Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
PPX naryadlarining avtotransport vositalarida xizmatni o‘tashining o‘ziga xos xususiyatlari
Download 176.75 Kb.
|
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги
8.2. PPX naryadlarining avtotransport vositalarida xizmatni o‘tashining o‘ziga xos xususiyatlari
Patrullik avtomashinasi yo‘nalish bo‘yicha xizmat olib borish, jinoyat sodir etgan va jamoat tartibini buzgan shaxslarni ichki ishlar idoralariga olib kelish, ba’zi hollarda, maxsus transport vositalari bo‘lmaganida yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiyot muassasalariga olib borish uchun mo‘ljallangan. Yo‘nalish bo‘ylab avtomashinada patrullik xizmatini o‘tash tartibi qo‘yilgan vazifalarga, yo‘nalishning xususiyatlariga, yuzaga kelgan vaziyatga, yil fasliga, kun vaqtiga va yuqori rahbarlarning ko‘rsatmalariga qarab belgilanadi. Operativ jihatdan muhim hisoblangan joylarda to‘xtash joylari (punkt) belgilanadi, har bir to‘xtash joyda xizmatni piyoda o‘tash vazifalari, vaqti va muddati, shuningdek bir joydan boshqasiga o‘tish navbatlari, navbatchilik qismi bilan aloqaga chiqish vaqtlari belgilab beriladi. Bu ma’lumotlar patrullik yo‘nalishi varaqasiga kiritiladi. Patrullik avtomashinasidagi naryad kattasi xizmatning belgilangan tartibda o‘talishi, oldiga qo‘yilgan vazifalarning o‘qotar qurolini saqlash va ishonib topshirilgan texnikadan foydalanish qoidalarining aniq bajarilishi, olib ketilayotgan shaxslarni o‘tkazish va tushirish tartibiga rioya qilinishi uchun javobgar hisoblanadi. U patrullik qilish uchun belgilangan harakat tezligiga rioya qilinishini kuzatishi shart. Yo‘l-yo‘riqnomadan so‘ng naryad kattasi naryadning vazifalarini va uni avtomashinada joylashish tartibini, har bir harbiy xizmatchiga kuzatish joyini belgilab beradi, xizmatni o‘tash joyiga borish yo‘lini, bir joydan boshqasiga o‘tish navbatlarini ma’lum qiladi, aloqa vositasi orqali navbatchiga yo‘lga chiqqanligi haqida axborot beradi va harakatni boshlash to‘g‘risida buyruq (komanda) beradi. Yo‘lda harakat qilishda naryad kuzatuvni olib boradi va zarur bo‘lgandagina jamoat tartibi holatini tekshiradi hamda qonunbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish choralarini ko‘radi. Yo‘nalishda to‘xtagan vaqtlarda naryad kattasi piyoda patrullik qilishini uyushtiradi. Patrullik avtomashinasida haydovchi qoladi va u jamoat tartibi saqlanishini ta’minlab, navbatchi va naryad kattasi bilan radioaloqada bo‘lib turadi. Naryad shaxsiy tarkibini yig‘ish uchun shartli signal belgilanadi. Radiostansiyalar bilan jihozlangan avtomashinadagi naryadlar to‘xtagan joylarida kamida 30 daqiqa xizmatni o‘tashadi. Bunda ular tarkibidan chiqqan piyoda patrullar avtomashinadan 300 metr masofagacha uzoqlashadi. Patrullik avtomashinasidagi naryad piyoda patrullar bilan hamkorlikda harakat qiladi, tezkor ma’lumot bilan almashadi, zarur bo‘lganda ularga yordam ko‘rsatadi. Patrullik avtomashinasidagi naryad patrullik qilish vaqtida hamda bir to‘xtash joyida boshqasiga o‘tishda mashinadan kuzatuv olib borish imkonini beradigan, lekin soatiga 40 km dan oshmaydigan tezlikda harakatlanishadi. Patrullik avtomashinasidagi shaxsiy tarkib piyoda patrullik qilish vaqtida jinoyatlar sodir etilishi va jamoat tartibi buzilishi mumkin bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirib chiqadi hamda ularning oldini olish va bartaraf etish choralarini ko‘radi. Ushlangan shaxslarni ichki ishlar organiga olib borish uchun avtomashinaga chiqarishda va olib ketishda naryad ular tomonidan jarohat yetkazish, fuqarolar yoki ichki ishlar harbiy xizmatchilariga hamla qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ehtiyot choralarini ko‘rishi, avtomashina qulflari va eshiklari ishonchli yopilishini tekshirishi kerak. Olib kelingan shaxs avtomashinadan tushirilgandan so‘ng, naryad qolib ketgan narsa va hujjatlarni topish maqsadida avtomashina ichini ko‘zdan kechirib chiqadi. Patrullik avtomashinasidagi naryadga xizmatni o‘tash vaqtida quyidagilar taqiqlanadi: 1) begona kishilarni va yuklarni tashish, shuningdek avtomashinani qarovsiz qoldirish, 2) xizmat zaruriyati bo‘lmaganda, belgilangan harakat tezligini oshirish, 3) o‘zboshimchalik bilan belgilangan yo‘nalishdan chiqish va xizmat zaruriyati bo‘lmaganda xizmatni o‘tash tartibini o‘zgartirish. 4) avtomashinani begona shaxslarga berish, 5) ushlangan shaxslarni avtomashinada qarovsiz qoldirish. Download 176.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling