Zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi
II..1Amir Temurning 1391 yilda Oltin Ordaga qilgan harbiy yurishi
Download 1.54 Mb.
|
Xomidov BMI
II..1Amir Temurning 1391 yilda Oltin Ordaga qilgan harbiy yurishi..
Amir Temur Oltin Ordaning qanday xavf solib turganidan boxabar edi. U Jochi ulusida sodir bolayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib turdi. 1360 yildan 1380 yilgacha, yani 20 yil ichida Oltin Ordada 25 ta xon almashdi. Oq Ordaning hukmdori Orisxon 1375 yilda Jochi ulusining ikki qismi–Oltin Orda va Oq Ordani birlashtirishga qaror qildi. Ordalar birlashib Amir Temur davlatiga jiddiy xavf tugdirishi mumkin edi. Bu xavfni oldini olish uchun Amir Temur yuzaga kelgan vaziyatdan mohirlik bilan foydalandi. Oq Ordaning ozbek amirlaridan biri Toy Xoja oglon Oltin Ordaga qarshi harbiy yurishga ishtirok etishdan bosh tortganligi uchun Orisxon tomonidan oldirildi. Toy Xoja oglonning ogli Toxtamish oglon 1376 yilda Oq Ordadan qochib Samarqandga keldi. Amir Temur undan Orisxonga qarshi kurashish uchun foydalanishga qaror qildi. Amir Temur Toxtamishni Jochi ulusida uning siyosatini yurgizuvchi kishi boladi deb oylagan edi. Lekin buning aksi bolib chiqdi. Amir Temurning yordami bilan Oq Ordaning xoniga aylangan Toxtamish Orisxonning izidan bordi, yani u Jochi ulusini birlashtirishni va qudratli Oltin Ordani yaratish uchun kurashni boshladi. Oq Ordaning hukmdoriga aylangan Toxtamish (1377 y.), ozining raqibi va soxta xon Mamayxonning Kulikovo dalasida rus knyazi Dmitriy Donskoydan chekkan maglubiyatidan foydalanishga qaror qildi va shu yili Kalka daryosi yoqasida Mamayxonning qolganqutgan qoshinini tormor etdi. Bu galabadan keyin Toxtamish Oltin Ordaning oliy hukmdori – xoni boldi va Jochi ulusining ikkala qismini birlashtirishga kirishdi. Amir Temur oz davlatiga shimoliy qoshnisi Oltin Orda qanday xavf solib turganini tushunib etgan edi. Movarounnaxrga shimol tomondan xavf rahna solib turgan ekan Amir Temur hech qanday yurishlarni amalga oshira olmas edi. 13871388 yillarda Amir Temurning Movarounnaxrda yoqligidan foydalangan Toxtamish davlat ichkarisiga hujum boshladi. Toxtamish Samarqand va Buxoro viloyatlari hududiga bostirib kirdi. Bu vaqtda Eronda turgan Amir Temur 30 minglik qoshinni Movarounnaxrga yordamga jonatdi, ozi ham shoshilinch ravishda vataniga qaytdi. Toxtamish chekindi, lekin u Xorazm hukmdori Sulaymon Sofini Amir Temurga qarshi kurash uchun oziga birlashishga kondirdi. Bu voqealar Sohibqironni 1388 yilda Xorazmga beshinchi – oxirgi yurishni amalga oshirishga majbur qildi. U Urganchni bosib oldi va Sofi sulolasi hukmdorligini tugatdi. Toxtamishning Samarqand va Buxoroga yurishi Amir Temurda, bu kurash alohida hududni bosib olish istagi uchun emas, balki Toxtamishni Sohibqironning siyosatiga qarshi yonaltirilgan kurashining ifodasi ekanligiga shubha qoldirmadi. Amir Temurning Toxtamishga qarshi uchta harbiy yurishlari orasida harbiy sanatning rivojlanishi nuqtai nazaridan 1391 yildagi harbiy yurish va 1395 yilda Toxtamishni Terek daryosi boyida butkul tor-mor etganligi xarakterlidir. 1391 yilning qishida Sohibqiron Toxtamish tomonidan kutilayotgan xavfni bartaraf etishga va Oltin Ordaning Misr mamluklari bilan birga Amir Temur davlatiga qarshi ittifoq tuzishiga yol qoymaslikka qaror qildi. U Toxtamishga qarshi yurishni boshlash uchun qoshinni toplashga farmon berdi. Yigilgan qoshin Samarqanddan chiqib, Xojand shahri yaqinida qurilgan koprikdan Sirdaryoni kechib otdi. Qoshin Toshkentga etib keldi. Amir Temur 1391 yilning 19 yanvarida qoshinning korigi vaqtida Jochi ulusiga urush elon qildi va harbiy boshliqlarga korsatmalar berildi. U oz qoshinini safar tartibiga safladi va har bir kolonnaga yolboshchilarni tayinladi. Ikki yuz minglik qoshin bilan choldan 2500 kilometr masofani bosib otish kerak edi. Amir Temur vaziyatni sinchkovlik bilan organib chiqdi va safar uchun eng qulay yolni tanladi. Chol sharoitida urush olib borishning asosiy qiyinchiligi bu qoshin va otlarni barcha kerakli narsalar bilan taminlashdir. Jangovar qobiliyatni saqlab qolish uchun hujum qilayotgan armiyaning har bir jangchisi ortidan ergashib kelayotgan uchta otga ega bolishi kerak safar oti, yuk oti va jangovar ot. Bundan tashqari kamon oqlari va qamal qilish mashinalari ortilgan karvon, sarkardalarning shaxsiy otlari harakatlangan. Em-xashakni jamlash va uni ozi bilan olib yurish ham qiyinchiliklar tugdirgan. Toxtamishning qayerda ekanligi togrisidagi oxirgi malumotlarga qaraganda, u Oq Ordaga qaytgan va Orol daryosining shimolrogida bolishi mumkin edi. Bunday noaniq malumotlar asosida armiya Sirdaryo boylab harakatlandi, keyin shimolga burildi. Sari-Su daryosini kechib otib, sahroda harakatni davom ettirdi, u yerda odamlar, otlar bir necha kun davomida suvsizlikdan aziyat chekdilar. Amir Temur qoshini Yassi (Qozogistonning hozirgi Turkiston shahri), Qorachiq, Sabran shaharlaridan otib, Sariuzenga (Sarisu daryosi) chiqdi, u yerdan Kichik va Katta tog etaklariga (Qozogistondagi hozirgi Oltin Choqqi tog bagirlaridagi Karsakpay karyeri yaqinida) etib keldi. Uch oylik harbiy yurishdan keyin qoshin oziq-ovqatning tanqisligini seza boshladi. Shuning uchun, Sohibqiron oziq-ovqat meyorini chekladi, har bir jangchiga ikki oyga 10 kg un beriladigan boldi. Toshkentdan chiqilganidan keyin uch oy otganida armiya Subar-Tengiz togi etaklariga etib va chodirlar tikib toxtadi. Amir Temur toshlardan minora yasashni va katta toshga quyidagi sozlarni yozishga buyruq berdi: Mehribon Olloh yoliga! Etti yuz toqson uchinchi yil jumad oyining 23 kunida (1391 yilning 28 aprelida) bu yerdan Turon sultoni Amir Temur Qoragon 200 minglik qoshin bilan Toxtamishga qarshi otdi. (tosh hozirgi kunda Ermitaj muzeyida saqlanmoqda). Qoshindan oldinga ovchilar guruhi jonatilar edi, lekin olja bunday armiyani taminlash uchun etarli bolmasdi. Topilgan olja va oziq-ovqat oshxonaga topshirilar edi. Har bir kishiga, u amir yoki askar bolishidan qatiy nazar teng ovqat beriladigan boldi. Ammo borgan sayin ovqatda ot-olanning miqdori ortib bordi, shunday kunlar boldiki armiya faqat ot-olan bilan oziqlandi. Yirik armiyani ochlikdan qutqarish uchun Amir Temur charga ovni tashkil qilishni buyurdi (jangchilar uzoqdan yonma yon turib, asta-sekin aylana ortasiga yigila boshlaydilar, bunday yirik ov koplab olja bergan. Odamlar toyib ovqatlanganlar, ortganini quritib qoyganlar). Armiyaning jangovar ruhini kotarish uchun Sohibqiron, odatda Samarqandda, Registon maydonida tantanali marosimlarda otkaziladigan qoshinning korigini otkazdi. U barabanlar sadosi ostida otliq armiya oldidan otdi, keyin sherengalar orasidan harakatlanib, askarlar bilan suhbatlashdi, ularning qurol-yaroglarini tekshirdi. Butun armiyani korigi uchun ikki kun talab qilindi. Armiya boshidan kechirgan mashaqqatlarga qaramasdan jangovar qobiliyatini saqlab qolgan edi, eng asosiysi uning qomondonga nisbatan ishonchi yoqolmagan edi. Amir Temur boshlab borayotgan armiya qudratli harbiy kuch edi. Sohibqiron piyoda qoshinga ham katta etibor qaratdi. Piyodalar otliqlarning hujumiga bardosh berishlari uchun u tajribali sapyorlar bolinmalarini tashkil etdi. Jang maydonida uning piyoda qoshini katta qalqonlar bilan tosilgan okoplar bilan himoya qilingan edi. Butun armiya etti birlashmaga bolindi, ulardan ikkitasi zaxirani tashkil etdi. Oliy Bosh qomondon zaxirani jangning borishidan kelib chiqib xohlagan yonalishiga, markazni yoki qanotlarni qollab-quvvatlash uchun tashlashi mumkin edi. Endilikda jangovar tartibning markazi juda ham qudratli boldi. 1391 yilning mayida Amir Temurning qoshini Tobol daryosi qirgogiga etib keldi. Tobol shahriga etguncha qoshin sezdirmasdan, yashirincha harakatlandi. Bu hol Amir Temurni yirik armiyaning harakatini Toxtamishdan yashirishga muvaffaq bolganligidan dalolat beradi. Tobolga etib kelgunga qadar Sohibqiron dushman togrisida hech qanday malumotga ega emas edi. Toxtamishning qoshini tomonidan buzib tashlangan Tobolning kechib otish joylari tiklandi va qoshin daryodan kechib otdi. Kuchini tiklab olganidan keyin qoshin Ural daryosi tomonga harakatlandi. Toxtamish Ural daryosining ortida kechib otish uchun qulay bolgan uchta joyda oldindan pistirmalarni tashkil etdi. Amir Temur tajribali va mohir sarkarda sifatida hushyorlikni yoqotmasdan u tomonga qoshinni boshlamadi, aksincha qoshin bu kechuv joylaridan ancha yuqoridan daryodan suzib otdi. Amir Temur dushmanning ong qanotini aylanib otishga qaror qildi, shu bilan u Toxtamishning poytaxtga chekinish yolini va kutilayotgan madad kuchlari yonalishini kesib qoyishi, hamda uni joy sharoitlaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin edi. Shu bilan birga ushbu manyovr dushmanni jangga kirishga majbur etar edi. Sohibqiron oz qoshinini Samara daryosining quyi oqimi boylab emas, yuqoridan Samaraning Iyk daryosiga quyilish joyiga otkazdi. Koprikdan manglay (avangard), keyin qol (markaz) otkazildi. Qoshinning ong va chap qanotlari (barangor va juvangor) daryodan suzib otdi. Dushmanning tosatdan beradigan zarbasini oldini olish uchun Amir Temur jangchilarga oz qismlarini tark etmaslikka, katta va kichik qalqonlarni tayyorlashga, lagerni xandaqlar qazib orab olishga, doimo razvedkani olib borishga, gulxanlar yoqmaslikka buyruq berdi. Lagerni qoriqlash uchun u 30 ming jangchini tayinladi, ular lagerning atrofini patrullik yoli bilan qoriqlab turdilar. Oltin Orda jangchilarining keyingi chekinishlariga yol qoymaslik uchun Amir Temurning kichik otryadlari yolgondakam harakatlari bilan dushmanning bolinmalari va qismlarini pistirmalarga tushirdilar. aksincha, ozining tajribali, oqil va donishmand sarkarda ekanligini korsatib, qoshinni etti qoldan iborat murakkab tartibda safladi. Amir Temur armiyasining ushbu jangdagi jangovar tartibi Nizomiddin Shomiy va Sharofiddin Ali Yazdiyning asarlarida toligicha aks ettirilgan. U Sohibqironning shaxsan ozi tomonidan tuzilgan edi. Amir Temur birinchi bolib jangovar tartibni «etti qol», yani korpuslar usulida tashkil etdi, shu vaqtgacha. qoshinni etti qol tartibida safladi. Shu paytgacha hech bir podshoning qoshinni bunday saflaganini eshitmaganman». Shunday tartibda saflangan qoshin ganimning qanotlardan Sharofiddin Ali Yazdiy bu togrisida shunday yozadi: «Hukmdor ozi yurib beradigan zarbasiga yoki uning aylanib otishiga muvaffaqiyatli qarshi tura olar edi. Yana uning malumot berishicha ganimning qoshini Amir Temurning qoshiniga qaraganda bir nechta koshunga (500 kishiga ega bolgan harbiy bolinma) kop edi. Undan tashqari Sohibqiron ordaliklar otliqlarining 5manyovrlariga tosqinlik yaratilgan sharoitda (daryoning sohilida) jangga kirdi. Amir Temur qoshinining jangovar tartibi quyidagicha edi (9-rasm). Markazda saflangan qolga amir Sulaymonshoh qomondonlik qildi. Bu qolning ortidan mirzo Muhammad Sulton boshchiligidagi ikkinchi qol saf tortdi. Barangorda Mirzo Mironshohning qoli saflandi, Xoja Sayfiddinning qoli qonbul rolini bajarib ong qanotda saflandi. Juvangor mirzo Umarshayxning qoshinidan tashkil topdi. Qonbul sifatida chap qanotda Berdibek Saribugining qoli joylashdi. Qoshin jangovar tartibining markazi manglay (avangard) tomonidan tosib turildi. Qolning front ortida Oliy Bosh Qomondon Amir Temurning qarorgohi bilan chagdovul joylashdi. U qoshini safidan 20 minglik qudratli zaxira yaratdi, ushbu zaxira kuchlari jangning natijasi uchun hal qiluvchi rol oynadi. Shunday zaxira kerakli vaqtda Toxtamishda yoq edi. Qaramaqarshi tomonda Toxtamish oz qoshinini besh qismga boldi, ularga kozga koringan sarkardalar va Dashti Qipchoqning bahodirlari qomondonlik qildilar. Toqnashuvdan oldin Amir Temur barcha etti qollarni jangga kiritishga hozirlandi, lekin kutilmaganda hujumdan voz kechib turib, hayratda qolgan dushmanning koz ongida chodirlar tikishga buyruq berdi. Bu dushmandan hech qanday hayiqish yoq ekanligining belgisi bolib, xohlagan paytda dushmanga tashlanishi mukinligini bildirar edi. Dushmanning xurofot tuygusiga tasir otkazish va oz qoshinida dushmanga nafrat uygotish uchun u nabirasi Mirzo Abubakir otryadiga chodirlarning oldida qozonlarda ovqat pishirishga buyruq berdi. Bunday ruhiy hujum dushmanni shunday esankiratib qoydiki, u turgan joyida qotib qoldi. Birinchi bolib jangga kirishga botinolmay turgan Toxtamish, oxir-oqibat qoshinni pala-partish jangga kiritdi. Bu bilan Sohibqiron ikki maqsadga erishdi: dushmanning ruhiyatiga tasir otkazdi va uning ozi uchun noqulay joydan hujumga oʻtdi. Engil piyodalar bolinmalari asosiy avangardning, markazning, chap va ong qanotlardan oldinda joylashgan. Ong va chap qanot avangardlari, hamda aryergard faqat otliq qoshinlardan iborat bolgan. Bu qismlarning hammasi mustaqil ravishda harakatlangan va faqat Oliy Bosh qomondonga boysungan. Qoshinni bunday saflash quyidagi ustunliklarni yaratgan: Dushmanga otliq va piyoda qismlar bilan uzluksiz va yoppasiga hujum qilish; Qoshinning asosiy qismi qaravul va aryergardning (chagdavul) himoyasi ostida bolganligi, bu oz navbatida mudofaaning barqarorligini oshirganligi va dushman tomonidan qanotlar va front ortini qamrab olinishiga tosqinlik qilganligi; Toxtamish 1391 yilgi jangdagi tajribalari boyicha Amir Temur qoshini jangovar tartibining ustunligiga ishonch hosil qilib, oz qoshinini Sohibqiron qoshining jangovar tartibidek tartibda safladi. Jang Oltin Ordaliklarning Amir Temur qoshinining juvangoriga qudratli hujumi bilan boshlandi. Chap qanotda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hisobga olib, Amir Temur osha tomonga oz zaxirasidan madad kuchlarini jonatdi. Etib kelgan jangchilar dushan hamlasini qaytardilar va ozlari uni taqib etishni boshladilar. Muvaffaqiyatga berilib ketgan alohida bolinmalar asosiy kuchlardan ajralib ancha uzoqlashib ketdilar. Dushmanining taktik jihatdan yol qoygan xatosidan foydalangan Toxtamish oz qoshini jangovar tartibini tikladi va taqib qilib kelayotganlar safini tozgitib yubordi. Kutilmaganda bevosita Sohibqironning qol ostida bolgan qoshin dushmanning qurshoviga tushib qoldi. Shiddat bilan bostirib kelayotgan dushman todalari amir Shayx Nuriddinning qismlari bilan toxtatib qolindi, ular oz otlaridan tushib ganimni shijoat bilan kamonlardan oqqa tutdilar. Amir Temurning atrofida aravalardan quran barpo etildi (nemischada vagenburg aravalarni bir biriga boglab yaratilgan tosiq). Amir Temur yoppasiga mudofaani yaratdi. Sohibqiron qoshini markazining jangga kiritilishi vaziyatni motadillashtirdi. Jangning ikkinchi kuni yana Toxtamishning hujumi bilan boshlandi, hujumga oz juvangorini kiritdi. Toxtamishning qoshini Amir Temur qoshinining avangardini agdarib tashlab, barangorga hujum qildi. Sohibqironning barangoridagi qoshinning bir qismi tarqalib ketdi, ikkinchi qismi otlardan tushib dushmanga kamonlardan oq yomgirini yogdirishda davom etdi. Qoshinning ushbu qismi Sohibqironning boshqa qismlari tomonidan qollabquvvatlandi. Jangning ikkinchi kuni ham tomonlarning hech biriga galaba keltirmadi. Toqnashuvning oxirgi – uchinchi kunida jang yana oltinordaliklarning hamlalari bilan boshlandi. Markaz va qanotlarni kuchaytirgan Toxtamish frontal hujumga otdi. Toxtamishning juvangori ham jangga kiritildi. Toxtamish qoshinini mana shu qismining kuchsizlanib qolganini sezgan Amir Temur, asosiy zarbani dushmanning juvangoriga berdi. Toxtamishning juvangori toligicha tormor etildi. Amir Temur hamma uchastkalarda hal qiluvchi hujumga otdi. Uch kunlik janglar davomida holdan toygan Oltin Orda qoshini qarshilik korsatish uchun ozida kuch topa olmadi va natijada qaqshatqich maglubiyatga uchradi. Toxtamish oz tan soqchilari qurshovida jang maydonini tashlab qochdi va Bulgor ormonlarida yashirindi. Bu gal Amir Temur jangning natijasi bilan qanoatlanmasdan, Oltin Orda xonligining asosiy harbiy qudrati manbalarini yanchib tashlashga qaror qildi. Dushmanni taqib qilishda davom etib, Amir Temur armiyani Dnepr daryosiga boshladi, bu yerdagi Minkerman qalasi buzib tashlandi. Dneprdan qaytib Amir Temur Rus tomonga yonaldi va Elets shahrigacha bordi. Shundan keyin Amir Temur Kavkazoldini zabt etdi, keyin Oltin Ordaning asosiy bazalari–HojiTarxon va Saroyga yonaldi. 1396 yilning bahorida Sohibqironning golibona qoshini Ozarbayjonga etib keldi. Harbiy sanatning rivojlanishi nuqtainazaridan Toxtamish bilan 1395 yildagi Terek daryosi boyidagi jang quyidagi xususiyatlarga ega: Amir Temur qollagan harbiy hiylasi tufayli hech qanday xatarsiz va yoqotishlarsiz oz qoshinini Terek daryosidan olib otishga muvaffaq boldi. Jang arafasida Amir Temur oz lagerini jihozladi va uni dushmanning tungi ehtimoliy hujumini qaytarish uchun tayyorladi. Bu jangda ham Amir Temur oz qoshinini etti qismga bolib safladi. Amir Temurning jangovar tartibi chuqur qilib yaratildi va bu oz navbatida mudofaaning barqarorligini va hujumning samaradorligini taminladi. Jang davomida Amir Temurning qoshini turli xil taktik usullarni–tezlik bilan hujumga otish, pistirmalar, quranlar (aravalardan yaratilgan tosiq) yaratish, otliqlarning piyoda tartibda jangga otishlari va boshqalarni juda samarali qolladi. Amir Temur qoshinning samarali ozaro hamkorligini tashkil etib murakkab vaziyatdan chiqib ketishni taminladi va keyinchalik muqarrar galabani qolga kiritdi. Ong qanotda bosh zarba berish yonalishini togri tanlash eng murakkab vaziyatda jangning natijasini hal qildi. Bu jang orta asrlarning eng yirik janglaridan biri boldi. Natijada Oltin Ordaning qudratiga qaqshatqich zarba berildi, shundan keyin u avvalgi qudratini tiklay olmadi. Oltin Ordaning Amir Temur tomonidan tormor etilishi rus knyazlarining taqdirlariga mogultotorlar zulmidan qutulishlari uchun katta ahamiyatga ega boldi.6 Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling