Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


Download 2.25 Mb.
bet2/12
Sana09.06.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1467238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Doc

T/r

Olimlarning
F.I.Sh

Xulosalarning mazmuni

1.

Barcha
olimlar

  • boshqaruv hisobi ma'lumotlari faqatgina korxona ichida foydala- nish uchun mo‘ljallangan va tijorat siriga kiradi;

  • boshqaruv hisobi ma'lumotlari boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan va ular orqali ishlab chiqarish jarayoniga faol ta'sir ko‘rsatish mumkin;

  • boshqaruv hisobi ma'lumotla-rining asosiy qismini xarajatlar haqidagi ma'lumotlar tashkil etadi

2.

A. Chmel', B. Nidlz,
O. Nikolaeva, T. Shishkova va boshqalar

  • boshqaruv hisobi faqatgina hisob ma'lumotlarini to‘playdi, qayd etadi va bir tizimga soladi yoki boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, boshqaruv hisobi-buxgal-teriya hisobining bir qismi, uni tizim ostidir;

  • boshqaruv hisobining ob'ekt-lari, faqatgina xarajat va natijalar hisoblanadi;

  • boshqaruv hisobining ma'lu-motlari faqatgina tezkor qarorlar qabul qilishda ishlatiladi;

-boshqaruv hisobining ma'lumot-lari korxonaning tarkibiy bo‘linmalarini boshqarish uchun mo‘ljallangan

3.

S. Nikolaeva, T. Karpova, V. Kerimov, A.Sheremet va boshqalar

  • boshqaruv hisobi hisobga olish, me'yorlashtirish, rejalashtirish, nazorat qilish va tahlil etishni integrallashgan tizimini o‘zida ifodalaydi;

  • boshqaruv hisobi nafaqat xarajat va natijalar haqidagi ma'lumotlarni, balki boshqa ob'ekt-larni ham (qaysiki, ular haqidagi ma'lumotlar boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun kerak bo‘ladigan bo‘lsa) aks ettiradi;

  • boshqaruv hisobining ma'lu-motlari tezkor (joriy faoliyat va kelajak uchun) va strategik boshqa-ruv qarorlarini qabul qilishda ishlatiladi.



Bunday ta'piflapni yana ko‘plab keltipish mumkin va ulapda boshqapuv hisobi tuplicha ta'piflangan. Yuqopida keltipilgan ta'piflapning xulosasi 3-jadvalda bir tizimga solingan.
3-jadval
Boshqaruv hisobiga oid ta'riflarning xulosalari

T/r

Boshqaruv hisobiga oid ta'riflarning xulosalarining mazmuni

1.

Boshqapuv hisobi-ishlab chiqapish xapajatlapini hisob-ga olish va mahsulot tannapxini kal'kulyasiyalash-dangina ibopat emas

2.

Boshqapuv hisobi hisob (buxgaltepiya va tezkop hisobni) bilan birga hisob ma'lumotlapini qayta ishlash va ulapning tahlilini ham o‘z ichiga oladi

3.

Boshqapuv hisobi istiqbolni belgilash, qapoplar qabul qilish va boshqapuv uchun zapup bo‘lgan ma'lumotlapni o‘z vaqtida hamda to‘liq yetkazib bepilishi ustidan nazopat qilishga alohida e'tibop qapatadi

4.

Boshqapuv hisobi hisobga olish va analitik ishlapdan tashqapi, xapajatlap, mahsulot ishlab chiqapish, alohida tupdagi mahsulotlap pentabelligi hamda qapoplar qabul qilish ustidan boshqapish funksiyasini ham bajapadi.




  1. Boshqaruv hisobi, uning predmeti va metodi

Boshqaruv hisobi ham boshqa fanlarga o‘xshab, o‘z predmeti, ob'ekti, tamoyili va metodlariga egadir hamda rivojlanish bosqichidadir.
Tadqiqotlar boshqaruv hisobi predmeti va ob'ekti hamda qo‘llaydigan metodlari borasida ham yagona bir fikrga kelinmaganligini ko‘rsatmoqda.
Fikrimizcha, boshqaruv hisobi predmetini ilmiy asoslash uchun mazkur masala bo‘yicha muqobil yondashuvlarni ko‘rib chiqish va tahlil qilish lozim (2 - ilova).

  1. ilovadan ko‘rinib turibdiki, barcha tadqiqotlar bir-birini to‘ldirmoqda. Ba'zi bir olimlar boshqaruv hisobini axborot funksiyasiga asosiy e'tiborini

qaratishayotgan bo‘lsa, boshqalari boshqaruv hisobi predmetini uning muhim ob'ekti bo‘lgan rejalashtirilgan moliyaviy natijaga erishish uchun qilinadigan xarajatlar sifatida ta'riflamoqda.
Bu boradagi tadqiqotlarni o‘rganib, quyidagicha fikrga kelindi: boshqaruv hisobining predmeti ishlab chiqarishni boshqarishning butun sikli jarayonidagi ob'ektlar majmuasi hisoblanadi. Shu bilan birga, hozirgi kun talabiga javob beradigan boshqaruv hisobining predmeti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish hamda innovasion faoliyatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, xodimlarni tayyorlash va ishlab chiqarishda ijtimoiy-madaniy xizmatlar ko‘rsatish, tashqi muhit agentlari (mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, investorlar va kredit tashkilotlari)ning o‘zaro hamkorligini qamrab olishi kerak. Bizningcha, boshqaruv hisobining predmetiga sifat va jarayonni davom etish muddati ko‘rsatkichlari, sub'ektiv baholashlar, masalan, mijozlarni qoniqish darajasi, xodimlarning salohiyati va yangi mahsulotni ekspluatasion sifatlarini ham kiritish vaqti yetib keldi.
Boshqapuv hisobi predmetining mohiyatini ob'ektlari ochib beradi. Boshqaruv hisobi bo‘yicha iqtisodchi olimlarning bu boradagi tadqiqotlari 3- ilovada keltirilgan. Ilovani o‘rganish orqali quyidagi fikrga kelindi: boshqaruv hisobi ob'ektlariga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari xarajati va xo‘jalik faoliyati natijalari, mas'uliyat markazlari va xarajat markazlari xarajati hamda natijalari, ichki baholash, byudjetlashtirish, ichki hisobotlar va korxonaning ichki hamda tashqi muhiti kiradi.
Boshqaruv hisobining maqsadi va vazifalariga keladigan bo‘lsak, iqtisodiy adabiyotlarda boshqaruv hisobining maqsadlari bo‘yicha ko‘plab ma'lumotlar keltirilgan. Ularni o‘rganish ko‘pgina mualliflar boshqaruv hisobi maqsadini quyidagi 1-chizmada tasvirlangan tartibda belgilayotganligini ko‘rsatmoqda:


1-chizma. Boshqaruv hisobining maqsadi



Iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan boshqaruv hisobi maqsadlari bo‘yicha qarashlar 4-ilovada bir tizimga solindi.
Ilovadagi qarashlarni o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, boshqaruv hisobining asosiy maqsadi rahbariyatga iqtisodiy jihatdan samarali boshqaruv qarorlari qabul qilishni ta'minlash maqsadida korxona faoliyati (korxona miqyosidagi va uning tarkibiy, ishlab chiqarish bo‘linmalari hamda xarajat hamda foyda markazlari miqyosidagi ma'lumotlarni ham qo‘shgan holda) haqidagi reja, prognoz va haqiqiy ma'lumotlarni yetkazib berishdan iboratdir.
Tahlillar iqtisodiy adabiyotlarda boshqaruv hisobining vazifalarini belgilash bo‘yicha ham turlicha yondashuvlar mavjudligini ko‘rsatdi (5-ilova). Bizningcha, boshqaruv hisobi tizimi hal qiladigan vazifalarning barchasini sanab o‘tishning imkoniyati yo‘q. Boshqaruv hisobi vazifalarini korxonaning boshqaruv muhiti va ehtiyojiga moslashtirish lozim. Shu munosabat bilan boshqaruv hisobining vazifalarini quyidagi 4-jadvalda aks ettirilgan mezonlar bo‘yicha guruhlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Boshqaruv hisobining metodlari ko‘pgina fanlarni, ya'ni xo‘jalik hisobi (operativ, buxgalteriya va statistik hisob), tahlil, strategik va tezkor rejalashtirish, boshqaruv, korxona iqtisodiyoti, matematika fanlarining metodlarini o‘zida birlashtirganligi sababli turlicha bo‘ladi.
4-jadval
Boshqaruv hisobining vazifalarining mezonlar bo„yicha guruhlanishi

T/r

Boshqaruv hisobining vazifalarining mezonlar bo„yicha guruhlanish mazmuni

1.

Xo‘jalik jarayonlari (ta'minot, ishlab chiqarish, sotish) kesimida.

2.

Korxona faoliyatini (ishlab chiqarish va tijorat jarayonlarini boshqarish va h.k.) boshqarish turlari bo‘yicha

3.

Xo‘jalik jarayonlarini joriy boshqarish (strategik rejalashtirish, me'yorlashtirish, xarajatlarni hisobga olish va mahsulotni kal'kulyasiyalash) bosqichlari bo‘yicha

4.

Qarorlarning muddati va davriyligi (reja asosida, aniq vaqt tartibida) bo‘yicha

5.

Korxonaning tashkiliy tuzilishi darajasida (korxona miqyosida, mas'uliyat markazlari bo‘yicha)

6.

Mas'uliyat markazlari darajasi bo‘yicha (xarajat markazlari, daromad markazlari, foyda markazlari va investisiya markazlari)

7.

Boshqariladigan ob'ektlar turlari (xarajat tashuvchilari, faoliyat turlari va xarajatlarni hosil bo‘lish joylari) bo‘yicha



Ushbu metodlar tarkibi ixtisoslikka oid adabiyotlarda turlicha izohlanmoqda (6-ilova). Olimlarning fikrlarini tadqiq etish natijasida tadqiqotda quyidagi ta'rif boshqaruv hisobining metodi mazmunini to‘liq ochib beradi degan fikrga kelindi: boshqaruv hisobida buxgalteriya hisobining metodlaridan tashqari statistika, iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-matematik metodlar, kompleks iqtisodiy tahlilning eng asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lgan parametrik tahlil, firmalararo taqqoslash, sifatli guruhlash, raqobat razvedkasi va marketing tadqiqotlarining uslublari ham ishlatiladi.
Boshqaruv hisobining tashkiliy-uslubiy elementlaridan yana biri boshqaruv hisobining funksiyalari hisoblanadi.
Tadqiqotlarni ko‘rsatishicha, iqtisodiy adabiyotlarda boshqaruv hisobining funksiyalariga oid ko‘plab ta'riflar mavjud (7-ilova). Ushbu ta'riflar o‘rganilib, quyidagi ta'rif boshqaruv hisobining funksiyalari mazmunini to‘liq ochib beradi degan xulosaga kelindi: «Boshqaruv hisobi funksiyalari korxona strategiyasi va istiqbolda rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash va mablag‘lardan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini oshirish; reja va byudjetlar tuzish; normativ xo‘jalikni shakllantirish va normativlarga rioya qilinishini nazorat qilish; korxona, bo‘linma va mahsulot turlari bo‘yicha xarajatlar hamda moliyaviy natijalarni aniqlash; korxona va ichki bo‘linmalarni qo‘yilgan maqsadlariga erishishi borasidagi faoliyat natijalarini tezkor nazorat qilish va baholash; korxona, bo‘limlar va mahsulot turlari kesimida faoliyat natijalarini tahlil qilishdan iboratdir».
Olimlarning boshqaruv hisobi tamoyillari borasidagi tadqiqotlarni o‘rganish bu sohada ham yagona bir fikrga kelinmaganligini ko‘rsatmoqda (8-ilova).
Tadqiqotchi A.Zakirovaning ushbu masala bo‘yicha bildirgan fikrlari bizningcha, sanoat korxonalari uchun ham taalluqlidir, ya'ni mazkur masalani tadqiq etishda sanoati tarmog‘i ishlab chiqarishini o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Shunga ko‘ra sanoati korxonalarining boshqaruv hisobi umumqabul qilingan tamoyillardan tashqari quyidagi tamoyillarga asoslanishi lozim:

  • maqsadlar va faoliyat natijalarini muvofiqlashtirish;

  • turli boshqaruv qarorlarini tayyorlash bo‘yicha prognozlashtirish, rejalashtirish, tashkil qilish, hisobga olish, nazorat qilish, tahlil etish va tartibga solish kabi ishlarni bir vaqtda bajarish;

  • korxona tashkiliy tuzilishining boshqaruv vazifalarini yechilishiga qarab faoliyat ko‘rsatish sharoitini o‘zgarishiga mos holda barqarorligi;

  • hal qilinishi lozim bo‘lgan boshqaruv vazifalariga qarab, faoliyat sharoitlarini doimiy o‘zgarishiga qaramasdan, korxonaning tashkiliy tuzilishining barqarorligi;

  • «Komplementarlik» (boshqaruv hisobi tizimostini uyg‘un holda faoliyat ko‘rsatishini ta'minlovchi bir-birini to‘ldirishi va mos kelishi);

  • xarajat markazlari, xarajatlarni hosil bo‘lish joylari va mas'uliyat markazlari bo‘yicha boshqaruv ishlarini tizimlilik va muntazamliligi;

  • muvofiqlashtirish (korxonalarda tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik (bir bo‘limning mahsulotini ikkinchi bir bo‘lim ehtiyojiga ishlatilishidan iborat bo‘lgan) bo‘lganligi sababli boshqaruv hisobi korxonani rivojlanish strategiyasini amalga oshirishga ta'sir ko‘rsatuvchi turli darajalardagi maqsadlarni muvofiqlashtirish va muvozanat-lashtirishni ta'minlaydi);

  • tezkor e'tibor berish (paxta sanoati tarmog‘i qishloq xo‘jaligi jarayoni bilan bog‘liq va qishloq xo‘jaligiga turli tashqi omillar (tabiiy-iqlim, biologik va boshqalar) ta'sir ko‘rsatadi, shuning uchun boshqaruv hisobi tashqi ta'sirni turli o‘zgarishlariga moslashishi hamda e'tiborini qaratishi lozim);

  • ma'qullik (mavsumlilik xususiyatiga ega bo‘lganligi va mavsumning davom etish muddatini oldindan aniqlab bo‘lmasligi sababli boshqaruv hisobini tashkil etishni turli variantlarini ishlab chiqish ehtiyoji kelib chiqishini anglatadi).

Yuqorida bayon etilgan boshqaruv hisobiga oid barcha fikrlar asosida korxonalar uchun quyidagi boshqaruv hisobi tizimining namunaviy modelini tuzish mumkin (2- chizma).

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling