Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi
Inson huquqlari bo'yicha Amerikalararo komissiya
Download 2.94 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson huquqlari boyicha amerika davlatlariaro sud
- Afrika qitasi 1981 yildagi inson va xalqlar huquqlari
- Inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasi muqadimmasi va 68 moddadan iborat 3 qismdan tashkil topgan.
- Inson va xalqlar huquqlari boyicha Afrika komissiyasining asosiy funksiyalari
- Umumetirof etilgan inson huquqlarining islom tizimi manbalariga quyidagilar kiradi: Inson huquqlari Umumislom Deklarasiyasi (1981 yil);
- 5.6. Jinoyat prosessida umumetirof etilgan inson huquqlari prinsiplari va normalari
- INSON HUQUQLARI BOYICHA XALQARO STANDARTLAR. INSON VA FUQARO HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI TIZIMI, UNING OZBEKISTON RESPUBLIKASI
- Inson huquqlari xalqaro huquqning institutlaridan biri hisoblanib, u inson huquqlari sohasida asosiy, umumetirof etilgan standartlarni belgilab beradi.
Inson huquqlari bo'yicha Amerikalararo komissiya. Bu Komissiyaning funksiyalari inson huquqlari to'g'risidagi Amerika konvensiyasining 41-moddasida mustahkamlangan. Bu modda Komissiyaning funksiyalarini Amerika davlatlari tashkilotining organi sifatida belgilab beradi va uni Konvensiyaning 44–51-moddalarida mustahkamlangan “petisiyalar va boshqa murojaatlar bo'yicha o'zining boshqaruvi doirasiga muvofiq choralar ko'rish”ga vakolat beradi. Konvensiyaga muvofiq Komissiya petisiya va davlatlarning boshqa murojaatlarini ko'rishga vakolatli. Petisiyaning o'rinliligi to'g'risidagi qaror bir qator shartlarga bog'liq, qisman xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplariga muvofiq barcha ichki huquqiy himoya vositalaridan o'tilganligiga bog'liq. Bundan tashqari, Komissiyaga petisiya taxminiy mavjud bo'lgan huquqbuzilishining jabrlanuvchisi muayyan ish bo'yicha milliy sudning ohirgi qarori qabul qilinganligi haqida xabardor qilingandan so'ng faqatgina olti oylik muddat ichida berilishi mumkin. Shikoyat o'rinli deb topilgan taqdirda Komissiya taqdim qilingan ma'lumotlarni ko'rib chiqadi, huqumatdan kerakli ma'lumotlarni so'raydi va faktlarni o'rganadi. Bu jarayon doirasida Komissiya shikoyat bergan shaxs va hukumat vakili ishtirokida majlis o'tqazadi. Inson huquqlari bo'yicha amerika davlatlariaro sud taraflar o'rtasida nizolarni ko'rish yurisdiksiyasiga ega, xususan, davlat-ishtirokchilardan biri Inson huquqlari bo'yicha Amerika konvensiyasiga rioya qilmaslikda ayblangan ishlarni hal qilish yurisdiksiyasiga ega. Shuningdek, u Konvensiya va inson huquqlari bo'yicha muayyan shartnomalar bo'yicha tavsiyaviy xulosalar chiqarishi mumkin. Ish o'z ish yurituviga berilgan taqdirda Sud inson huquqlari bo'yicha Amerikalararo Komissiya tomonidan ko'rib chiqilgan faktlar va huquq masalalarni ham ko'rib chiqishga vakolatli. Sud yetkazilgan zararni pul ko'rinishida qoplash to'g'risida qaror chiqarishga va belgilangan da'vo bo'yicha nafaqat huquq buzilishini, balki davlatlar ushbu huquqbuzilishi bilan bog'liq ravishda qo'llashi lozim bo'lgan choralarni ham belgilab qaror chiqarishga vakolatli. Afrika qit'asi 1981 yildagi inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasining tarkibi va inson huquqlarini himoya qilish sohasida qit'a davlatlarining hamkorligiga ta'sir ko'rsatgan o'zining maxsus jihatlariga ega. Afrika davlatlari inson va xalqlar huquqlarini himoya qilish borasidagi hamkorligining asosida keng ma'noda rivojlanish (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy rivojlanish) nazariyasi yotadi. Inson huquqlarini zamonaviy sharhlash nuqtai nazaridan yevropa va afrika modellarini uyg'unlashtirish bu sohada taraqqiyotga erishishning eng maqbul yo'lidir. Inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasining qabul qilinishi inson va xalqlar huquqlarini ta'minlash borasidagi mintaqaviy tizimlar shakllanishining mantiqiy davomi bo'ldi. Afrika xartiyasi, bir tarafdan, afrika sivilizasiyasining qadriyatlari 69 va odatlariga tayansa, ikkinchi tarafdan, BMT Ustavi, inson huquqlari bo'yicha Xalqaro paktlar, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining qator rezolyusiya va deklarasiyalarida mujassamlashgan inson va xalqlar huquqlarini himoya qilishning universal tizimiga asoslanadi. Inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasi muqadimmasi va 68 moddadan iborat 3 qismdan tashkil topgan. I qism huquq va majburiyatlarga bag'ishlangan bo'lib, inson va xalqlar huquqlari (1–26-moddalar) va majburiyatlar (27–29-moddalar) bayon qilingan ikki bobga ajratilgan. II qism kafolatlarga bag'ishlangan bo'lib, inson va xalqlar huquqlari bo'yicha Afrika Komissiyaini tashkil qilish (30–44-moddalar), Komissiyaning vakolatlari, uning o'z funksiyalarini amalga oshirish jarayoni va prinsiplariga oid (45–63-moddalar) uch bobga ajratilgan. Mazmunan Afrika xartiyasini ikkita asosiy qism: xalqar huquqlari va shaxsning individual huquqlariga ajratish mumkin. Afrika xartiyasi deklarasiyalar, konvensiyalar shuningdek BMTning va uning maxsus muassasalarining boshqa hujjatlarida, shuningdek, Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi, inson huquqlari to'g'risidagi Xalqaro paktlar, boshqa mintaqaviy tashkilotlar hujjatlaridagi qoidalarga tayanadi. Ko'pgina inson huquqlari bo'yicha eng muhim qoidalar aniqlashtirilib, o'zlarining keyingi takomillashuvlarini Afrika qit'asining xususiyatlarini inobatga olgan holda Xartiyada aks ettirildi. Inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasida va boshqa amalda bo'lgan xalqaro hujjatlarda mavjud bo'lgan inson va xalqlar huquqlari o'rtasida chegara belgilash lozim bo'lib, bunda nima Xartiyaga qadar o'rnatilgan va nima birinchi marta Xartiyada o'rnatilganligiga alohida e'tibor qaratish joiz. Inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasida va boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan xalqlar huquqlarini tahlil qilib, ularning barchasi afrika mamlakatlari oldida turgan nisbatan muhim vazifalarni hal qilishga: siyosiy va iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash, jamiyot hayotining barcha sohalarini dekolonizasiya qilish, birdamlik va o'zaro manfaatdorlikka asoslangan afrika davlatlari hamkorlikni rivojlantirish, qit'adagi mojaroli vaziyatlarni tartibga solish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qayta qurishga qaratilganligini farqlash qiyinchilik tug'dirmaydi. Bundan kelib chiqib ta'kidlash mumkinki, Afrika xartiyasi ba'zi xalqlar huquqlari tarkibiga qator yangi elementlarni olib keldi. Masalan, o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi, ya'ni bir xalqning boshqa xalq ustidan hukmronligi “siyosiy, iqtisodiy hukmronlik yoki madaniyat sohasidagi hukmronlik” kabi keng ma'noda talqin qilinishi mustahkamlandi. Xartiyada o'zining ozodligi uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan har qanday vositalar bilan, hattoki qurolli kurashga qadar kurashishning huquqiyligi ko'rsatildi. E'tirof etish mumkinki, Afrika xartiyasi o'zida bir qator siyosiy va fuqarolik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy kabi individual inson huquqlari bo'yicha xalqaro universal va mintaqaviy hujjatlarda tartibga solingan inson huquqlarini ham mujassamlashtirgan. Xartiyada bu huquqlarni mustahkamlovchi ushbu qoida afrika taraqqiyotining o'ziga xosliklarini inobatga olgan holda Afrika xartiyasida aks ettirilganligi sababli boshqa xalqaro hujjatlardagi qoidalar bilan aynamasligini ta'kidlash lozim. 70 Shaxs individual huquqlarini mintaqa davlatlarida amalga oshirilishining o'ziga xosligi shuningdek, individning oila, jamiyat, davlat va boshqa qonun bilan tan olingan tashkilotlar va umuman xalqaro hamjamiyat oldidagi muayyan majburiyatlarini belgilashda ham inobatga olingan. Inson va xalqlar huquqlari bo'yicha Afrika komissiyasining asosiy funksiyalari inson va xalqlar huquqlarini rag'batlantirish va tegishli normalarni ishlab chiqishdan iborat va shuningdek, davlatlardan axborot va “boshqa axborotlar” olishi va ko'rib chiqishi mumkin. Bunda “boshqa axborotlar” deganda alohida shaxslar, shaxslar guruhi, shuningdek, inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi tashkilot yoki muassasalarning axborotlari kiradi. Arab ligasini tashkil qiluvchi Pakt 1952 yilda kuchga kirgan va BMT Nizomi VIII bobining mazmunini (BMT Nizomi prinsiplariga muvofiq mintaqa davlatlari hamkorligining maqsadi mitaqada tinchlik va xavfsizlikni qo'llab-quvvatlash) mintaqaviy kelishuv shaklida rasman mustahkamlagan. Umume'tirof etilgan inson huquqlarining islom tizimi manbalariga quyidagilar kiradi: Inson huquqlari Umumislom Deklarasiyasi (1981 yil); Islomda inson huquqlari qohira deklarasiyasi (1990 yil); Inson huquqlari Arab xartiyasi (1994 yil). Deklarasiyasining kirishida inson huquqlarining diniy kelib chiqishiga binoan “hyech qaysi rahbar yoki hukumat, hyech qaysi assambleya yoki hokimiyat har qanday shaklda Olloh tomonidan berilgan inson huquqlarini cheklashi, bekor qilishi yoki buzishi mumkin emas, shuningdek hyech kim ulardan voz kecha olmaydi” deya ta'kidlanadi. Inson huquqlariga islomiy yondashuvning muhim elementi shundaki, ular “butun islom tartibining tarkibiy qismi hisoblanadi”. Deklarasiya mualliflari daxlsiz va ajratilmas inson huquqlarini hurmat qilish va ularni islom tomonidan berilgan sifatida ko'rish majburiyatini oladilar. Inson huquqlari Umumislom Deklarasiyasi nohukumat tashkiloti tomonidan qabul qilinganligi sababli majburiy xususiyat kasb etmaydi. U universal xalqaro- huquqiy normlarning asosiy qoida va prinsiplaridan kelib chiqadi, biroq davlatlar oldiga muayyan kafolatlarni ta'minlash va uning qoidalarini milliy qonunchilikka implementasiya qilish vazifasini qo'ymaydi. E'tirof etilgan huquq va erkinliklar o'zining tarkibi va sharhlash imkoniyatidan kelib chiqib, islom huquqi va undan kelib chiquvchi qonun hujjatlariga bog'langan bo'lib, bu ushbu hujjatga an'anaviy xususiyat bag'ishlaydi va bu sohada qator “Islom birdamligi” harakati a'zo-davlatlarida huquqiy amaliyot bilan nomutanosibligini ko'rsatadi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi BMT tomonidan belgilangan geografik mintaqalar ichida o'zining mustaqil inson huquqlari himoya tizimiga ega bo'lmagan mintaqa hisoblanadi. Buning asosiy sabablaridan biri bu Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Amerikadagi Amerika davlatlari tashkiloti, Yevropada Yevropa Kengashi, Afrikada Afrika Ittifoqi kabi mintaqaviy siyosiy birlashmaga ega emasligidir. Ushbu mintaqalarning barchasida aynan ushbu birlashmalar inson huquqlari tizimini yaratish 71 va ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil qilishga turtki bo'lgan edi. Osiyo- Tinch okeani mintaqasi mustaqil inson huquqlari himoya tizimiga ega emasligini asoslovchi boshqa omillar mintaqaning kengligi va bir turli emasligi bilan bog'liq. Ushbu mintaqa mamlakatlari yagona din, madaniyat yoki tarix bilan bog'liq emas, ularda turli siyosiy va ijtimoiy sharoitlar mavjud va Osiyo bir butun sifatida harakat qilishi uchun xizmat qila oladigan umumiylik uchun haqiqiy asoslar mavjud emas. BMT dunyoning ushbu qismida yagona mintaqaviy kelishuv yaratishga qaratilgan salmoqli harakatlarni amalga oshirmoqda. Biroq, bu say'-harakatlar o'z mahsulini berish imkoniyati ehtimoldan uzoq bo'lib, hyech bo'lmaganda yaqin kelajakda. Ba'zi mutaxassislarning e'tirof etishicha, submintaqaviy tuzilmalar (masalan, Janubiy-Sharqiy Osiyo) nisbatan haqiqatga yaqinroq va o'z-o'zidan ularning tashkil etilishini qo'llab-quvvatlash joiz. Boshqalarining fikricha, dunyoning bu qismida inson huquqlariga rioya qilinishi tizimini tashkil qilish harakatlari samarasizdir va hattoki, agar muvaffaqiyat qozongan taqdirda ham, buning natijasi o'laroq juda zaif va samarasiz tuzilma tashkil qilinadi. 5.6. Jinoyat prosessida umume'tirof etilgan inson huquqlari prinsiplari va normalari O'zbekiston Konstitusiyasi Muqadimmasida xalqaro huquq normalarining milliy qonunchilikdan ustun turishini tan olinadi. Bundan tashqari, Jinoiy-prosessual kodeksda agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida qonunda nazarda tutilgan qoidalardan o'zga qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalarining qo'llanishi mustahkamlab qo'yilgan. Shunga asosan O'zbekiston Konstitusiyasi va Jinoiy-prosessual kodeksi xalqaro huquqni inson huquqlarini himoyalash davlat ichki tizimining manbai deb tan oladi, degan xulosaga kelish mumkin. Shu o'rinda jinoyat prosessi fanida “xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari” kategoriyasining noaniqligi va ishlab chiqilmaganligini qayd etish maqsadga muvofiq. Hozirgi kunga qadar rasman sharhlangan aktlarda ham “xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari” kategoriyasining mazmuni ochib berilmagan. “Xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari”ning mavjudligini va aniq normativ mazmunini oydinlashtirish masalasi xatto huqushunos olimlar o'rasida ham ko'plab baxs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Bunday vaziyatning yuzaga kelishiga bir qator omillar, xususan yuridik adabiyotlarda “xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari” tushunchasining mohiyati haqidagi fikrlarning tarqoqligi sabab bo'lmoqda. Shu munosabat bilan prinsipial ahamiyatga ega bo'lgan quyidagi bir necha masalalarni hal etish zaruriyati tug'iladi: birinchidan, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari deyilganda nima tushuniladi? ikkinchidan, ushbu prinsip va normalar aynan qaysi xalqaro-huquqiy hujatlarda mustahkamlangan? 72 Qayd etish joizki, tarixan xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalarini ifodalashning bir necha shakllari vujudga kelgan. Xalqaro-huquqiy odat va xalqaro shartnoma ushbu shakllar orasida eng asosiylari deb tan olingan. Xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalarining belgilari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: birinchidan, har qanday xalqaro huquq normasi kabi, umume'tirof etilgan norma xulq- atvor qoidalari bo'lib, uning mazmuni davlatlarning xohish-irodalarini muvofiqlashtirish natijasida belgilanib, ular tomonidan shu ko'rinishda o'z xohishlariga ko'ra qabul qilinadi; ikkinchidan, umue'tirof etilgan normalar bu turli mamlakatlar uchun umumiy bo'lgan huquq normalari bo'lib, ular turli davlatlar tomonidan tan olinadi; uchinchidan, umume'tirof etilgan normalar barcha davlatlarni qamrab oladigan yoki qamrab olishi zarur bo'lgan huquqiy tizim elementlaridir. Bular barcha davlatlar uchun umumiy bo'lgan, ushbu davlatlarning barchasi uchun birdek qo'llanadagan xalqaro huquq normalaridir. Mazkur belgilarni hisobga olgan holda mazkur tushunchaga quyidagicha ta'rif berishimiz mumkin: Umume'tirof etilgan norma — davlatlar hamkorligining erishilgan darajasini mustahkamlovchi, yuzaga kelgan muammolarni yechishda o'zaro mafaatlardorlikni ta'minlaydigan va barcha yoki ko'pchilik davlatlar tomonidan umumiy deb tan olinadigan xulq-atvor qoidalaridir. Barcha uchun umumiy bo'lgan normalar, birinchi navbatda, hukumatlararo universal tashkilotlar (Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari, Interpol va boshqalar) va butunjahon konferensiyalari doirasida qabul qilinadigan hujjatlardan o'rin olasa, mahalliy normalar asosan hududiy tashkilotlar va konferensiyalarning (Amerika davlatlari tashkiloti, Yevropa kengashi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) hujjatlarida aks etadi. Barcha dunyo xalqlarining jamoaviy tajribasi va umumiy merosidan ajratib olingan Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi va inson huquqlari bo'yicha xalqaro paktlar inson huquqlari sohasida barcha xalqlar va davlatlar uchun umumiy bo'lgan xulq- atvor standartlarini tashkil etadilar. Xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari quyidagi uchta manbada mustahkamlab qo'yilgan: BMT Nizomi, 1970 yilda qabul qilingan Xalqaro huquq prinsiplari deklarasiyasi va 1975 yilda qabul qilingan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo'yicha kengashning xulosa akti. Ta'kidlash joizki, umume'tirof etilgan prinsiplar o'zaro aloqadorlik belgilariga ega. Masalan, 1970 yilda qabul qilingan Xalqaro huquq prinsiplari deklarasiyasida aytilishicha, “... talqin etish va qo'llashda prinsiplar o'zaro aloqadorlikdadirlar va har bir prinsip boshqa barcha prinsiplar qurshovida ko'rib chiqilishi lozim”. Shuning kabi YeXXKning xulosa aktida ta'kidlanishicha bayon etilgan prinsiplarni “qo'llashda har biri boshqalarini e'tiborga olgan holda talqi etiladi”. 1970 yilgi Xalqaro huquq prinsiplari deklarasiyasi va 1975 yilgi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining xulosa akti mazmunlarining tahlili xalqaro huquqning quyidagi umume'tirof etilgan prinsiplarining o'zaro aloqadorlikda ekanligi to'g'risida xulosa chiqarish imkonini beradi: 73 1) o'zaro totuvlikda hayot kechirish; 2) kuch ishlatish yoki kuch bilan qo'rqitishdan o'zaro voz kechish, ichki ishlarga aralashmaslik; 3) xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal etish; 4) davlatlararo hamkorlik; 5) teng huquqlilik va o'z taqdirini o'zi belgilash; 6) davlatlarning suveren tengligi; 7) davlatlar tomonidan majburiyatlarning sidqidildan bajarilishi; 8) davlatlar hududlarining daxlsizligi; 9) inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmat. Xalqaro huquq prinsiplarining umume'tirof etilgan normalar o'rasidagi o'ziga xos o'rnini alohida qayd etish lozim. Bu xalqaro huquqning eng muhim, eng umumiy, umume'tirof etilgan imperativ normalaridir. Ular xalqaro huquqning eng barqaror o'zagini tashkil etish bilan birga xalqaro qonunchilikning mezoni ham hisoblanadi. Barcha xalqaro sharnomalar va odatlar yuridik jihatdan haqiqiy va majburiy bo'lishi uchun xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga mos kelishi lozim, ularning mazmunida noaniqlik bo'lgan taqdirda, ularni asosiy prinsiplardan kelib chiqqan holda talqin etish kerak. Inson huquqlari to'g'risidagi barcha xalqaro-huquqiy hujjatlarni ikkita katta guruhga bo'lish mumkin — deklarasiyalar va konvensiyalar (paktlar). Deklarasiya (lotincha declaration — e'lon qilish, e'tirof etish) majburiy kuchga ega emas, bu — tavsiyalardir. Unda inson huquqlari to'g'risidagi asosiy prinsiplar, dasturiy qoidalar e'tirof etiladi. Konvensiya (lotincha conventio — shartnoma, kelishuv) — biror bir maxsus masala yuzasidan xalqaro kelishuv bo'lib, odatda u unga qo'shilgan (imzolagan, ratifikasiya qilgan) davlatlar uchun majburiy kuchga ega bo'ladi. Pakt — konvensiyaning o'zi, lekin mazmunan xilma xil. O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklariga oid xalqaro shartnomalari mamlakatning Oliy Majlisi tomonidan ratifikasiya qilinadi. O'zbekiston uchun xalqaro shartnomaning kuchga kiritilishi jarayoni uni rasman e'lon qilish bilan yakun topadi. O'zbekiston uchun kuchga kirgan, ya'ni ratifikasiya qilingan va tegishli tartibda e'lon qilingan xalqaro shartnomalar yuridik jihatdan majburiy aktlar hisoblanib, ulardagi umume'tirof etilgan inson huquqlari prinsiplari va normalari O'zbekiston jinoyat prosessida aks ettirilgan bo'lishi lozim. 74 6-BOB. INSON HUQUQLARI BO'YICHA XALQARO STANDARTLAR. INSON VA FUQARO HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI TIZIMI, UNING O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGIDA MUSTAHKAMLANISHI. 6.1. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar tushunchasi Inson huquqlari sohasida standart tushunchasi xalqaro hujjatlarda mustahkamlab qo'yilgan majburiy talablarni, normalarni bildiradi. Ma'lumki, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi yuridik majburiy hujjat hisoblanmaydi, biroq unda mustahkamlab qo'yilgan inson huquqlari standartlarning yorqin misoli hisoblanadi. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasidagi standartlar inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq uchun, inson huquqlari bo'yicha milliy tizimni yaratish uchun asos hisoblanadi. Inson huquqlari bo'yicha hujjatlar qaysi xalqaro tashkilot doirasida qabul qilinganligiga qarab, universal tashkilotlar — BMT doirasida qabul qilingan universal standartlarga va mintaqaviy standartlarga (misol uchun, Yevropa Kengashi doirasida qabul qilingan — Yevropa Kengashi standartlariga) bo'linadi. Universal va mintaqaviy standartlar o'rtasida qarama qarshiliklar yo'q, balki ko'proq bu izchillik, muvofiqlikdir. Mintaqaviy standartlar inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro shartnomalardagi inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni hamda ularni himoya qilishni yanada mustahkamlashga ko'maklishishi lozim. Mintaqaviy standartlar mahalliy bo'lib, mintaqadagi mamlakatlarning tarixiy an'analari, madaniyati, rivojlanish darajasini hisobga olgan holda universal standartlarga nisbatan yanada aniqroq va yuksakroq normalarni o'rnatadi. Milliy qonunchilikni inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarga muvofiq kelishi talabi inson huquqlari bo'yicha shartnomalarning ishtrokchilari uchun eng qattiq talablardan hisoblanadi. Inson huquqlarining xalqaro huquqi 1 (inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar) barcha davlatlar hamda ularning mansabdor shaxslari hisoblangan huquqni muhofaza qiluvchi organlarini ham qamrab oluvchi ush bu davlatlarning vakillari uchun yuridik majburiy hisoblanadi. 1 Qarang: Саидов А. Х., Международное право по права человека./ Отв.ред Б. Н. Топорин М. — 2004. 75 Inson huquqlari xalqaro huquqning institutlaridan biri hisoblanib, u inson huquqlari sohasida asosiy, umume'tirof etilgan standartlarni belgilab beradi. Ma'lumki, xalqaro hamjamiyat o'z tarixiga, huquqiy an'analariga va madaniy qadriyatlariga ega bo'lgan turli xil davlatlardan tashkil topgan bo'lib, inson huquqlari va unga bo'lgan qarashlar ko'proq yuqoridagi omillarga bog'liq hisoblanadi. Shuning uchun ham inson huquqlari sohasida xalqaro standartlarni o'rnatish hozirgi zamon sharoitlarida shaxsning huquq va erkinliklarini haqiqiy ta'minlab berishning o'ta muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Inson huquqlari bo'yicha umume'tirof etilgan standartlar doktrinasi inson huquqlari hamma joyda bir xil bo'lishi, ya'ni, birinchidan bu huquqlar mustahkamlab qo'yilgan moddiy huquq normalari bir xil bo'lishi lozimligi, ikkinchidan, bu normalarni qo'llash bir tahlitdagidek bo'lishi lozimligiga asoslanadi. Inson huquqlari faqatgina g'arb sivilizasiyasi mevasi hisoblanmaydi, balki u butun insoniyatga tegishlidir, shuning uchun ham ular turli xalqlarning madaniyatidan qat'i nazar sharhlanishi mumkin emas va bunday qilib bo'lmaydi. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarni tushuntirishda inson huquqlarining universalligi (universality of human rights) va inson huquqlari sohasidagi universalizm (universalism in human rights)ni farqlash lozim bo'ladi. Inson huquqlarining universalligi deganda inson huquqlari g'oyasini haryoklamaligi, xammabopligini e'tirof etish tushuniladi, inson huquqlari sohasida universalizm esa, inson huquqlari g'oyalarini sharhlash va qo'llashga taalluqlidir. Inson huquqlarining universalligiga 1948 yili Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilinganidan bir necha yildan keyin erishilgan bo'lib, bu bugungi kunda birorta ham davlat uni inkor etmayotganligi bilan tasdiqlanadi. Boshqacha aytganda, inson huquqlari g'oyasi, shundayligicha barcha davlatlar tomonidan e'tirof etilmoqda. Inson huquqlari sohasida universalizm to'g'risidagi gapirilganda esa, bugungi kunda unga erishilgani yo'q. Universalizm inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquqni sharhlash va uni qo'llashga nisbatan yalpi rozilikni ko'zda tutadi. Bunday yalpi rozilikning yo'qligi BMT doirasida inson huquqlari masalalarini ko'rib chiqishda universalizm muhokama predmeti bo'lib davom etayotganligi fakti bilan tasdiqlanadi 2 . Shu bilan bog'liq ravishda 1993 yilgi Vena deklarasiyasi va Harakat dasturida mavjud qoidaga e'tiborni qaratish lozim bo'ladi, unda quyidagicha ko'rsatib o'tilgan: “barcha inson huquqlari universal, bo'linmas, o'zaro bog'liq va o'zaro aloqada”, biroq yana quyidagi ham qayd etiladi “milliy va diniy xususiyatlar hamda turli tarixiy, madaniy va diniy o'ziga xosliklarning ahamiyatini e'tiborga olish kerak bo'lsada, davlat o'zining siyosiy, iqtisodiy va madaniy tizimi qanday bo'lishidan qat'i nazar barcha inson huquqlari va asosiy erkinliklarni rag'batlantirish va ularni himoya qilish majburiyatini zimmasiga oladi”. Mazkur holatda inson huquqlarining universalligi to'g'risida (universalizm to'g'risida emas) gap bormoqda. Boshqacha aytganda, inson huquqlari mustahkamlab qo'yilgan 2 Qarang: Baderin M.A. International Human Rights and Islamic Law. Oxford: Oxford University Press, 2003. P. 23–24. 76 huquqiy normalar universal bo'lishi lozim, biroq bu degani barcha holatlarda ham ular mutlaq bir xil sharhlanishi lozim degani emas. Bo'lmasa, 1993 yilgi Vena deklarasiyasi va Harakat dasturiga milliy mintaqaviy xususiyatni va turli tarixiy, madaniy va diniy o'ziga xosliklarni hisobga olishning zaruriyati to'g'risidagi qoidani kiritishning ma'nosi bo'lmas edi. Turli tarixiy, madaniy va diniy o'ziga xosliklarni hisobga olib inson huquqlarining universalligini talqin qilish maqsadida xalqaro shartnomalarning u yoki bu qoidalarini jamiyatning ahloqiy qadriyatlari bilan bog'liq ravishda tushuntirishigacha bo'lgan darajada davlatning harakat qila olishi erkinligini ko'zda tutuvchi o'z ixtiyoriga ko'ra ish tuta olish erkinligining chegarasigacha bo'lgan doktrinadan foydalanishi mumkin bo'lar edi. Xalqaro shartnomalarning ko'plab qoidalari juda yuqori darajada mavhumlashtirib shakllantirilganligi, ularni mahalliy ahloqiy va madaniy standartlar nuqtai nazardan tushuntirish imkoniyatini beradi. Xalqaro va milliy (davlatning ichki) huquqning nisbati va o'zaro ta'siri muammosi yurisprudensiyaning bugungi eng muhim va murakkab muammolaridan birini tashkil etadi. Uning amaliy ahamiyati davlat organlari uchun ham, har bir inson uchun ham so'zsiz oshib bormoqda. Asosiy inson huquqlari xalqaro huquq normalari bilan belgilanishini eslashning o'zi ham yetarlidir. Xalqaro huquqning rivojlanishi, uning milliy huquq bilan o'zaro ta'sirining chuqurlashib borishi ijtimoiy hayotning baynalminallashuvi bilan ham belgilanmoqda. Dunyoning o'zaro bog'liqligi va yagonaligi milliy siyosiy-huquqiy tizimlar yagona global tizimning qismlari sifatida, bir birlari bilan ham, shuningdek butun xalqaro munosabatlar tizimi bilan ham o'zaro aloqadorligini anglatadi. Ichki vazifalarni hal etish o'sib borayotgan tashqi muhitning ta'siriga bog'liqdir. Davlatlarning suveren tengligi prinsipiga muvofiq har bir davlat o'zining huquqiy tizimini o'zi erkin tanlashi va shunday ekan, o'z huquqiy tizimini xalqaro huquq bilan o'zaro ta'sir qilish tartibini belgilashi mumkin. Shu bilan bir qatorda, suveren tenglik prinsipi har bir davlat o'zining xalqaro majburiyatlarini to'liq va vijdonan bajarishi majburiyatini ham belgilab beradi. Mazkur qoidalarda anchadan beri e'tirof etilgan qoida ham o'z aksini topgan, unga ko'ra xalqaro huquq davlatga majburiyat yuklaydi, ularni mamlakat ichida ro'yobga chiqarishning tartibi esa, agar xalqaro-huquqiy normalarda boshqacha kelishilmagan bo'lsa, milliy huquq bilan belgilanadi. Milliy darajada amalga oshiriladigan normalarning sonini oshib borishi bilan birga yangi holatlar ham paydo bo'lmoqda. Misol uchun, inson huquqlari to'g'risidagi, jinoyatlarning ayrim turlari to'g'risidagi xalqaro normalarning ro'yobga chiqarishni tegishli ravishda qonunlarni qabul qilmasdan amalga oshirib bo'lmaydi. Natijada davlat bunday normalarga qo'shilar ekan, tegishli qonunlarni qabul qilish majburiyatini o'z zimmasiga oladi. Umuman olganda, davlat o'z huquqiy tizimini o'zi yaratishi va shunday qilib xalqaro majburiyatlarining bajarishini ta'minlashi lozim. Davlatda inson huquqlariga va huquq hukmronligiga hurmatga asoslangan demokratik boshqaruv o'rnatiladigan sharoitlardagina tinchlik va xalqaro-huquqiy tartibot ishonchli ravishda ta'minlab 77 berilishi mumkin. Xalqaro hayotdagi demokratiya va qonuniylikka davlatning ichidagi demokratiya va qonuniyliksiz erishib bo'lmaydi. Shunday qilib, inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar xalqaro shartnomalarda mustahkamlab qo'yilgan, yuridik kuchga kirgan va davlatning oliy qonunchilik organi tomonidan ratifikasiya qilinib, unga muvofiq milliy qonunchilikda tegishli normativ- huquqiy hujjatlar qabul qilingan qoidalar hisoblanadi.. Download 2.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling