Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida quyidagi iqtisodiy, ijtimoiy huquqlar
Download 2.94 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozbekiston Respublikasi Konstitusiyasida quyidagi madaniy huquqlar mustahkamlangan
- HOZIRGI ZAMONDA INSON HUQUQLARI TOGRISIDAGI ASOSIY XALQARO HUJJATLARNING TAVSIFI 5.1. Hozirgi zamonda inson huquqlari togrisidagi asosiy xalqaro
- 5.2. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining huquqiy mazmuni va ahamiyati
- Shaxsiy huquq va erkinliklar
- Insonning uni orab turgan guruhi va tashqi dunyo bilan bolgan munosabatlari doirasidagi huquqlari
- Diniy erkinliklar, fuqarolik va siyosiy huquqlar
- Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqlar
- Shuni takidlash joizki, Deklarasiyaning uchta moddasi BMT prinsiplari va shaxsning jamiyatga nisbatan majburiyatlariga bagishlangan
- Deklarasiya 29-moddasining 1 bandida shaxsning majburiyatlari aniq ornatilgan
- 5.3. Inson huquqlari togrisidagi xalqaro paktlar Xalqaro billning qismi sifatida
- Pakt quyidagi huquqlarni himoya qilish va amalga oshirishda komaklashishni kozda tutadi
- Pakt kozda tutilgan huquqlarni hyech qanday kamsitishlarsiz amalga oshirilishini nazarda tutadi.
- Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar togrisidagi Xalqaro paktning
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida quyidagi iqtisodiy, ijtimoiy huquqlar belgilangan: • iqtisodiy faoliyat erkinligi huquqi (53-modda); • mulk huquqi (36-modda); • mehnat va ta'til huquqi (37-, 38-modda); • ota-ona va bolalarning bir biriga g'amxo'rlik qilishga teng huquq va burchlari (64-, 66-modda); • ijtimoiy ta'minot xuquqi (39-modda); • malakali tibbiy xizmat olish huquqi (40-modda); • ta'lim olish huquqi (41-odda). Egalik huquqi asoslariga mehnat faoliyati, shuningdek mulkni buyurtma bo'yicha yaratish, rivojlantirish va egalik qilish, davlat mulkini xususiylashtirish; meros va boshqa qonunga xilof bo'lmagan asoslar kiradi. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquqlar o'z huquqiy rivojlanishini O'zbekistonning bir qator zarur konunlarda o'z ifodasini topgan. Shulardan Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Oila kodeksi, Uy-joy kodeksi, “Ta'lim to'g'risidagi”, “Pensiya ta'minoti to'g'risidagi”, “Sog'liqni saqlash to'g'risidagi”, “Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risidagi” qonunlarini aytish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida quyidagi madaniy huquqlar mustahkamlangan: • ijod qilish, madaniy hayotda ishtirok etish huquqi (42-moddat); • ta'lim olish huquqi (41-moddat). O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 42-moddasida “Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g'amho'rlik qiladi”, deb mustahkamlab qo'yilgan. Har qanday fuqaro madaniy sohada o'z qobiliyati va imkoniyatlarini ko'rsatish huquqlariga ega. Undan tashqari, fuqarolarning madaniy hayotda ishtirok etish erkinligi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida mustahkamlab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 42-moddasida “Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g'amxo'rlik qiladi” deyilgan. 54 O'zbekistonda 140 dan ortiq milliy markazlar o'z faoliyatlarini amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi №10-sonli Qarori bilan Respublika baynalminal madaniy markazi ta'sis etilgan. Markaz milliy madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularga amaliy va uslubiy yordam ko'rsatadi va shu bilan mamlakatimizda yashayotgan turli millatlar va elatlar vakillarining ehtiyojlarining qoniqtirishda faol ishtirok etmoqda. 1998 yil 26 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston teatr san'atini rivojlantirish to'g'risida”gi Farmoyishi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasini tuzish to'g'risida”gi Qarori qabul qilindi. Hozirgi vaqtda birlashma tarkibida 37 ta professional teatrlar va ko'plab teatr-studiyalar ishlamoqda. Madaniyat va sport ishlari bo'yicha vazirlik tasarrufida 85 ta muzey ishlab turibdi. Muzey to'plamlari bir yarim million muzey predmetlaridan iboratdir. Bular tarixiy hujjatlar, arxeologiya, etnografiya, numizmatika predmetlari, amaliy san'at maxsulotlari, xaykaltaroshlik, rassomchilik, grafika va boshqalardir. Vazirlik tasarrufida 5735ta kutubxona ishlab turibdi. O'zbekistondagi madaniy meros obyektlari milliy boyliklar hisoblanadi va ular davlat muhofazasi ostidadir. 2001 yil 30 avgustdagi O'zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida”gi Qonuni madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, saqlash, ko'paytirish va ulardan foydalanishga oid munosabatlarni tartibga soladi. Madaniyat sohasida xalqaro aloqalar va hamkorlik davlat darajasida qabul qilinadigan qonunchilik, shuningdek Prezident farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari kabi shunga o'xshash tegishli hujjatlar va boshqa chora-tadbirlar asosida rag'batlantirilmoqda va rivojlantirilmoqda. O'zbekiston Respublikasinng “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida”gi Qonunida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlik olib borish ko'zda tutilgan. 55 5-BOB. HOZIRGI ZAMONDA INSON HUQUQLARI TO'G'RISIDAGI ASOSIY XALQARO HUJJATLARNING TAVSIFI 5.1. Hozirgi zamonda inson huquqlari to'g'risidagi asosiy xalqaro hujjatlarni qabul qilish sharoitlari Hozirgi zamonda inson huquqlari muhim o'rin tutadi. Har qanday rivojlangan demokratik jamiyat qurishda ularning qimmatini nazardan qochirmaslik lozim. Bizning fikrimizcha, huquqiy davlat qurilishidagi asosiy shartlardan biri bu jamiyatda inson huquqlari va erkinliklarini kengaytirish hamda himoya qilish hisoblanadi. Unchalik uzoq bo'lmagan o'tmishda ham inson huquqlari faqatgina ichki davlat organlari doirasida tartibga solingan. Har bir davlat o'z yurisdiksiyasida bo'lgan fuqaro va shaxslarning huquq va erkinliklari hajmini faqat o'zlarigina hal qilish huquqiga ega deb hisoblar edilar. Hattoki, BMT tashkil qilingan ilk kunlarda ham davlat ichki organlari bu sohadagi asosiy manbalar hisoblanar edi. Umuman huquqni, ayniqsa inson huquqlarini u yoki bu jamiyatda hukmronlik qilayotgan mafkura, siyosat va axloqiy madaniyatdan ajratib o'rganish mumkin emas. Shuning uchun har bir davlat inson huquqlari masalasini mazkur sohada yuqoridagi keltrilgan asosida tartibga solgan hamda xalqaro organlarining, shunindek BMTning inson huquqlari sohasidagi umumiy standartlarini ishlab chiqarish bo'yicha hamma urinishlarni o'z ichki ishiga aralashish deb hisoblaganlar. Bir qator mamlakatlar o'zlarining rasmiy bayonotlarida BMT ustaviga asosan muayyan inson huquqlariga irqiy, jinsiy, til va diniy kamsitishlarsiz rioya qilinishini ta'minlashda davlat yurisdiksiyasini rad qildilar. Boshqa guruh davlatlar esa BMT Ustavining yuridik majburiyligini tan olishgan holda davlat suvereniteti tushunchasini mutlaqlashtirishib, inson huquqlari sohasi butunlay davlatning ichki vakolati deb hisoblashlarini bildirishdi 1 . Xalqaro huquqshunoslarning ko'pchiligi xalqaro hamjamiyatning ishi emas, o'z davlatlari mafkurasini aks ettirgan holda inson huquqlari va erkinliklarini tartibga solish balki davlatning mutlaqo ichki ishi, deb hisoblar edi. 1 Misol uchun, sobiq SSSR mazkur masalada maqbul bo‘lmagan pozitsiyani egallagan edi, bu esa 1948 yili BMT Bosh Assambleyasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul qilishda beta- raf bo‘lishiga asosiy sabablardan biri edi. 56 Ikkita jahon urushi, o'nlab mintaqaviy va mahalliy urushlar, yadro urushi xavfi, atrof- muhit muammosi va boshqa global muammolar yechimini topish uchun davlatlarning sa'y-harakatlarini birlashtirish uchun katta-kichik urinishlarning boshlanishiga sabab bo'ldi. Natijada esa, inson huquqlari ham ichki huquq bilan, ham xalqaro huquq bilan, tartibga solinadigan bo'ldi. Buning dalili sifatida asosiy inson huquqlari va erkinliklarini tartibga soluvchi xalqaro prinsiplarning aniqlashtirilishi va rivojlantirilishi hamda mazkur sohada davlatlar o'z zimmasiga olgan majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan nazorat mexanizmlarining tashkil qilinganligini ko'rsatish mumkin. Inson huquqlari sohasida xalqaro huquq rolining oshishiga asosiy sabablardan biri Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi, inson huquqlari bo'yicha xalqaro paktlar va mazkur sohada boshqa xalqaro konvensiyalarning qabul qilinishidir. Ko'pgina xalqaro-huquqshunoslar Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasini fuqarolarning asosiy fuqarolik va siyosiy huquqlarini oddiy e'lon qilinuvchi hujjat deb hisoblab, uning roli va ahamiyati hakida uzoq bahslashdilar. Hayot Deklarasiyaning qabul qilinishi, kuruk ishora, shama emas, balki undagi huquqlar xalqaro hamjamiyatning inson huquqlari sohasida muhim xalqaro bitimlarni qabul qilishda mustahkam xalqaro- huquqiy negizi hati-xarakat kodeksi bo'lib xizmat qilganligini ko'rsatdi. Tadqiqotlardan birida ta'kidlab o'tilganidek, “1948 yildan so'ng qabul qilingan 90 dan ortiq milliy konstitusiyalar o'zida deklarasiya qoidalarini aks ettiradi va mazkur qoidalar uning ta'siri ostida kiritilgan” 1 . Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi inson huquqlari bo'yicha boshqa kelishuvlarning qabul qilinishiga keng yo'l ochib berdi. Ushbu kelishuvlar ichida markaziy o'rinni inson huquqlari bo'yicha xalqaro paktlar egallaydi. Ularning qabul qilinishi natijasida inson huquqlari sohasida prinsip va qoidalarni ishlab chiqish va qabul qilish borasida yanada sifatli bosqichga ko'tarildi. Insoniyat tarixida birinchi marta deyarli bir paytda Paktlarni imzolagan barcha davlatlar uchun majburiy bo'lgan inson fuqarolik-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlarining ulkan doirasini tartibga soluvchi ikkita xalqaro hujjat qabul qilindi. Mustaqilligini da'vo qilayotgan xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi mazkur Paktlar bilan tan olingandan so'ng, bu ruhan ezilgan xalqlar qo'lidagi mustaqillik uchun kurash yo'lidagi kuchli qurollardan biriga aylandi. Milliy-ozodlik harakatlari ta'siri ostida paydo bo'lgan xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash moddasining kiritilishi xalqaro hamjamiyat tomonidan eski xalqaro huquqda fundamental o'zgarishga asos bo'ldi hamda jahon xalqlari va millatlari o'rtasidagi teng munosabatlarning ta'minlanishiga asos bo'ldi. Yashash huquqi, adolatli sudga bo'lgan huquq, mehnat qilish huquqi, dam olish huquqi va boshqa bir qator asosiy huquqlar bugungi kunda ko'pgina davlatlarning konstitusiyalarida o'zining mustahkam o'rnini topgan. Inson huquqlariga oid paktlarda birinchi bor individning bevosita xalqaro nazorat qiluvchi organlar nazorati ostida huquqlarini himoya qilish imkonini bajaruvchi xalqaro huquq va majburiyatlarga sohibi ekanligi belgilandi. 1 Jayawic Kagata N. Hong Kong and the internatihnal prhtectihn hf human Rights//Human Rights in Hong Kong, 1992. P. 160. 57 Inson huquqlari bo'yicha paktlarning muhim yutuqlaridan biri mazkur hujjat orqali davlatlarning shu qoida bo'yicha o'z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarilishini nazorat qiluvchi muassasalarning tashkil qilinishi bo'ldi. “Uning tashkil qilinishi va faoliyat olib borishi mazkur asrning ikkinchi yarmida inson huquqlarini xalqaro miqyosda tartibga solishda sezilarli yutuqlardan biridir” 2 . Nazorat instituti xalqaro huquqda yangi hodisa bo'lib, uning tashkil topish jarayoni bir qator davlatlar tomonidan katta qarshilikka uchradi. Muammo shunda ediki, “nazorat” tushunchasi, ushbu nazorat obyekti hisoblanuvchi u yoki bu majburiyatning bajarilish jarayonidagi elementlarining ta'sirini o'z ichiga olardi. Boshqacha aytganda, nazorat ijro jarayonida o'zining u yoki bu darajadagi aralashuvini keltirib chiqaradi. Davlatlar xalqaro munosabatlarga kirishar ekan, o'zlarining ichki ishlaridagi suverenitetini saqlaydi, xalqaro organlarning nazorati esa ularning ichki ishiga aralashuvi, deb hisoblanardi. Biroq, xalqaro munosabatlarning o'ziga xosligi va inson huquqlarining katta ahamiyati xalqaro hamjamiyatning ushbu masalada muvozanatga kelishishiga va davlatlarning mazkur sohada o'z zimmalariga olingan majburiyatlarini o'z irodasi bilan zimmasiga olishiga, xalqaro nazorat organlari esa faqatgina inson huquqlari sohasida davlatlarga tegishli ko'maklarni berib, maslahat berishini ta'minladi. Hozirgi sharoitda xalqaro nazorat organlarining roli oshmoqda. BMT va boshqa xalqaro konvensiyaviy organlari nazorat tashkilotlarining faoliyatidagi vakolat va vazifalariga borgan sari ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Aytib o'tilganidek, xalqaro munosabatlarda zarur paytda hayotga majburiy tadbiq qilish uchun xalqaro huquqning prinsip va normalarini amalga oshiruvchi davlat tizimi ustidan nazorat qiluvchi organ yo'q. Shuning uchun davlatlar xalqaro nazorat mexanizmini yaratish yo'llarini nazarda tutganlar va bu zarurat insoniyat taqdiriga jiddiy xavf tug'dirganda xalqaro huquq ijodkorligini kengaytirish, xalqaro aloqalarni takomillashtirish, global muammolarning paydo bo'lishidan kelib chiqadi. 5.2. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining huquqiy mazmuni va ahamiyati Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so'ng tinchlik, xavfsizlik va davlatlararo hamkorlikni qo'llab — quvvatlash va mustahkamlash maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilgan edi. Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish uning faoliyatida muhim yo'nalish hisoblanadi. BMTning dastlabki erishgan muhim yutuqlaridan biri, bu Bosh Assambleya tomonidan 10 dekabr 1948 yilda Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining qabul qilinishi bo'lgan. Assambleya Deklarasiyani “barcha xalqlar va barcha davlatlar tomonidan bajarilishiga intilishini ta'minlash vazifasi” ekanligini e'lon qildi. U butun dunyodagi a'zo-davlatlarni Deklarasiyada mustahkamlangan huquq va erkinliklarni hurmat qilish va ta'minlashga chaqirdi. Har yili 10 dekabr butun dunyoda Deklarasiya qabul qilingan kun sifatida Inson huquqlari kuni, deb bayram qilinadi. Deklarasiyaning 2 Карташкин В. А. Права человека в международном и внутреннем праве. — М., 1995. — С. 58. 58 tarixiy ahamiyati shundaki, u butun dunyoda tan olingan va umumiy bo'lgan huquq va erkinliklar ro'yxatini o'zida mujassamlashtirgan birinchi xalqaro xarakterdagi hujjatdir. Deklarasiyada quyidagi umum e'tirof etilgan inson huquqlarining to'liq ro'yxati keltirib o'tilgan: Shaxsiy huquq va erkinliklar: • yashashga bo'lgan huquq, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi (3-modda); • qullikning ta'qiqlanishi (4-modda); • qiynoqlarning ta'qiqlanishi, inson qadr-qimmatini kamsituvchi yoki noinsoniy muomalar va jazolashlarning ta'qiqlanishi (5-modda); • har bir insonning huquqiy subyekt bo'la olishining tan olinishi (6-modda); • asosiy huquqlarini buzilishiga sabab bo'lgan harakatlarga qarshi sud himoyasiga bo'lgan huquq (7-modda); • huquqlarni sud tomonidan samarali tiklanishiga bo'lgan huquq (8-modda); • o'zboshimchalik bilan qamoqqa olish, ushlab turish yoki surgun qilishdan himoya qilishga bo'lgan kafolat (9-modda); • mustaqil va betaraf sudga bo'lgan huquq (10-modda); • aybsizlik prezumpsiyasi, qonunning orqaga qaytish kuchining yo'qligi (11-modda). Insonning uni o'rab turgan guruhi va tashqi dunyo bilan bo'lgan munosabatlari doirasidagi huquqlari: • shaxsiy hayotga bo'lgan huquq (12-modda); • erkin ko'chib yurishga va yashash joyini erkin tanlashga bo'lgan huquq (13-modda); • boshpanaga bo'lgan huquq (14-modda); fuqarolikka bo'lgan huquq (15-modda); • nikoh munosabatlarida erkak va ayolning teng huquqliligi. Oilaning jamiyat va davlat tomonidan himoya qilinishiga bo'lgan huquq (16-modda); • mulkka individual va o'zaro egalik qilish huquqi (17-modda). Diniy erkinliklar, fuqarolik va siyosiy huquqlar: • fikr, vijdon va din erkinligi (18-modda); • e'tiqod erkinligi va uni erkin ifodalash. Ma'lumotlarga erkin ega bo'lish (19-modda); • tinch yig'ilishlar va assosiasiyalar tuzish erkinligi (20-modda); o'z mamlakatini boshqarishda ishtirok etish huquqi; muayyan muddatlarda o'tkaziladigan saylovlarda ishtirok etish huquqi (21-modda). Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqlar: • ijtimoiy ta'minotga va munosib hayot darajasiga bo'lgan huquq (22-modda); • mehnat qilish huquqi; ish tanlash erkinligi; teng mehnat uchun teng haq olish; • kasaba uyushmalariga nisbatan erkinlik (23-modda); dam olish va bo'sh vaqtga bo'lgan huquq (24-modda); • farovonlikka va sog'liqni saqlashga bo'lgan huquq (ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, tibbiy muolaja, ijtimoiy xizmat ko'rsatish); • onalik va bolalikni ijtimoiy himoyasi huquqi (25-modda); • ta'lim olishga bo'lgan huquq (26-modda); • madaniy va ilmiy hayotda ishtirok etish, shuningdek, mualliflarning ma'naviy va moddiy manfaatlarini himoyalashga bo'lgan huquqi (27-modda). 59 Shuni ta'kidlash joizki, Deklarasiyaning uchta moddasi BMT prinsiplari va shaxsning jamiyatga nisbatan majburiyatlariga bag'ishlangan: • har bir shaxsning ijtimoiy va xalqaro tartibga bo'lgan huquqi. Bunda Deklarasiyada mustahkamlangan huquq va erkinliklar to'liq amalga oshirilishi mumkin (28-modda); • jamiyat oldidagi majburiyatlar; boshqalar huquq va erkinliklarini tan olish. Bu huquq va manfaatlarni BMT maqsadlariga muvofiq amalga oshirish (29-modda); • Deklarasiyadagi hyech narsa mustahkamlangan huquq va erkinliklarni yo'q qilishga qaratilgan hatti-harakatlarni oqlash uchun sharhlanishi mumkin emas. Deklarasiya 29-moddasining 1 bandida shaxsning majburiyatlari aniq o'rnatilgan: “Har bir shaxs jamiyat oldida majburiyatlarga ega”. Aynan, bandda shaxs faqat jamiyat doirasidagina erkin va to'liq rivojlana olishi qoidasining asoslari keltirilgan. Deklarasiyaning bu qoidasi ma'naviy xususiyat kasb etadi. Chunki, unga ko'ra, shaxs o'zi tegishli bo'lgan jamiyatda yurish-turish qoidalarining umumiy qoidalarini o'rnatadi. Deklarasiya 29-moddasining 1 bandi murosa xususiyatiga egaligi sababli BMT Bosh Assableyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrda bir ovozdan qabul qilingan. Shuni ta'kidlash kerakki, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida shaxsning davlatga nisbatan majburiyatlari va burchlari batafsil ko'rsatilmagan, shunga ko'ra davlatni shaxsdan qat'iy qo'riqlash zaruriyati mavjud emas. Ayni paytda, tarixan bizga ma'lumki, inson huquqlarini davlatdan himoya qilish zaruriyati mavjud. Shuning uchun Deklarasiyaning asosiy maqsadi — shaxs huquqlarini davlatga nisbatan himoyalashdir. Shaxsning jamiyat oldidagi majburiyatlarini belgilovchi xalqaro normalar Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining 29- va 30-moddalaridan kelib chiqadi. Darhaqiqat, Deklarasiyaning ushbu ikkita moddasi qoidalari birinchidan, inson huquqlari va asosiy erkinliklari, ikkinchidan, inson majburiyatlari tushunchalariga olib boradi. Agar Deklarasiyaning 29-moddasi 1 bandida shaxsning huquqlari tushunchasi berilgan bo'lsa, 30-moddada uni sharhlashni belgilovchi universal qo'llaniladigan norma mavjud. Shunday qilib, shaxsning barcha majburiyatlari va undan kelib chiquvchi muammolar ushbu ikki moddada umumlashtirib mustahkamlangan. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan barcha davlatlar va millatlar uchun umumiy xalqaro standart sifatida e'lon qilingan. Yuqorida bayon qilinganlarning barchasi erkinlik, tenglik va birodarlik kabi fundamental prinsiplarga asoslanadi. Ularga Deklarasiyaning Muqaddimasi, shuningdek 1- va 2-moddalari bag'ishlangan. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasini tavsiflar ekanmiz, unda inson huquqlarini ta'minlash va amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari belgilanmaganligiga e'tibor qaratmaslik mumkin emas. Bu “har qaysi xalq va barcha davlatlar bajarishga harakat qilishi lozim bo'lgan vazifa sifatida” ko'proq ma'naviy imperativlikdir. Ayni paytda Deklarasiya inson fundamental huquqlarini qamrab olgan BMT Ustavini talqin qilishdagi eng muhim aktdir. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi — bu, xalqaro shartnoma. Rasmiy-yuridik nuqtai nazardan u majburiy kuchga ega emas, chunki BMT Ustavining 10- va 11-moddalariga muvofiq, BMT Bosh Assambleyasining rezolyusiyalari faqatgina tavsiyaviy xususiyat kasb etadi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, Deklarasiya davlatlar inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarining asosiy manbalaridan 60 biriga aylandi. U BMT Ustavini sharhlashda muhim vosita sifatida ko'rilishi mumkin. Uning normalarining katta qismi zamonaviy dunyo mamlakatlarini bog'lab turuvchi xalqaro odat huquqining muhim timsoli sifatida e'tirof etiladi. 5.3. Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro paktlar Xalqaro billning qismi sifatida Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt, Fuqarolik va siyo siy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt va uning Fakultativ protokoli BMT Bosh Assamb leya si tomonidan 16 dekabr 1966 yilda bir ovozdan qabul qilingan. Bu hujjatlar Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi va 1989 yilda qabul qilingan Ikkinchi Fakultativ protokol bilan birgalikda keng mashhurlikka ega bo'lgan Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro bill deb nomlanadi. Paktlar Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasiga asoslansa-da, ular tomonidan qamrab olingan huquqlar bir xil emas. Ikkala Paktda ham mustahkamlangan, Deklarasiyaga kiritilmagan eng muhim huquq bu o'zining tabiiy boyliklari va resurslaridan erkin foydalanish huquqini ham qambar olgan o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidir. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt 1976 yil 3 yanvarda kuchga kirgan. Pakt quyidagi huquqlarni himoya qilish va amalga oshirishda ko'maklashishni ko'zda tutadi: • erkaklar va ayollarga teng huquqlar; • adolatli va qulay sharoitlarda mehnat qilish huquqi; • ijtimoiy himoya, hayot kechirish uchun yetarli sharoitlar va mumkin qadar yuqori darajadagi jismoniy va aqliy sog'lomlik sharoitlariga bo'lgan huquq; • ta'lim olish va madaniy erkinlik va ilmiy taraqqiyot ne'matlaridan foydalanish huquqi; • kasaba uyushmalari tashkil qilish va ularda ishtirok etish huquqi; • oilani qo'riqlash va oilaga ko'maklashish; • madaniy hayotda qatnashish va ilmiy taraqqiyot natijalaridan foydalanish huquqi; • yetarli hayot darajasiga bo'lgan huquq; • ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy sug'urtaga bo'lgan huquq. Pakt ko'zda tutilgan huquqlarni hyech qanday kamsitishlarsiz amalga oshirilishini nazarda tutadi. Pakt qatnashchilari — davlatlar Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS)ga davriy hisobotlar taqdim qiladilar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha Qo'mita — 18 ta mustaqil ekspertdan iborat, Paktni amalga oshirishda ko'maklashish uchun Kengash tomonidan tashkil qilingan organ bo'lib, hisobotlarni o'rganadi va manfaatdor huqumatlar vakillari bilan muhokama qiladi. Paktga aloqador masalalar bo'yicha uning izohlari Paktda mustahkamlangan huquqlarni hayotga tatbiq etishda qatnashchi-davlatlarga yordam berish hamda hisobotdagi kamchiliklar va hisobot tayyorlash jarayonigi e'tiborlarini qaratishdan iborat. Bundan tashqari, Qo'mita alohida hisobotlar natijasi yuzasidan Kengashga tavsiyanomalar berishi mumkin. 61 Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro paktning Download 2.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling