Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


Download 2.25 Mb.
bet7/12
Sana09.06.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1467238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Doc

S

O

W

T

Weaknesses - kuchsiz tomonlari Threats - tashqi xavflar
(tashqi
(kompaniyani zaif tomonlari) muhitdagi xavflar




  1. chizma. Umumiy SWOT-tahlil

O’tkazilgan SWOT-tahlilning natijalarini ishlatish chizmasi 12-chizmada ko’rsatilgan.
O’zaro raqobatlashuvchi firmalar o’rtasida bir xil asosiy ko’rsatkichlarni taqqoslash tartibi G’arbda “benchmarking” atamasi bilan nomlanadi. Iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko’rsatkichlarini taqqoslash raqobatchilar va mazkur sohaning xalqaro etakchi kompaniyalari bilan taqqoslaganda kompaniya faoliyatidagi “nozik” va nisbatan kuchliroq tomonlarini aniqlash imkoniyatini beradi. Bu bozorning egallanmagan qismini topish, ishlab chiqarish-texnik kooperatsiya bo’yicha bo’lajak hamkorlarni aniqlash va boshqa firmalar bilan birlashish natijasida erishilishi mumkin bo’lgan afzalliklarni hisoblash imkonini beradi.


12-chizma. SWOT-tahlil natijalarini ishlatish chizmasi



Tashqi muhit omillari haqida so’z yuritsak, kompaniyadagi ahvoldan qatbi nazar yuritadigan biznesining rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy tabsir ko’rsatadigan, boshqa kompaniyalar, shu jumladan, raqobatchilar biznesiga ham xuddi shunday tabsir qiladigan omillar nazarda tutiladi.
Ichki muhit omillaridan kompaniyani kuchli va kuchsiz tomonlari alohida ebtirof etiladi. “Kuchli” va “kuchsiz” tushunchalari nisbiy tushunchalardir va raqobatchilarni xuddi shunday ichki omillari bilan taqqoslash orqaligina tahlilda tegishli samaraga erishish mumkin.
SWOT-tahlil PEST+M-tahlili formatida detallashtiriladi. Unda tashqi muhitning barcha omillari quyidagi 5 ta guruhga bo’linadi (13-chizma): siyosiy (P); iqtisodiy (Е); ijtimoiy (S); texnologik (T); bozor iqtisodiyotini o’rab turgan omillar (M).
Mazkur guruh tarixan shakllangan, uni G’arb kompaniyalaridagi menejmentning rivojlanish darajasini kuzatish orqali yaqqol ko’rish mumkin.
Strategik tahlil o’tkazishda eng muhim masalalardan biri kompaniyaning istiqboldagi mahsulot portfelini aniqlash masalasi hisoblanadi. Faoliyatning qanday yo’nalishi ustuvor bo’ladi, ular qanday moliyalashtiriladi va bozorda qanday mavqega ega bo’ladi, degan masalalarni tushunib etish kerak. Shuning uchun strategiyani ishlab chiqishda ikkita metodika: Boston Consulting Grour(BCG) yoki Mckinsey matritsasidan biri ishlatilishi tavsiya qilinadi.





13-chizma. SWOT-tahlilining PEST+M-tahlili formatida detallashtirilishi
Mazkur metodikalarga muvofiq kompaniyaning barcha bizneslari “bozorning jozibadorligi” va “kompaniyaning bu bozordagi raqobat mavqei” kabilarga qarab faoliyat olib boradi. Har ikkala metodikaning bir-biridan farqi bozorni jozibadorligi va unda kompaniyani raqobat mavqeini baholashda ko’rinadi.
BCG matritsasining asosida mazkur har ikkala ko’rsatkichni bitta ko’rsatkichni ishlatib baholash mumkin, degan gipoteza yotadi. Bozorning jozibadorligi uning o’sish surbati bilan kompaniyaning bu bozordagi raqobat mavqei esa uni bozordagi ulushiga mos ravishda aniqlanadi. Dastavval bunday sodda yondashuvni ishlatish mumkin, biroq aniq bahoni jozibadorlik va raqobat mavqeiga tabsir qiluvchi bir necha parametrlar hisobga olinsagina hisoblash mumkin.
Byudjetlashtirish boshqaruv texnologiyasi sifatida mamlakatimizda juda keng qo’llanila boshlandi. O’z moliyaviy istiqbolini bir maromda va tizimli qurmoqchi hamda byudjetlardan asosiy vosita sifatida foydalanmoqchi bo’lgan korxonalarning soni borgan sari ortib bormoqda.
Byudjetlashtirishda asosiy muammo, asosan, ko’pincha byudjetning aniq bo’lmasligi, byudjetlarni kuchga kirmasdan ancha avval tayyorlanishi bo’lmoqda. Byudjet ishlab chiqilishidan so’ng o’tgan davr mobaynida tashqi muhit butunlay o’zgarib ketishi mumkin, haqiqiy mablumotlarni eskirgan byudjet mablumotlari bilan solishtirish esa hech qanday naf bermaydi. Mazkur muammoni tashqi muhitdagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda byudjetga o’zgartirishlar kiritish, yabni moslashuvchan byudjet tuzish orqali qisman hal qilish mumkin. Byudjet strategik bo’lishi, yabni strategiyani bajarish uchun mablarlarni taqsimlash va moliyalashtirish manbalariga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Yuqorida ko’rib o’tganlarimiz so’nggi vaqtlarda tez surbatlar bilan rivojlanib borayotgan boshqaruv hisobi kontseptsiyalarining bir qismi, xolos. Ularning barchasi ham amaliyotda qo’llanilayotgani yo’q. Biroq, ko’p miqdordagi boshqaruv hisobining turli kontseptsiyalari paydo bo’lishining o’zi boshqaruv hisobi nazariyasi rivojlanishida yangi bosqichlar boshlanayotganligidan dalolat bermoqda.

  1. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish

Amaliy faoliyatda har qanday ishlab chiqarish korxonasi rahbari turli xil boshqaruv qarorlari qabul qilishga majbur bo’ladi. Baholar, korxona xarajatlari mahsulot sotish hajmi va tuzilmasiga daxldor har bir qabul qilingan qaror pirovard, oqibatda korxona moliyaviy natijasida namoyon bo’ladi. Zararsizlik nuqtasini belgilash-boshlang’ich vaqtidan korxona daromadlari uning daromadlarini to’la qoplashini aniqlash bu kategoriyalar o’rtasidagi o’zaro bog’liqligi va o’zaro aloqadorlikni aniqlashning oddiy va xiyla aniq usuli hisoblanadi.
“Xarajatlar-mahsulot hajmi-foyda” (Cost-Volume-Profit, CVP-tahlil) o’zaro aloqadorlik tahlili uslubiga zararsizlik nuqtasini aniqlashda menejerlarning qudratli qurollaridan biri hisoblanadi.
Tahlilning bu turi korxona faoliyatini rejalashtirish va taxminlashning eng samarali vositalaridan biri sanaladi. U korxona rahbarlariga o’zgaruvchan va doimiy xarajatlar, baho va mahsulot sotish hajmi o’rtasidagi qulay mutanosibligini aniqlash, ishbilarmonlik imkonini tuqdiradi. Mazkur usuldan foydalanar ekan, buxgalterlar, auditorlar, ekspertlar va konsultantlar moliyaviy natijalarga ko’proq teran baho berishlari va korxona ishini yaxshilash uchun tavsiyalarni aniqroq asoslashlari mumkin.
Marjinal daromad, rentabellik chegarasi (zararsizlik nuqtasi), ishlab chiqarishdastagi va chidamlilik marjinal zaxirasi CVP - tahlilining asosiy unsurlari hisoblanadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida marjinal daromad deb mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan korxonaga tushgan tushum va uning ishlab chiqarish tannarxi summasi o’rtasidagi tafovutga aytiladi.
Rentabellik chegarasi(zararsizlik nuqtasi) - mahsulot sotish hajmini harakterlaydigan ko’rsatkich bo’lib, bunda mahsulot(ishlar, xizmatlar) sotishdan

korxonaga tushgan tushum uning barcha mushtarak xarajatlariga tengdir, ya'ni sotishlarning shunday hajmiki, unda korxona na foyda ko’radi, na zarar.
Ishlab chiqarish dastagi - bu mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotish hajmining o’zgarishiga bog’liq holda korxona foydasi bilan boshqarish mexanizmidir.
Chidamlilikning marjinal zaxirasi - bu mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan haqiqiy tushumning chegarasi (rentabellik ostonasi)dan oqish foizidir.
Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarni qoplovchi tushum hajmini hisob-kitob qilish uchun ishlab chiqarish korxonalari o’z amaliy faoliyatlarida marjinal daromad hajmi va koeffitsienti kabi ko’rsatkichlardan foydalanadilar.
Marjinal daromad hajmi korxonaning doimiy xarajatlarini qoplash va foyda olishga qo’shgan xissasini ko’rsatadi.
Marjinal daromad hajmini aniqlashning ikki usuli mavjud.
Birinchi usulda sotilgan mahsulot uchun korxona tushumlaridan barcha o’zgaruvchan xarajatlarni chiqarib tashlaydilar. Ikkinchi usulda esa marjinal daromad hajmi korxona doimiy xarajatlari va foydasini ko’paytirish yo’li bilan belgilanadi.
Marjinal daromadning o’rtacha hajmi deganda, mahsulot bahosi bilan o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar o’rtasidagi tafovut tushuniladi. Marjinal daromadning o’rtacha hajmi buyumning doimiy xarajatlarini qoplashga ko’shgan xissasi va olgan foydasini aks ettiradi.
Marjinal daromad koeffitsienti deb mahsulot sotishdan tushgan tushumdagi marjinal daromad hajmining ulushi yoki (alohida buyum uchun) tovar bahosidagi marjinal daromad o’rtacha hajmining ulushiga aytiladi.
Iqtisodiy nazariya amaliyotida CVP-tahlili o’tkazishning ko’plab usullari mavjud. Ularni sinchiklab o’rganish shuni ko’rsatadiki, zararsizlik nuqtasini belgilash va ularga ta'sir etmaydigan omillarni aniqlash uchun ko’plab formulalar qo’llaniladi (besh-o’ntacha). Shu bilan birga, amaliyotning o’ziyoq shunday bir har yoqlama formulani qo’llashni talab etadiki, u CVP-tahlilini tashkil etuvchi barcha baholarning o’zaro aloqadorligini o’rnatishga va xiyla oddiy yo’l bilan Har bir
omil-ning ta'sirini aniqlashga imkon tuqdirishi lozim. Bunday maqsadga erishish uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
+ F x + F

M„ =
_ g g

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling