Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi


Download 2.94 Kb.

bet9/34
Sana09.02.2017
Hajmi2.94 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34

quyidagi xususiyatli jihatlarini ajratib ko'rsatish mumkin:
birinchidan, davlatlar uchun majburiy toifaga mansub bo'lgan iqtisodiy, ijtimoiy 
va madaniy huquqlar ro'yxati aniqlangan;
ikkinchidan, xalqaro standartdagi huquqlarning har biri davlatlarning tegishli 
qonunchiligida o'z aksini topishi lozimligi shakllantirilgan;
uchinchidan, davlatlarning e'lon qilingan huquqlarni tan olishi va ta'minlashi 
majburiyati o'rnatilgan;
to'rtinchidan, Paktda e'lon qilingan huquqlarni amalga oshirishning mexanizmlari 
mustahkamlangan.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt va uning birinchi Fakultativ 
protokoli 1976 yil 23 martda kuchga kirgan. Mazkur Paktning qabul qilinishi unda 
ko'rsatilgan huquqlarning tabiiy, begonalashtirilmaslik xususiyat kasb etishi, hayot, 
sha'n, inson qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizlik, e'tiqod erkinligi va shaxsiy hayot kabi 
yuqori qimmatliklar bilan aloqadorligi bilan asoslanadi. Inson huquqlari nazariyasida bu 
huquqlar birinchi avlod huquqlari hisoblanadi va “negativ huquqlar” sifatida nomlanadi, 
chunki aynan davlat hokimiyati tomonidan tajovuzlardan alohida himoyaga muhtojdir. 
Ushbu Paktga birlashish erkinligi, so'z erkinligi, davlat boshqaruvida qatnashish 
huquqi, saylov huquqi kabi birinchi avlod huquqlariga kiruvchi va xalqaro huquq 
nuqtai nazaridan inson shaxsi rivojlanishi va uning davlat bilan o'zaro munosabati 
bilan bog'liqligi sababli o'ta muhim sanaladigan siyosiy huquqlar kiritilgan.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt yuridik tarkibining o'ziga 
xosligi shundaki, Paktning har bir moddasida belgilab berilgan har bir huquq mazkur 
huquqni amalga oshirishning aniq mexanizmini qamrab olgan va bu huquqlarni 
amalga oshirish uchun qonunchilik, ma'muriy va boshqa choralarni ko'rish har bir 
davlatning majburiyati hisoblanadi.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning kuchga kirishi bilan 
xalqaro inson huquqlari huquqi taraqqiyoti yangi bosqichga ko'tarildi. Xalqaro huquq 
tarixida birinchi marta individ o'z huquqlarining himoyasi uchun BMT xalqaro 
organlariga murojaat qilish huquqiga ega bo'ldi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar 
to'g'risidagi xalqaro pakt doirasida bunday organ Inson huquqlari bo'yicha qo'mita 
bo'lib, u nafaqat individual murojaatlar, balki milliy hisobotlar asosida ham Paktga 
amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Paktning bu xususiyatlari uni nafaqat inson huquqlari sohasida, balki butun xalqaro 
huquq sohasida ham muhim ahamiyat kasb etuvchi hujjatga aylantiradi.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt muqaddima va olti qismdan 
iborat. I qism xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga bag'ishlangan bitta 
moddadan iborat.
II qismi 2–5-moddalarni o'z ichiga oladi. Bu moddalar davlatlarga Paktda ko'rsatilgan 
huquqlarni hurmat qilish va hyech qanday kamsitishlarsiz ta'minlash majburiyatini 
yuklaydi. 2-moddaning 3-qismi bevosita davlatlarga vakolatli sud, ma'muriy yoki 
qonunchilik hokimiyati tomonidan sud himoyasi imkoniyatlarini kengaytirib, huquqiy 
himoya vositalarini o'rnatish majburiyatini yuklaydi. Bundan tashqari, 3-modda 

62
davlatlarga erkaklar va ayollarga teng fuqarolik va siyosiy huquqlardan foydalanishni 
ta'minlash majburiyatini yuklaydi. Ushbu bobda davlatda favqulodda vaziyatlarda 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash va bunday vaziyatlarda inson 
huquqlari cheklanishlarini tartibga soluvchi norma berilgan.
III qism 22 ta modda (6–27-moddalar)dan iborat va Paktning eng katta qismi 
hisoblanadi. Unda bevosita ham shaxsiy va siyosiy huquqlar, ham ularni amalga 
oshirish mexanizmlari ko'rib chiqiladi. 6-modda shaxsning ajralmas huquqi sifatida 
yashash huquqini mustahkamlaydi. Modda oltita punktdan iborat bo'lib, mamlakatda 
o'lim jazosi mavjud bo'lsa uni eng og'ir jinoyatlar uchungina qo'llashni; o'lim jazosi 
belgilanganda avf etishni so'rash yoki hukmni yengillashtirishni so'rash huquqini; 
o'lim jazosini 18 yoshga to'lmagan shaxs va xomilador ayllarga nisbatan qo'llamaslikni 
nazarda tutadi. Pakt o'lim jazosini to'liq bekor qilishni nazarda tutmaganligi bois 
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktga Ikkinchi Fakultativ protokol 
qabul qilingan bo'lib, ushbu Protokol ishtirokchi-davlatlarga o'lim jazosidan voz 
kechish majburiyatini yuklaydi.
Paktning bu qismi qiynoqlar (7-modda), qullik, qullar savdosi va majburiy mehnatni 
(8-modda) butunlay taqiqlashni nazarda tutadi.
Paktda ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi 
hamda ular bilan muomalada bo'lish; o'zboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum 
qilish yoki ushlab turishni taqiqlash; ozodlikdan mahrum qilish qonunchilik bilan 
belgilangan tartibda amalga oshirilishi (9, 10-modda)ga alohida e'tibor qaratiladi.
Paktda bir joydan ikkinchi joyga ko'chib yurish erkinligi va erkin yashash joyi 
tanlash huquqini ham nazarda tutadi. Shu bilan birga, bu huquqni tartibga soluvchi 
12-modda davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi sog'ligi va ahloq qoidalari, boshqa 
shaxslar huquq va erkinliklarini muhofaza qilish maqsadida qonunda nazarda tutilgan 
hollarda bu huquq cheklanishi mumkinligini mustahkamlaydi. Bu turdagi cheklovlar 
namoyishlar o'tqazish, erkin fikr bildirish, erkin fikrlash, din va e'tiqod erkinligi, 
tinch yig'ilishlarga bo'lgan huquqlarga ham tatbiq qilinadi.
Paktning 14-, 15- va 26-moddalari aybsizlik prezumpsiyasi, adolatli sudlov, jinoyat 
prosessining barcha bosqichlarida ayblanuvchining huquqlarini ta'minlashni o'z ichiga 
oluvchi qonun va sud oldida tenglikni ta'minlashni nazarda tutadi.
Alohida modda bilan har bir shaxsning huquq subyektliligini tan olinishiga bo'lgan 
huquqi mustahkamlangan (16-modda).
Pakt shaxsiy va oilaviy hayotgan o'zboshimchalik bilan va noqonuniy aralashuvlarni 
taqiqlaydi, uy-joy daxlsizligi va yozishmalar sirini muhofaza etadi (17-modda).
Paktning 18–19-moddalari fikrlash erkinligi, din va e'tiqod erkinligi, shuningdek, 
to'sqinliklarsiz o'z fikrini qo'llab-quvvatlash huquqiga bag'ishlangan. Shu bilan birga 
har qanday urushni targ'ib qilish, milliy, irqiy yoki diniy adovatni qo'llab-quvvatlab 
chiqish taqiqlanadi.
Paktda tinch yig'ilishlar o'tqazish huquqi va birlashish erkinligi aniq tartibga 
solingan (21–22-moddalar).
Pakt jamiyat va davlat tomonidan oilani himoya qilish, shuningdek bola huquqlariga 
alohida moddalarni ko'zda tutadi (23–24-moddalar). Ta'kidlash joizki, aynan Paktning 

63
ushbu qoidalari keyinchalik Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya, Ayollarga nisbatan 
barcha turdagi kamsitishni yo'q qilish to'g'risidagi Konvensiyalarida o'z aksini topgan.
Paktning 25-moddasi davlat ishlarini olib borishda ishtirok etish huquqi, ovoz 
berish va saylanish, shuningdek teng asoslarda davlat xizmatiga yollanish kabi siyosiy 
huquqlarini amalga oshirishga bag'ishlangan.
Paktda shuningdek yana bir moddada etnik va diniy ozchiliklarning boshqa 
a'zolar bilan birgalikda o'zining madaniyatidan foydalanish, o'z diniga e'tiqod qilish, 
shuningdek ona tilidan foydalanish huquqini tartibga solish mustahkamlangan.
Paktning IV qismi (28–45-moddalar) inson huquqlari bo'yicha Qo'mitaning 
tarkibi, funksiyalari va vakolatlari, bu organga ishtirokchi-davlatlarning hisobot 
topshirish majburiyati, shuningdek, davlatlararo xabarlarni taqdim qilish va ularni 
ko'rib chiqish tartibini belgilab beradi.
Paktning V va VI qismlari yakuniy qoidalar va mazkur Paktni imzolash, ratifikasiya 
qilish va amal qilishiga bag'ishlanadi.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktga Ikkinchi Fakultativ 
protokol o'lim jazosini bekor qilishga qaratilgan bo'lib, BMT Bosh Assambleyasi 
tomonidan 15 dekabr 1989 yilda qabul qilingan. 31 dekabr 2010 yil holatiga 26 ta mamlakat 
ikkinchi Protokol bo'yicha majburiyatlarni olishga rozilik bildirganlar; bu majburiyatlarning 
bajarilishi ustidan nazoratni inson huquqlari bo'yicha Qo'mita tomonidan amalga oshiriladi.
Shunday qilib, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt keng 
qamrovli hujjat bo'lib, unda fuqarolik va siyosiy huquqlarning barcha ko'rinishlari 
bo'yicha xalqaro standartlar batafsil mustahkamlangan. Shunga qaramasdan ushbu 
qoidalarning ko'pchiligi keyinchalik takomillashtirilib va aniqlik qiritilib, Ayollarga 
nisbatan barcha turdagi kamsitishni yo'q qilish to'g'risidagi Konvensiya, Bola huquqlari 
to'g'risidagi Konvensiya, Qiynoqlarga qarshi Konvensiyalar kabi boshqa inson 
huquqlari bo'yicha xalqaro hujjatlarda o'z aksini topgan.
5.4. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro konvensiyalar
Ikkita asosiy xalqaro paktdan tashqari paktlardagi g'oyaning mantiqiy davomi 
sifatida ta'kidlash mumkin bo'lgan boshqa universal davlatlararo hujjatlar mavjud 
bo'lib, ularda inson huquqlari va erkinliklari nisbatan aniqroq ko'rib chiqiladi. Bu 
hujjatlarda ayollarga nisbatan kamsitishni yo'qotish, bola huquqlarini himoya qilish, 
qiynoqlar va irqiy kamsitishni taqiqlash masalalari ko'rib chiqiladi.
Ular mazmuniga ko'ra inson huquqlari bo'yicha Xalqaro billda bo'lmagan yoki 
yetarli darajada inobatga olinmagan holatlarni to'ldiradi va aniqlashtiradi. Bu universal 
hujjatlar qiynoqlar va irqiy kamsitish yoki nisbatan kamroq himoyalangan shaxslar 
guruhi (ayollar, bolalar, mehnatkash-migrantlar) kabi inson huquqlari buzilishining 
aniq ko'rinishlari bo'yicha xalqaro huquqiy aktlardir.
Muayyan inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan BMT asosiy xalqaro 
shartnomalari qatoriga quyidagilar kiradi:
•  Ayollarga nisbatan barcha ko'rinishdagi kamsitishni yo'q qilish to'g'risidagi 
Konvensiya (1979 y.);

64
•  Bola huquqlari to'g'risida Konvensiya (1989 y.);
•  Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz,
insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya 
(1984 y.);
•  Irqiy kamsitishning barcha turlarini yo'q qilish to'g'risidagi Xalqaro konvensiya 
(1965 y.):
•  Mehnatkash-migrantlar va ularning oila a'zolarini himoya qilish to'g'risidagi 
Xalqaro konvensiya (1990 y.);
•  Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya (2006 y.) va boshqalar.
Ikkita Paktga qo'shimcha ravishda to'rtta katta maxsus xalqaro shartnoma 
ushbu paktlarga amal qilinishini nazorat qilish maqsadida inson huquqlari bo'yicha 
ekspertlar qo'mitasini tashkil qilishni ko'zda tutadi. Bunday shartnomalarning 
ishtirokchi-davlatlari tegishli qo'mitalarga shartnomalarning bajarilishi va bunda 
vujudga kelayotgan muammolar ko'rsatilgan doimiy hisobotlar taqdim etishga 
rozilik bildiradilar. Qo'mita bu hisobotlarni va o'zi ega bo'lishi mumkin bo'lgan har 
qanday boshqa ma'lumotlarni ko'rib chiqib, davlatga o'z zimmasiga olgan huquqiy 
majburiyatlarni bajarishga ko'maklashish maqsadida tavsiyanomalar berishi mumkin.
Ushbu konvensiyalarning tafsilotiga qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Ayollarga nisbatan barcha ko'rinishdagi kamsitishlarga barham berish 
to'g'risidagi konvensiya 1974–1979 yillarda BMT turli organlari tomonidan ayollar 
holati bo'yicha Komissiya rahbarligida tayyorlangan bo'lib, 1979 yil 18 dekabrda 
qabul qilingan va 1981 yilda kuchga kirgan.
Konvensiyaning 1-moddasida ayollarga nisbatan kamsitish tushunchasiga 
quyidagicha ta'rif beriladi: bu “ayollarning oilaviy sharoitidan qat'i nazar, erkak va 
ayollarning teng huquqliligi asosida tan olinishi, qo'llanishi yoki amalga oshirilishini 
susaytirish yoki yo'qqa chiqarishga qaratilgan jinsiy belgi bo'yicha ko'ra har qanday 
farqlash, istisno qilish yoki cheklashni anglatadi”.
2-moddaga muvofiq, ushbu Konvensiya ishtirokchisiga aylangan davlatlar quyidagi 
majburiyatlarni oladilar:
birinchidan, erkaklar bilan ayollarning teng huquqliligi prinsipini, agarda bu 
hozirgacha kilinmagan bo'lsa, milliy konstitusiyalar va boshqa tegishli qonunlarga 
kiritish hamda qonun va boshqa tegishli vositalar yordamida ushbu prinsipning 
amaliyotga joriy etilishini ta'minlash;
ikkinchidan, xotin-qizlarning har qanday kamsitilishini taqiqlovchi tegishli qonunchilik 
choralari va boshqa choralarni ko'rish, jumladan zarur bo'lganda jazolarni qo'llash;
uchinchidan, ayollar huquqlariga erkaklar bilan teng asosda yuridik himoya 
belgilash, tegishli milliy sudlar va davlat muassasalari yordamida xotin-qizlarning 
har qanday kamsitilishdan samarali himoya qilinishini ta'minlash;
to'rtinchidan, har qanday shaxs, tashkilot yoki korxona tomonidan xotin-qizlarning 
kamsitilishini bartaraf etish uchun barcha tegishli choralarni ko'rish;
beshinchidan, xotin-qizlarni kamsituvchi mavjud qonunlar, qarorlar, urf-odatlar 
va amaliyotni o'zgartirish yoki bekor qilish uchun barcha tegishli choralarni, shu 
jumladan qonunchilik choralarini ko'rish;

65
Konvensiyani amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida ayollarga nisbatan 
kamsitishlarni barham qilish Qo'mitasi tashkil qilinadi.
Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya 20 noyabr 1989 yilda qabul qilingan va 
2 sentyabr 1990 yilda kuchga kirgan. Uning asosiy maqsadi bola manfaatlarini 
yuqori himoyasini ta'minlashdan iborat. Konvensiya uni ratifikasiya qilgan 
davlatlarni bolalar o'z mamlakatlarining ijtimoiy hayotida faol va ijodiy qatnashishlari 
mumkin bo'lgan sharoitlarni yaratishga chorlaydi.
Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaning asosiy tarkibi quyidagilardan iborat:
birinchidan, 18 yoshga to'lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi, agar milliy 
qonunchilik voyaga yetishning yoshroq yoshini nazarda tutmagan bo'lsa;
ikkinchidan, Konvensiya fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarning 
butun majmuini qamrab oladi va bir huquqning amalga oshirilishi ikkinchi huquqning 
amalga oshirilishidan ajralmasligini tan oladi;
uchinchidan, o'z intellektual, axloqiy va ruhiy imkoniyatlarini rivojlantirish 
uchun bolaga zarur erkinlik atrof-muhitning sog'lomliligi va xavfsizligi darajasi, 
sog'liqni saqlashga imkoniyatlarning mavjudligi va ovqatlanish, kiyim va uy-joyga 
bog'liqligini Konvensiya ko'rsatib beradi;
to'rtinchidan, Konvensiyaning muhim prinsipi bu kamsitish qilmaslikdir. 
Bolalar o'z huquqlaridan irqi, terisining rangi, jinsi, tili, kelib chiqishi, mulkiy holati, 
sog'lig'ining holati va bolaning tug'ilishi, ota-onasi yoki qonuniy vasiylari yoki boshqa 
har qanday holatlardan qat'iy nazar hyech qanday kamsitishsiz foydalanishlari lozim;
beshinchidan, Konvensiya bolalarni ekspluatasiyaning har qanday ko'rinishidan 
himoya qilib, milliy ozchilik vakillari va tub xalqlarning bolalari masalasi, shuningdek, 
giyohvandlik vositalarini suiste'mol qilish va bolalarga g'amxo'rlikning mavjud 
emasligini ko'rib chiqib, inson huquqlarining huquqiy chegaralarini kengaytiradi;
oltinchidan, Konvensiyada jinoiy faoliyatga jalb qilingan bolalar huquqlarini 
muhofaza qilishga qaratilgan aniq qoidalar mavjud;
yettinchidan, Konvensiya oila va ota-onaning bolalarga g'amxo'rligi va ularning 
himoyasidagi muhim rolini, shuningdek, davlatning ota-onalarga o'z majburiyatlarini 
bajarishda yordamlashish majburiyatini tan oladi.
Ushbu Konvensiyaga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish bola 
huquqlari bo'yicha Qo'mitaga yuklatilgan.
Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, noinsoniylikka 
zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi Konvensiya 10 dekabr 
1984 yilda qabul qilingan va 26 iyun 1987 yilda kuchga kirgan. Konvensiyaning 
qatnashchi-davlatlari o'z yurisdiksiyalaridagi har qanday hududda qiynash aktlarining 
oldini olish uchun samarali qonunchilik, ma'muriy, sud va boshqa choralarni qo'llash 
majburiyatini oladilar. Urush holatimi yoki urush xavfimi, ichki siyosiy berqarorlikmi 
yoki boshqa istalgan favqulodda holat ekanligidan qat'i nazar, qiynoqni oqlashga 
xizmat qilolmaydi.
Konvensiyaning muhim o'ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, u ishtirokchi-davlatlar o'z milliy qonunchiligida qiynoqlarni to'liq 
taqiqlashini nazarda tutadi;

66
ikkinchidan, unda yuqori turuvchi rahbar buyrug'i va hyech qanday istisno 
holatlar qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni 
kamsituvchi muomala turlari va jazolarni oqlash uchun xizmat qilmasligi 
mustahkamlangan;
uchinchidan, u har qanday qiynoqni qo'llagan shaxs har qanday ishtirokchi-davlat 
hududida sud ta'qibiga olinishi mumkinligini o'rnatadi. Har qanday qiynoq aktini 
sodir qilganlikda gumon qilinayotgan shaxs sud javobgarligiga tortilishi yoki sud 
javobgarligiga tortish maqsadida hududida jinoyat sodir qilgan qatnashchi-davlatga 
ushlab berilishi mumkin;
to'rtinchidan, u agar qaysidir ishtirokchi-davlat hududida tizimli qiynoqlar 
qo'llanilishi haqida ishonchli ma'lumotlar mavjud bo'lganda xalqaro surishtiruvni 
amalga oshirishni ko'zda tutadi. Ishtirokchi-davlatning roziligi bilan bunday surishtiruv 
uning hududini ko'zdan kechirishni ham ko'zda tutishi mumkin.
Mazkur Konvensiyaning amalga oshirilishini qiynoqlarga qarshi Qo'mita 
kuzatadi.
Irqiy kamsitishning barcha turlarini yo'q qilish to'g'risidagi Xalqaro konvensiya 
21 dekabr 1965 yilda qabul qilingan va 4 yanvar 1969 yilda kuchga kirgan. U har 
bir shaxsga tenglik va kamsitmaslik prinsipini to'liq amalga oshirishni kafolatlaydi. 
Konvensiya irqiy kamsitishlarni barcha shakllarida va ko'rinishlarini yo'q qilish, oldini 
olish va irqiylik nazariyalari va amaliyotini tugatish, hamda barcha irqiy segregasiya 
va irqiy kamsitishlardan holi bo'lgan xalqaro jamiyat yaratishga yo'naltirilgan.
Mazkur Konvensiyaning ishtirokchi-davlatlari irqiy kamsitishlarni uning barcha 
shakllarida yo'q qilish va irqi, terisining rangi, milliy yoki etnik kelib chiqishidan qat'iy 
nazar qonun oldida tenglikni kafolatlash, shuningdek, inson huquq va erkinliklarini 
amalga oshirishni ta'minlash majburiyatini oladilar. Bunday huquqlar qatoriga mehnat 
qilish huquqi, kasaba uyushmalariga birlashish va uy-joyga bo'lgan huquqlar aniq 
qilib kiritilgan.
Ushbu Konvensiyaning amalga oshirilishini irqiy kamsitishni tugatish 
Qo'mitasi kuzatadi.
Yuqorida sanab o'tilgan konvensiyalar bir tomondan, inson huquqlariga rioya 
qilinishi ustidan nazorat qilishning asosiy xalqaro mexanizmi bo'lsa, ikkinchi tomondan, 
inson huquqlari bo'yicha milliy qonunchilikni takomillashtirish mexanizmlarini 
taklif qiladi.
5.5. Inson huquqlari sohasidagi mintaqaviy xalqaro hujjatlar
1948 yilda Inson huquq va majburiyatlari Amerika deklarasiyasi qabul qilingan.
1950 yilda Yevropa Kengashi Inson huquq va asosiy erkinliklarining himoyasi 
to'g'risidagi Yevropa konvensiyasini. 1960 yilda Yevropa ijtimoiy xartiyasini qabul qildi.
1969 yilda Amerika qit'asi davlatlari Inson huquqlari to'g'risidagi Amerika 
konvensiyasini tasdiqladilar;
Afrika davlatlari — Afrika birligi tashkiloti a'zolari 1981 yilda Inson va xalqlar 
huquqlari Afrika xartiyasini qabul qildilar.

67
Va nihoyat, 1994 yilda Arab davlatlari Ligasi doirasida Inson huquqlari Arab 
xartiyasi qabul qilindi.
Har bir mintaqaviy manba xalqaro yoki boshqa mintaqaviy manba bilan 
taqqoslaganda o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, inson huquqlari va asosiy 
erkinliklarini himoya qilish to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi Konvensiyaning davlat-
qatnashchilari tomonidan inson huquqlariga rioya qilinishi ustidan xalqaro nazoratni amalga 
oshiruvchi samarali tizim yaratishni ko'zda tutadi. Inson va xalqlar huquqlari to'g'risidagi 
Afrika xartiyasi kollektiv deb nomlanuvchi huquqlar kiritilgan. Amerikalararo nazorat 
tizimi nafaqat Konvensiya ishtirokchilariga, balki muayyan shartlarda Konvensiyaga 
qo'shilmagan Amerika davlatlari tashkiloti a'zolariga ham tatbiq qilinadi.
Yevropa Kengashi doirasida umume'tirof etilgan inson huquqlari yevropa 
tizimining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
1.  Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risida Yevropa 
konvensiyasi (1950 y.);
2.  Qiynoqlar va insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvsi muomala yoki 
jazoning oldini olish bo'yicha Yevropa konvensiyasi (1987 y.);
3.  Yevropa ijtimoiy xartiyasi (1961 y.);
4.  Milliy ozchiliklarni himoya qilish bo'yicha doiraviy konvensiya (1995 y.);
Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risida Yevropa 
konvensiyasini 41 ta davlat-a'zo ratifikasiya qilgan. Ushbu mamlakatlarning har 
biri inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudining yurisdiksiyasi, shuningdek individual 
shikoyatlar berish huquqini ixtiyoriy ravishda tan oladi. Konvensiya o'zida xalqaro 
shartnomani mujassamlashtirib, unga ko'ra Yevropa Kengashining barcha a'zo-
davlatlari o'z yurisdiksiyalarida bo'lgan shaxslarga eng asosiy ba'zi huquqlarni 
kafolatlash majburiyatini olganlar. Davlat-ishtirokchilarning milliy qonunchiligi 
Konvensiya prinsiplariga muvofiq bo'lishi lozim.
Aytish mumkinki, Yevropa sudi fuqarolar erkinliklari bo'yicha G'arbiy Yevropa 
konstitusiyaviy sudiga aylandi. U tomonidan ko'rib chiqilgan ishlar nuqtai nazaridan 
Sud tomonidan yaratilgan presedent huquqi nisbatan keng va uning ahamiyati doimiy 
oshib bormoqda.
Umume'tirof etilgan inson huquqlari amerika tizimi manbaalari tizimiga ikkita 
huquqiy hujjat — Amerika davlatlari tashkilotining Ustavi va inson huquqlari 
to'g'risidagi Amerika konvensiyasi kiradi.
Amerika davlatlari tashkilotining Ustavi — inson huquq va majburiyatlari Amerika 
deklarasiyasi (1948 yil). Amerika davlatlari tashkilotining Ustavi 1951 yilda kuchga 
kirgan bo'lib, inson huquqlariga bag'ishlangan faqatgina bir nechta qoidalardan iborat. 
Ularda biri 5j-moddasi (muqaddam 3j-modda) bo'lib, unga ko'ra Ustavni imzolagan 
davlatlar individning asosiy huquqlarini irqi, millati, dini yoki jinsiga ko'ra hyech 
qanday ajratishlarsiz rioya qilish majburiyatini oladilar. Inson huquqlariga havola 
qilish 16-modda (muqaddam 13-modda) da mavjud.
Amerika davlatlari tashkilotining Nizomi tasdiqlangan Konferensiyada 
shuningdek, inson huquq va majburiyatlari Amerika deklarasiyasi ham qabul 
qilingan bo'lib, unda 27 ta inson huquqlari va 10 ta majburiyati e'lon qilingan.

68
Inson huquqlari to'g'risidagi Amerika konvensiyasi (1969 yil) 12 xil umumiy 
kategoriyadagi fuqarolik va siyosiy huquqlarni, masalan huquq subyektliligini 
tan olish huquqi, yashash huquqi, insoniy muomalaga, adolatli sudlovga, mulkka, 
birlashish erkinligiga bo'lgan huquqlarni kafolatlaydi.
Konvensiyaga qo'shimcha protokol iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga oid 
bo'lib, San-Salvador protokoli sifatida nom qozongan va 1988 yilda qabul qilingan.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling