Zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi
II.3. Amir Temurning Kichik Osiyoga yurishi. 1402 yil 20 iyuldagi Anqara yaqinidagi jang
Download 1.54 Mb.
|
Xomidov BMI
II.3. Amir Temurning Kichik Osiyoga yurishi. 1402 yil 20 iyuldagi Anqara yaqinidagi jang
Ozarbayjon, Gruziya va Sharqiy Anatoliyaning davlat tarkibiga birlashtirilishi Amir Temur mamlakatini turkusmoniylari bilan chegaralanishiga olib keldi. XIV asrning 90-yillarida sulton Boyazid I Yildirim (yashindek tezkor) Markaziy Anatoliyani va Kichik Osiyoning janubida, Sivas va Malatya shaharlarini bosib oldi. Shundan keyin u Amir Temurning vassallari Arzinjon va Arziruma hukmdorlaridan usmoniylar xazinasiga olpon yigishni talab qildi. Sohibqiron mojaroni elchilik yoli bilan hal qilish uchun sultonga xat yubordi. Boyazid I xatga qopollik bilan rad javobini berdi. Sultonning javobi Amir Temurni gazabga keltirdi va u Sivas va Malatya shaharlarini bosib oldi. Shundan keyin 1400 yilda Sohibqiron oz nazarini Misrga tobe bolgan Suriyaga qaratdi. Misr mamluklari usmoniylar bilan yaxshi munosabatda edilar va kerak bolgan paytda turklarga harbiy yordam korsatishlari mumkin edi. Shuning uchun Amir Temur oz qanotlarida qudratli ehtimoliy dushmanni qoldira olmas edi. Amir Temur Misr qoshinlarini tormor etdi va Damashqni bosib oldi. Shu bilan birga u Boyazid I ga xat yuborishda davom etdi. 1402 yilning bahorida Boyazid I bilan Amir Temur ortasidagi munosabatlar yana yomonlasha boshladi. Boyazidning javobini kutmasdan Amir Temur hujumga otishga qaror qildi. Bolajak yurishning katta ahamiyatini, qiyinchiligini va turk sultoni bilan kurashni hisobga olib, u Movarounnaxrdan yordam kuchlarini jonatilishiga buyruq berdi. Amir Temurning Kichik Osiyoga yurishi tort davrda olib borildi. Yurishning birinchi davri – Amir Temur qoshinining Kichik Osiyo hududiga bostirib kirishi. Qoshin 1402 yilning may oyida yurishni boshladi. U Sharqiy Anatoliyadagi Kemax qalasini qamal qildi. Bu qala tog daryosining qirgogida joylashgan edi. Qalaning devori mustahkam va baland bolib, uning birinchi tomoni daryoga taqalgan, ikkinchi tomoni esa vodiyga tutashgan edi. Vodiy daryo irmogi bilan tutashib ketganligi uchun unga chiqib borishning imkoni yoq edi. Qalaning qolgan ikki tomonini tepaliklar himoya qilib turardi. Qalani qamal qilishni Amir Temur taxtning vorisi Muhammad Sulton qomondonligidagi Movarounnaxrdan etib kelgan qoshinga topshirdi. Qalani qamal qilish 1402 yilning mayiyun oylarida otkazildi. Sohibqiron qalaga otish qiyin bolgan vodiydan borishga qaror qildi. Uning buyrugiga asosan daraxtlarni kesib vodiyni otinlar, shoxshabbalar bilan toldirdilar va uni yer bilan barobar qilib tekisladilar. Qala himoyachilari neftdan, maxsus tuzlardan, komir va oltingugurtdan tayyorlangan yonuvchi aralashmani daraxtlar va shoxshabbalar bilan birga yoqib yubordilar. Shundan keyin Sohibqiron jangchilariga vodiyni kattakatta toshlar bilan toldirishni buyurdi. Jangchilar narvonlar va arqonlar yordamida qala devorlariga kotarila boshladilar. Qamaldagilar asirga tushishga majbur boldilar. Kemax qalasini egallaganidan keyin Amir Temur jangchilari Sivasga harakatni boshladi. Sivas chollarida Amir Temur oz odatiga kora har doimgidek katta jangdan oldin qoshinning korigini otkazdi. Tarixchilarning guvohlik berishicha, «Hamma jangchilar osha davrning takomillashgan qurolyarogiga ega: chavandozning boshidan otning tuyogigacha sovutlar bilan himoya qilingan edi». Bu hol Amir Temurning jangchilari evropalik ritsarlardek qurolyaroglar va himoya anjomlariga ega bolganliklaridan dalolat beradi. Endigina Movarounnaxrdan etib kelgan shahzoda Muhammad Sulton qoshinining anjomlari boshqacha bolib, u turli xil rangda bolgan. Qoshinning korigi paytida sulton Boyazidning elchilari ham ishtirok etdi. Bu korik elchilarda katta tasavvur uygotdi8. Sivasdan Amir Temur Toqat yonalishiga dushmanni qidirib topish va QizilIrmoq daryosidagi kechuv joylarini egallash uchun razvedkachilarni jonatdi. Razvedka Anqaraning shimolida turk qoshinlarini yigilayotganligini aniqladi. Yurishning ikkinchi davri Amir Temur qoshinining qatiy jangga otishga qulay vaziyatni yaratish uchun manyovri. Razvedkaning malumotiga kora, Toqatga eltuvchi yol ormonning ichidan otgan bolib, juda tor edi. Buning ustiga QizilIrmoq daryosidagi kechuv joylari turklar tomonidan egallangandi. Boyazid qoshinining asosini piyodalar, Amir Temur armiyasini esa–otliqlar tashkil etdi. Shuning uchun Amir Temur ozi uchun noqulay joyda jang qilmaslikka qaror qildi. Turk sultonining qoshinini hiyla bilan togli, ormonli joydan chiqarish, hamda QizilIrmoq daryosidagi kechuv joyini turk qoshinlari qoriqlamayotgan uchastkasidan kechib otish uchun Amir Temurning qoshini Kesariyaga yol oldi. Boyazid Amir Temurning yurishini aynan mana shu ormon yolidan kutdi. Pozitsiyani egallab, u jangga tayyorgarlik kordi. Tajribali Amir Temur chalgituvchi manyovrni amalga oshirdi, u kichik bolinmalarni ormon yoqasida qoldirdi, qoshinning toxtashini imitatsiya qildi, qolganlarni soqmoq yoldan Anqara tomonga olib ketdi. Boyazid I qoshinining harakatlarini kuzatish uchun Kirsheirdan razvedka otryadi chiqdi (1000 chavandoz). Amir Temur dushman todasida yuzaga kelgan vaziyatni yaxshi bilar edi. Otliq qoshinni taqib qilish Boyazid I ning piyodalarini toliqtirishini hisobga olgan Amir Temur, oz qoshinini dushman tomonidan taqib qilishga majbur etishga qaror qildi. Boyazid I qoshini kommunikatsiyalarini Brussa shahridan ajratib tashlash uchun Amir Temur Anqara shahrini qamal qildi. Buning natijasida turk qoshinlari tekislikka chiqishga majbur boldi. SHundan song Amir Temur Anqara qamalini echib, ortga otdi va lager qurib uni mustahkamladi. Amir Temurning lageri kichik bir daryoning qirgogida joylashgan bolib, daryo lagerning orqa tomonidan oqib otar edi. Lagerning atrofida xandaqlar qazildi. Sulton Boyazid I ozi uchun noqulay pozitsiyadan hujumga otishga majbur boldi. Turklar tomonidagi yagona buloq Amir Temur jangchilari tomonidan buzib tashlandi, shuning uchun sultonning qoshini suv tanqisligiga duchor boldi. Buning ustiga sultonning qoshini yaqin orada maosh olmaganligi va uning orasida noroziliklar kelib chiqqanligi Amir Temurga malum boldi. Yurishning uchinchi davri – Anqara yaqinidagi jangda turk qoshinining tormor etilishi. SHarqlik tarixchilarning malumotlariga qaraganda (borttirilgan bolishi mumkin), Amir Temurning qoshini 250 mingdan 350 mingtagacha jangchilarni va 32 ta jangovar fillarni, turk qoshinlari 120200 ming jangchini tashkil etgan. Hozirgi tarixchilarning malumotlariga qaraganda Amir Temurning qoshini 140160 ming kishini, 32 ta jangovar fillarni, turk qoshinlari esa70 ming atrofida jangchini tashkil etgan9. 1402 yil 20 iyulda Anqara yaqinida sulton Boyazidning turk qoshinlari va Amir Temur qoshini ortasida orta asrning eng yirik janglaridan biri bolib otdi. Amir Temur armiyasining jangovar tartibi ong va chap qanotlardan, ularning avangardlari va markazdan tashkil topdi. Ularning oldida bir nechta qatorda kamonchilar va 32 ta jangovar fillar olov uloqtiruvchilar bilan saflandi. Markazning ortida shaxsan Amir Temurning qomondonligi ostida saralangan qoshindan tashkil topgan zaxira saflandi. Amir Temurning qoshini qudratli qanotlarga va kuchli zaxiraga ega edi. Boyazid I oz qoshini jangovar tartibining front ortini toglarga taqab, ong qanotga chekinishga mos qilib yaratdi. Turklarning ong qanoti osiyoliklar qismlaridan, jumladan tatarlarning qoshinlaridan tashkil topdi, ularning orasida sultonning siyosatidan norozi kishilar talaygina edi. Sulton qoshining chap qanotini serb qiroli Lazarning jangchilari egalladi. Bu jangchilar boshlaridan oyoqlarigacha ritsarlik sovutlari bilan himoya qilingan edilar. Qoshinni ikkinchi qatorining ortida front ortining markazida sultonning ozi rahbarligidagi zaxira joylashdi. Usmoniylar qoshini jangovar tartibining markazi kuchli, qanotlari esa kuchsiz boldi (12-rasm). Jangning birinchi davri – jangovar tartibning qanotlaridagi janglar. Boyazidning qoshini safardan toliqqanidan foydalanib, Sohibqiron birinchi bolib engil otliqlar bilan zarba berdi, keyin esa ong qanot avangardining serblarning qatoriga qilgan hujumi muvaffaqiyatsiz boldi. Shundan keyin butun ong qanot jangga kiritildi va serblarning qatorlarini chap qanotdan va front ortidan orab oldi, lekin serblar ayovsiz qarshilik korsatishda davom etdilar. Chap qanot avangardi boshida muvaffaqiyatni qolga kiritdi, chunki 18 minglik yollangan totor otryadlari Amir Temur tomoniga otdi. Boyazidning ogli Sulaymon qomondonligidagi turk qoshinining ong qanoti chekinishni boshladi. SHu paytda Amir Temur, serb ritsarlarini turklarning asosiy kuchlaridan ajratib qoyish uchun ikkinchi chiziqdagi qoshinlarni jangga kiritdi, lekin serblar yorib otishga va yanicharlar otryadi bilan birlashishga muvaffaq boldilar. Jangning ikkinchi davri – Amir Temur qoshini tomonidan turk qoshinining asosiy kuchlarini qurshovga olinishi. Amir Temur zaxirani jangga tashladi, u turklarning asosiy kuchlarini qurshovga ola boshladi. Serb ritsarlari garb tomonga chekina boshladi. Amir Temur qoshinlari yanicharlarni qurshovga olishni osonlik bilan oxiriga etkazdilar, ularni yanchib tashladilar, Boyazidni esa asirga oldilar. Jangning uchinchi davri – turk qoshinlarining qolganqutganlarini taqib qilish. Sulaymon qomondonligidagi turk qoshinlarining qolganqutganlarini taqib qilish uchun Amir Temur 30 mingta jangchini ajratdi, ularning 4 mingtasi otlarda beshinchi sutkada Brussaga etib keldi. Sulaymon ozining kichik bir otryadi bilan kemalarga otirib suzib ketishga zorga ulgurdi. Jangning tortinchi davri – Kichik Osiyoning garbiy Orta Yer dengizi qismini bosib olinishi. Sulton Boyazidning asosiy kuchlarini tormor etganidan keyin Amir Temur qoshini turk qoshinlarining qolganqutganlarini taqib qildi va Kichik Osiyoning Orta Yer dengizi qirgoqboylariga chiqdi. Kopgina shaharlar va qalalar jangsiz taslim boldi. Faqat Smirna shahrida yashayotgan xristianlar qarshilik korsatishga qaror qildilar. Sulton Boyazidning asosiy kuchlarini tormor etganidan keyin Amir Temur qoshini turk qoshinlarining qolganqutganlarini taqib qildi va Kichik qurollar yigildi. Dengiz tomonidan boladigan hujumni qaytarish, kemalardan himoya qilisah uchun yogochdan tosiqlar qurildi. Qala himoyachilari qatiy qarshilik korsatdilar Osiyoning Orta Yer dengizi qirgoqboylariga chiqdi. Kopgin shaharlar Jangning tortinchi davri – Kichik Osiyoning garbiy Orta Yer dengizi qismini bosib olinishi va qalalar jangsiz taslim boldi. Faqat Smirna shahrida yashayotgan xristianlar qarshilik korsatishga qaror qildilar. Dekabr oyida qalani qamal qilish boshladi. Buning uchun qamal qilish, olov va tosh uloqtiruvchi. Amir Temur yer ostidan yol qazishni buyurdi. Qamal qiluvchilar teztez bir birlarini almashtirib qazib turdilar. Yer ostidan qazilgan yol tayyor bolganidan keyin uning ichiga neftga pishitib olingan otinlar yoqildi. Buning natijasida qala devorlari qulab tushdi va jangchilar qalaga bostirib kirdilar. Smirnaning egallanishi bilan Kichik Osiyoga uyushtirilgan harbiy safar tugadi. Turklar bilan urushda Amir Temur qamrab olish negizini yaratdi. Shu negizlarga tayanib, u ozining front ortini ishonchli taminladi va turk qoshinlarini ajratib qoydi. Sohibqiron dushmanni va joyni razvedka qildi, vaziyatni togri aniqladi, maqsadlarni belgiladi, harbiy harakatlarning rejasini tuzdi, strategik tashabbusni oz qoliga oldi va dushman kommunikatsiyalarini kesib qoydi. Turk qoshinidagi noroziliklar va jangchilari turli xil qabilaga mansubligidan foydalanib, u dushmanni ozi uchun ota noqulay sharoitlarda jang olib borishga majbur qildi. «Temur tuzuklarida» ushbu jangning operativtaktik chizmasining ahamiyati quyidagicha takidlanadi: «Shunday qilib, men Boyazid bilan jangga kirishdim. Ong qanotning qomondoni Mirzo Mironshohga turk sultoni qoshinining chap qanotiga, mening qoshinimning chap qanotini boshqarayotgan Mirzo Sulton Mahmudxonga va amir Sulaymonga–dushmanning ong qanotiga hujum qilishni buyurdim. Ong qanot zaxirasi qomondoni Mirzo Abubakir tepalikda joylashgan Boyazid qoshinining asosiy qismiga hujum qilish vazifasini oldi, men esa ozimning jangovar qismim va saralangan jangchilarimni olib togri janggohga kirdim. Uning qoshini birinchi hamla paytidayoq uloqtirib tashlandi; sulton Mahmudxon maglub bolganlarni taqib qilishga tashlandi va Boyazidni asirga olib mening chodirimga olib keldi». Anqara yaqinidagi jangda har ikkala tomondan dunyoning eng yaxshi piyodalari hisoblangan usmoniylar piyodalari, jahonning eng kuchli otliqlari hisoblangan Amir Temur otliq askarlari bilan toqnashdi. Usmoniylarning piyodalari Amir Temur otliq armiyasi oldida ojizlik qildi. Bu galaba Sohibqironning sharafli harbiy sanatining eng yuqori choqqisi boldi. Kichik Osiyoga uyushtirilgan harbiy yurish va Anqara jangi natijalari boyicha harbiy sanatning rivojlanishiga qoshilgan hissa quyidagilar: Sohibqiron urushni boshlash uchun qulay vaqtni tanladi. U ozining janubiy qanotiga Misr tomonidan berilish ehtimoli bolgan zarbani bartaraf qildi. Amir Temur ozining mohir va tezkor manyovrlari tufayli dushmanga oz irodasini singdirib, uni manfaatli marrani tark etishga majbur qildi. Amir Temur qoshini ortidan quvgin qilish, asosini piyodalar tashkil etgan turk qoshinini juda holdan toydirdi. Jang uchun qulay pozitsiya tanlandi. Amir Temur qoshinining jangovar tartibi qudratli zaxirani ajratgan holda kuchli qanotlardan tashkil topdi. Anqara jangi Orta asrlar tarixidagi yirik janglar bilan bir qatorda turadi. Jangning oqibatini qanotdan berilgan zarbalarni markazdan faol harakatlar bilan birga olib borilganligi, zaxirani oz vaqtida jangga kiritilganligi va undan keyin turk qoshinlarining asosiy kuchlarini qurshab olinishi hal qildi. Amir Temurning harbiy sanati haqida gap borganda, uning armiyasidagi taktika va strategiya qatiyligi bilan ajralib turishini alohida takidlab otmasdan bolmaydi. Bu kurashning strategik asoslarini faol hujumkor harakatlar va urush olib borishning usullari va shakllarini chuqur bilish tashkil etdi. Amir Temur oz qoshinini taktik jihatdan saflashga ijodiy yondashib, kerak bolgan vaqtlarda jangovar tartibga ozgarishlar kiritdi. 1391 yil iyundagi Toxtamish bilan bolib otgan jangda Amir Temur qoshini markazdan, ikkala qanotlardan, avangarddan, aryergarddan va qanotlarni qollabquvvatlab turuvchi ikkita qismlardan tashkil topgan edi, lekin har bir qanot ozining avangardiga ega boldi, markaz esa avangard va zaxira bilan kuchaytirildi. Aryergardzaxiraga Amir Temurning ozi qomondonlik qildi. Uning pozitsiyasi markazning shundoq ortida joylashdi va qayerga yordam kerak bolib qolsa, osha yoqni qollabquvvatlashga doimo tayyor turdi. Buyuk Sohibqiron harbiy sanatida tezkorlik manyovr taktikasi muhim ahamiyatga egadir. Amir Temur, mana shu doimo uni maglubiyatlardan asragan va galabaga etaklagan marshmanyovrlarning ustasi edi. Amir Temur jang maydonida toliq ustunlikni qolga kiritish uchun taktik darajada teztez oz qoshinini manyor qilib turdi. Amir Temurda jang davomida kerakli joyda kerakli vaqtda etib kelish qobiliyati bor edi. Bu hammasi unga togri va oz vaqtida qaror qabul qilishga va oz buyruqlarini bajarilishini nazorat qilishga imkon yaratdi. Shu bilan birga, Buyuk sarkarda, urushda muvaffaqiyatga erishishda hamda strategik va operativtaktik rejalarni amalga oshirishdagi muhim omil, armiyaning qattiq markazlashgan boshqaruvida deb hisobladi. Markazlashgan boshqaruvning manosi–armiyaning hamma qismlari yagona qomondonlikka boysunishidadir. Hamma amirlar bosh qomondonga boysungan edilar va oz majburiyatlarini aniq bajardilar. «Eskadron boshliqlariga men buyruqlarimni ota aniqlik bilan bajarishni buyurdim. Boshliq yoki oddiy jangchi agarda mening topshiriqlarimni bajarishdan bosh tortsa yoki uni buzsa qattiq jazoga tortdim» – deb yozilgan edi «Temur tuzuklarida». Amir Temur oz taktikasi va strategiyasini ishlab chiqqan buyuk sarkardalardan biridir. U bahssiz donishmand davlat arbobi sifati va istedodli sarkardalikni ozida mujassam etgan, oz zamonasining muvaffaqiyatli va kuchli harbiy boshligi edi. Shunday qilib, jahon tarixining judayam qiziq davrini – yirik ozgarishlar davri mobaynida Buyuk Amir Temurning asosiy harbiy yurishlarini korib chiqdik. Uning asosiy harbiy yurishlari davomida harbiy sanatning rivojlanishini aniqlashdan oldin, Amir Temur davri jahon tarixiy jarayoniga qaysi asosiy mezonlar boyicha tasir korsatganini aniqlandi: Orta Osiyo hududida birinchi bor yangi korinishdagi davlatchilik barpo etildi, poytaxti Samarqand hisoblangan buyuk imperiyaga asos solindi. Amir Temur Turon zaminida shu paytgacha bolmagan temir intizomga ega, taktika va strategiya bobida savodli yirik va qudratli armiyani yaratdi. Amir Temur ish ustidan qozonilgan galaba Rusni mogul-totor qulligidan butunlay qutqardi, bu oz navbatida Rusga yangi Rossiya davlatchiligini tashkil qilishga turtki boldi). Boyazid Yildirim ustidan qozonilgan galaba Yevropa xalqlarini turklar istilosidan ozod qildi va Vizantiya imperiyasini qulashini 50 yilga kechiktirdi. Movarounnaxrda madaniyatning yuksalishi bevosita Amir Temur nomi bilan bogliq. Dunyo hamjamiyati uni toliq asos bilan Sharq Renessansining asoschisi deb ataydi. Shuning uchun oz millatining faxri hisoblangan buyuk shaxslar: Iskandar Zulqarnay, Gannibal, Yuliy Sezar, Buyuk Karllar qatorida Amir Temur Turon zamini uchun davlat arbobi, islohotchi va sarkarda sifatida etirof etiladi. Biz Buyuk Sohibqiron Amir Temurning Oltin Ordaga, Hindiston va Kichik hissasi togrisida chuqurroq toxtalamiz. Oltin Orda bilan Orta Osiyo manfaatlari uchun, rus knyazliklari bilan hamkorliksiz kurash olib bordi, natijada nafaqat Orta Osiyo uchun balki Rus uchun ham kerakli bolgan muhim ishni amalga oshirdi. (Toxtam Osiyoga qilgan harbiy yurishlarini korib chiqdik. Yuqorida korib chiqilgan yurishlar asosida biz Amir Temurning sarkardalik faoliyati va jahon harbiy sanatiga qoshgan XULOSA Insoniyat tarixida harbiy sanatda ochmas iz qoldirgan harbiy boshliqlar juda kop. Unga misol bolib Iskandar Zulqarnay, Gannibal, Yuliy Sezar va boshqalar xizmat qiladi. Ularning qatorida biz faxr va chuqur ehtirom bilan Orta asrlar Sharqining buyuk davlat arbobi va sarkardasi Amir Temur nomini esga olamiz. Amir Temur strategiya maktabini, jang olib borish taktikasi va dushman ustidan galabaga erishishning betakror usullarini yaratib harbiy sanat tarixi sahifalarini boyitdi. Jahon harbiy tarixi Amir Temurni Orta Osiyo Sharqining buyuk sarkadasi ekanligini etirof etadi. Uning harbiy istedodi ikki yonalishda sarkarda va armiyaning islohotchisi ekanligida namoyon boldi. Dushmanni aylanib otish usuli, uni ozi uchun qulay pozitsiyaga yonaltirish, kuch jihatdan ustun bolgan ganimni holdan toydirish, qirib tashlashdek taktika va strategiya unga tegishlidir. Mana shuning uchun ham koplab davlatlarning harbiy oquv yurtlarida Amir Temurning harbiy sanati organiladi. Uning jangovar tajribasi jahonning bir qancha harbiy akademiyalari darsliklariga kiritilgan. Ushbu qollanmada Amir Temur armiyasining tuzilishi, uning sarkardalik faoliyati va asosiy yurishlarida harbiy sanatning rivojlanishi tahlil qilinadi. Oquv qollanmaning birinchi bobida Amir Temur davlati, armiyasining yaratilishi va tashkiliy tizimi korsatib berilmoqda. Oquv qollanmaning ikkinchi bobida Amir Temurning asosiy harbiy yurishlarida harbiy sanatning rivojlanishi yoritilgan. O’quv qollanma, Xarbiy talim fakulteti talabalarining Amir Temur harbiy sanati haqidagi tasavvurlarini boyitish va bilimlarini takomillashtirish uchun tasviya qilinadi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling