Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi


Download 2.94 Kb.

bet8/34
Sana09.02.2017
Hajmi2.94 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida quyidagi iqtisodiy, ijtimoiy huquqlar 
belgilangan:
•  iqtisodiy faoliyat erkinligi huquqi (53-modda);
•  mulk huquqi (36-modda);
•  mehnat va ta'til huquqi (37-, 38-modda);
•  ota-ona va bolalarning bir biriga g'amxo'rlik qilishga teng huquq va burchlari 
(64-, 66-modda);
•  ijtimoiy ta'minot xuquqi (39-modda);
•  malakali tibbiy xizmat olish huquqi (40-modda);
•  ta'lim olish huquqi (41-odda).
Egalik huquqi asoslariga mehnat faoliyati, shuningdek mulkni buyurtma bo'yicha 
yaratish, rivojlantirish va egalik qilish, davlat mulkini xususiylashtirish; meros va 
boshqa qonunga xilof bo'lmagan asoslar kiradi.
Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquqlar o'z huquqiy rivojlanishini O'zbekistonning 
bir qator zarur konunlarda o'z ifodasini topgan. Shulardan Fuqarolik kodeksi, Mehnat 
kodeksi, Oila kodeksi, Uy-joy kodeksi, “Ta'lim to'g'risidagi”, “Pensiya ta'minoti 
to'g'risidagi”, “Sog'liqni saqlash to'g'risidagi”, “Bola huquqlarining kafolatlari 
to'g'risidagi” qonunlarini aytish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida quyidagi madaniy huquqlar 
mustahkamlangan:
•  ijod qilish, madaniy hayotda ishtirok etish huquqi (42-moddat);
•  ta'lim olish huquqi (41-moddat).
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 42-moddasida “Har kimga ilmiy va 
texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. 
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g'amho'rlik qiladi”, 
deb mustahkamlab qo'yilgan.
Har qanday fuqaro madaniy sohada o'z qobiliyati va imkoniyatlarini ko'rsatish 
huquqlariga ega. Undan tashqari, fuqarolarning madaniy hayotda ishtirok etish 
erkinligi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida mustahkamlab qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 42-moddasida “Har kimga ilmiy va texnikaviy 
ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning 
madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g'amxo'rlik qiladi” deyilgan.

54
O'zbekistonda 140 dan ortiq milliy markazlar o'z faoliyatlarini amalga oshiradi. 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi №10-sonli 
Qarori bilan Respublika baynalminal madaniy markazi ta'sis etilgan. Markaz milliy 
madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularga amaliy va uslubiy yordam 
ko'rsatadi va shu bilan mamlakatimizda yashayotgan turli millatlar va elatlar 
vakillarining ehtiyojlarining qoniqtirishda faol ishtirok etmoqda.
1998 yil 26 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston teatr 
san'atini rivojlantirish to'g'risida”gi Farmoyishi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “O'zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasini tuzish to'g'risida”gi 
Qarori qabul qilindi. Hozirgi vaqtda birlashma tarkibida 37 ta professional teatrlar 
va ko'plab teatr-studiyalar ishlamoqda.
Madaniyat va sport ishlari bo'yicha vazirlik tasarrufida 85 ta muzey ishlab turibdi. 
Muzey to'plamlari bir yarim million muzey predmetlaridan iboratdir. Bular tarixiy 
hujjatlar, arxeologiya, etnografiya, numizmatika predmetlari, amaliy san'at maxsulotlari, 
xaykaltaroshlik, rassomchilik, grafika va boshqalardir. Vazirlik tasarrufida 5735ta 
kutubxona ishlab turibdi.
O'zbekistondagi madaniy meros obyektlari milliy boyliklar hisoblanadi va ular 
davlat muhofazasi ostidadir.
2001 yil 30 avgustdagi O'zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini 
muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida”gi Qonuni madaniy meros 
obyektlarini muhofaza qilish, saqlash, ko'paytirish va ulardan foydalanishga oid 
munosabatlarni tartibga soladi.
Madaniyat sohasida xalqaro aloqalar va hamkorlik davlat darajasida qabul 
qilinadigan qonunchilik, shuningdek Prezident farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi 
qarorlari kabi shunga o'xshash tegishli hujjatlar va boshqa chora-tadbirlar asosida 
rag'batlantirilmoqda va rivojlantirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasinng “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va 
ulardan foydalanish to'g'risida”gi Qonunida madaniy meros obyektlarini muhofaza 
qilish va ulardan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlik olib borish ko'zda tutilgan.

55
5-BOB.
HOZIRGI ZAMONDA INSON HUQUQLARI TO'G'RISIDAGI ASOSIY 
XALQARO HUJJATLARNING TAVSIFI
5.1. Hozirgi zamonda inson huquqlari to'g'risidagi asosiy xalqaro 
hujjatlarni qabul qilish sharoitlari
Hozirgi zamonda inson huquqlari muhim o'rin tutadi. Har qanday rivojlangan 
demokratik jamiyat qurishda ularning qimmatini nazardan qochirmaslik lozim. 
Bizning fikrimizcha, huquqiy davlat qurilishidagi asosiy shartlardan biri bu 
jamiyatda inson huquqlari va erkinliklarini kengaytirish hamda himoya qilish 
hisoblanadi.
Unchalik uzoq bo'lmagan o'tmishda ham inson huquqlari faqatgina ichki davlat 
organlari doirasida tartibga solingan. Har bir davlat o'z yurisdiksiyasida bo'lgan 
fuqaro va shaxslarning huquq va erkinliklari hajmini faqat o'zlarigina hal qilish 
huquqiga ega deb hisoblar edilar. Hattoki, BMT tashkil qilingan ilk kunlarda ham 
davlat ichki organlari bu sohadagi asosiy manbalar hisoblanar edi.
Umuman huquqni, ayniqsa inson huquqlarini u yoki bu jamiyatda hukmronlik 
qilayotgan mafkura, siyosat va axloqiy madaniyatdan ajratib o'rganish mumkin emas. 
Shuning uchun har bir davlat inson huquqlari masalasini mazkur sohada yuqoridagi 
keltrilgan asosida tartibga solgan hamda xalqaro organlarining, shunindek BMTning 
inson huquqlari sohasidagi umumiy standartlarini ishlab chiqarish bo'yicha hamma 
urinishlarni o'z ichki ishiga aralashish deb hisoblaganlar.
Bir qator mamlakatlar o'zlarining rasmiy bayonotlarida BMT ustaviga asosan 
muayyan inson huquqlariga irqiy, jinsiy, til va diniy kamsitishlarsiz rioya qilinishini 
ta'minlashda davlat yurisdiksiyasini rad qildilar.
Boshqa guruh davlatlar esa BMT Ustavining yuridik majburiyligini tan olishgan 
holda davlat suvereniteti tushunchasini mutlaqlashtirishib, inson huquqlari sohasi 
butunlay davlatning ichki vakolati deb hisoblashlarini bildirishdi
1
.
Xalqaro huquqshunoslarning ko'pchiligi xalqaro hamjamiyatning ishi emas, o'z 
davlatlari mafkurasini aks ettirgan holda inson huquqlari va erkinliklarini tartibga 
solish balki davlatning mutlaqo ichki ishi, deb hisoblar edi.
1  Misol uchun, sobiq SSSR mazkur masalada maqbul bo‘lmagan pozitsiyani egallagan edi, bu esa 
1948 yili BMT Bosh Assambleyasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul qilishda beta-
raf bo‘lishiga asosiy sabablardan biri edi.

56
Ikkita jahon urushi, o'nlab mintaqaviy va mahalliy urushlar, yadro urushi xavfi, atrof-
muhit muammosi va boshqa global muammolar yechimini topish uchun davlatlarning 
sa'y-harakatlarini birlashtirish uchun katta-kichik urinishlarning boshlanishiga sabab 
bo'ldi. Natijada esa, inson huquqlari ham ichki huquq bilan, ham xalqaro huquq bilan, 
tartibga solinadigan bo'ldi. Buning dalili sifatida asosiy inson huquqlari va erkinliklarini 
tartibga soluvchi xalqaro prinsiplarning aniqlashtirilishi va rivojlantirilishi hamda 
mazkur sohada davlatlar o'z zimmasiga olgan majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan 
nazorat mexanizmlarining tashkil qilinganligini ko'rsatish mumkin.
Inson huquqlari sohasida xalqaro huquq rolining oshishiga asosiy sabablardan biri 
Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi, inson huquqlari bo'yicha xalqaro paktlar 
va mazkur sohada boshqa xalqaro konvensiyalarning qabul qilinishidir.
Ko'pgina xalqaro-huquqshunoslar Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasini 
fuqarolarning asosiy fuqarolik va siyosiy huquqlarini oddiy e'lon qilinuvchi hujjat deb 
hisoblab, uning roli va ahamiyati hakida uzoq bahslashdilar. Hayot Deklarasiyaning qabul 
qilinishi, kuruk ishora, shama emas, balki undagi huquqlar xalqaro hamjamiyatning 
inson huquqlari sohasida muhim xalqaro bitimlarni qabul qilishda mustahkam xalqaro-
huquqiy negizi hati-xarakat kodeksi bo'lib xizmat qilganligini ko'rsatdi.
Tadqiqotlardan birida ta'kidlab o'tilganidek, “1948 yildan so'ng qabul qilingan 
90 dan ortiq milliy konstitusiyalar o'zida deklarasiya qoidalarini aks ettiradi va 
mazkur qoidalar uning ta'siri ostida kiritilgan”
1
.
Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi inson 
huquqlari bo'yicha boshqa kelishuvlarning qabul qilinishiga keng yo'l ochib berdi. 
Ushbu kelishuvlar ichida markaziy o'rinni inson huquqlari bo'yicha xalqaro paktlar 
egallaydi. Ularning qabul qilinishi natijasida inson huquqlari sohasida prinsip va 
qoidalarni ishlab chiqish va qabul qilish borasida yanada sifatli bosqichga ko'tarildi. 
Insoniyat tarixida birinchi marta deyarli bir paytda Paktlarni imzolagan barcha 
davlatlar uchun majburiy bo'lgan inson fuqarolik-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
huquqlarining ulkan doirasini tartibga soluvchi ikkita xalqaro hujjat qabul qilindi.
Mustaqilligini da'vo qilayotgan xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi mazkur 
Paktlar bilan tan olingandan so'ng, bu ruhan ezilgan xalqlar qo'lidagi mustaqillik uchun 
kurash yo'lidagi kuchli qurollardan biriga aylandi. Milliy-ozodlik harakatlari ta'siri 
ostida paydo bo'lgan xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash moddasining kiritilishi 
xalqaro hamjamiyat tomonidan eski xalqaro huquqda fundamental o'zgarishga 
asos bo'ldi hamda jahon xalqlari va millatlari o'rtasidagi teng munosabatlarning 
ta'minlanishiga asos bo'ldi. Yashash huquqi, adolatli sudga bo'lgan huquq, mehnat 
qilish huquqi, dam olish huquqi va boshqa bir qator asosiy huquqlar bugungi kunda 
ko'pgina davlatlarning konstitusiyalarida o'zining mustahkam o'rnini topgan.
Inson huquqlariga oid paktlarda birinchi bor individning bevosita xalqaro nazorat 
qiluvchi organlar nazorati ostida huquqlarini himoya qilish imkonini bajaruvchi 
xalqaro huquq va majburiyatlarga sohibi ekanligi belgilandi.
1  Jayawic Kagata N. Hong Kong and the internatihnal prhtectihn hf human Rights//Human Rights in 
Hong Kong, 1992. P. 160.

57
Inson huquqlari bo'yicha paktlarning muhim yutuqlaridan biri mazkur hujjat orqali 
davlatlarning shu qoida bo'yicha o'z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarilishini 
nazorat qiluvchi muassasalarning tashkil qilinishi bo'ldi. “Uning tashkil qilinishi 
va faoliyat olib borishi mazkur asrning ikkinchi yarmida inson huquqlarini xalqaro 
miqyosda tartibga solishda sezilarli yutuqlardan biridir”
2
. Nazorat instituti xalqaro 
huquqda yangi hodisa bo'lib, uning tashkil topish jarayoni bir qator davlatlar tomonidan 
katta qarshilikka uchradi. Muammo shunda ediki, “nazorat” tushunchasi, ushbu nazorat 
obyekti hisoblanuvchi u yoki bu majburiyatning bajarilish jarayonidagi elementlarining 
ta'sirini o'z ichiga olardi. Boshqacha aytganda, nazorat ijro jarayonida o'zining u yoki 
bu darajadagi aralashuvini keltirib chiqaradi. Davlatlar xalqaro munosabatlarga kirishar 
ekan, o'zlarining ichki ishlaridagi suverenitetini saqlaydi, xalqaro organlarning nazorati 
esa ularning ichki ishiga aralashuvi, deb hisoblanardi. Biroq, xalqaro munosabatlarning 
o'ziga xosligi va inson huquqlarining katta ahamiyati xalqaro hamjamiyatning ushbu 
masalada muvozanatga kelishishiga va davlatlarning mazkur sohada o'z zimmalariga 
olingan majburiyatlarini o'z irodasi bilan zimmasiga olishiga, xalqaro nazorat organlari 
esa faqatgina inson huquqlari sohasida davlatlarga tegishli ko'maklarni berib, maslahat 
berishini ta'minladi. Hozirgi sharoitda xalqaro nazorat organlarining roli oshmoqda. 
BMT va boshqa xalqaro konvensiyaviy organlari nazorat tashkilotlarining faoliyatidagi 
vakolat va vazifalariga borgan sari ko'proq e'tibor qaratilmoqda.
Aytib o'tilganidek, xalqaro munosabatlarda zarur paytda hayotga majburiy tadbiq 
qilish uchun xalqaro huquqning prinsip va normalarini amalga oshiruvchi davlat 
tizimi ustidan nazorat qiluvchi organ yo'q. Shuning uchun davlatlar xalqaro nazorat 
mexanizmini yaratish yo'llarini nazarda tutganlar va bu zarurat insoniyat taqdiriga 
jiddiy xavf tug'dirganda xalqaro huquq ijodkorligini kengaytirish, xalqaro aloqalarni 
takomillashtirish, global muammolarning paydo bo'lishidan kelib chiqadi.
5.2. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining  
huquqiy mazmuni va ahamiyati
Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so'ng tinchlik, xavfsizlik va davlatlararo 
hamkorlikni qo'llab — quvvatlash va mustahkamlash maqsadida Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti tuzilgan edi. Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish uning faoliyatida 
muhim yo'nalish hisoblanadi.
BMTning dastlabki erishgan muhim yutuqlaridan biri, bu Bosh Assambleya 
tomonidan 10 dekabr 1948 yilda Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining 
qabul qilinishi bo'lgan.
Assambleya Deklarasiyani “barcha xalqlar va barcha davlatlar tomonidan 
bajarilishiga intilishini ta'minlash vazifasi” ekanligini e'lon qildi. U butun dunyodagi 
a'zo-davlatlarni Deklarasiyada mustahkamlangan huquq va erkinliklarni hurmat 
qilish va ta'minlashga chaqirdi. Har yili 10 dekabr butun dunyoda Deklarasiya qabul 
qilingan kun sifatida Inson huquqlari kuni, deb bayram qilinadi. Deklarasiyaning 
2  Карташкин В. А. Права человека в международном и внутреннем праве. — М., 1995. — С. 58.

58
tarixiy ahamiyati shundaki, u butun dunyoda tan olingan va umumiy bo'lgan huquq 
va erkinliklar ro'yxatini o'zida mujassamlashtirgan birinchi xalqaro xarakterdagi 
hujjatdir.
Deklarasiyada quyidagi umum e'tirof etilgan inson huquqlarining to'liq ro'yxati 
keltirib o'tilgan:
Shaxsiy huquq va erkinliklar:
•  yashashga bo'lgan huquq, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi (3-modda);
•  qullikning ta'qiqlanishi (4-modda);
•  qiynoqlarning ta'qiqlanishi, inson qadr-qimmatini kamsituvchi yoki noinsoniy 
muomalar va jazolashlarning ta'qiqlanishi (5-modda);
•  har bir insonning huquqiy subyekt bo'la olishining tan olinishi (6-modda);
•  asosiy huquqlarini buzilishiga sabab bo'lgan harakatlarga qarshi sud himoyasiga 
bo'lgan huquq (7-modda);
•  huquqlarni sud tomonidan samarali tiklanishiga bo'lgan huquq (8-modda);
•  o'zboshimchalik bilan qamoqqa olish, ushlab turish yoki surgun qilishdan himoya 
qilishga bo'lgan kafolat (9-modda);
•  mustaqil va betaraf sudga bo'lgan huquq (10-modda);
•  aybsizlik prezumpsiyasi, qonunning orqaga qaytish kuchining yo'qligi (11-modda).
Insonning uni o'rab turgan guruhi va tashqi dunyo bilan bo'lgan munosabatlari 
doirasidagi huquqlari:
•  shaxsiy hayotga bo'lgan huquq (12-modda);
•  erkin ko'chib yurishga va yashash joyini erkin tanlashga bo'lgan huquq (13-modda);
•  boshpanaga bo'lgan huquq (14-modda); fuqarolikka bo'lgan huquq (15-modda);
•  nikoh munosabatlarida erkak va ayolning teng huquqliligi. Oilaning jamiyat va 
davlat tomonidan himoya qilinishiga bo'lgan huquq (16-modda);
•  mulkka individual va o'zaro egalik qilish huquqi (17-modda).
Diniy erkinliklar, fuqarolik va siyosiy huquqlar:
•  fikr, vijdon va din erkinligi (18-modda);
•  e'tiqod erkinligi va uni erkin ifodalash. Ma'lumotlarga erkin ega bo'lish (19-modda);
•  tinch yig'ilishlar va assosiasiyalar tuzish erkinligi (20-modda); o'z mamlakatini 
boshqarishda ishtirok etish huquqi; muayyan muddatlarda o'tkaziladigan saylovlarda 
ishtirok etish huquqi (21-modda).
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqlar:
•  ijtimoiy ta'minotga va munosib hayot darajasiga bo'lgan huquq (22-modda);
•  mehnat qilish huquqi; ish tanlash erkinligi; teng mehnat uchun teng haq olish;
•  kasaba uyushmalariga nisbatan erkinlik (23-modda); dam olish va bo'sh vaqtga 
bo'lgan huquq (24-modda);
•  farovonlikka va sog'liqni saqlashga bo'lgan huquq (ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, 
tibbiy muolaja, ijtimoiy xizmat ko'rsatish);
•  onalik va bolalikni ijtimoiy himoyasi huquqi (25-modda);
•  ta'lim olishga bo'lgan huquq (26-modda);
•  madaniy va ilmiy hayotda ishtirok etish, shuningdek, mualliflarning ma'naviy va 
moddiy manfaatlarini himoyalashga bo'lgan huquqi (27-modda).

59
Shuni ta'kidlash joizki, Deklarasiyaning uchta moddasi BMT prinsiplari va 
shaxsning jamiyatga nisbatan majburiyatlariga bag'ishlangan:
•  har bir shaxsning ijtimoiy va xalqaro tartibga bo'lgan huquqi. Bunda Deklarasiyada 
mustahkamlangan huquq va erkinliklar to'liq amalga oshirilishi mumkin (28-modda);
•  jamiyat oldidagi majburiyatlar; boshqalar huquq va erkinliklarini tan olish. Bu 
huquq va manfaatlarni BMT maqsadlariga muvofiq amalga oshirish (29-modda);
•  Deklarasiyadagi hyech narsa mustahkamlangan huquq va erkinliklarni yo'q 
qilishga qaratilgan hatti-harakatlarni oqlash uchun sharhlanishi mumkin emas.
Deklarasiya 29-moddasining 1 bandida shaxsning majburiyatlari aniq 
o'rnatilgan: “Har bir shaxs jamiyat oldida majburiyatlarga ega”. Aynan, bandda shaxs 
faqat jamiyat doirasidagina erkin va to'liq rivojlana olishi qoidasining asoslari keltirilgan. 
Deklarasiyaning bu qoidasi ma'naviy xususiyat kasb etadi. Chunki, unga ko'ra, shaxs 
o'zi tegishli bo'lgan jamiyatda yurish-turish qoidalarining umumiy qoidalarini o'rnatadi. 
Deklarasiya 29-moddasining 1 bandi murosa xususiyatiga egaligi sababli BMT Bosh 
Assableyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrda bir ovozdan qabul qilingan.
Shuni ta'kidlash kerakki, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida shaxsning 
davlatga nisbatan majburiyatlari va burchlari batafsil ko'rsatilmagan, shunga ko'ra 
davlatni shaxsdan qat'iy qo'riqlash zaruriyati mavjud emas. Ayni paytda, tarixan bizga 
ma'lumki, inson huquqlarini davlatdan himoya qilish zaruriyati mavjud. Shuning uchun 
Deklarasiyaning asosiy maqsadi — shaxs huquqlarini davlatga nisbatan himoyalashdir.
Shaxsning jamiyat oldidagi majburiyatlarini belgilovchi xalqaro normalar Inson 
huquqlari umumjahon deklarasiyasining 29- va 30-moddalaridan kelib chiqadi. 
Darhaqiqat, Deklarasiyaning ushbu ikkita moddasi qoidalari birinchidan, inson 
huquqlari va asosiy erkinliklari, ikkinchidan, inson majburiyatlari tushunchalariga olib 
boradi. Agar Deklarasiyaning 29-moddasi 1 bandida shaxsning huquqlari tushunchasi 
berilgan bo'lsa, 30-moddada uni sharhlashni belgilovchi universal qo'llaniladigan 
norma mavjud. Shunday qilib, shaxsning barcha majburiyatlari va undan kelib 
chiquvchi muammolar ushbu ikki moddada umumlashtirib mustahkamlangan.
Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 
barcha davlatlar va millatlar uchun umumiy xalqaro standart sifatida e'lon 
qilingan. Yuqorida bayon qilinganlarning barchasi erkinlik, tenglik va birodarlik 
kabi fundamental prinsiplarga asoslanadi. Ularga Deklarasiyaning Muqaddimasi, 
shuningdek 1- va 2-moddalari bag'ishlangan. Inson huquqlari umumjahon 
deklarasiyasini tavsiflar ekanmiz, unda inson huquqlarini ta'minlash va amalga 
oshirishning huquqiy mexanizmlari belgilanmaganligiga e'tibor qaratmaslik mumkin 
emas. Bu “har qaysi xalq va barcha davlatlar bajarishga harakat qilishi lozim bo'lgan 
vazifa sifatida” ko'proq ma'naviy imperativlikdir.
Ayni paytda Deklarasiya inson fundamental huquqlarini qamrab olgan BMT Ustavini 
talqin qilishdagi eng muhim aktdir. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi — bu, 
xalqaro shartnoma. Rasmiy-yuridik nuqtai nazardan u majburiy kuchga ega emas, 
chunki BMT Ustavining 10- va 11-moddalariga muvofiq, BMT Bosh Assambleyasining 
rezolyusiyalari faqatgina tavsiyaviy xususiyat kasb etadi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, 
Deklarasiya davlatlar inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarining asosiy manbalaridan 

60
biriga aylandi. U BMT Ustavini sharhlashda muhim vosita sifatida ko'rilishi mumkin. 
Uning normalarining katta qismi zamonaviy dunyo mamlakatlarini bog'lab turuvchi 
xalqaro odat huquqining muhim timsoli sifatida e'tirof etiladi.
5.3. Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro paktlar  
Xalqaro billning qismi sifatida
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt, Fuqarolik va 
siyo  siy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt va uning Fakultativ protokoli BMT Bosh 
Assamb leya si tomonidan 16 dekabr 1966 yilda bir ovozdan qabul qilingan. Bu hujjatlar 
Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi va 1989 yilda qabul qilingan Ikkinchi 
Fakultativ protokol bilan birgalikda keng mashhurlikka ega bo'lgan Inson huquqlari 
to'g'risidagi xalqaro bill deb nomlanadi.
Paktlar Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasiga asoslansa-da, ular tomonidan 
qamrab olingan huquqlar bir xil emas. Ikkala Paktda ham mustahkamlangan, Deklarasiyaga 
kiritilmagan eng muhim huquq bu o'zining tabiiy boyliklari va resurslaridan erkin 
foydalanish huquqini ham qambar olgan o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidir.
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt 1976 yil 3 yanvarda 
kuchga kirgan.
Pakt quyidagi huquqlarni himoya qilish va amalga oshirishda ko'maklashishni 
ko'zda tutadi:
•  erkaklar va ayollarga teng huquqlar;
•  adolatli va qulay sharoitlarda mehnat qilish huquqi;
•  ijtimoiy himoya, hayot kechirish uchun yetarli sharoitlar va mumkin qadar yuqori 
darajadagi jismoniy va aqliy sog'lomlik sharoitlariga bo'lgan huquq;
•  ta'lim olish va madaniy erkinlik va ilmiy taraqqiyot ne'matlaridan foydalanish 
huquqi;
•  kasaba uyushmalari tashkil qilish va ularda ishtirok etish huquqi;
•  oilani qo'riqlash va oilaga ko'maklashish;
•  madaniy hayotda qatnashish va ilmiy taraqqiyot natijalaridan foydalanish huquqi;
•  yetarli hayot darajasiga bo'lgan huquq;
•  ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy sug'urtaga bo'lgan huquq.
Pakt ko'zda tutilgan huquqlarni hyech qanday kamsitishlarsiz amalga 
oshirilishini nazarda tutadi. Pakt qatnashchilari — davlatlar Iqtisodiy va Ijtimoiy 
Kengash (EKOSOS)ga davriy hisobotlar taqdim qiladilar. Iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy huquqlar bo'yicha Qo'mita — 18 ta mustaqil ekspertdan iborat, Paktni 
amalga oshirishda ko'maklashish uchun Kengash tomonidan tashkil qilingan organ 
bo'lib, hisobotlarni o'rganadi va manfaatdor huqumatlar vakillari bilan muhokama 
qiladi. Paktga aloqador masalalar bo'yicha uning izohlari Paktda mustahkamlangan 
huquqlarni hayotga tatbiq etishda qatnashchi-davlatlarga yordam berish hamda 
hisobotdagi kamchiliklar va hisobot tayyorlash jarayonigi e'tiborlarini qaratishdan 
iborat. Bundan tashqari, Qo'mita alohida hisobotlar natijasi yuzasidan Kengashga 
tavsiyanomalar berishi mumkin.

61
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro paktning 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling