Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi
quyidagi xususiyatli jihatlarini ajratib ko'rsatish mumkin
Download 2.94 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik va siyosiy huquqlar togrisidagi xalqaro paktga Ikkinchi Fakultativ protokol olim jazosini bekor qilishga qaratilgan bolib, BMT Bosh Assambleyasi
- 5.4. Inson huquqlari boyicha xalqaro konvensiyalar
- Muayyan inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan BMT asosiy xalqaro shartnomalari qatoriga quyidagilar kiradi
- Ayollarga nisbatan barcha korinishdagi kamsitishlarga barham berish togrisidagi konvensiya
- Bola huquqlari togrisidagi konvensiya 20 noyabr 1989 yilda qabul qilingan va 2 sentyabr 1990 yilda kuchga kirgan. Uning asosiy maqsadi bola manfaatlarini
- Bola huquqlari togrisidagi konvensiyaning asosiy tarkibi quyidagilardan iborat: birinchidan
- Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, noinsoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi Konvensiya 10 dekabr
- Konvensiyaning muhim oziga xos jihatlari quyidagilardan iborat: birinchidan
- Mazkur Konvensiyaning amalga oshirilishini qiynoqlarga qarshi Qomita kuzatadi. Irqiy kamsitishning barcha turlarini yoq qilish togrisidagi Xalqaro konvensiya
- Ushbu Konvensiyaning amalga oshirilishini irqiy kamsitishni tugatish Qomitasi kuzatadi.
- 5.5. Inson huquqlari sohasidagi mintaqaviy xalqaro hujjatlar
- Har bir mintaqaviy manba xalqaro yoki boshqa mintaqaviy manba bilan taqqoslaganda oziga xos xususiyatlari mavjud.
- Yevropa Kengashi doirasida umumetirof etilgan inson huquqlari yevropa tizimining asosiy manbalari quyidagilardan iborat
- Amerika davlatlari tashkilotining Nizomi tasdiqlangan Konferensiyada shuningdek, inson huquq va majburiyatlari Amerika deklarasiyasi ham qabul
quyidagi xususiyatli jihatlarini ajratib ko'rsatish mumkin: birinchidan, davlatlar uchun majburiy toifaga mansub bo'lgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar ro'yxati aniqlangan; ikkinchidan, xalqaro standartdagi huquqlarning har biri davlatlarning tegishli qonunchiligida o'z aksini topishi lozimligi shakllantirilgan; uchinchidan, davlatlarning e'lon qilingan huquqlarni tan olishi va ta'minlashi majburiyati o'rnatilgan; to'rtinchidan, Paktda e'lon qilingan huquqlarni amalga oshirishning mexanizmlari mustahkamlangan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt va uning birinchi Fakultativ protokoli 1976 yil 23 martda kuchga kirgan. Mazkur Paktning qabul qilinishi unda ko'rsatilgan huquqlarning tabiiy, begonalashtirilmaslik xususiyat kasb etishi, hayot, sha'n, inson qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizlik, e'tiqod erkinligi va shaxsiy hayot kabi yuqori qimmatliklar bilan aloqadorligi bilan asoslanadi. Inson huquqlari nazariyasida bu huquqlar birinchi avlod huquqlari hisoblanadi va “negativ huquqlar” sifatida nomlanadi, chunki aynan davlat hokimiyati tomonidan tajovuzlardan alohida himoyaga muhtojdir. Ushbu Paktga birlashish erkinligi, so'z erkinligi, davlat boshqaruvida qatnashish huquqi, saylov huquqi kabi birinchi avlod huquqlariga kiruvchi va xalqaro huquq nuqtai nazaridan inson shaxsi rivojlanishi va uning davlat bilan o'zaro munosabati bilan bog'liqligi sababli o'ta muhim sanaladigan siyosiy huquqlar kiritilgan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt yuridik tarkibining o'ziga xosligi shundaki, Paktning har bir moddasida belgilab berilgan har bir huquq mazkur huquqni amalga oshirishning aniq mexanizmini qamrab olgan va bu huquqlarni amalga oshirish uchun qonunchilik, ma'muriy va boshqa choralarni ko'rish har bir davlatning majburiyati hisoblanadi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning kuchga kirishi bilan xalqaro inson huquqlari huquqi taraqqiyoti yangi bosqichga ko'tarildi. Xalqaro huquq tarixida birinchi marta individ o'z huquqlarining himoyasi uchun BMT xalqaro organlariga murojaat qilish huquqiga ega bo'ldi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt doirasida bunday organ Inson huquqlari bo'yicha qo'mita bo'lib, u nafaqat individual murojaatlar, balki milliy hisobotlar asosida ham Paktga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Paktning bu xususiyatlari uni nafaqat inson huquqlari sohasida, balki butun xalqaro huquq sohasida ham muhim ahamiyat kasb etuvchi hujjatga aylantiradi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt muqaddima va olti qismdan iborat. I qism xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga bag'ishlangan bitta moddadan iborat. II qismi 2–5-moddalarni o'z ichiga oladi. Bu moddalar davlatlarga Paktda ko'rsatilgan huquqlarni hurmat qilish va hyech qanday kamsitishlarsiz ta'minlash majburiyatini yuklaydi. 2-moddaning 3-qismi bevosita davlatlarga vakolatli sud, ma'muriy yoki qonunchilik hokimiyati tomonidan sud himoyasi imkoniyatlarini kengaytirib, huquqiy himoya vositalarini o'rnatish majburiyatini yuklaydi. Bundan tashqari, 3-modda 62 davlatlarga erkaklar va ayollarga teng fuqarolik va siyosiy huquqlardan foydalanishni ta'minlash majburiyatini yuklaydi. Ushbu bobda davlatda favqulodda vaziyatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash va bunday vaziyatlarda inson huquqlari cheklanishlarini tartibga soluvchi norma berilgan. III qism 22 ta modda (6–27-moddalar)dan iborat va Paktning eng katta qismi hisoblanadi. Unda bevosita ham shaxsiy va siyosiy huquqlar, ham ularni amalga oshirish mexanizmlari ko'rib chiqiladi. 6-modda shaxsning ajralmas huquqi sifatida yashash huquqini mustahkamlaydi. Modda oltita punktdan iborat bo'lib, mamlakatda o'lim jazosi mavjud bo'lsa uni eng og'ir jinoyatlar uchungina qo'llashni; o'lim jazosi belgilanganda avf etishni so'rash yoki hukmni yengillashtirishni so'rash huquqini; o'lim jazosini 18 yoshga to'lmagan shaxs va xomilador ayllarga nisbatan qo'llamaslikni nazarda tutadi. Pakt o'lim jazosini to'liq bekor qilishni nazarda tutmaganligi bois Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktga Ikkinchi Fakultativ protokol qabul qilingan bo'lib, ushbu Protokol ishtirokchi-davlatlarga o'lim jazosidan voz kechish majburiyatini yuklaydi. Paktning bu qismi qiynoqlar (7-modda), qullik, qullar savdosi va majburiy mehnatni (8-modda) butunlay taqiqlashni nazarda tutadi. Paktda ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi hamda ular bilan muomalada bo'lish; o'zboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilish yoki ushlab turishni taqiqlash; ozodlikdan mahrum qilish qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshirilishi (9, 10-modda)ga alohida e'tibor qaratiladi. Paktda bir joydan ikkinchi joyga ko'chib yurish erkinligi va erkin yashash joyi tanlash huquqini ham nazarda tutadi. Shu bilan birga, bu huquqni tartibga soluvchi 12-modda davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi sog'ligi va ahloq qoidalari, boshqa shaxslar huquq va erkinliklarini muhofaza qilish maqsadida qonunda nazarda tutilgan hollarda bu huquq cheklanishi mumkinligini mustahkamlaydi. Bu turdagi cheklovlar namoyishlar o'tqazish, erkin fikr bildirish, erkin fikrlash, din va e'tiqod erkinligi, tinch yig'ilishlarga bo'lgan huquqlarga ham tatbiq qilinadi. Paktning 14-, 15- va 26-moddalari aybsizlik prezumpsiyasi, adolatli sudlov, jinoyat prosessining barcha bosqichlarida ayblanuvchining huquqlarini ta'minlashni o'z ichiga oluvchi qonun va sud oldida tenglikni ta'minlashni nazarda tutadi. Alohida modda bilan har bir shaxsning huquq subyektliligini tan olinishiga bo'lgan huquqi mustahkamlangan (16-modda). Pakt shaxsiy va oilaviy hayotgan o'zboshimchalik bilan va noqonuniy aralashuvlarni taqiqlaydi, uy-joy daxlsizligi va yozishmalar sirini muhofaza etadi (17-modda). Paktning 18–19-moddalari fikrlash erkinligi, din va e'tiqod erkinligi, shuningdek, to'sqinliklarsiz o'z fikrini qo'llab-quvvatlash huquqiga bag'ishlangan. Shu bilan birga har qanday urushni targ'ib qilish, milliy, irqiy yoki diniy adovatni qo'llab-quvvatlab chiqish taqiqlanadi. Paktda tinch yig'ilishlar o'tqazish huquqi va birlashish erkinligi aniq tartibga solingan (21–22-moddalar). Pakt jamiyat va davlat tomonidan oilani himoya qilish, shuningdek bola huquqlariga alohida moddalarni ko'zda tutadi (23–24-moddalar). Ta'kidlash joizki, aynan Paktning 63 ushbu qoidalari keyinchalik Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya, Ayollarga nisbatan barcha turdagi kamsitishni yo'q qilish to'g'risidagi Konvensiyalarida o'z aksini topgan. Paktning 25-moddasi davlat ishlarini olib borishda ishtirok etish huquqi, ovoz berish va saylanish, shuningdek teng asoslarda davlat xizmatiga yollanish kabi siyosiy huquqlarini amalga oshirishga bag'ishlangan. Paktda shuningdek yana bir moddada etnik va diniy ozchiliklarning boshqa a'zolar bilan birgalikda o'zining madaniyatidan foydalanish, o'z diniga e'tiqod qilish, shuningdek ona tilidan foydalanish huquqini tartibga solish mustahkamlangan. Paktning IV qismi (28–45-moddalar) inson huquqlari bo'yicha Qo'mitaning tarkibi, funksiyalari va vakolatlari, bu organga ishtirokchi-davlatlarning hisobot topshirish majburiyati, shuningdek, davlatlararo xabarlarni taqdim qilish va ularni ko'rib chiqish tartibini belgilab beradi. Paktning V va VI qismlari yakuniy qoidalar va mazkur Paktni imzolash, ratifikasiya qilish va amal qilishiga bag'ishlanadi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktga Ikkinchi Fakultativ protokol o'lim jazosini bekor qilishga qaratilgan bo'lib, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 15 dekabr 1989 yilda qabul qilingan. 31 dekabr 2010 yil holatiga 26 ta mamlakat ikkinchi Protokol bo'yicha majburiyatlarni olishga rozilik bildirganlar; bu majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni inson huquqlari bo'yicha Qo'mita tomonidan amalga oshiriladi. Shunday qilib, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt keng qamrovli hujjat bo'lib, unda fuqarolik va siyosiy huquqlarning barcha ko'rinishlari bo'yicha xalqaro standartlar batafsil mustahkamlangan. Shunga qaramasdan ushbu qoidalarning ko'pchiligi keyinchalik takomillashtirilib va aniqlik qiritilib, Ayollarga nisbatan barcha turdagi kamsitishni yo'q qilish to'g'risidagi Konvensiya, Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya, Qiynoqlarga qarshi Konvensiyalar kabi boshqa inson huquqlari bo'yicha xalqaro hujjatlarda o'z aksini topgan. 5.4. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro konvensiyalar Ikkita asosiy xalqaro paktdan tashqari paktlardagi g'oyaning mantiqiy davomi sifatida ta'kidlash mumkin bo'lgan boshqa universal davlatlararo hujjatlar mavjud bo'lib, ularda inson huquqlari va erkinliklari nisbatan aniqroq ko'rib chiqiladi. Bu hujjatlarda ayollarga nisbatan kamsitishni yo'qotish, bola huquqlarini himoya qilish, qiynoqlar va irqiy kamsitishni taqiqlash masalalari ko'rib chiqiladi. Ular mazmuniga ko'ra inson huquqlari bo'yicha Xalqaro billda bo'lmagan yoki yetarli darajada inobatga olinmagan holatlarni to'ldiradi va aniqlashtiradi. Bu universal hujjatlar qiynoqlar va irqiy kamsitish yoki nisbatan kamroq himoyalangan shaxslar guruhi (ayollar, bolalar, mehnatkash-migrantlar) kabi inson huquqlari buzilishining aniq ko'rinishlari bo'yicha xalqaro huquqiy aktlardir. Muayyan inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan BMT asosiy xalqaro shartnomalari qatoriga quyidagilar kiradi: • Ayollarga nisbatan barcha ko'rinishdagi kamsitishni yo'q qilish to'g'risidagi Konvensiya (1979 y.); 64 • Bola huquqlari to'g'risida Konvensiya (1989 y.); • Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya (1984 y.); • Irqiy kamsitishning barcha turlarini yo'q qilish to'g'risidagi Xalqaro konvensiya (1965 y.): • Mehnatkash-migrantlar va ularning oila a'zolarini himoya qilish to'g'risidagi Xalqaro konvensiya (1990 y.); • Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya (2006 y.) va boshqalar. Ikkita Paktga qo'shimcha ravishda to'rtta katta maxsus xalqaro shartnoma ushbu paktlarga amal qilinishini nazorat qilish maqsadida inson huquqlari bo'yicha ekspertlar qo'mitasini tashkil qilishni ko'zda tutadi. Bunday shartnomalarning ishtirokchi-davlatlari tegishli qo'mitalarga shartnomalarning bajarilishi va bunda vujudga kelayotgan muammolar ko'rsatilgan doimiy hisobotlar taqdim etishga rozilik bildiradilar. Qo'mita bu hisobotlarni va o'zi ega bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday boshqa ma'lumotlarni ko'rib chiqib, davlatga o'z zimmasiga olgan huquqiy majburiyatlarni bajarishga ko'maklashish maqsadida tavsiyanomalar berishi mumkin. Ushbu konvensiyalarning tafsilotiga qisqacha to'xtalib o'tamiz. Ayollarga nisbatan barcha ko'rinishdagi kamsitishlarga barham berish to'g'risidagi konvensiya 1974–1979 yillarda BMT turli organlari tomonidan ayollar holati bo'yicha Komissiya rahbarligida tayyorlangan bo'lib, 1979 yil 18 dekabrda qabul qilingan va 1981 yilda kuchga kirgan. Konvensiyaning 1-moddasida ayollarga nisbatan kamsitish tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi: bu “ayollarning oilaviy sharoitidan qat'i nazar, erkak va ayollarning teng huquqliligi asosida tan olinishi, qo'llanishi yoki amalga oshirilishini susaytirish yoki yo'qqa chiqarishga qaratilgan jinsiy belgi bo'yicha ko'ra har qanday farqlash, istisno qilish yoki cheklashni anglatadi”. 2-moddaga muvofiq, ushbu Konvensiya ishtirokchisiga aylangan davlatlar quyidagi majburiyatlarni oladilar: birinchidan, erkaklar bilan ayollarning teng huquqliligi prinsipini, agarda bu hozirgacha kilinmagan bo'lsa, milliy konstitusiyalar va boshqa tegishli qonunlarga kiritish hamda qonun va boshqa tegishli vositalar yordamida ushbu prinsipning amaliyotga joriy etilishini ta'minlash; ikkinchidan, xotin-qizlarning har qanday kamsitilishini taqiqlovchi tegishli qonunchilik choralari va boshqa choralarni ko'rish, jumladan zarur bo'lganda jazolarni qo'llash; uchinchidan, ayollar huquqlariga erkaklar bilan teng asosda yuridik himoya belgilash, tegishli milliy sudlar va davlat muassasalari yordamida xotin-qizlarning har qanday kamsitilishdan samarali himoya qilinishini ta'minlash; to'rtinchidan, har qanday shaxs, tashkilot yoki korxona tomonidan xotin-qizlarning kamsitilishini bartaraf etish uchun barcha tegishli choralarni ko'rish; beshinchidan, xotin-qizlarni kamsituvchi mavjud qonunlar, qarorlar, urf-odatlar va amaliyotni o'zgartirish yoki bekor qilish uchun barcha tegishli choralarni, shu jumladan qonunchilik choralarini ko'rish; 65 Konvensiyani amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida ayollarga nisbatan kamsitishlarni barham qilish Qo'mitasi tashkil qilinadi. Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya 20 noyabr 1989 yilda qabul qilingan va 2 sentyabr 1990 yilda kuchga kirgan. Uning asosiy maqsadi bola manfaatlarini yuqori himoyasini ta'minlashdan iborat. Konvensiya uni ratifikasiya qilgan davlatlarni bolalar o'z mamlakatlarining ijtimoiy hayotida faol va ijodiy qatnashishlari mumkin bo'lgan sharoitlarni yaratishga chorlaydi. Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaning asosiy tarkibi quyidagilardan iborat: birinchidan, 18 yoshga to'lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi, agar milliy qonunchilik voyaga yetishning yoshroq yoshini nazarda tutmagan bo'lsa; ikkinchidan, Konvensiya fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarning butun majmuini qamrab oladi va bir huquqning amalga oshirilishi ikkinchi huquqning amalga oshirilishidan ajralmasligini tan oladi; uchinchidan, o'z intellektual, axloqiy va ruhiy imkoniyatlarini rivojlantirish uchun bolaga zarur erkinlik atrof-muhitning sog'lomliligi va xavfsizligi darajasi, sog'liqni saqlashga imkoniyatlarning mavjudligi va ovqatlanish, kiyim va uy-joyga bog'liqligini Konvensiya ko'rsatib beradi; to'rtinchidan, Konvensiyaning muhim prinsipi bu kamsitish qilmaslikdir. Bolalar o'z huquqlaridan irqi, terisining rangi, jinsi, tili, kelib chiqishi, mulkiy holati, sog'lig'ining holati va bolaning tug'ilishi, ota-onasi yoki qonuniy vasiylari yoki boshqa har qanday holatlardan qat'iy nazar hyech qanday kamsitishsiz foydalanishlari lozim; beshinchidan, Konvensiya bolalarni ekspluatasiyaning har qanday ko'rinishidan himoya qilib, milliy ozchilik vakillari va tub xalqlarning bolalari masalasi, shuningdek, giyohvandlik vositalarini suiste'mol qilish va bolalarga g'amxo'rlikning mavjud emasligini ko'rib chiqib, inson huquqlarining huquqiy chegaralarini kengaytiradi; oltinchidan, Konvensiyada jinoiy faoliyatga jalb qilingan bolalar huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan aniq qoidalar mavjud; yettinchidan, Konvensiya oila va ota-onaning bolalarga g'amxo'rligi va ularning himoyasidagi muhim rolini, shuningdek, davlatning ota-onalarga o'z majburiyatlarini bajarishda yordamlashish majburiyatini tan oladi. Ushbu Konvensiyaga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish bola huquqlari bo'yicha Qo'mitaga yuklatilgan. Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, noinsoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi Konvensiya 10 dekabr 1984 yilda qabul qilingan va 26 iyun 1987 yilda kuchga kirgan. Konvensiyaning qatnashchi-davlatlari o'z yurisdiksiyalaridagi har qanday hududda qiynash aktlarining oldini olish uchun samarali qonunchilik, ma'muriy, sud va boshqa choralarni qo'llash majburiyatini oladilar. Urush holatimi yoki urush xavfimi, ichki siyosiy berqarorlikmi yoki boshqa istalgan favqulodda holat ekanligidan qat'i nazar, qiynoqni oqlashga xizmat qilolmaydi. Konvensiyaning muhim o'ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, u ishtirokchi-davlatlar o'z milliy qonunchiligida qiynoqlarni to'liq taqiqlashini nazarda tutadi; 66 ikkinchidan, unda yuqori turuvchi rahbar buyrug'i va hyech qanday istisno holatlar qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari va jazolarni oqlash uchun xizmat qilmasligi mustahkamlangan; uchinchidan, u har qanday qiynoqni qo'llagan shaxs har qanday ishtirokchi-davlat hududida sud ta'qibiga olinishi mumkinligini o'rnatadi. Har qanday qiynoq aktini sodir qilganlikda gumon qilinayotgan shaxs sud javobgarligiga tortilishi yoki sud javobgarligiga tortish maqsadida hududida jinoyat sodir qilgan qatnashchi-davlatga ushlab berilishi mumkin; to'rtinchidan, u agar qaysidir ishtirokchi-davlat hududida tizimli qiynoqlar qo'llanilishi haqida ishonchli ma'lumotlar mavjud bo'lganda xalqaro surishtiruvni amalga oshirishni ko'zda tutadi. Ishtirokchi-davlatning roziligi bilan bunday surishtiruv uning hududini ko'zdan kechirishni ham ko'zda tutishi mumkin. Mazkur Konvensiyaning amalga oshirilishini qiynoqlarga qarshi Qo'mita kuzatadi. Irqiy kamsitishning barcha turlarini yo'q qilish to'g'risidagi Xalqaro konvensiya 21 dekabr 1965 yilda qabul qilingan va 4 yanvar 1969 yilda kuchga kirgan. U har bir shaxsga tenglik va kamsitmaslik prinsipini to'liq amalga oshirishni kafolatlaydi. Konvensiya irqiy kamsitishlarni barcha shakllarida va ko'rinishlarini yo'q qilish, oldini olish va irqiylik nazariyalari va amaliyotini tugatish, hamda barcha irqiy segregasiya va irqiy kamsitishlardan holi bo'lgan xalqaro jamiyat yaratishga yo'naltirilgan. Mazkur Konvensiyaning ishtirokchi-davlatlari irqiy kamsitishlarni uning barcha shakllarida yo'q qilish va irqi, terisining rangi, milliy yoki etnik kelib chiqishidan qat'iy nazar qonun oldida tenglikni kafolatlash, shuningdek, inson huquq va erkinliklarini amalga oshirishni ta'minlash majburiyatini oladilar. Bunday huquqlar qatoriga mehnat qilish huquqi, kasaba uyushmalariga birlashish va uy-joyga bo'lgan huquqlar aniq qilib kiritilgan. Ushbu Konvensiyaning amalga oshirilishini irqiy kamsitishni tugatish Qo'mitasi kuzatadi. Yuqorida sanab o'tilgan konvensiyalar bir tomondan, inson huquqlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishning asosiy xalqaro mexanizmi bo'lsa, ikkinchi tomondan, inson huquqlari bo'yicha milliy qonunchilikni takomillashtirish mexanizmlarini taklif qiladi. 5.5. Inson huquqlari sohasidagi mintaqaviy xalqaro hujjatlar 1948 yilda Inson huquq va majburiyatlari Amerika deklarasiyasi qabul qilingan. 1950 yilda Yevropa Kengashi Inson huquq va asosiy erkinliklarining himoyasi to'g'risidagi Yevropa konvensiyasini. 1960 yilda Yevropa ijtimoiy xartiyasini qabul qildi. 1969 yilda Amerika qit'asi davlatlari Inson huquqlari to'g'risidagi Amerika konvensiyasini tasdiqladilar; Afrika davlatlari — Afrika birligi tashkiloti a'zolari 1981 yilda Inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasini qabul qildilar. 67 Va nihoyat, 1994 yilda Arab davlatlari Ligasi doirasida Inson huquqlari Arab xartiyasi qabul qilindi. Har bir mintaqaviy manba xalqaro yoki boshqa mintaqaviy manba bilan taqqoslaganda o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi Konvensiyaning davlat- qatnashchilari tomonidan inson huquqlariga rioya qilinishi ustidan xalqaro nazoratni amalga oshiruvchi samarali tizim yaratishni ko'zda tutadi. Inson va xalqlar huquqlari to'g'risidagi Afrika xartiyasi kollektiv deb nomlanuvchi huquqlar kiritilgan. Amerikalararo nazorat tizimi nafaqat Konvensiya ishtirokchilariga, balki muayyan shartlarda Konvensiyaga qo'shilmagan Amerika davlatlari tashkiloti a'zolariga ham tatbiq qilinadi. Yevropa Kengashi doirasida umume'tirof etilgan inson huquqlari yevropa tizimining asosiy manbalari quyidagilardan iborat: 1. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risida Yevropa konvensiyasi (1950 y.); 2. Qiynoqlar va insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvsi muomala yoki jazoning oldini olish bo'yicha Yevropa konvensiyasi (1987 y.); 3. Yevropa ijtimoiy xartiyasi (1961 y.); 4. Milliy ozchiliklarni himoya qilish bo'yicha doiraviy konvensiya (1995 y.); Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risida Yevropa konvensiyasini 41 ta davlat-a'zo ratifikasiya qilgan. Ushbu mamlakatlarning har biri inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudining yurisdiksiyasi, shuningdek individual shikoyatlar berish huquqini ixtiyoriy ravishda tan oladi. Konvensiya o'zida xalqaro shartnomani mujassamlashtirib, unga ko'ra Yevropa Kengashining barcha a'zo- davlatlari o'z yurisdiksiyalarida bo'lgan shaxslarga eng asosiy ba'zi huquqlarni kafolatlash majburiyatini olganlar. Davlat-ishtirokchilarning milliy qonunchiligi Konvensiya prinsiplariga muvofiq bo'lishi lozim. Aytish mumkinki, Yevropa sudi fuqarolar erkinliklari bo'yicha G'arbiy Yevropa konstitusiyaviy sudiga aylandi. U tomonidan ko'rib chiqilgan ishlar nuqtai nazaridan Sud tomonidan yaratilgan presedent huquqi nisbatan keng va uning ahamiyati doimiy oshib bormoqda. Umume'tirof etilgan inson huquqlari amerika tizimi manbaalari tizimiga ikkita huquqiy hujjat — Amerika davlatlari tashkilotining Ustavi va inson huquqlari to'g'risidagi Amerika konvensiyasi kiradi. Amerika davlatlari tashkilotining Ustavi — inson huquq va majburiyatlari Amerika deklarasiyasi (1948 yil). Amerika davlatlari tashkilotining Ustavi 1951 yilda kuchga kirgan bo'lib, inson huquqlariga bag'ishlangan faqatgina bir nechta qoidalardan iborat. Ularda biri 5j-moddasi (muqaddam 3j-modda) bo'lib, unga ko'ra Ustavni imzolagan davlatlar individning asosiy huquqlarini irqi, millati, dini yoki jinsiga ko'ra hyech qanday ajratishlarsiz rioya qilish majburiyatini oladilar. Inson huquqlariga havola qilish 16-modda (muqaddam 13-modda) da mavjud. Amerika davlatlari tashkilotining Nizomi tasdiqlangan Konferensiyada shuningdek, inson huquq va majburiyatlari Amerika deklarasiyasi ham qabul qilingan bo'lib, unda 27 ta inson huquqlari va 10 ta majburiyati e'lon qilingan. 68 Inson huquqlari to'g'risidagi Amerika konvensiyasi (1969 yil) 12 xil umumiy kategoriyadagi fuqarolik va siyosiy huquqlarni, masalan huquq subyektliligini tan olish huquqi, yashash huquqi, insoniy muomalaga, adolatli sudlovga, mulkka, birlashish erkinligiga bo'lgan huquqlarni kafolatlaydi. Konvensiyaga qo'shimcha protokol iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga oid bo'lib, San-Salvador protokoli sifatida nom qozongan va 1988 yilda qabul qilingan. Download 2.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling