huquqiy hujjatlar va ko'rsatmalar ko'rinishiga egadir. Qayd etish kerakki, bunday ko'rsatmalar davlatning majburlash choralarini qo'llash imkoniyatini ta'minlab beradi. Huquq normasini qo'llashga bo'lgan asosiy talab, uning qonuniyligi, asoslanganligi, maqsadga muvofiqligi va adolatligi hisoblanadi. Huquqiy normalarni qo'llashning mohiyati muayyan yuridik holatni tegishli huquqiy normaga olib kelish va uning asosida davlat-hokimiyatchilik qarorini qabul qilish bo'yicha ichki ishlar organlar mansabdor shaxslarining hatti-harakatlaridan iboratdir. Huquqni qo'llash jarayonida ichki ishlar organlari: birinchidan, huquq va majburiyatlarning mavjudligini va ularni chegarasini aniqlaydi; 125 ikkinchidan, subyektiv huquq va majburiyatlarning harakati vaqtini yoki ularni to'htatilishi holatini belgilaydi; uchinchidan, huquq va majburiyatlarga egalik to'g'ri bo'lish uchun nazoratni amalga oshiradi. Huquqni tatbiq etish fuqaroning muayyan ijtimoiy boylikdan foydalanishga bo'lgan da'vosini qondirishga vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar bilan huquqiy munosabatga kirishini ko'zda tutadi. Huquqni qo'llash shoshilinch ravishda, bir yo'la amalga oshiriladigan harakat bo'lishi shart emas. Ko'p hollarda, bu biror jarayonning (jinoiy ishni qo'zg'ash, dastlabki tergov, ma'muriy yurisdiksiya ishlarini ko'rish) ko'plab ishtirokchilarini izchillik bilan rivojlanib boruvchi harakatlarining butun kompleksi bo'lishi mumkin. O'z mazmuniga ko'ra huquqni qo'llash faoliyati turlari regulyativ va huquqni muhofaza qilishga bo'linadi. Qonunni qo'llashda regulyativ faoliyat shaklining zaruriyati, fuqarolarning subyektiv huquqlari va yuridik majburiyatlarini o'rnatuvchi huquqiy normalar, vakolatli organlar tomonidan tegishli ravishda huquqiy qarorlarni chiqarmasdan turib amalga oshirish imkoni bo'lmagan hollarda vujudga keladi. Mazkur ish shakli asosan ichki ishlar organlari faoliyatining tashkiliy jihatlarini qamrab oladi. Mohiyatan u, ichki va tashqi tashkiliy jihatli vazifalarni bajarishga qaratilgan turli hil boshqaruvchilik muammolarini hal etishda, ta'minlovchi hisoblanadi. Ichki tashkiliy funksiyalarga quyidagilar kiradi: birinchidan — Ichki ishlar organlarining butun tizimini yaxshi ishlashini ta'minlab berish. Bunga xo'jalik, ijtimoiy, madaniy, moddiy, moliyaviy va texnik ta'minot, shunindek xodimlarni kerakli kiyim bosh bilan ta'minlash funksiyalarini amalga oshirish; ikkinchidan — Huquqni muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlar va reydlar o'tkaziishda kuchlar va vositalarni joy-joyiga qo'yish. Mazkur faoliyatda ichki ishlar organlari xodimlarining o'zlari inson huquqlarining subyektlari sifatida o'rtaga chiqishmoqda va bu mazmunda, ularga nisbatan Konstitusiya va qonunlarda ko'zda tutilgan fuqaroning huquq va erkinliklari butun kompleksi bilin ta'minlanishiga extiyoj sezishadi. Tashqi tashkiliy faoliyat quyidagilarni qamrab oladi: birinchidan — shaxsning huquq va erkinliklari, ularni xavfsiz amalga oshirish uchun sharoitlarni (aholi ommaviy yig'ilga joylarda jamoat tartibini muhofaza qilish, jamoatchilik havfsizligini ta'minlash) yaratish yo'li bilan muhofaza qilish; ikkinchidan — murakkab yoki favqulodda holatlarda fuqarolarga yordam ko'rsatish (baxtsiz xodisalarning jabrdiydalariga aylangan shaxslarni yig'ish va ular to'g'risida ma'lumotlar berish, bedarak yo'qolganlarni qidirish); uchinchidan — fuqarolarning qator konstitusiyaviy va faqat davlat-hokimiyati hujjati orqali tasdiqlash sharti bilan ruyobga chiqarish mumkin bo'lgan sohaga (yashash joyini tanlashga bo'lgan huquq, transport vositasiga egalik qilishga oid shaxsiy mulkka bo'lgan huquq) oid huquqlarini amalga oshirilishini ta'minlash. Mazkur huquqiy imkoniyatlarni amalga oshirish uchun tegishli qarorlar chiqarish 126 zarur (misol uchun, pasport-viza xizmati tomonidan, yo'l harakati xavfsizligi davlat hizmati tomonidan). Muhofaza qilish choralarni qo'llash uchun asoslar, subyektiv huquqlarni amalga oshirishga to'sqinlik qiluvchi yoki bu huquqlarni buzuvchi salbiy xarakterdagi holatlarning mavjudligi, shuningdek yuridik majburiyatlarni bajarishdan bosh tortish hollari hisoblanadi. Mazkur turdagi faoliyatning o'zga xos xususiyati bo'lib, keng miqyosdagi huquqni muhofaza qilish yo'nalishi hizmat qiladi. Fuqaro huquq va erkinliklarining kafolati tizimida huquqni qo'llash faoliyati, turli manfaatlarga tajovuz qiluvchi jinoyatlarni bartaraf etish, ochish va tergov qilishni o'z ichiga qamrab olgan huquqni muhofaza qilish vazifalariga bo'ysundirilgan. Salbiy vaziyatlarni tugatish va buzilgan huquqlarni tiklash uchun ichki ishlar organlariga, huquqbuzarlarga nisbatan majburiy choralarni qo'llash orqali ta'sir qilishdek keng vakolatlar berilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan yuridik normalarni qo'llash fuqaro tomonidan, huquqlarini amalga oshirish yoki himoya qilish to'g'risidagi rasmiy murojaati asosida amalga oshiriladi. Biroq, ko'p hollarda, hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining o'zi tashabbus ko'rsatadi, ya'ni kundalik ish faoliyati jarayonida inson huquqlarini buzilishi aniqlangan hollarda. Ikkala holatda ham, bunday huquqbuzarliklar to'g'risidagi ma'lumotlarning o'zi yuridik holatlar sifatida chiqmoqda, natijada shaxs bilan davlat organlari nomidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar o'rtasida huquqiy munosabatlar vujudga kelmoqda. Ular huquqni muhofaza qiluvchi organlarga mazkur holatlarni ko'rib chiqish va qonunda o'rnatilgan tartibda hal etish majburiyatini vujudga keltirmoqda. Huquqbuzarlikda jinoiy jazoga tortish uchun asos bo'ladigan qilmishning belgilari mavjud bo'lgan hollarda, huquqni qo'llovchi hujjat (masalan, jinoiy ish qo'zg'atish to'g'risidagi qaror) himoyalanishga nisbatan bo'lgan subyektiv huquqni amalga oshirish prosedurasining birinchi bosqichi bo'lib xizmat qiladi. Huquqni qo'llash vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan yuridik ahamiyat kasb etgan va huquq normasida ko'zda tutilgan muayyan hayotiy holatlar bo'yicha tegishli qaror qabul qilishni ko'zda tutadi. Bunday qarorda amrning qat'iyligi, uning ijrosini majburiy ekanligi hamda davlatning majburiy kuchi bilan hal qilishi orqali ta'minlanishi ko'rsatib qo'yiladi. Ichki ishlar organlarining fuqarolarga, ularni huquqqa itoatkorligi bo'yicha irodasi va ongiga ta'sir ko'rsatish yo'llarida ishontirish va majburlash usullari hisoblanadi. Ularni umumiy vazifa, ya'ni qo'llanilayotgan normada o'z aksini topgan-maqsadga erishish birlashtirmoqda. Amaliyotda bu usullar ayrim hollarda o'zaro uyg'un holda qo'llaniladi va ularni har birida boshqasining elementi bo'ladi. Majburlash odatga ko'ra, ishontirishdan keyin qo'llaniladi, ya'ni birinchisini qo'llash orqali kerakli natijaga erishib bo'linmagan va zo'rlik ishlatmasdan ta'sir ko'rsatishning barcha imkoniyatlaridan foydalanib bo'lingan bo'lsa, majburlash qo'llaniladi. Majburlash chorasining o'ziga xos tomoni huquqni muhofaza qiluvchi organlarining jismoniy 127 kuch, maxsus vosita va o'q otish qurolini qo'llash huquqi hisoblanadi. Majburlash asosan quyidagi: birinchidan, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bor; ikkinchidan, ma'muriy noo'rin xatti-harakat yoki jinoyat sodir etgan; uchinchidan, ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladi. Ko'llaniladigan choralar bo'yicha inson huquqlarini himoya qilish o'zining spesifikasiga ega bo'lgan ichki ishlar organlari faoliyatining turlarini tasniflaymiz: Ish bo'yicha isbotlashni ta'minlab berish. O'zbekiston Respublikasi JPKining 82-moddasiga muvofiq, jinoyat obyekti, jinoyat orqali yetkazilgan zararning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining shaxsi, jinoyat vaqti, joyi, usullari xususiyatini beruvchi holatlar, shuningdek, Jinoyat kodeksida ko'rsatib o'tilgan jinoyat sodir etilishining boshqa holatlar xususiyatlarini, qilmish bilan sodir etilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar o'rtasidagi sababiy bog'lanishlar isbotlanishi kerak. Huquqbuzarlikni bartaraf etish. Bartaraf etish — bu jinoyat-prosessual qonunda ko'zda tutilgan majburlash chorasi hisoblanib, unga ko'ra tergov va suddan berkinish, haqiqatni o'rnatishga to'sqinlik qilish, yangi jinoyat sodir etish imkoniyatlarini bartaraf etish, shuningdek sudning hukmini ta'minlash maqsadida qo'llaniladi. Bartaraf etish choralari jinoiy jazo chorasi hisoblansada, biroq, ular jarayonning aybdor va gumondor kabi ishtirokchilarining huquqlarini vaqtinchalik, ammo yetarli darajada cheklaydi. Huquqbuzarlikni oldini olish — shaxsga, o'zining huquqqa zid maqsadlarini ijro etishdan voz kechishga undash maqsadida tashkiliy, texnikaviy, prosessual, tezkor, majburlash va ommaviy-targ'ibot qilish xususiyatiga ega chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha ichki ishlar organlarining faoliyati. Mazkur maqsadga, ichki ishlar organlarining boshqa faol harakatlari natijasidagina erishish mumkin. Yuridik javobgarlikni amalga oshirish — davlatning qonunlar buzilishiga nisbatan keskin va qattiq reaksiyasi. Qonun bilan muhofaza qilinayotgan qadriyatga tajovuz qiluvchi shaxsga nisbatan jarima to'lash va muayyan boyliklardan, shu jumladan erkinlikdan mahrum qilishdek ta'sir chorasi qo'llanilishi shaxsni aybdor deb e'tirof etishning oqibati va uni jazoga tortish hisoblanadi. Mahrum qilish yoki cheklash huquqbuzar shaxsga, shuningdek tegishli mulkka ham qaratiladi. Huquq normasini qo'llash amaliyoti asosida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan muayyan harakatlar metodikasi ishlab chiqilgan, unga ko'ra butun jarayon bir necha bosqichlardan iborat: Birinchi bosqich — ishning daliliy holati, ya'ni tadqiq qilinayotgan voqyelikning mohiyati va yuridik ahamiyatini aniqlash. Mazkur bosqichda ishning daliliy holati baholanadi. Birinchi navbatda, salbiy yuridik oqibatlar keltirib chiqarayotgan holatlar. Undan keyin, tergov qilinayotgan voqyelikka taalluqli bo'lmasada, ammo to'g'ri qaror ishlab chiqish uchun juda ham muhim bo'lgan shart-sharoitlar (mintaqadagi kriminologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, huquqbuzar shaxsning xarakteristikasi) aniqlanadi. Ikkinchi bosqich — normani tanlash, ya'ni mazkur holatni ko'rib chiqishda asos bo'ladigan muayyan normani aniqlab olish. Mazkur bosqichda voqyelikni dastlabki 128 malakalash, oxiri esa ish bo'yicha qaror qabul qilish amalga oshiriladi. To'g'ri tanlov uchun ko'pincha bir necha normalarni ko'rib chiqishga to'g'ri keladi. Shu bilan birga qayd etish kerakki, qaror qabul qiluvchi shaxsning baho berish bo'yicha mezoni, uning ishonchi hisoblanadi. Uchinchi bosqich — tegishli hujjatda o'z aksini topadigan qarorni chiqarish. Uning o'ziga xos tomoni shundaki, u nafaqat muayyan voqyelikni mavjudligini va uning muayyan shaxs uchun yuridik oqibatini aniqlaydi, balki chiqarilgan qarorning ijro etish tartibini ham belgilab beradi. Bunday hujjatlar huquqni qo'llovchi subyektlar tomonidan hokimiyat vakolatlar bilan ta'minlanadigan, yuridik kuchga egadir. Qaror chiqarish, isbot-dalillarni tadqiq qilish va huquq normasini tahlil qilish asosida individual hujjatni ishlab chiqishda ifodalanadi. Qaror, huquqning muayyan subyektlariga huquq va majburiyatlarni belgilab beradigan, ya'ni huquqiy munosabatlar paydo bo'lishi uchun asos bo'ladigan va bir vaqtning o'zida dalillar va yuridik asoslarni tahlil qilishning mantiqiy xulosasi hisoblanadigan hujjat hisoblanadi. Adabiyotlarda ko'pincha quyidagicha, faqat yuridik normani qo'llash akti muayyan shaxsga nisbatan huquq va erkinliklarni keltirib chiqaruvchi shart degan fikr bildiriladi. Huquqni qo'llash akti, muayyan huquqning sohibiga, bu huquqni e'tirof etilish va uni amalga oshirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Misol uchun, shaxsni jabrlanuvchi deb e'tirof etish, ayblanuvchini qamoqqa olish to'g'risidagi qaror. Shular jumladan bir vaqtning o'zida mazkur ikkita hujjat insonlar va davlat organlari o'rtasida turli huquqiy munosabatlarni o'rnatilishi uchun asos bo'lib hisoblanadi. Huquqni qo'llash butun amaliyoti, uning barcha bosqichlari, inson huquqlariga rioya qilish talablarining hammasidan o'tgan bo'lishi kerak. Buning uchun esa, xalqaro standartlarni yaxshi bilish kerak, shuningdek, ular milliy qonunchilik darajasida mustahkamlangan bo'lishi zarur. Huquqni muhofaza qiluvchi organlari tarkibi katta qismini tashkil etuvchi qism sifatidagi III doimiy ravishda inson huquqlarining himoyasiga e'tibor qaratishi lozim. Bu ish tizimli xususiyat kasb etishi kerak. O'zbekiston Respublikasi IIV Kollegiyalarida doimiy ravishda, qonuniylik va inson huquqlarini himoya qilish holati muhokama qilinadi va bu holatni takominlashtirish masalasi bo'yicha choralar ko'riladi. IIVning Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta'minlash bo'yicha boshqarmasi ichki ishlar organlari faoliyatida inson huquqlarini himoya qilishning ahvoli monitoringini amalga oshiradi. Xalqaro standartlarni bilish va ularni qo'llash ichki ishlar organlari xodimlari xizmat baholash uchun mezon hisoblanadi hamda ularni attestasiyadan o'tkazishda, lavozimi bo'yicha yuqori pog'onaga ko'tarishda asos bo'lib xizmat qiladi. 129 10-BOB. QIYNOQ HAMDA MUOMALA VA JAZOLASHNING QATTIQ SHAFQATSIZ, INSONIYLIKKA ZID VA QADR-QIMMATNI KAMSITUVCHI TURLARIGA QARSHI KONVENSIYA VA HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARI FAOLIYATI 10.1. Qiynoqqa qarshi konvensiyaning umumiy tavsifi va mazmuni Barcha uchun ma'lum bo'lgan qiynoq va shafqatsiz muomala kabi voqyelikni oydinlashtirish yengil bo'lmagan vazifa hisoblanadi, garchi uni qoralash va ta'qiqlash barcha davlatlarda odatda qo'llaniladigan xalqaro huquq normasi sifatida barcha tomonidan qabul qilingan. Ko'plab xalqaro huquqiy hujjatlarning mazmunini kiritilgan qiynoqning mutlaqo cheklanishi to'g'risidagi xalqaro qonunchilik, shafqatsiz qiynoqlar qo'llanmasligining kafolati bo'lib hisoblanmaydi. Ushbu holat davlat organlari uchun xalqaro huquq prinsiplarining hamda tolqini bu huquqlarini ta'minlash borasida bir qancha erkinliklar hamda bo'shliqlar qoldirilganini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Qiynoqning huquqiy tavsifi BMTning 1984 yilda qabul qilingan qiynoqlarga qarshi Konvensiyasida o'rnatilgan va barcha ishtirokchi davlatlar tomonbidan qo'llab quvvatlangan (Bosh Assambleyaning 1984 yil 10 dekabrdagi 39/46 Rezolyusiyasi davlatlarning qo'shilishi, ratifikasiya qilishi va imzolashlari uchun ochiq tarzda qabul qilindi hamda 1987 yil 26 iyunda kuchga kirdi). Ushbu Konvensiyaning 1-moddasida muvofiq qiynoqqa quyidagicha ta'rif berilgan: “og'riq yoki qo'rqitish davlat mansabdor shaxsi yoki boshqa rasmiy faoliyat bilan bog'liq biror shaxs tomonidan, ular rejasi yordamida amalga oshiriladigan, ularning aybi va bunday harakatlarga jim turishlari bilan sodir etiladigan ma'lum bir shaxsga qasddan undan yoki uchinchi shaxsdan ma'lumot olish hamda uning sodir etgan harakati, uchinchi shaxs yoki u gumon sifatida ko'rilayotgan ishlarda tan oldirish maqsadida kuchli jismoniy yoki ruhiy ta'sir o'tkazish, qo'rqitish, shuningdek, kamsitish sifatida tavsiflanuvchi, shaxsni yoki uchinchi bir shaxsni qo'rqitish hamda majburlash bilan bog'liq har qanday harakat. Bunday holatlarga qonuniy sanksiyalar natijasida ushbu sanksiyalar bilan o'zaro bog'liq bo'lgan yoki favqulodda sodir bo'luvchi og'riq hamda qo'rquvlar kiritilmaydi”. BMTning Qiynoqlarga qarshi qo'mitasi qiynoqning yana quyidagi elementlarini ko'rsatib o'tadi: birinchidan — jismoniy va ruhiy qiynash yo'li orqali qasddan bo'lgan va qasdan ijro xatti-harakat; 130 ikkinchidan — muayyan maqsadda amalga oshirilgan harakat; uchinchidan — davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy faoliyat yurituvchi bog'liq shaxsi tomonidan amalga oshirilgan harakat. Qiynoqqa qarshi samarali kurashni asosiy jihatlarini uchtaga bo'lishimiz mumkin: birinchidan — samarali qonunchilik asosini yaratish va uni to'liq amalga oshirishni ta'minlash, shuningdek, qiynoqqa qarshi kurashi kafolatlarini belgilab berish. Jumladan, qamoqda saqlanayotgan shaxslarning asosiy kafolatlari (advokat, shifokor, sudya va h. k. larga yetishish huquqi) hamda tashqi olamdan holatlarda uzilish qamoqqa olishning ta'qiqlanishi; ikkinchidan — qamoqda saqlanayotgan shaxsning joylashgan joyini ko'zdan kechirish hamda u saqlanayotgan joyning mustaqil monitoringini amalga oshirish bo'yicha nazorat mexanizmlarini, eng muhimi milliy mexanizmlarni tashkil etish; uchinchidan — ichki ishlar organlari, JIEM, advokatlar, sudyalar, tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislarning doimiy professional malakasini oshirib borish. Qiynoqqa qarshi Konvensiyaning muhim ahamiyatga ega bo'lgan qisqacha xalqaro- huquqiy tavsifini keltirib o'tamiz. Bularga eng avvalo quyidagilar kiradi: Download 2.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling