Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
U quyidagi hollarda yo‘nalishni vaqtinchalik qoldirishi mumkin
Download 176.75 Kb.
|
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги
U quyidagi hollarda yo‘nalishni vaqtinchalik qoldirishi mumkin:
navbatchining ko‘rsatmasiga binoan, PPX saf bo‘linmasi komandiri yoki PPX va JTSB boshlig‘i hamda ularning o‘rinbosarlarining ruxsati bilan; jamoat tartibi buzulishini yoki jinoyatlarni oldini olish bartaraf etish zarur bo‘lganda; jinoyatchilarni qo‘lga olish va ta’qib etish uchun; qonunbuzarlarni ichki ishlar bo‘limiga olib borish uchun; tabiiy ofatlar, baxtsiz hodisalar yuz berganda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun, shuningdek og‘ir kasal yoki holsiz bo‘lib qolgan shaxslarni eng yaqin kasalxonaga, poliklinikaga olib borish uchun; hodisa yuz bergan joyni qo‘riqlash uchun; yong‘inni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun; qarovsiz va yo‘qolib qolgan bolalarni shahar-tuman IIB navbatchilik qismiga yoki ota-onalariga olib borish uchun; kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordamni olish, belgilangan tartibda ovqatlanib olish va isinib olish uchun; zarur bo‘lgan hollarda qo‘shni naryadlarga, ichki ishlar va davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga, jamoatchilik vakillariga yordam berish uchun; Yo‘nalishni qoldirgani haqida naryad telefon, ratsiya orqali navbatchiga xabar berishi shart. Xizmatni o‘tash davrida naryadga quyidagilar man etiladi: 1. O‘qotar qurolini o‘zi bo‘ysunadigan shaxslardan tashqari biron bir shaxsga berish va ko‘rsatish. 2. Uxlash, xizmatdan chalg‘ish, hushyorlikni pasaytirish. 3. Xizmatga taalluqli bo‘lmagan savollar bo‘yicha suhbatga aralashish. 4. Radio aloqa qilish qoidalarini buzish, telefonda xizmatga taalluqli bo‘lmagan suhbatlarni olib borish. 5. Biron ehtiyojsiz turar joylarga, oshxonalar, do‘konlar, restoranlar va boshqa joylarga kirish. Qo‘shni naryadlar, ichki ishlar idoralarining boshqa xodimlari bilan hamkorlikda harakat qilish yoki ulardan yordam olish uchun naryaddagi harbiy xizmatchi bevosita radioaloqadan foydalanadi yoki ular bilan navbatchi orqali bog‘lanadi. Radioaloqadan foydalanishning imkoni bo‘lmaganda, shuningdek yordam zarur bo‘lganda signallar hushtak orqali beriladi: “Ushla ”-bitta uzun signal; “Yordamga ”-ikkita qisqa signal; “Yordamga ketyapman”- bitta qisqa; Zarur bo‘lganda signallar qaytariladi. Harbiy xizmatchi signallarni eshitgach, quydagicha harakat qiladi: 1. “Ushla” signalida-hushyorlikni kuchaytirish va qochib ketishga urinayotgan shaxslarni topib, ushlash choralarini ko‘rish; 2. “Yordamga” signalida-bitta qisqa signal bilan javob berish va yordam ko‘rsatish uchun chaqirilgan joyga darhol yetib borish. Naryaddagi harbiy xizmatchi daxlsiz hisoblanadi. Uning daxlsizligi quyidagilardan iborat: 1. Unga berilgan vakolatlar va shaxsiy obro‘si qonun bilan qo‘riqlanadi; 2. U qat’iyan belgilangan shaxslarga bo‘ysunadi. Juftlik holdagi piyoda patrul harbiy xizmatchilari zarur bo‘lganda xizmatni alohida-alohida, lekin bir-birini ko‘radigan yoki eshitadigan masofada o‘tashadi. Ular o‘rtasidagi aloqa shartli signallar orqali o‘rnatiladi. Naryadlar xizmatni o‘tash davrida yo‘nalishdagi va yaqin hududdagi vaziyatni o‘rganib chiqishlari kerak: 1) ko‘chalar, tor ko‘chalar, berk ko‘chalar, madaniyat va istirohat bog‘lari, xiyobonlar, sayilgohlar, hamda boshqa ob’ektlarning joylashishi va xususiyatlarini; 2) jinoyatchilar va boshqa jamiyatga qarshi elementlarning berkinishi mumkin bo‘lgan joylarni; 3) jinoyatchilarni quvganda qochish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan yo‘llarni va ularni tutish usullarini. Shular asosida xizmatni o‘tashning eng maqsadga muvofiq usul tanlanadi va qonunbuzarliklarning oldini olish hamda bartaraf etishga doir chora tadbirlar qabul qilinadi. Yo‘nalishda xizmatni o‘tash joyi vaziyatdan kelib chiqqan holda shunday tanlanadiki, bu joy kuzatuvchini olib borish, qonunbuzarliklarni oldini olish va bartaraf etish uchun chora tadbirlarni tez qabul qilishga qulay bo‘lishi kerak. Xizmatni o‘tash davrida naryadlar quyidagilarga alohida e’tibor qaratishadi: 1) moddiy boyliklar turadigan, saqlanadigan ob’ektlar, bank muassasalari, do‘konlar, bozorlar va shunga o‘xshash boshqa ob’ektlar oldida tez-tez paydo bo‘layotgan fuqarolar, eshiklar, derazalar, qulflar va to‘siqlarning holati, ish tartibi va qo‘riqlanishining qanday tashkil qilinganligi bilan qiziqayotgan fuqarolarga, 2) yurish-turishi, o‘zini tutishi (sergakligi va bezovtaligi) shubhali bo‘lgan, yil fasliga monand kiyinmagan yoki biron bir joyi bog‘langan va jarohati bo‘lgan kishilarga, 3) xiyobonlarda, mahallalarda, ko‘p qavatli uylarning pod’ezdlarida (yo‘lak) va boshqa joylarda yig‘iladigan kishilarning, ayniqsa yoshlarning guruhlariga, bunda janjalli vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan asossiz hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymagan holda, 4) huquqbuzarlar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarga, 5) noqonuniy ravishda spirtli ichimliklar, giyoxvand va boshqa narsalar hamda buyumlar sotilishi mumkin bo‘lgan joylarga, 6) yo‘l harakati qoidalari buzulishiga yo‘l qo‘yayotgan fuqarolarga, 7) xavfli joylarda o‘ynayotgan bolalarga, 8) do‘konlarning va qimmatbaho narsalar saqlanadigan boshqa muassasalarning eshiklari va derazalari qanday holatda ekanligiga, 9) shubhali shovqin va hidlarga, olov yoki tutun paydo bo‘lishiga; 10) hayvonlarni belgilanmagan joylarda sayr qilishiga, quturish va boshqa kasallik belgilari bo‘lgan, shuningdek egasiz hayvonlarning paydo bo‘lishiga. Naryaddagi harbiy xizmatchi xizmatini o‘tashda hushyor bo‘lishi va to‘satdan hujum qilishga imkon bermaydigan ehtiyot choralarini ko‘rish kerak. Shuningdek: 1) hudud bo‘ylab piyoda yurganda uylardan va boshqa inshootlardan ma’lum bir masofada uzoqroq yurishi, imkon qadar fuqarolarga nisbatan kerakli masofada bo‘lishi va orqasidan biron kimsani yaqin yurishiga yo‘l qo‘ymasligi, 2) qorong‘i tushganda begona shaxsga yorug‘lik manbasi tomonidan yaqinlashishi, 3) orqadan biron kishi yaqinlashganda chetga chiqishi va to‘xtab uni o‘tkazib yuborishi lozim. Download 176.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling