Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


PPX naryadlarining xizmat otlarida xizmat o‘tash xususiyatlari


Download 176.75 Kb.
bet27/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

8.3. PPX naryadlarining xizmat otlarida xizmat o‘tash xususiyatlari

Xizmat otlari belgilangan yo‘nalishlarda patrullikni amalga oshirish, huquq-tartibotni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish, ochiq joylarda o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar chog‘ida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda yuqori harakatchanlik hamda mobil to‘siqlar va halqalar tashkil etish bo‘yicha choralarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.


Xizmat o‘tashga tushayotgan otliq harbiy xizmatchilarning yonida kompas, patrullik yo‘nalishining topografik xaritasi, shuningdek tabel me’yoriga muvofiq boshqa texnik vositalar bo‘lishi kerak.
Otliq patrulga jalb etilgan harbiy xizmatchilar o‘zlariga biriktirilgan xizmat otlarida xizmat o‘taydilar.
Otliq patrulda xizmat o‘tashga maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, xizmat otlari bilan muomala qilishning amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar, shu jumladan xizmat otlari hamda o‘qotar qurol qo‘llanilishi bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligi to‘g‘risida tegishli sertifikatni olgan otliq harbiy xizmatchilar jalb etiladi.
Otliq harbiy xizmatchilar xizmat otlari qo‘llanilishi bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini tekshirish uchun davriy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Otliq patrullarni xizmat o‘tashga jalb etish yil fasli, sutka davri, ob-havoning sharoitlaridan (qor, yomg‘ir, tuman) va havoning haroratidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Havo harorati -15 oS dan past va +250 С yuqori bo‘lganida xizmat otlari maxsus anjomlar bilan ta’minlangan holda qo‘llaniladi (yopinchiq, tishli moslama, plastik yoki rezinali suvluq
Otliq harbiy xizmatchilarning ish tartibi shaxsiy tarkib va otlarni xizmatga tayyorlash, otliq bo‘linmaning doimiy joylashuv joyidan xizmat o‘tash joyiga borish (yetkazish) va qaytish uchun sarflanadigan vaqtlarni hamda kunning yorug‘ davri davomiyligini hisobga olgan holda belgilanadi.
Otliq harbiy xizmatchini otliq patrul tarkibida uzluksiz xizmatni o‘tash (egarda bo‘lish) vaqti uch soatdan, bir kunda olti soatdan, haftada o‘ttiz soatdan va oyda bir yuz o‘n soatdan oshishi mumkin emas.
Otliq patrulga xizmat o‘tash chog‘ida quyidagilar taqiqlanadi:
begona shaxslarning xizmat otini minishiga yo‘l qo‘yish, yuklarni tashish;
xizmat otlarini qarovsiz qoldirish;
yo‘l harakati qatnashchilarining (haydovchi, piyoda) harakatlanishiga xalaqit berish;
shaharlar va boshqa aholi punktlarining hududlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish, shuningdek tozalik va sanitariya tartibini ta’minlash qoidalariga rioya qilmaslik;
o‘zboshimchalik bilan belgilangan patrullik yo‘nalishini tashlab ketish.



Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling