Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Odob-axloq qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik


Download 176.75 Kb.
bet24/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

7.6 Odob-axloq qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi tomonidan Odob-axloq qoidalarining buzilishi uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.


Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya yetilishi attestatsiyalar o‘tkazishda, yuqori va boshqa lavozimlarga tayinlash uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.
Ushbu Odob-axloq qoidalari normalarining buzilishlari rahbar (komandir va boshliq)larning qarori bilan quyidagi tarzda ko‘rib chiqiladi va muhokama qilinadi:
muddatli harbiy xizmatchilar bilan – shaxsiy tarkib yig‘ilishida.
Odob-axloq qoidalarining buzilishi holatlari yig‘ilish raisi va a’zolari hamda o‘rtoqlik nomus sudlari tomonidan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha intizomiy yoki boshqacha tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud yemasligi) to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Rahbarlar (komandir va boshliqlar) xulosalarni ko‘rib chiqib, qoidalar buzilishini sodir yetgan shaxsiy tarkibni javobgarlikka tortish to‘g‘risida taklif kiritadi.
Yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishining xarakterini hisobga olgan holda, yig‘ilish raisi va a’zolari hamda o‘rtoqlik nomus sudlari tomonidan shaxsiy tarkibga nisbatan Odob-axloq qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘zlari yo‘l qo‘ygan qoida buzilishi, qoida buzilishining ko‘rib chiqilishi jarayoni haqida axborotni olish va o‘zini himoya qilish uchun dalillarni taqdim etish, shuningdek unga nisbatan noholis chiqarilgan qarorlar yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.


VIII BOB NARYADLARNING PIYODA, OTLIQ VA AVTOYO‘NALISHLARDA XIZMAT OLIB
BORISH TARTIBLARI



8.1 PPX naryadlarining piyoda patrul-post xizmatini o‘tash tartibi


Xizmatga kirishayotganda piyoda patrul-post xizmati naryadi quyidagilarni bilishi shart:
naryad oldiga qo‘yilgan xizmat vazifasini;
tezkor vaziyatni va xizmat o‘tash joyining xususiyatlarini;
yo‘nalishda joylashgan, militsiya tayanch punkti, patrul-post naryadlari, YPX xodimlarining xizmat o‘tash yo‘nalishlarini;
boshqa naryadlar va navbatchilik qismlari bilan aloqa qilish tartibini;
o‘g‘irlangan buyumlarning olib qochilgan yoki o‘g‘irlangan transport vositalarining va qidirilayotgan jinoyatchilarning belgilarini;
qonunbuzarliklar sodir etilishi, jinoyatchi va boshqa huquqbuzar shaxslar yig‘ilishi va paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarni;
ma'muriy nazorat ostidagi shaxslarni va ularga belgilangan cheklovlarni;
yo‘nalish hududidagi aloqa bo‘limlari, bank muassasalari va boshqa qimmatbaho narsalar saqlanadigan ob’ektlarning manzillarini;
madaniyat va istirohat bog‘lari, xiyobonlar, sayilgohlar, stadionlar, oshxonalar, choyxonalar, qahvaxonalar, pivo barlari, restoranlar, diskotekalar, videosalonlar, teatrlar, mehmonxonalar, bozorlar, vokzallar, aeroportlar va odamlar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarni;
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash va turar joylarini;
yirik sanoat korxonalari, muassasalar, bozorlar, jamoat transportlarining ishni boshlash va tugatish vaqtlarini, shuningdek, savdo shahobchalarining ish tartibi hamda pul tushumini inkassatsiya qilish vaqtini;
tramvay, trolleybus, avtobuslarning yo‘nalishlari va ularning eng yaqin bekatlarini, metro stansiyalari, avtomobil va taksi turar joylarini, barcha kommunikatsiya tarmoqlarini;
yo‘nalish hududidagi ko‘chalar, tor ko‘chalar, maydonlar va jinoyatchilarni quvlash uchun kerak bo‘lganda eng qisqa harakatlanish yo‘llarini;
jinoyatchi unsurlar yoki jinoyat qilishga moyil shaxslar to‘planadigan joylarni;
PPX naryadi xizmat joyiga kelgach, patrullik yo‘nalishining aniq shart-sharoitiga qarab, yo‘l-yo‘riqnomada berilgan ko‘rsatmalarga muvofiq o‘zining kelgani va xizmatni o‘taydigan hududdagi vaziyat haqida yo‘nalish hududini to‘la ko‘zdan kechirib chiqqandan so‘ng navbatchiga axborot beradi. Yo‘nalishni topshirayotgan naryad o‘z navbatida xizmatni o‘tash davrida sodir bo‘lgan hodisalar va olingan buyruqlar xaqida ma’lumot beradi, shundan so‘ng birgalikda yo‘nalishni aylanib chiqishadi.
Naryad belgilangan vaqt mobaynida xizmat o‘tash joyini tashlab ketmasligi shart.



Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling