Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi
Sud orqali himoya qilish huquqi insonning muhim, azaldan, ajralmas huquqlari
Download 2.94 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY INSON HUQUQLARINING UMUMIY TAVSIFI VA MAZMUNI 4.1. Shaxsiy huquq va erkinliklarning mazmuni va mohiyati
- Inson huquqlarining ijtimoiy-iqtisodiy jihatining mohiyati mavjud jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
- Huquqiy nuqtai nazardan inson huquqlari mohiyati yuridik kategoriya hisoblanadi
- Subyektiv huquq — bu davlat tarafidan kafolatlangan chora-tadbir, yani mumkin bolgan (ruhsat etilgan) shaxsning hulqidir, uning konstitusiyaviy maqomi muhim elementidir.
- Har bir inson huquqlarining yuridik mazmuni aniq huquqqa egalik (huquqiy imkoniyatlar) ni aks ettiradi.
- Insonning shaxsiy huquqi tushunchasi — bu subyektiv huquq bilan uzviy bogliq bolgan, yani inson tugilganidan qolga kiritadigan va bevosita, obyektiv
- Shaxsiy (fuqaroviy) huquq va erkinliklar Ozbekiston Konstitusiyasida birinchi oringa chiqarilgan.
- Ozbekiston Respublikasi Konstitusiyasida shaxsiy huquq va erkinliklar quyidagi tartibda belgilangan
- Shaxsiy huquq va erkinliklar tartibi Konstitusiyada yashash huquqi bilan boshlanadi.
- Ozbekiston Respublikasi Konstitusiyasi barchaga soz va fikr erkinligiga kafolat beradi.
- Uchta shart amalda bolgandagina shaxs ozini himoyalangan his qiladi: birinchidan
- Shaxsnnng shaxsiy huquq va erkinliklari himoyasi — bu davlatning barcha organlari majburiyatidir.
- Inson hayoti har qanday rivojlangan davlatda eng oliy qadriyatdir va individning birlamchi huquqidir.
- Yashash huquqi bir necha huquqiy vositalar majmui bilan taminlanadi va bular oz aksini asosiy qonun hisoblangan Konstitusiyada
- Erkinlik va shaxs daxlsizligi huquqi — inson tugilishi bilan qolga kiritadigan eng muhim huquqlardan biri bolib
- Har bir kishiga vijdon erkinligi, etiqod erkinligi, individual etiqod yoki kopchilik bilan xohlagan dinga etiqod qilish yoki hyech qanday dinga etiqod
- Vijdon va etiqod erkinligi quyidagilarni oz ichiga oladi: birinchidan
- Fikr va soz erkinligi Konstitusiyaviy huquqning eng muhimidan biri.
- Soz erkinligi — insonnig eng asosiy konstitusiyaviy huquqlaridan biri.
- Aybsizlik prezumpsiyasining mazmuni quyidagi ornatilgan huquqiy tizim bilan ochiladi
- 4.2. Siyosiy huquqlarning tarkibi, tushunchasi va turlari
- Ozbekiston Respublikasi konstitusiyasida fuqarolarning qoyidagi siyosiy huquq va erkinliklari aks etgan
- Siyosiy huquq va erkinliklarning eng muhim tarkibiy qismi bu fuqarolarning birlashish huquqidir.
Sud orqali himoya qilish huquqi insonning muhim, azaldan, ajralmas huquqlari qatoriga kiradi. Keyingi yillarda kuchli, amaliy natijali, tezkor va vakolatli sud himoyasiga bo'lgan ehtiyoj ancha ko'paydi, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlar sharoitlarida alohida jiddiy ahamiyat kasb etdi. O'zbekistonda inson huquqlari muammosining dolzarbligi, nafaqat mezon sifatida, balki ijtimoiy rivojlanishning yo'nalishi sifatida maydonga chiqayotgan xalqaro andozalarni huquqiy amaliyotga kiritish bilan ham bevosita bog'liqdir. Shaxsning huquqiy maqomi konsepsiyasini tadqiq qilish davlat va huquq nazariyasida, sohaviy yuridik fanlarda o'zning muxim ahamiyatiga ega va hozirda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Shaxsning huquqiy maqomi muammosi inson huquqlari nazariyasi va amaliyotining tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur muammoni hal etish jamiyatning oliy qadriyati hisoblangan shaxsning huquqiy ahvolini takomillashtirish yo'llarini aniqlashga imkon beradi. 39 4-BOB. ASOSIY INSON HUQUQLARINING UMUMIY TAVSIFI VA MAZMUNI 4.1. Shaxsiy huquq va erkinliklarning mazmuni va mohiyati Inson huquqlari mohiyati turli jihatlardan kelib chiquvchi inson huquqlari kompleks ijtimoiy hodisa bo'lib, unda ijtimoiy haqiqat va jamiyat ongining turli xil shakllari birlashadi. Inson huquqlarining ijtimoiy-iqtisodiy jihatining mohiyati mavjud jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy shartlari bilan ta'riflanadi. Ular mehnat erkinligi, shaxs rivojlanishi, yaxshi yashash darajasi, insoniyat rivojlanishidagi taraqqiyparvar iqtisodiy ehtiyojlarni va odamlar ijtimoiy manfaatlarini ko'rsatadi. Va, bu inson huquqi mohiyatining eng muhim jihatlaridan biridir. Huquqiy nuqtai nazardan inson huquqlari mohiyati yuridik kategoriya hisoblanadi, xalqaro norma va davlat ichki huquq normalarida (konstitusiyaviy, ma'muriy, fuqaro huquqi, jinoiy, jinoiy prosessual va bosh.) qayd etiladi. Turli inson huquqlari subyektivdir. Bu degani, yuridik fanda ishlab chiqilgan subyektiv huquq ko'rinishlari, asosan, inson huquqlariga ham tegishlidir. Subyektiv huquq — bu davlat tarafidan kafolatlangan chora-tadbir, ya'ni mumkin bo'lgan (ruhsat etilgan) shaxsning hulqidir, uning konstitusiyaviy maqomi muhim elementidir. Alohida subyektlarga (alohida shaxslarga, guruhlarga, ijtimoiy tashkilotlarga va hokazo) tegishli bo'lganligi uchun bu huquq, subyektiv deb ataladi va uning amalga oshirilishi subyektlar xohishiga bog'liq bo'ladi. Hamma subyektiv huquqlarning yuridik tavsifi yana huquqiy normalar faoliyati bilan bog'liqdir va huquqiy munosabatlardan tashqarida mavjud bo'la olmaydi. Asosan subyektiv huquq yuridik faktlar keltirib chiqargan huquqiy normalarni amalga oshirish jarayonidan kelib chiqadi. Har bir subyektiv huquq, inson huquqlari ham, murakkab tuzilishga ega, ya'ni elementlar, qismlarga bo'lingan, vakolatlardan tashkil topgan. Har bir inson huquqlarining yuridik mazmuni aniq huquqqa egalik (huquqiy imkoniyatlar) ni aks ettiradi. Ularning o'zaro aloqasi alohida tuzilishni tashkil etadi. Shuni qayd etish kerak-ki, inson huquqlarini tashkil etuvchi huquqiy imkoniyatlar odatiy subyektiv huquqlar tuzilishi bilan o'xshashdir. Shunday qilib, inson huquqlaridan boshlab subyektiv huquq tuzilishi ham bir nechta elementdan tashkil topgan: • aniq xatti-harakatlarni amalga oshirish (huquqiy xulq); 40 • o'rnatilgan xatti-harakatni javobgar shaxsdan talab qilish (huquqiy talab). Inson huquqlariga ega har bir shaxs, inson huquqlarining xalqaro standartlarini e'tirof etishi va amalga oshirilishini davlatdan talab qilishga huquqi bor. Kerak bo'lganda, o'z talablarini (huquqiy-sudlashish) majburiy yo'l bilan amalga oshirish uchun davlat organlariga murojaat qilish. Har bir inson o'z huquqini himoya qilish uchun nafaqat davlat organlariga, balki xalqaro tashkilotlariga murojaat qilish huquqiga ega. Insonning shaxsiy huquqi tushunchasi — bu subyektiv huquq bilan uzviy bog'liq bo'lgan, ya'ni inson tug'ilganidan qo'lga kiritadigan va bevosita, obyektiv amalga oshiriladigan, inson tabiatidan kelib chiqadigan hamda jamiyat rivojlanishi jarayonidagi eng yuqori ijtimoiy qadriyatlar yoki ehtiyojlardan birini qondirishdir. Shaxsiy (fuqaroviy) huquq va erkinliklar O'zbekiston Konstitusiyasida birinchi o'ringa chiqarilgan. Insonning shaxsiy huquq va erkinliklarining ustuvorligi konstitusiyaviy tasdiqlangan. Bunday yo'nalish shaxs mustaqilligini ta'minlash, individual tushuncha, uning rivojlanishidagi ichki yo'nalish, shaxsning o'zini anglashi maqsadida tuzilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida shaxsiy huquq va erkinliklar quyidagi tartibda belgilangan: • yashash huquqi; (24-modda) • shaxsiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish; (27-modda) • shaxsiy erkinlik va daxlsizlik huquqi; (25-modda) • shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy hayotiga arashishdan, o'z sha'ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan himoyalanish huquqiga ega; (27-modda) • yozishmalar va telefonda so'zlashuvlar sirini oshkor qilmaslik huquqi; (27-modda) • turar joy daxlsizligi huquqi; (27-modda) • o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqi; (29-modda) • muloqot, tarbiya, ta'lim va ijod qilishda o'z ona tilidan foydalanish, tilni erkin tanlash huquqi; (4, 42-moddalar) • erkin ravishda bir joydan ikkinchi joyga ko'chish, kelish joyini va yashash joyini tanlash huquqi; (28-modda) • vijdon va diniy e'tiqod erkinligi huquqi; (31-modda) • fikrlash va so'z erkinligi huquqi; (29-modda) Shaxsiy huquq va erkinliklar tartibi Konstitusiyada yashash huquqi bilan boshlanadi. Bu asosiy, insonning tabiiy huquqi, uning xavfsizligi kafolatidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, davlat tomonidan inson hayoti uchun ijobiy muhitni yaratish va shaxs sha'nini himoyalash majburiyatini ko'rsatadi. Konstitusiyaga bunday tarbiyaviy-ahloqiy omillarning kiritilishi amaliy ma'noga ega, yani shaxs g'oyasini jamiyatning eng yuqori qadriyati sifatida e'tirof etadi. O'lim jazosini, oliy jazo sifatida bekor qilinishi, inson huquqlarining xalqaro standartlari, Respublika qonunchiligida va amaliyotida qo'llanilayotganligining yaqqol tasdig'idir. O'zbekiston Konstitusiyasida o'rnatilgan, huquq va erkinliklarning katta guruhi, shaxs erkinligi va daxlsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan. Hibsga olish, qamoqda 41 saqlash faqat sud qaroriga binoan amalga oshiriladi va sud qarori chiqarilguncha qadar gumonlanuvchi 72 soatdan oshmagan muddat davomida hibsda saqlanishiga yo'l qo'yilishi mumkin. Har kim shaxsiy hayotining daxlsizlik huquqiga, shaxsiy va oilaviy sirlari daxlsizligiga, shaxsiy qadr-qimmati va obro'sining daxlsizlik huquqiga ega. Bunga, yozishmalar, telefon so'zlashuvlari, pochta, telegraf va boshqa xabarlarning sir saqlanishi, shuningdek uy-joy daxlsizligi ham kiradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi barchaga so'z va fikr erkinligiga kafolat beradi. Shu bilan bir qatorda diniy, ijtimoiy va milliy qarama-qarshiliklarni uyg'otuvchi targ'ibot va tashviqot ishlarini qilishga, diniy, irqiy va milliy ustunliklarga yo'l qo'ymaydi. Bu masalada hyech kimga nisbatan majburlov qo'llanilmaydi. Shunday qilib shaxsiy huquq va erkinliklar shaxs avtonomiyasi va uning tashqi ta'sirdan himoyasini taminlaydi Uchta shart amalda bo'lgandagina shaxs o'zini himoyalangan his qiladi: birinchidan, Konstitusiyada barcha shaxsiy huquq va erkinliklar aks etgan bo'lishi kerak; ikkinchidan, shaxsning hayotiga va erkinligiga ta'sir qiluvchi davlat aralashuvi qonun bilan aniq belgilab berilishi kerak; uchinchidan, shaxs unga nisbatan aralashuvlarga qarshi samarali himoyasi mavjudligi, bu ham o'z navbitida davlat organlari pozisiyasini yumshatadi. Shaxsnnng shaxsiy huquq va erkinliklari himoyasi — bu davlatning barcha organlari majburiyatidir. Inson o'z hayotini o'zi belglashiga ishonishi va shunga yarashi qilgan harakatlari uchun o'zi javob berishini anglashi kerak. Odamda turli tuman shaxsiy xususiyatlari bo'lishi mumkin, lekin bu hyech bir vaqt uning davlat organlari bilan munosabatlariga ta'sir qilmasligi kerak. Shaxsiy huquq va erkinliklarning rivojlanishi va mustahkamlanishi-dan butun jamiyat manfaatdordir. Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari orasida yashash huquqi asosiy o'rinni egallaydi. O'zbekiston Konstitusiyasida “Yashash huquqi har bir insonnin uzviy huquqidir. Tnson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir” — deb aytilgan (24-modda). Inson hayoti har qanday rivojlangan davlatda eng oliy qadriyatdir va individning birlamchi huquqidir. Yashashga bo'lgan huquqning ta'minlanishi — davlatda demokratiyaning qay darajada ekanligini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Uning mavjudligi bevosita boshqa huquq va erkinliklarning mavjudligini ta'minlaydi. Agar inson hayoti xavfning obyekti bo'lsa u holda, shaxsning barcha huquqlari o'z ma'nosini yo'qotadi. Aynan, barcha huquqlar tizimida yashash huquqining yuksak ahamiyatga egaligi hayotning qadriyati sifatida mutlaq mazmun kasb etadi. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki bu huquq ajralmasdir. Yashash huquqi bir necha huquqiy vositalar majmui bilan ta'minlanadi va bular o'z aksini asosiy qonun hisoblangan Konstitusiyada, sohaviy qonunchilikda topadi. Birinchidan, bu konstitusiyaviy kafolatlar yaxshi hayotni ta'minlash va insonni erkin rivojlanishini, kam ta'minlangan fuqarolarni davlat tomonidan qo'llab- quvvatlanishini va boshqa ijtimoiy himoya kafolatini ta'minlaydigan kafolatlardir. Qiynoqqa solinmaslik huquqi va boshqa shafqatsiz munosabat va tazyiqqa duchor 42 etilmaslik, hamda tibbiy, ilmiy va boshqa tajribalardan himoya; shaxsiy mulkka ega bo'lish huquqi; mehnat qilish huquqi, xavfsiz va gigiyenaga javob beradigan shart- sharoitlarda ishlash, davlat tomonidan o'rnatilgan minimal miqdordan kam bo'lmagan ish haqini olish; dam olish huquqi; ijtimoiy ta'minot olish huquqi; sog'liqni saqlash va tibbiy yordam olish huquqi; toza atrof-muhit huquqi. Ikkinchidan, bu huquqiy normalar inson hayoti va sog'lig'i uchun xavf soluvchi moddalar (preparatlar), qurollar, mexanizmlar, fizik kuchlarni qo'llanilishiga chegara belgilaydi. Asosan, normativ-huquqiy aktlardan Jinoyat kodeksi, Jinoyat-prosesual kodeksi, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks haqida gap bormoqda. Uchinchidan, inson hayoti va sog'lig'i uchun zarar keltiradigan yoki shunday xavf tug'diradigan javobgarlik choralari. Bunday choralardan aksariyati O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining maxsus qismida mustahkamlangan, ya'ni qasddan odam o'ldirish, qasddan badanga og'ir tan jarohati yetkazish, xavf ostida qoldirish. O'ta xavfli jinoyatlar butun dunyoga va insoniyatga xavf soluvchi sifatida ko'rib chiqiladi, ya'ni taqiqlangan ommaviy qirg'in qurollari ishlab chiqarish va tarqatish, urush olib borishning taqiqlangan usul va vositalaridan foydalanish, genosid. Sanab o'tilgan huquqiy normalar hayotga bo'lgan huquqni taminlovchi harakatlarning qonuniy yoki qonuniy emasligini belgilash uchun ham ishlatiladi. Erkinlik va shaxs daxlsizligi huquqi — inson tug'ilishi bilan qo'lga kiritadigan eng muhim huquqlardan biri bo'lib, qonunga xilof bo'lmagan holda xohlagan faoliyat yuritish huquqidir. Konstitusiyaviy erkinlik huquqi ijtimoiy tuhfalar ichida eng qadrli huquqlardan biri bo'lib, nafaqat shaxsning talablarini har tomonlama qondiradigan, shart-sharoitlarini yaratadigan, balki jamiyatning demokratik rivojlanishini ta'minlaydigan huquqdir. Erkinlik huquqi aniq qonun-qoidalar kompleksini o'z ichiga olib, shaxsiy hayotda amalga oshiriladigan (turar joy tanlash huquqi, bir joydan ikkinchi joyga kuchish huquqi, faoliyat erkinligi va hokazo…), siyosiy hayotda (fikrlash erkinligi, so'z erkinligi va xokazo.) va kasbda (mehnat erkinligi, ijod erkinligi va xk.) tanlanadigan imkoniyatlarni aks ettiradi. Fanda bir nechta «erkinlik» tushunchasi ajratib ko'rsatiladi: tor ma'noda — hibsga olish va qamoqda saqlanish orqali cheklanadigan fizik erkinlik; keng ma'noda — individual erkinlik, fuqaroviy huquq tizimida ko'rinadigan, eng keng ma'noda — butun inson huquqlari tizimida qo'llaniladigan erkinlik (bunday ma'noda «erkinlik» termini Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi muqaddimasining birinchi abzasida qo'llaniladi.) Shaxsiy hayot daxlsizligi shaxsning individual hayotiga tashqaridan aralashmaslikni nazarda tutib, bunga fizik (hayot, inson sog'lig'i) daxlsizlik va psixik daxlsizlik (ahloqiy, diniy — shaxs sha'ni va vijdoni). Shaxsiy daxlsizlik huquqi — konstitusiyada mustahkamlangan, har bir insonning subyektiv huquqi hamda uning erkinligi va xavfsizligiga kimningdir noqonuniy tazyiqidan davlat himoyasidir. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqini davlat institutlari ta'minlaydi. Uning amalga oshirilishi, himoya va huquq normalari bilan kafolatlanishi darajasi huquqiy davlat shakllanishida kerakli debocha bo'lib xizmat qiladi va davlatning huquqiy rejimni demokratiyalashganlik darajasini ko'rsatadi. 43 Har bir kishiga vijdon erkinligi, e'tiqod erkinligi, individual e'tiqod yoki ko'pchilik bilan xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hyech qanday dinga e'tiqod qilmaslik kafolatlanadi. Kundalik hayotda vijdon tushunchasining yagona ma'nosi yo'q. Har xil odamlar (turli yoshga va ijtimoiy katlamga tegishli) bu tushunchaga har xil ma'no berishga urinadilar. Bizning nazarimizda, ushbu tushunchani xarakteristikasini uyg'un tarz yoritadigan ta'riflardan bir nechtasi keltiramiz. Vijdon — bu ahloqiy ong, yaxshi va yomonga ichki ishonch, xatti-harakatlarini tarbiyaviy jihatdan baholash; o'z xatti-harakatlariga ahloqiy javobgarlik ongi; odob va axloq bilan o'zini tuta bilish qobiliyatini ko'rsata olishdir. Ushbu tushunchaning mazmun va mohiyati ko'p qirraligidan kelib chiqqan holda bu termin har xil sohalarda o'z ta'rifini topgan: ijtimoiy-tarbiyaviy, falsafiy, huquqiy va odob-ahloqiy. Huquqiy mezonda vijdon tushunchasi, «vijdon erkinligi» tushunchasi bilan birga keladi, Xudoga bo'lgan munosabatda, iymon keltirish erkinligi — xohlagan dinga e'tiqod qilish imkoniyati, dinga betaraf munosabatda bo'lish yoki dinni rad etadigan, hyech qaysi dinga ishonmaslik huquqi kabi tushunchalar bilan ko'rsatiladi. Vijdon erkinligi — fuqaro tomonidan turli diniy qadriyatlardan birini tanlash erkinligini o'zida aks ettiradi, hamda, uning e'tiqod erkinligidan farqi, diniy va dinsiz ma'naviy qadriyatlardan birini tanlash erkinligidir. Vijdon va e'tiqod erkinligi quyidagilarni o'z ichiga oladi: birinchidan, fuqarolarning qaysi dinga mansubligidan qat'i nazar, teng huquqli ekanligi, diniy e'tiqodi fuqaroviy huquqini chegaralashiga va diniy qarashlardan janjal va ko'ra olmaslikni keltirib chiqarishga yo'l qo'ymaydigan tenglik; ikkinchidan, diniy, ateistik ruhdagi birlashmalarni davlatdan ajratish; uchinchidan, zamonaviy ko'rinishdagi davlat tizimi, qonun oldida dinning va diniy birlashmalarning tengligi; Din erkinligi, fuqaro o'z shaxsiy javobgarligi va davlat tomonidan majburlanmasdan diniy muammolarini hal qilishni anglatadi. Unda alohida shaxsning huquqi mujassamlashgan davlat tarafidan aralashmaslik, diniy qarashlarga va ularni tarqatishga nisbatan davlat tomonidan qayd etilgan nashrlar natijasida amalga oshiriladi; din erkinligi huquqi alohida shaxsning davlat chegaralarisiz o'z diniy faoliyatini mustaqil amalga oshirishni o'z ichiga oladi. Ateistlar va dinga o'z munosabatini shakllantirmagan shaxslar uni qabul etish yoki rad etishiga majburlanmaydi. Fikr va so'z erkinligi Konstitusiyaviy huquqning eng muhimidan biri. «Fikr erkinligi» va «so'z erkinligi» tushunchalarini birma bir ko'rib chiqamiz. Fikr erkinligi — bu insonning tabiiy holatidir. Fikr erkinligi g'oya erkinligi bilan uzviy bog'liqdir. Fuqaroviy jamiyatida hyech kim o'zi hohlamagan holda unga biron bir g'oya yoki fikrlarlarni sig'ishtira olmaydi. Fikr erkinligi o'z navbatida ideologik erkinlik bilan bog'liq. Erkin fikr — bu insonga tug'ilganida beriladigan xususiyatdir. U bu orqali turli voqyea hodisalarga o'z qarashlarini ifodalaydi va shakllantiradi. Tashqi olamga bo'lgan shaxsning subyektiv munosabati va qarashlari bu uning hayotini bir qismidir va uning takrorlanmasligini belgilaydi. Fikr erkinligi shaxsning ichki psixologik ijtimoiy va siyosiy jarayonning ajralmas bir qismidir. 44 Fikr odamning aqliy faoliyatining mahsuli sifatida, uni o'rab turgan olamga nisbatan munosabatini va uni qanday anglaganini aks etadi. Biz fikr erkligisiz harakatimiz erkinligini tasavvur qila olmaymiz. Bu ikki tushuncha bir biri bilan chambarchas bog'liq va ajralmasdir. Fikr erkinligi hyech kanaqa qonuniy yo'l bilan cheklanishi mumkin emas, lekin ma'lum bir konstitusiyaviy tizimni, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida bu kabi ayrim cheklovlarga yo'l qo'yilishi mumkin. Fikrni va qarashlarni aytishga yoki aytmaslikka majburlash bu inson huquq va erkinligining qo'pol buzilishi va davlatdagi mutanosiblikning buzilishi hisoblanadi va jinoiy va boshqa jazo turlarining qo'llanilishiga olib keladi. Hokimyatni kuch bilan egallashga qaratilgan fikrlar bilan chiqqan shaxslarga nisbatan bu masalada jinoiy va ma'muriy jazo sifatidagi cheklovlar quyilgan. Bundan tashqari bu kabi fikrlar diniy, irqiy va siyosiy xavfsizlikka qaratilgan bo'lsa ham ularga nisbatan jazo choralari mavjud. So'z erkinligi — insonnig eng asosiy konstitusiyaviy huquqlaridan biri. Iqtisodiy, siyosiy qarash va fikrlarning xilma-xilligi hayotga fundamental demokratik tamoyillarning kirib kelishiga zamin yaratmoqda va turtki bo'lmoqda. So'z erkinligi bir nechta elementlardan tashkil topgan: birinchidan, har bir insonning erkinligi o'z fikrini, g'oyasini, uylarini oshkora gapira oladi. ikkinchidan, nashr erkinligi va boshqa ommaviy axborot vositalari senzuradan erkinligi, axborot olish huquqi, ma'lumot manbaiga kira olish huquqi. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26-moddasiga ko'ra har bir ayblanuvchi uning aybdorligi tasdiqlanmaguncha, qonunda qayd etilgandek va sud qarori ishga tushmaguncha aybdor hisoblanmaydi. Bunday huquq aybsizlik prezumpsiyasi deb ataladi. Haqiqat o'rnatilmaguncha, aybsiz shaxs aybdor deb tan olinmasligini kafolatidir. Haqiqatni qidirish — surishtiruv organlari, tergov oldi surishtiruvi, prokuratura va sud majburiyatidir. Haqiqat ayblov hukmi asosida ko'rinishi kerak. Aybsizlik prezumpsiyasining mazmuni quyidagi o'rnatilgan huquqiy tizim bilan ochiladi: • jinoyat sodir etgan shaxsning aybi tortishuvsiz tasdiqlangan va o'rnatilgan qonuniy akt tuzilgan bo'lishi kerak; • aybdor sifatida jalb etish qarori, ayblov xulosasida, ayblov tasdig'iga nisbatan hamma shubhalar, ayblanuvchi foydasiga hal qilinadi; • sud, prokuror, tergovchi yoki tergov olib borayotgan shaxs, qonun tomonidan ko'rilgan har tomonlama, to'liq va obyektiv choralarni ko'rgan holda, javobgarlikni nafaqat yumshatuvchi, balki og'irlashtiruvchi holatlarini ham aniqlashi kerak; • isbotlash javobgarligi ayblanuvchi bo'yniga qo'yilmaydi; • ayblanuvchi va boshqa ishtirokchilarni kuch ishlatish, zo'rlash, qo'rqitish va boshqa noqonuniy yo'llar bilan so'roq qilish taqiqlanadi; • ayblanuvchi tomonidan o'z aybini tan olinishi, faqatgina ish bo'yicha mavjud isbotlar to'plamini tasdiqlagan holda qabul qilinadi; • har qanday dalillar sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi uchun oldindan o'rnatilgan kuchga ega emas; 45 • ayblanuvchiga O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksida nazarda tutilgan prosessual huquqlar bo'yicha himoya huquqi beriladi; • tergovni amalga oshiruvchi shaxs, sudya, prokuror, tergovchi ayblanuvchiga qonun bilan belgilangan vositalar va usullar orqali o'ziga qo'yilgan ayblardan himoyalanishi va shaxsiy mol-mulkiga bo'lgan huquqni himoya qilishi qonun bilan kafolatlangan; • sudlanuvchining jinoyat sodir etganligi aybi sud tergovi jarayonida isbotlanmagan bo'lsa sud hukmi taxminlarga asoslanmagan holda chiqarilishi kerak; • har bir jinoyat odil jazoga tortilishi va unga nisbatan qonunning to'g'ri qo'llanilishi lozim va aybsizlarni jinoiy javobgarlikka tortilishiga yo'l qo'yilmaydi; • hyech kim qonunda belgilangan holatlardan tashqari aybdor sifatida jalb qilina olmaydi. Inson, uning huquqlari va erkinligi eng oliy ne'matdir. Inson huquqlarini tan olish, himoya qilish — davlatning majburiyatidir. 4.2. Siyosiy huquqlarning tarkibi, tushunchasi va turlari Siyosiy huquq va erkinliklardan ko'zlangan asosiy maqsad fuqarolarga davlat ishlarida qatnashishga imkoniyat berishdir. Ular shaxs, jamiyat va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi. Bu kabi huquqlarning yaxshi ta'minlanishiga, eng avvalo konstitusiyaviy tuzumning mustahkamligiga, siyosiy madaniyat darajasiga va ularning bu jarayonda ishtirok etishidagi qiziqishiga bog'liq. O'zbekiston Respublikasi konstitusiyasida fuqarolarning qo'yidagi siyosiy huquq va erkinliklari aks etgan: • birlashishga bo'lgan huquq (34-modda) • yig'ilish, miting va namoyishlar o'tkazish huquqi (33-modda) • davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish (32-modda) • fuqarolarning murojaat qilish huquqi (35-modda). Siyosiy huquq va erkinliklarning eng muhim tarkibiy qismi bu fuqarolarning birlashish huquqidir. U siyosiy partiyalarga birlashishni, professional kasaba uyushmalariga birlashish va boshqa shu kabi birlashmalar tuzish huquqlarini o'z ichiga oladi. Konstitusiyada jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylangan ko'p partiyaviylik va siyosiy xilma xillik (plyuralizm) haqida aytib o'tilgan bo'lib, bunga misol tariqasida prezident va parlament saylovlarini olishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasidagi saylov tizimi va tamoyillari Konstitusiyada (XXIII bob), “O'zbekiston Respublikasining Referendumi to'g'risida”gi (1991), “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida”gi (1991), “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida”gi (1993), “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to'g'risida”gi (1999), “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to'g'risida”gi (1994), “O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to'g'risida”gi (1998) qonun kabi qonunchilik hujjatlarida o'z aksini topgan va bu qonun hujjatlari davr o'tishi hamda davlat va jamiyat hayotidagi islohotlarni hisobga olgan holda doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling