Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi
Inson huquqlarining ilk bor mustahkamlanishi milliy xartiyalar
Download 2.94 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xabeas Korpus Akti, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Mustaqillik deklaratsiyasi, AQSH Konstitutsiyasi va huquqlar to‘g‘risidagi Bill
- 1945 yili Birlashgan Millatlar Tashkilotini tuzilishning asosiy maqsadlardan biri Inson huquqlari va asosiy
- Fuqarolik va siyosiy huquqlar
- Inson huquqlari to‘g‘risidagi Xalqaro Bill
- Endilikda dunyodagi aksariyat ko‘pgina mamlakatlarning konstitutsiyaviy qonunchiligidan inson huquqlari to‘g‘risidagi asosiy xalqaro hujjatlarga mos
- Xozirgi zamon tushunchasida “inson huquqlari” va “fuqaro huquq lari” zamonaviy tushunchada u yoki bu mamlakatning qonunlarida mustahkamlanganligi
- 2.2. Inson huquqlari konsepsiyasining rivojlanish bosqichlari
- Inson huquqlari — insonning huquqiy layoqatliligi va huquq subyekti ekanining e’tirof etilishidir.
- Erkinlikning buyuk xartiyasi
- 1789 yilgi “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi”
- 1789 yili fransuz Deklaratsiyasida e’lon qilingan inson va fuqaro huquq va erkinliklari
- AQShning 1776 yildagi Mustaqillik deklaratsiyasi, AQSh Konstitutsiyasi va hokazo)
- Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
- Birinchi avlodga shaxsiy (fuqarolik) va siyosiy huquqlar kiradi.
- Inson huquqlarining ikkinchi avlodi
Inson huquqlarining ilk bor mustahkamlanishi milliy xartiyalar, deklaratsiyalar, konstitutsiya normalari shaklida amalga oshirilgan. 1789 yildagi Inson va fuqaro huquqlari fransuz deklaratsiyasi ancha ta’sirchan qonunchilik hujjati bo‘lib xizmat qiladi va uning tarixda shaxs huquq va erkinliklarining e’tirof etilishi va himoyasining muhim belgisi bo‘lganligi bejiz emas. Deklaratsiyadagi demokratik tezisning e’tiborga molik jihati shundaki, unga ko‘ra, huquqlardan foydalanish ta’minlanmaydigan, hokimiyatlar bo‘linishi amalga oshirilmagan jamiyat konstitutsiyaviy hisoblanmaydi (16-m.). Shaxsiy hayot, mulk, xavfsizlik sohasidagi, hokimiyatning javobgarligi, jumladan diniy va boshqa fikr-mulohazalar tabiiy, ajralmas va muqaddas huquq va erkinliklarga kiritilgan. Fransuz Deklaratsiyasi bilan bir qatorda tarixda inson va fuqaro huquqlari ifodalangan ingliz Xabeas Korpus Akti, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Mustaqillik deklaratsiyasi, AQSH Konstitutsiyasi va huquqlar to‘g‘risidagi Bill hamda boshqa bir qator hujjatlar ham muayyan ahamiyatiga ko‘ra ajralib turadi. XX asrning boshlarida shaxs va davlat o‘rtasida asosiy huquq va erkinliklarning e’tirof etilishiga asoslangan shartnoma munosabatlari prinsipi Yevropa, Lotin Amerikasi va mustamlakachilik asoratidan xalos bo‘lgan bir qator Osiyo davlatlarida qonuniy asosda qabul qilindi. Ushbu jarayon asta-sekin mustaqillikka erishgan Afrika va Osiyo davlatlariga ham yoyildi. Ayniqsa, kishilarning bir davlat kuchi bilan huquq va erkinliklarni to‘liq va kerakli darajada himoya qilib bo‘lmasligiga ishonchi orta boshladi. Xalqaro gumanitar aloqalarga bo‘lgan ehtiyoj tobora o‘sib bordi. Inson huquqlarining, birinchi navbatda. har kimning yashash huquqini dahshatli va ommaviy ravishda buzilishiga olib kelgan Ikkinchi jahon urushi mazkur sohada davlatlar va xalqlarning o‘zaro keng hamkorligiga aylanib, inson huquqlarining baynalmilallashuvida keskin burilish pallasi bo‘ldi. 1945 yili Birlashgan Millatlar Tashkilotini tuzilishning asosiy maqsadlardan biri Inson huquqlari va asosiy erkinliklari uning irqi, jinsi, tili va e’tiqodidan qat’i nazar hamma uchun bir xilda hurmat qilinishini rag‘batlantirish va rivojlantirish ekanligi bejiz emas (BMT Nizomining 1-m). 1948 yilning 10 dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan tom ma’noda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim hujjat — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi e’lon qilindi. Uning matni insoniyat oilasining hamma a’zolariga xos qadr-qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligidan iborat insonparvarona iboralar bilan boshlanadi. Deklaratsiya rasman yuridik majburiy hujjat hisoblanmasa-da, ammo aksariyat ko‘pchilik davlatlar tomonidan umume’tirof etilganligi bois, u hozirgi kunda tom ma’noda shunday hujjatga aylandi. Keyinchalik BMT boshchiligida inson huquqlariga bag‘ishlangan o‘nlab boshqa bir qator hujjatlar qabul qilindi. Ular qatorida Fuqarolik va siyosiy huquqlar 18 to‘g‘risidagi Xalqaro pakt (unga 1966 yildagi tegishli fakultativ protokolni ham qo‘shib) va Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakt alohida ahamiyatiga ko‘ra ajralib turadi. Ular shartnomalar sifatida namoyon bo‘ladi va ishtirokchi tomonlar uchun majburiy yuridik kuchga ega bo‘lib, ularning har biri rasmiy ravishda mazkur hujjatlarning qoidalariga rioya qilishga rozi bo‘ladi. Yuqorida zikr etilgan Deklaratsiya va Paktlar yig‘indisi Inson huquqlari to‘g‘risidagi Xalqaro Bill deb ataladi. U ijtimoiy turmushning barcha sohalarida individning eng muhim huquq va erkinliklari ro‘yxatini o‘z ichiga oladi va davlatlarning shaxsning huquqiy maqomini qonuniy mustahkamlashiga yo‘naltirilgan umumiy demokratik andoza sifatida xizmat qiladi. Bu o‘rinda yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, qiynoq hamda boshqa shafqatsiz muomala va jazo turlaridan ozod bo‘lish; sud orqali himoyalanish; erkin harakatlanish va yashash joyini tanlash erkinligi; turar joy daxlsizligi; so‘z erkinligi; vijdon va din erkinligi, tinch yig‘ilishlar erkinligi, mulkka egalik qilish huquqi, mehnat, dam olish, ijtimoiy ta’minot, bilim olish va boshqa shu kabi huquqlar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Aytish joizki, “inson huquqlari” va “inson erkinligi” tushunchalarining muvoziy ravishda ishlatilishi ular o‘rtasida qat’iy farq borligini bildirmaydi. Insonning shaxsiy va siyosiy turmush sohasidagi ayrim qonuniy huquqlari davlatning asossiz aralashuvidan himoyalanish maqsadida tarixan erkinlik sifatida shakllangan. Endilikda dunyodagi aksariyat ko‘pgina mamlakatlarning konstitutsiyaviy qonunchiligidan inson huquqlari to‘g‘risidagi asosiy xalqaro hujjatlarga mos keladigan insonning asosiy huquq va erkinliklari ro‘yxati joy olgan. Ular davlatlar tomonidan yuridik mustahkamlangan boshqa huquqlar bilan birgalikda u yoki bu mamlakat inson va fuqarolarining huquq va erkinliklari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunda muayyan-tarixiy va milliy xususiyatlar, iqtisodiy va siyosiy-huquqiy tuzilish, axloqiy an’analar va shu kabilar hisobga olinadi. Bu yerda “inson huquqlari” va “fuqaro huquqlari” tushunchalarining asoslantirilgan mutanosibligi yotadi. Xozirgi zamon tushunchasida “inson huquqlari” va “fuqaro huquq lari” zamonaviy tushunchada u yoki bu mamlakatning qonunlarida mustahkamlanganligi, shaxsning fuqaroligidan qat’i nazar, umumijtimoiy, falsafiy, axloqiy, tabiiy ravishda vujudga keluvchi va ajralmas qat’iy-yuridik mezon sifatida e’tirof etiladi. Fuqaro huquqlari faqat muayyan davlatning normativ hujjatlari bilan o‘rnatiladi va bir vaqtning o‘zida uning ma’lum fuqarolik majburiyatlari ham belgilab qo‘yiladi. Tabiiy huqlarni tan olmagan holda,ularni o‘zboshimchalik bilan cheklash, amalga oshirildishiga to‘sqinlik qilish, asossiz ravishda taqiqlar kiritish orqali har qanday davlat, agar bunday taqiqlarni narmativ ravishda qonunlashtirsa, qonunga xilof foliyat yuritgan bo‘ladi. Agar, hatto inson huquqlari umuman milliy qonunchilikda mustahkamlanmagan bo‘lsa ham ular yuridik kuchidan, yuksak ma’naviy salohiyatidan mahrum bo‘lmaydi. Xalqaro huquqda e’tirof etilganidek, ularsiz indivit umuman mukammal hayot kechira olmaydi. Inson huquqlari sohasidagi cheklash haqida so‘z yuritganda, bu haqida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 29-moddasida umumiy tartibda quyidagilar keltirib o‘tilgan: 19 1. Har bir inson jamiyat oldida burchlidir, faqat shu holatdagina uning shaxsi erkin va to‘liq kamol topishi mumkin. 2. Har bir inson o‘z huquqi va erkinliklaridan foydalanishda o‘zgalarning huquq va erkinliklarini demokratik jamiyatda yetarli darajada bo‘lishini hamda hurmat qilinishini ta’minlash, axloq, jamoat tartibi, umum farovonligining odilona talablarini qondirish maqsadidagina qonunda belgilangan cheklanishlarga rioya etishi kerak. 3. Ushbu huquq va erkinliklarni amalga oshirish Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsad va prinsiplariga aslo zid bo‘lmasligi kerak. Ota-onalarning bolalarni himoya qilishga majburiyligi, hozirda ham eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, dunyoning ko‘plab mamlakatlarining qonunchiligida o‘z tasdig‘ini topgan. “Bolalar sog‘lig‘ini himoyalash va ularning o‘sishini ta’minlash” haqidagi 1990 yil 30 sentabrda qabul qilingan Umumjahon Deklaratsiyaning 18-moddasida: “Jamiyatning barcha muassasalari, ota-ona va boshqa vasiylarning bolalarini oila sharoitida boqish va ularga g‘amxurlik ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan urinishlarni hurmat qilishlari va qo‘llab-quvvatlashlari zarur” deyiladi. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 25-moddasining birinchi qismida “Har bir inson o‘zining hamda oilasining salomatlik va farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan turmush darajasiga ega bo‘lish, jumladan kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va zarur ijtimoiy xizmatga ega bo‘lishga hamda ishsizlik, kassalik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga ko‘ra tirikchilik uchun mablag‘ bo‘lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga ega”, 1 – deyiladi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 25-moddasining ikkinchi qismida. “Onalik va bolalik alohida g‘amxurlik va yordam huquqini beradi. Barcha bolalar, nikohda yoki nikohdan tashqarida tug‘ilishdan qati nazar, bir xil ijtimoiy himoyadan foydalanishi kerak 2 . Ota-ona o‘z burch va majburiyatlarini to‘g‘ri anglagan holda, bolaning rivojlanishiga shart-sharoit yaratmoqlari lozimligi O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksida mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Oila kodeksining 11-bobida voyaga yetmagan bolalarning oilada yashash huquqi, ota-onalarning bag‘rida, qarindosh-urug‘i qamrovida tarbiyalanish, o‘z ism-familiyasiga ega bo‘lish va uni o‘zgartirishga doir huquqlari qonunlashtirilgan. “Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to‘la muomala layoqatiga ega deb e’tirof etilsa, u o‘z huquq va majburiyatlarini, shu jumladan himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir”. Shu tarzda xulosa qilsa bo‘ladi, inson huquqlari barcha huquq sohalariga qaraganda alohida ahamiyat kasb etadi, chunki unda butun insoniyatning hayoti, erkinligi, qadr- qimmati, shaxsiy mustaqilligi kabi asosiy qadriyatlari alohida to‘la mujassamlashadi. Ushbu qadriyatlar inson huquqlarida o‘zining normativ mustahkamlangan aksini topib huquqiy vositalar va institutlar ko‘magida amalga oshirilishi kafolatlanadi. Ammo inson huquqlari konsepsiyasining ichki mazmuni va maqsadi faqatgina qonuniy tartibga solishning tor doirasi bilangina cheklanib qolmaydi. Sivilizatsiyalashgan 1 Qarang: Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Deklaratsiyaning 60 yilligiga bag’ishlangan nashr 1948–2008. — B. 10. 2 Ko‘rsatilgan manba, o‘sha joy. 20 jamiyatda inson huqularni ta’minlashni huquqiy usullari standartlar va umumiy hayot normadagi muammolarining muhim qismi hisoblanadi. Inson huquqlari sohasidagi boshqa qo‘shimcha huquqiy kafolatlar boshqa me’yoriy-qadriyat tizimlarida va eng avvalo, axloqiy tizimda aks etadi. O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish borasida tizimliylik asosida ishlar olib borilmoqda, bir qator qonunchilik hujjatlari tizimi ishlab chiqilgan va qabul qilingan, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish milliy institutlari tashkil etilgan va samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Ko‘pchilik demokratik davlatlar tajribasi inson huquqlari, va ayniqsa, birinchi avlod deb ataladigan 1 huquq va erkinliklarning ta’minlash va himoya qilishning milliy darajadagi samarali mexanizmini yaratmay turib, fuqarolik jamiyati va demokratik davlatni shakllantirib bo‘lmasligini isbot qildi. Shaxsiy huquq va erkinliklarning aniq ta’minlanishi har qanday davlatning barqaror va dinamik rivojlanishining asosi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlisida qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida ta’kidlaganidek: «… biz o‘z oldimizga qo‘ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash borasidagi sa’y-harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho berishimiz tabiiydir» 2 . Boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, inson huquqlarining hozirgi zamon konsepsiyasini, muammoning tarixi va nazariyasi bilan bog‘liq masalalarni tadqiq etish, O‘zbekiston yuridik fani oldida turgan nihoyatda dolzarb vazifa hisoblanadi. 2.2. Inson huquqlari konsepsiyasining rivojlanish bosqichlari Huquq va erkinliklarning tarixiy rivojlanish bosqichlarining xar biriga huquq subyekti bo‘lishi insonning va uning huquq va majburiyatlari, erkinligi va erksizligiga oid tasavvurlari muvofik o‘z yuridik konsepsiyasi mos va xosdir. Bu ma’noda huquq tarixi — inson huquqlariga oid oddiy, cheklangan va hozirga qadar rivojlanmagan tasavvurlarning shakllanishi va evolutsiyasi tarixidir. Eng umumiy shaklda aytish joizki, u yoki bu jamiyatda inson huquqlarining tan olinganligi va himoyalanganligi choralari uning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, umumtaraqqiy rivojlanish darajasi, insonparvarligi va liberallashganligi bilan belgilanadi. Inson huquqlari — insonning huquqiy layoqatliligi va huquq subyekti ekanining e’tirof etilishidir. Huquqiy layoqatligining hajmi va huquq subyektlarining doirasiga 1 Birinchi avlod inson huquqlariga shaxsiy (fuqarolik) va siyosiy huquqlar kiradi. 20–chizma. 2 Karimov Islom. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllanti- rish — mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. — T. 19, — T.: 2011. — B. 35–36.. 21 ko‘ra turli davrlarda ushbu xususida huquq tizimi odamlardan kimni qay darajada huquqqa ega bo‘lganligini e’irof olishi masalasida turlicha fikr yuritish mumkin. Inson huquqlari tarixi — bu odamlarni insoniylashtirish tarixi, u yoki bu munosabatlar doirasi uchun u yoki bu odamlarning inson sifatida huquqiy tan olishning tobora kengayib borishi tarixidir. Shu bois inson va fuqaro huquqlarining vujudga kelishi va rivojlanishi turli davrlar va turli jamiyatlardagi formal (huquqiy) tenglik prinsipining mazmuni evolutsiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson huquqlari to‘g‘risidagi bilimlarning rivojlanishi, ularning asta-sekin xalqaro- huquqiy mustahkamlanib borishi huquqlar katta guruhining tarixiy izchilligi haqida xulosa qilishga olib keldi va ularning rivojlanish bosqichlari sifatida tasavvur hosil qilish mumkin. Qadim zamonlarda vujudga kelgan odamlarning umumiy tengligi g‘oyasi (ya’ni shu bilan birga, odamning inson sifatidagi huquqlari g‘oyasi) o‘rta asrlarda ham amalga oshirilmagan, biroq u unutib yuborilmagan va turli pozitsiyalar, turli shakl va yo‘nalishlarda rivojlanishda (masalan, o‘rta asrning ruhoniy mualliflari, aqidaparast mafkurachilarining ijodi, o‘rta asr faylasuflari, huquqshunoslari asarlarida) davom etgan. Jumladan, “Avesto”da mujassamlangan normalar jamiyat a’zolari hayotida to‘liq tatbiq etilgan. So‘g‘d hujjatlari bunga yaqqol misol bo‘lib hisoblanadi. So‘g‘d hujjatlari o‘sha davr uchun mukammal bo‘lgan huquq tizimi va oila-nikoh normalari amal qilganligini qo‘rsatadi. Unda huquqiy munosabatlar ishtirokchilari tarkibi, ularning huquq va majburiyatlari, shartnoma shartlari , shartnomaning bajarmaganlik oqibatlari, sharnoma tuzish vaqti va joyi batafsil aks etgan. O‘sha davrlarda ushbu g‘oyaning huquqiy hujjatlardagi amaliy ifodasi muqarrar ravishda tabaqaviy-cheklanganlik xususiyatiga ega bo‘lgan hamda tabaqaviy huquq va erkinlikni (ozodlikni) mustahkamlashni o‘zida aks ettirgan. Shu bilan bir qatorda bu o‘z navbatida, inson huquq va erkinliklarining inson huquqlari to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlari bilan bog‘liq an’analari va yuridik konstruksiyalari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi tarixiy istiqbolli yo‘nalish bo‘lgan. Va inson huquqlari tarixi nuqtai nazaridan, xususan, ingliz Erkinlikning buyuk xartiyasi (1215 y.), Huquqlar to‘g‘risida petitsiya (1628 y.) Habeas Corpus Act (1679 y.), Huquqlar deklaratsiyasi (1688 y.), Huquqlar to‘g‘risidagi Bill (1689 y.), Virginiya huquqlari to‘g‘risida amerika deklaratsiyasi (1776 yil 12 iyun), Amerika Qo‘shma Shtatlarining mustaqillik deklaratsiyasi (1776 yil 4 iyun), AQSH Konstitutsiyasi (1787 y.), Huquqlar to‘g‘risidagi Bill (1789–1791 y.), Inson va fuqaro huquqlari to‘g‘risida fransuz deklaratsiyasi (1789 y.), Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948 y.) va inson huquqlari to‘g‘risidagi keyingi xalqaro paktlarning mazmunan bir-biri bilan bog‘liqligi, muayyan mantiqiy izchilligi, vorisiyligi hamda rivojlanish davrlari haqida alohida ta’kidlamoq joiz. Sanab o‘tilgan huquqiy hujjatlarning mazmunida inson huquq va erkinliklari sohasidagi yuridik norma va konstruksiyalarning mantiqiy shakllanish yo‘llarini ko‘rish mumkin; bu norma va konstruksiyalarni dastlab tabaqaviy-cheklangan variantda, keyinchalik dastlabki modelni (u yoki bu modifikatsiya va modernizatsiya 22 qilish bilan) rivojlantirish, uning mazmunini boyitish, uni ijtimoiy qatlamlar va mamlakat bo‘ylab tarqatish, va nihoyat, zamonaviy dunyo hamjamiyati tomonidan inson huquqlari sohasidagi universal xususiyatga ega bo‘lgan yutuqlar hamda ularning barcha rivojlangan davlatlar va milliy huquqiy tizimlarda tasdiqlanishidan kelib chiquvchi (davlat ichki imkoniyatlari va sa’y-harakatlari bilan uyg‘unlashgan holda) xalqaro-huquqiy shakl va vositalari e’tirof etiladi. Bu kabi barcha jarayonlarda odamlarning huquqiy tengligi (avvalo, davlatning milliy va keyin xalqaro darajada) va inson huquqlari to‘g‘risidagi qoidalarning asta- sekinlik bilan universallashuvida insonning davlatchilik sohasida ham saqlanib qolgan, tan olinish kerak bo‘lgan hamda ommaviy hokimiyat va qonunlar bilan kafolatlangan tabiiy va ajralmas huquqlariga oid tasavvurlar jiddiy rol o‘ynagan. Fransuzlarning barcha kishilarning erkinliklari va huquqiy tengligi e’lon qilingan 1789 yilgi “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi” abadiy tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda ijtimoiy shartnoma g‘oyasi ruhida har qaysi davlat uyushmasining maqsadi insonning tabiiy va ajralmas huquqlarini ta’minlashdan iborat deb qayd etilgan. Bunday huquqlarga Deklaratsiyada erkinlik, mulkchilik, xavfsizlik va kamsitishga qarshilik ko‘rsatish kabilar kiritilgan. Inson huquqlari sifatida shuningdek, fikr va mulohazani erkin shu jumladan, diniy masalalar bo‘yicha ham ifodalash huquqlari ham tan olingan. Barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi umumiy irodani ifodalash singari e’lon qilindi. Deklaratsiyada suverenitet manbai mohiyat e’tiboriga ko‘ra millatga tayanadi deb qayd etilgan. 1789 yili fransuz Deklaratsiyasida e’lon qilingan inson va fuqaro huquq va erkinliklari, umumjahon ahamiyatiga ega bo‘ldi va ijtimoiy hamda davlat tartiblarini yangilash va insonparvarlashtirish imperativiga aylandi. Inson huquq va erkinliklarining oldingi tajribasi ta’sirini (xususan, Huquqlar to‘g‘risidagi billni tashkil etish va qabul qilishda anglosakson an’analarini, AQShning 1776 yildagi Mustaqillik deklaratsiyasi, AQSh Konstitutsiyasi va hokazo) aks ettirgan bu Deklaratsiya, kelgusida, o‘z navbatida, birgalikda inson va fuqaro huquqlarini tan olish va himoya qilish, huquqiy davlat g‘oyasini tom ma’noda amalga oshirish uchun butun dunyoda “eski rejimga” qarshi kurash jarayoniga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. U inson va fuqaro huquqlari tarixida huquqiy tenglikni rivojlantirish, huquqiy davlat qurishga intilishning yangi sahifasi bo‘lib qoldi. Inson va fuqaro huquqlari sohasidagi nazariya va amaliyotning kelgusi barcha rivoji, huquqiy davlatchilik, huquqning hukmronligi, bu tarixiy hujjatning xayrli ta’sirini u yoki bu darajada his etgan va his etmoqda. 1789 yildagi Deklaratsiya butunjahon ahamiyatiga ega bo‘ldi va inson va fuqaro huquq va erkinliklarini tan olish va himoya qilishda ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi. Xalqaro hamjamiyat so‘nggi yillarda inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ishida salmoqli yo‘lni bosib o‘tdi. Avvalo, 1945 yilda BMTning asosiy maqsadlari sifatida barcha insonlarning irqi, jinsi, tili va dinidan qat’i nazar, asosiy huquq va erkinliklarini rag‘batlantirish va hurmatlashni e’lon qilgan holda BMT Ustavi, shuningdek 1948 yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilindi, Hozirgi kunga kelib, inson huquqlari sohasida bir qator shartnomalar va 23 xalqaro organlar tizimi tashkil etilgan. Ammo erishilgan barcha yutuqlarga qaramay, inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlik tizimi hozirgi kunda takomillashuvdan ancha yiroq. Bundan tashqari, hozir jahonda inson huquqlariga nisbatan ilgari mavjud bo‘lmagan yangi tahdid va da’vatlar paydo bo‘lmoqda. Bunga so‘nggi yillarda yangi shakl kasb etayotgan va tahdid doirasi tobora kengayib borayotgan terrorizm muammosini kiritish mumkin. Shu bilan bir qatorda, inson huquqlari sohasida boshqa muammolar ham mavjud hamda hozirgi kunda yangicha ahamiyat kasb etib, ularga yangicha yondashuv ehtiyoji tug‘ilmoqda. Inson huquqlarining rivojlanish bosqichlarini ko‘rib chiqayotganda inson huquqlarining avlodlari deb ataladigan davrlarga bo‘lish bilan bog‘liq yana bir vaziyatga to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Xalqaro amaliyotda umume’tirof etilgan bunday tizimlashtirishdan biri inson huquqlarining “uch avlodi” hisoblanadi. Birinchi avlodga shaxsiy (fuqarolik) va siyosiy huquqlar kiradi. Bu umume’tirof etilgan inson huquqlarining eng “eski” avlodi bo‘lib, o‘n sakkizinchi asr yevropa va amerika siyosiy-huquqiy falsafasidan o‘sib chiqqan. Ular BMTning dastlabki hujjatlari — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948 y.) va mintaqaviy bitimlarda o‘z ifodasini topgan. Bu huquqni ayrim olimlar “negativ” deb ataydilar, chunki ko‘pchilik davlatlar implementatsiya uchun biror-bir aniq harakatni bajarmasliklari mumkin, faqat ularni ayrim shaxslar tomonidan amalga oshirilishiga aralashmasliklari kerak. Bu asosan Buyuk Fransuz inqilobi vujudga keltirgan konsepsiya edi. Ushbu huquqlarga quyidagilar kiritildi: yashash huquqi; qadr-qimmat huquqi; vijdon erkinligi; harakatlanish erkinligi; shaxsiy xavfsizlik (daxlsizlik); xususiy mulk huquqi Inson huquqlarining ikkinchi avlodi — ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlar bo‘lib, «pozitiv» huquqlar deb ataladi, chunki ularning amalga oshirilishi uchun davlatning aniq harakati talab qilinadi. Ularning tan olinishi davlat bilan turli siyosiy tizimlar o‘rtasida g‘oyaviy, huquqiy kelishuvlar natijasi hisoblandi. Yevropada bunday huquqlarning tan olinishi, ehtimol mamlakatlarning ijtimoiy yo‘nalishi (oriyentatsiyasi), mehnatkashlarning o‘z huquqlari uchun kurashishi, kasaba uyushmalari harakatiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa ajab emas. Bunday huquqlarga quyidagilar kiradi: mehnat qilish huquqi; mulk huquqi; tadbirkorlik huquqi; ijtimoiy ta’minot huquqi; bilim olish huquqi; tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi; ijod erkinligi; turar joy huquqi; meros huquqi. Download 2.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling