Ўзбекистон Республикаси мактабгача таълим вазирлиги Мактабгача таълим муассасалари раҳбар ва мутахассисларини к,айта тайёрлаш ва уларнинг Малакасини ошириш институти


Download 2.27 Mb.
bet3/5
Sana23.08.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1669309
1   2   3   4   5
Bog'liq
IJTIMOIY. SUYAROVA

ishda qo’llanishi tasodif emas. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish amaliy faoliyatining yaqinligi, bu ikki hamkasblar toifasini kengaytirish. ularning maqsadlarini yaqinlashuviga va bir- birlarini to’ldirishlariga olib keladi. Turli davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida, masalan, bolalar bog’chalari va maktablarda, xozirda xam ijtimoiy xodimlar va ijtimoiy pedagoglar birgalikda ish olib borishlari mumkin. Biroq, ularning har biri uz maqsadlari va vazifalariga ega. Ijtimoiy xodimlar va ijtimoiy pedagoglarlarning farqlari quyidagilarda namoyon bo’ladi. Bilim soxasiga ko’ra: ijtimoiy pedagogika pedagogikadan, ijtimoiy ish esa sotsiologiyadan.Amaliy faoliyatga ko’ra ijtimoiy pedagoglar o’z faoliyatlarida pedagog faoliyatining nazariy va metodik asoslariga suyansalar, ijtimoiy xodimlar, asosan, ijtimoiy nazariya va texnologiyalardan foydalanadilar.

Ijtimoiy ish” — insonlarning bir-biriga insoniy munosabagining namoyon bo’lishini bildiruvchi ibora. U hali qadim zamonlardayoq insonning diniy burchi, ehtiyojmandlarga insoniy xizmatlar tizimi sifatida paydo bo’lgan. Biroq faqatgina bizning asrimizga kelib ijtimoiy ish butun dunyoda maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasb sifatida tan olinmoqda. Ijtimoiy faoliyat insonning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuvini osonlashtirishga qaratilgan tizimli chora- tadbirlardir. U mexribonlik, shunga o’xshash faoliyat doirasida nafaqat kundalik muammolarni. balki extiyojlarni qondirishga turtki bo’ladigan muammolarni hal qilishga xam yordam berishi bilan ajralib turadi.

Ijtimoiylashuv tushunchasi. “ Ijtimoiylashuv” so’zi dastlab siyosiy iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy iqtisodiyotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashuvi ma’nosini anglatgan. XX asr o’rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini butun umri mobaynida o’rganuvchi hamda fanlararo bog’lanuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarini tahlil qilish uni, shartli ravishda, ikki asosiy yondashuvga ajratish imkonini beradi:

sub’ektiv-ob’ektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining ever iste’molchisi sifatida qaraladi — sub’ektiv-sub’ektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o’rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi. Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko’proq mos keladi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o’zlashtirish jarayonidagi rivojlanishi va o’zgarishi bilan belgilanadi. Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi uning bilishga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo’ladi. Biroq bo’ bilan uzviy ravishda bolada boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj — o’ziga xoslikni namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro’y beradi.


Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling