Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi


Download 2.94 Kb.

bet7/34
Sana09.02.2017
Hajmi2.94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34

Konstitusiya har bir fuqaroga saylanish tamoyilini mustahkamlagan holda:
•  davlat vakillik organlariga saylash va saylanish huquqi (117-modda);
•  xohish iroda bildirishdagi tenglik va erkinlik.
O'zbekistonda saylov huquqi faqatgina uning fuqarolariga berilgan. Chet elliklar 
va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga bunday huquqlar berilmagan.
O'zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 
kengashlariga saylovlar to'g'risida”gi qonun asosida saylovlar zamirida yotuvchi 
quyidagi tamoyillar o'z aksini topgan:
•  umumiy saylov huquqi;
•  saylovning ko'ppartiyaviylik asosi;
•  saylovning yashirin ovoz berish orqali o'tishi;
•  oshkoralik.
Barcha saylovchilar yagona huquqiy maqomga ega. O'zbekiston Respublikasing 
barcha fuqarolari dini, irqi, millati, tili, mulkiy holati va ijtimoiy kelib chiqishidan 
qa'tti nazar teng saylov huquqiga egadir.
Nomzodlar ilgari surilganda O'zbekiston qonunchiligi bo'yicha ularning umumiy 
sonidan 30% ayollar bo'lishi kerak.
“Oliy Majlisga saylovlar to'g'risida”gi qonunga asosan saylovchilarning yarmidan 
ko'prog' ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
O'zbekistondagi saylov tizimi mojaritar saylov tizimining ko'rinishlaridan biridir.
Zamonaviy jamiyatning mavjud bo'lishidagi asosiy vosita bu ma'lumot va ma'lumot 
almashinuvidir. Uning madaniy-mafkuraviy aksini keyingi paytlarda keng tarqalgan inson 
va inson turmush tarzini axborot yacheykasi sifatida ko'radigan nazariya tashkil etadi.
Shu munosabat bilan axborotga bo'lgan huquqni, ya'ni axborotni izlash, olish va 
uni tarqatish huquqini insonning asosiy huquqlari qatoriga kiritish qabul qilingan. 
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 29-moddasiga binoan “Har kim fikrlash, 
so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o'zi istagan axborotni izlash, olish 
va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitusiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan 
axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Axborotga bo'lgan huquq o'z o'zidan qadrli emas. Axborot va shaxsning 
axborot huquqi insonning rivojlanishga, ta'lim, madaniyat va muomalaga bo'lgan 
ehtiyojini qondiribgina qolmay, uning boshqa huquq va erkinliklarini ham ro'yobga 
chiqarishning kafolati hisoblanadi. Demak, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan axborotni 
olish imkoniyati fuqarolarning davlat ishlarini boshqaruvida hamda hokimiyat 
organlari va jamoat tashkilotlar faoliyati ustidan nazorat qilishda real ishtirok etish 
uchun poydevor hisoblanadi.
Axborot olishga bo'lgan huquq turlicha yo'llar bilan ro'yobga chiqarilishi 
mumkin: shaxslararo muomala vositasida (shuningdek, yig'ilishlarida va mitinglarda, 
fuqarolarning yig'inlarida); bilvosita — axborotni moddiy tashuvchilar, o'quv 
muassasalari yordamida; ommaviy axborot vositalari yordamida (O'zbekiston 
Respublikasi Konstitusiyasi 67-moddasi).
Ommaviy axborot erkinligi masalasida ko'pgina hollarda xalqaro huquqiy hujjatlarga 
nazar tashlangan.

47
Ma'lumotga bo'lgan huquq o'zida inson huquq va erkinliklarining 4-eng yosh 
avlodi sifatida talqin qilinadi.
Ma'lumot qidirish — bu joylashgan joyi noma'lum bo'lgan ma'lum bir ma'lumotni 
topishga qaratilgan harakatdir
Ma'lumot olish — bu ma'lumot yuborish bo'lib unda subyekt ma'lumot olish 
imkoniyatiga ega bo'ladi.
Ma'lumot tarqatish — ma'lumot oluvchilar sonini ko'paytirishga bo'lgan harakat.
Aynan gazeta, jurnal va televizion ko'rsatuvlar asosida odam hayoti davomidagi 
asosiy ma'lumotlarni oladi. Zamonaviy hayotda aynan ommaviy axborot vositalari 
odamlarda ma'lum bir fikr va qarashlarni shakllantiradi, shuning uchun shaxs rivoji 
nuqtai nazaridan oammaviy axborot vositalarning erkinligi demokratik xuquq va 
erkinliklar orasida asosiylaridan bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari bu holatda nafaqat 
ma'lumot olish, balki to'g'ri ma'lumot olish masalasiga ham katta e'tibor qaratish kerak.
Demokratik tuzumni, siyosiy va madaniy plyuralizmni ta'minlashda ommaviy 
axborot vostalarining erkinligi muhim o'rin egallaydi.
Ijtimoiy va siyosiy hayotdagi asosiy asosiy xuquqlardan bu birlashish huquqidir. 
Uning asosida fuqarolar ma'lum bir birlashmalarga va kasaba uyushmalariga birlashishi 
mumkin. U har bir fuqaroga jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish imkoniyatini 
beradi. U turli xil birlashma va partiyalarning xuquqiy asosini belgilaydi.
Bu huquq juda katta siyosiy, ijtimoiy va huquqiy ahamiyatga ega bo'lib, inson 
faoliyatida muhim o'rinni egallaydi. U fuqarolarga berilgan turli xil xuquqlardan 
to'laligicha foydalanish imkoniyatini beradi. Uning asosida odamlar o'zlarinning 
turli tuman muammolarini hal qilishi, ma'lum bir ehtiyojlarini qondirishi va himoya 
qilishi mumkin.
Birlashmalar davlat institutlariga ta'sir qilish bilan bir qatorda uni turli tuman 
salbiy holatlardan ham himoya qiladi.
Birlashish huquqi bir nechta boshqa konstitusiyaviy huquqlar bilan ham chambarchas 
bog'liqdir. Ko'p hollarda birlashmalar miting, yig'ilishlar va namoyishlar ko'rinishida 
namoyon bo'ladi. Ular birlashmaviy o'z qarashlarini ifoda etish ko'rinishiga egadir. 
Fuqarolarning saylashi yoki saylanishi yoki mahalliy organlarda ishtiroki ham 
birlashmalar asosida amalga oshirilishi mumkin. Referendum o'tkazilishi ham 
birlashmalar asosida amalga oshirilishi mumkin. Birlashish huquqi bevosita ommaviy 
axborot vositalari erkinligi, fikr va so'z erkinligi bilan chambarchas bog'liq. Bu kabi 
huquqlarning borligi birlashish huquqining birlamchi belgisi bo'lib hisoblanadi.
Birlashishga bo'lgan huquqning o'ziga xos ko'rinishi bu diniy birlashmalardir. Ular 
orqali din va e'tiqod erkinligi ta'minlanadi.
Birlashish huquqi fuqarolik jamiyati shakllanishida asosiy vositalardan 
bo'lib hisoblanadi.
O'zbekistonda suverenitetni aks ettiruvchi va xokimyatning yagona manbai sifatida 
xalq chiqadi. Davlat ishlarini boshqarishda ular bevosita yoki o'zlarining vakillari 
orqali ishtirok etishlari mumkin.
Bu xuquq har bir fuqaroga siyosiy hayotga aralashish imkoniyatini beradi. Bu 
holatlarning asosi xalqaro huquqiy normalarda o'z aksini topgan. 1948 yilgi Inson 

48
huquqlari umumjahon deklarasiyasining 21-moddasida, 1966 yilgi Fuqarolik va 
siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Paktning 25-moddasida “har bir fuqaro hyech 
bir kamsitishlarsiz va asoslanmagan cheklashlarsiz davlat ishlarida o'zi yoki o'zining 
saylagan vakillari orqali ishtirok etishi huquqiga ega” deb ta'kidlanadi.
Bu huquq aniq ko'rinishlarda va alohida konstitusiyaviy normalar asosida amalga 
tadbiq etiladi:
•  davlat hokimyati organlariga va fuqarolarni o'zini-o'zi boshqarish organlariga 
saylash va saylanish huquqi;
•  referendumda qatnashish huquqi;
•  davlat xizmatiga kirishda teng imkoniyatlarga ega bo'lish huquqi;
•  odil sudlov huquqi;
•  murojaat qilish huquqi;
Konstitusiyada qayd etilgan huquqlar orasida shunday huquqlar mavjudki, ularning 
ta'minlanishi butun tizimning ishlash darajasini obyektiv belgilab beradi. Bu kabi 
huquqlarga birinchi navbatta murojaat qilish huquqini kiritsak bo'ladi.
Murojaat qilish huquqi asosida inson davlat masul idoralarini ma'lum bir mamsalaga 
etiborini qaratadi yoki shu asosida ma'lum bir himoya so'rashadi. Ular murojaatining 
ko'rib chiqilish kafolati masalasida qonun hujjatlari asosida barcha davlat idoralari va 
mansabdor shaxslari zimmasiga bu kabi murojaatlarni ko'rib chiqish uchun ma'lum 
bir qonuniy muddatlar belgilangan va ularga amal qilinishi majburiydir.
Murojaat qilish xuquqi ikki xil ma'noga ega:
birinchidan, shaxsni davlat ishlarida ishtiroki sifatida, bunda u davlat organlariga 
ma'lum bir taklifni ko'rib chiqishni so'raydi;
ikkinchidan, qonun tomonidan belgilangan xuquq va erkinliklarni himoya qilish 
vositasi sifatida. Bu kabi murojaatlar asosida insonlar sudga, prokuraturaga va boshqa 
vakolatli idoralarga murojaat qilishlari mumkin.
Fuqarolarni murojaat qilish huquqi davlat apparati va fuqarolar o'rtasidagi 
munosabatlarni yanada mustahkamlaydi va o'z huquq va erkinliklarini himoya 
qilishda eng asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. U asosida davlat organlari va mansabdor 
shaxslari ustidan nazorat amalga oshadi va haddan tashqari byuroktratiyaga chek 
qo'yadi. Fuqarolarning murojaati orqali tezkor operativ ravishda harakatlarni amalga 
oshirishi kerak.
Normativ-huquqiy hujjatlarda va yuridik aktlarda biz fuqarolarning murojaatlaring 
quyidagi turlarini ko'rishimiz mumkin taklif shikoyat, ariza.
Taklif — bu fuqarolarning davlat organlari, mahalliy o'z-o'zini boshqarish 
organlari, mulk shakllaridan qat'i nazar korxona, muassasa hamda tashkilotlar, 
jamoat birlashmalarini tashkil etish tartibi va faoliyatini yaxshilashga, davlat va 
ijtimoiy hayotning huquqiy asoslarini takomillashtirishga, davlat va jamiyatning 
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa faoliyat sohalari masalalarini hal 
qilishga yo'naltirilgan fuqarolarning murojaatidir.
Mazkur turdagi murojaatning maqsadi davlat va jamoatchilik tuzilmalarini tashkil 
etish va faoliyatini yaxshilash, jamiyat hayotining turli sohalarida muammoviy 
masalalarni hal qilish, qonunchilikni takomillashtirish hisoblanadi. O'zining 

49
mazmuniga ko'ra taklifda muayyan muammolar va ularni hal qilish yo'llari ko'rsatiladi. 
Shu bilan birga taklif — bu fuqaroning huquq va erkinliklarini buzilishi bilan bog'liq 
bo'lmagan murojaati hamdir.
Ariza, u ham taklifga o'xshab, fuqaroning muayyan subyektiv huquq va 
manfaatlarini buzilishi bilan bog'liq bo'lmagan murojaatidir. Uning predmeti 
avvalombor, fuqaroning qonuniy huquq va erkinliklarini (misol uchun, FHDYo 
organlariga nikohni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida ariza berish) tegishli organlar 
orqali ro'yobga chiqarish hisoblanadi. Ariza bilan murojaat qilish qachonki, fuqaroning 
huquq va erkinliklari tegishli organlarning harakatlariga bevosita bog'liq bo'lib, 
ularning bunday harakatlarisiz bunday huquq va erkinliklarni amalga oshirish 
mumkin bo'lmaydi yoki qiyinroq kechadi. Shunday qilib, ariza ko'rib chiqish uchun 
majburiy bo'lgan, asosli bo'lgan holda esa — bu bo'yicha tegishli choralarni qabul 
qilish to'g'risidagi iltimos hisoblanadi. Undan tashqari, arizaning vazifasi turli xil 
kamchiliklar, hisobga olinmaganliklar, suistyemolchiliklar to'g'risida tegishli qaror 
qabul qiluvchilarni habardor qilish hisoblanadi. Shunday qilib, arizani ikki xil 
mazmunda: ariza-iltimosnoma va ariza-xabar sifatida ko'rib chiqish mumkin.
Shikoyat — bu fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari yoki qonuniy manfaatlari 
to'g'risidagi murojaati. Shikoyatning predmeti davlat hokimiyati organlari, o'zini-o'zi 
boshqarish organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslarining qarorlari yoki 
harakati (harakatsizligi) ustidan, bu qarorlar yoki harakat (harakatsizlik) oqibatida 
jismoniy shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan bo'lsa, 
ularga baho berish uchun taqdim etiladi. Agar, fuqaroning huquqlari, erkinliklari yoki 
qonuniy manfaatlarini amalga oshirishiga to'sqinlik qilingan bo'lsa, fuqaroga noqonuniy 
ravishda biror bir majburiyat yuklatilgan bo'lsa yoki u noqonuniy javobgarlikka 
tortilgan bo'lsa, unda buzilgan huquqlarni himoya qilish va tiklash bo'yicha choralar 
ko'rilishi kerak. Shikoyat o'zida murojaat qiluvchi subyekt yoki uning vakili bo'lgan 
shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish to'g'risidagi iltimosini aks ettiradi. 
Shikoyat qilishning ikki turi mavjud: sudlov va ma'muriy.
Huquqiy hujjatlarda va qonunchilikda ko'pincha fuqarolar murojaatlarining, 
iltimosnoma, xat, murojaatnoma kabi boshqa shakllari ham alohida ko'rsatiladi. 
Biroq, batafsil ko'rib chiqiladigan bo'lsa, xulosa qilish mumkinki, ular to'la ravishda 
yuqorida ko'rsatib o'tilgan uch xil bo'linishga to'la mos tushadi.
4.3. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlarning tushunchasi, tarkibi, turlari
Ular individning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini qo'llab quvvatlashga hamda normativ 
mustahkamlashga taalluqlidir, odamlarga qo'rquv va yetishmovchiliklardan ozodlikda 
yashay oladigan sharoitlarni yaratish maqsadida insonning mehnat va maishiy 
turmush tarzi, bandligi, farovonligi, ijtimoiy himoyalanganligining qaysi ahvolda 
ekanligini belgilab beradi. Ularni ro'yobga chiqarilganligining xajm va darajasi 
ko'proq iqtisodiyot va resurlarning ahvoliga bog'liq va shuning uchun ham birinchi 
avlodning fuqarolik va siyosiy huquqlariga qaraganda ularning amalga oshirilishi 
kamroq rivojlangan.

50
Uzoq vaqt mobaynida ikkinchi avlod inson huquqlariga ikkinchi darajali huquqlar 
sifatida qaraldi, bunday huquqlarni tartibga solishning imkoniyati salbiy baholangan. 
Buning sababi, bu huquqlar ularni ta'minlab berish va huquqiy himoya qilish bo'yicha 
davlatga bevosita majburiyat tug'dira olmaganligi uchun ham bu huquqlarni aniq 
belgilash va huquqiy tasniflash mumkin emasligi to'g'risidagi tasavvurlarning ustunligi 
bilan belgilanadi. Keyinchalik bu tendensiya ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlarni 
ahamiyati jihatidan teng ekanligini inkor etish bilan almashinildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarning himoyasi va xalqaro-huquqiy tartibga solinishi 
1948 yilda boshlangan, ularning eng muhimlari Inson huquqlari umumjahon 
Deklarasiyasida mustahkamlangan edi. Inson huquqlari Umumjahon Deklarasiyasi 
inson huquqlari va uni himoya qilishga doir xalqaro hujjat bo'lib, BMT tomonidan 
ishlab chiqarilgan va qabul qilingan. Bu tarixiy hujjatning ishlab chiqilishi va e'lon 
qilinishi insoniyatning tarixiy taqdirida, davlatlarning ichki va tashqi siyosatida, 
halqaro tashkilotlar, siyosiy partiyalar va ijtimoiy tashkilotlarning faoliyatida 
muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Unda ishlab chiqilgan qoida va xulosalar, tamoyillar 
o'zining mohiyati va mazmuniga ko'ra mukkamal ishlangan huquqiy me'yorlarning 
umumlashgan ifodasi hisoblanadi.
Bugungi kunda insonning huquqiy statusini aniqlash uchun ijtimoiy-iqtisodiy 
huquqlarning ahamiyati shubhasiz. Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi qabul 
qilingandan so'ng, uni ratifikasiya qilgan davlatlarning hisobotlarini ko'rib chiqish 
uchun inson huquqlari Qo'mitasi ta'sis etildi va uning natijasida ikkita pakt qabul 
qilindi. Davlatlarning har ikkala Paktda mavjud bo'lgan huquq va erkinliklarga 
munosobatlari turlichadir. Agar, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidani 
xalqaro Paktning qatnashchilari unda e'tirof etilgan huquqlarni asta sekinlik bilan 
to'la bajarish majburiyatini olishgan bo'lsa, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi 
xalqaro Paktda qatnashuvchi davlatlar esa, undagi barcha huquqlarni hurmat qilish 
va ta'minlash majburiyatini olishgan.
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Paktning 6–15-modda-
larida mehnat qilish huquqi (6-modda), adolatli va qulay mehnat sharoiti (7-modda), 
kasaba uyushmalari tuzish va unga kirish (8-modda), ijtimoiy ta'minot huquqi 
(9-modda), oilalik, onalik, bolalik va o'smirlikni keng himoya qilish va yordam 
berish huquqi (10-modda), yetarli hayotiy darajaga ega bo'lish huquqi (11-modda), 
jismoniy va ruhiy sog'lomlikning eng yuqori darajasiga erishish va ma'lumot olish 
huquqi (12, 13-moddalar), madaniy hayotda ishtirok etish huquqi (15-modda) va 
boshqa huquqlar qayd etilgan.
Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarning himoya qilish sohasidagi majburiyati 
progressiv iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni olib borish, o'z xalqining iqtisodiy 
rivojlanishda ishtirokini to'liq ta'minlash, hammaga shu huquqlardan foydalanish 
uchun o'z resurslaridan foydalanishda aks etadi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
huquqlarni himoya qilish sohasidagi majburiyati taraqqiyparvar iqtisodiy va ijtimoiy 
dasturlarni ro'yobga chiqarish, o'z xalqini foydali iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida 
to'liq ishtirokini ta'minlab berish, o'z resurslarini mazkur huquqlardan foydalanishning 
barcha imkoniyatlarini taqdim etish uchun ishlatishdan iborat hisoblanadi. Ijtimoiy-

51
iqtisodiy huquq va erkinliklarni huquqiy tartibga soluvchi manbalar orasida asosiy 
rolni xalqaro-huquqiy normalar o'ynaydi. Universal normalar BMT Ustavining 
umumiy prinsiplari (1-, 13-, 55-, 56-, 62- va 68-moddalari) da, Inson huquqlari 
umumjahon deklarasiyasi qoidalarida (22–27-moddalar), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt normalarida, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning 
konvensiyaviy standartlarida mavjud. XMTning mazkur sohada 180ta konvensiyasi 
qabul qilingan. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 70 ga yaqin, Xalqaro Mehnat 
Tashkiloti tomonidan — 200 dan ortiq, YuNESKO tomonidan — 70 dan ortiq, Yevropa 
Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan — 30 dan ko'proq, Yevropa Kengashi 
tomonidan — 160 dan ziyod va boshqa mintaqaviy xalqaro tashkilotlar tomonidan 
ham ko'plab inson huquqlariga oid deklarasiyalar, paktlar, konvensiyalar va boshqa 
xalqaro shartnomalar qabul qilindi.
Shu sohada Xalqaro Mehnat Tashkilotining (XMT) 170 dan ortiq Konvensiyalar 
qabul qilingan. Ushbu hujjatlardan quyidagilar muhim ahamiyatga ega: «Majburiy 
mehnat xaqida» (1930 y.), «Adolatli rag'batlantirish to'g'risida» (1951 y.), «Mehnat va 
ish bilan ta'minlash sohasidagi kamsitish to'g'risida» (1958 y.), «Ish bilan ta'minlash 
sohasidagi siyosat to'g'risida» (1964 y.), va boshqalar.
Iqtisodiy huquqlar insonga xo'jalik faoliyatining asosiy vositalarini erkin 
tasarruf qilishni ta'minlab beradi. Ularga quyidagilar taalluqlidir:
•  mehnat qilishga bo'lgan huquq;
•  mulkka bo'lgan huquq;
•  tadbirkorlik huquqi;
•  ish tashlash huquqi va boshqalar.
Undan tashqari, mehnatkashlar hamda ish beruvchilar o'z manfaatlarini himoya 
qilish uchun milliy yoki xalqaro tashkilotlarga erkin birlashish huquqiga egadir.
Ijtimoiy huquq insonga munosib hayot darajasi hamda ijtimoiy himoyalanishni 
ta'minlab beradi. Asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
•  ijtimoiy ta'minotga bo'lgan huquq;
•  ijtimoiy sug'urta,
•  pensiya ta'minoti,
•  tibbiy xizmat ko'rsatish.
Ijtimoiy ta'minot huquqining mohiyati (yoshi, kasallik holati, nogironligi, 
boquvchisining yo'qotganligi, bolalarni tarbiyalash va qonun bilan o'rnatilgan 
boshqa holatlar bo'yicha) shundan iboratki, davlat obyektiv holatlar tufayli ishlash 
va mehnatidan foyda olish layoqati yoki imkoniyatidan mahrum bo'lganlarga (to'liq 
yoki qisman), shuningdek, bolalar tug'ilishi va ularni tarbiyasi bilan bog'liq holda 
oilalarga yordam ko'rsatish uchun fuqarolariga yetarli mablag'larni taqdim etishni 
kafolatlaydi. Mazkur huquqlarni majmui Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining 
22- va 25-moddalarida, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi paktning 
9–12-moddalarida, Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaning 26-moddasida 
mustahkamlangan.
Bu huquqni amalga oshirish boshqa huquqlarni, shu jumladan qoniqarli hayotiy 
daraja, oilani muhofaza qilish va unga yordam ko'rsatish, onalik va bolalikni himoya 

52
qilish, jismoniy va ruhiy sog'likning nisbatan yuqori darajasiga bo'lgan huquqlarni 
ro'yobga chiqarish bilan bog'liqdir. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida — 
“Har kim inson o'zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini ta'minlash 
uchun zarur bo'lgan turmush darajasiga ega bo'lish, jumladan kiyim-kechak, oziq-
ovqat, tibbiy xizmat va zarur ijtimoiy xizmatga ega bo'lishga hamda ishsizlik, kasallik, 
nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog'liq bo'lmagan sharoitlarga ko'ra tirikchilik 
uchun mablag' bo'lmay qolgan boshqa hollarda ta'minlanish huquqiga ega” (25 modda) 
deb ko'rsatilgan.
Madaniy huquqlar insonning ma'naviy rivojlanishini kafolatlaydi, har 
qanday individga siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotning foydali 
ishtirokchisi bo'lishga yordam beradi. Ularga quyidagilar taalluqlidir:
•  ta'lim olish huquqi;
•  madaniy qadriyatlardan foydalanish huquqi;
•  jamiyatning madaniy hayotida erkin ishtirok etish huquqi,
•  ijod qilish huquqi,
•  ilmiy taraqqiyot natijalaridan foydalanish va ularni amaliy qo'llash huquqi va 
boshqalar.
Ta'lim olish huquqi bo'yicha xalqaro standartlarning asoslari Inson huquqlari 
umumjahon deklarasiyasining 26-moddasi va Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 13-moddasida shakllantirilgan. Mazkur 
hujjatlarda ta'lim olish huquqi, barcha uchun majburiy va bepul boshlang'ich ta'limni 
to'liq amalga oshirish; o'rta, o'rta-maxsus va oliy ta'limga bo'lgan imkoniyat; ota-
onalarning o'z bolalari uchun maktab tanlashi erkinligi va bolalarini o'z e'tiqodlariga 
mos ravishda diniy hamda ahloqiy tarbiyalashini ta'minlab berishining shartlari 
ko'rsatib o'tilgan.
Xalqaro-huquqiy normalar, yana shuningdek ta'limning quyidagi ustuvor 
maqsadlarini belgilab beradi: inson shaxsiyati va uning qadr-qimmatini to'la 
rivojlantirish, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat, ta'limning zarurligi, erkin 
jamiyatning foydali ishtirokchilari bo'lish imkoniyatini yaratish, barcha millatlar, etnik 
va diniy guruhlar o'rtasida o'zaro tushunish, bag'rikenglik va do'stlikka ko'maklashish.
Madaniy huquqlarning mazmuni va ularni amalga oshirishning kafolatlari 
YuNESKO tomonidan qabul qilingan qator tavsiyanomalar (1968, 1980, 1982)da 
rivojlantirilgan va to'ldirilgan. Ularda, xususan, o'z madaniyatini rivojlantirish 
har bir xalqning huquqi va burchi hisoblanishi; an'anaviy madaniyatni asrash va 
rivojlantirishga bo'lgan bir xil huquqqa barcha millatlar, ozchilikni tashkil etuvchi 
millatlar, etnik guruhlar haqli ekanligi; har bir insonga bilimlardan va barcha 
xalqlarning san'ati va adabiyotidan rohatlanish, yer sharining barcha qismlarida 
fan taraqqiyotida ishtirok etish, uning ne'matlaridan foydalanish va madaniy 
hayotni boyitish imkoniyati ta'minlab berilishi lozimligi; davlat madaniyatni 
demokratlashtirish bo'yicha, madaniyatga bo'lgan huquqni ta'minlash va uning 
natijalarida biror bir cheklashlarsiz ishtirok etish kafolatlari bo'yicha choralar 
qabul qilishi lozimligi; davlatning ijod erkinligini himoya qilishi, ijod xodimlariga 
yordam ko'rsatishi lozimligi, ularning o'z kasaba uyushmalariga va tanloviga ko'ra 

53
ijodiy uyushmalarni tashkil etishga bo'lgan huquqlarini ta'minlab berishi lozimligi 
qayd etilgan.
Insonning madaniy huquqlarini rag'batlantirish va himoya qilish bevosita 
xalqaro ixtisoslashgan tashkilot — YuNESKOning vazifalariga doirasiga kiradi. 
Bu yerda shikoyatlarni qabul qiluvchi bo'lgan asosiy tuzilma — Konvensiyalar va 
tavsiyanomalar bo'yicha qo'mita hisoblanadi. Qo'mita ko'rib chiqilgan shikoyatlar va 
ular bo'yicha qilingan tavsiyanomalar bo'yicha YuNESKOning Ijroiya kengashiga, 
uning har bir sessiyasida ma'ruzalar taqdim etadi. YuNESKOning vakolatiga ta'lim 
olish huquqi, ilmiy yutuqlardan foydalanishga bo'lgan huquq, madaniy hayotda 
to'sqinliklarsiz ishtirok etish huquqi, axborot olish huquqi, shuningdek o'z fikriga 
ega bo'lish va uni bildirish huquqi va boshqa shu kabilar kiradi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling