Zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


I.2.Amir Temur davlatining yaratilishi


Download 1.54 Mb.
bet5/11
Sana25.07.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1662282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xomidov BMI

I.2.Amir Temur davlatining yaratilishi
Movarounnaxr va Xorazm yerlarini birlashtirishni oxiriga etkazgach, Amir Temurning keyingi bosh vazifasi, avval uchta garbiy mogul uluslariga qarashli bolgan hududlarda yagona davlatni barpo etishdan iborat boldi. 1380 yilga kelib unga tobe bolmagan ulus, Eronni oz safiga olgan Xulagular ulusi edi xolos.
Janubiy viloyatlarni zabt etish Xurosonga yurish bilan boshlandi. Xurosonning poytaxti hirot muhim harbiy­strategik ahamiyatga ega edi. 1381 yilda Amir Temurning qoshini hirot, Tus, Kelat va Sabzavor shaharlarini egalladi. 1382 yildan 1385 yilgacha Amir Temur Xurosonga, Mazandaronga, Shimoliy Eronga (Sultoniya shahrigacha) va Ozarbayjonga bir–nechta yangi harbiy yurishlarni amalga oshirdi.
Bu yurishlar natijasida Amir Temur davlati tarkibiga Xuroson, Afgoniston, Seiston, Mozandaronning bir qismi, Eronning shimolidan Sultoniyagacha bolgan hududi kiritildi (1-rasm).
1389 yilning yozida Sohibqiron Mogulistonga yurish uyushtirdi. Bu yurishdan Amir Temur 1390 yilning boshida qaytdi, Mogulistonning qudratiga ancha putur etkazildi.
1389 va 1391 yillarda Amir Temur ikki marta Oltin Ordaning xoniToxtamishga qarshi yurishni amalga oshirdi. 1391 yilda Volgaboyi chollarida, hozirgi Samara bilan Chistopolning ortasida joylashgan Qunduzcha degan joyda u Toxtamishga qaqshatqich zarba berdi.3
13921396 yillardagi besh yillik urush paytida Eronga va Iroqning Fors qismiga harbiy yurish amalga oshirildi. Amir Temurning qoshini 1392 yilning iyunida


Ushbu harbiy yurish paytida u yana bir bor ozining ashaddiy dushmani Toxtamish bilan toqnashdi. Uning harakatini toxtatib qolish maqsadida Amir Temur qoshini Shimoliy Kavkaz hududiga etib keldi. Ikkala armiya 1395 yilning aprelida Terek daryosi boyida toqnashdilar. Shu yerda bolib otgan jangda Oltin Orda armiyasi tor­mor etildi. Toxtamish qochishga va yashirinishga ulgurdi. Amir Temurga Volgaboyiga, Oltin Ordaning poytaxti Saroy Berkaga yol ochildi. Volganing qirgogi boylaridagi, Shimoliy Kavkazdagi, Qrimdagi, hamda dengiz boyidagi shaharlar bosib olindi. Oltin Ordaga qarshi olib borilgan kurash shu tariqa tugadi.


Amir Temur tomonidan Oltin Orda xoni Toxtamishning tor­mor etilishi rus knyazlarining taqdiriga, ularning mogullar qulligidan butkul qutulishlarida katta ahamiyatga ega boldi.
Sohibqironning Forsga, Iroqqa va qipchoq chollariga besh yillik urushi davlatning hayotiy manfaatlarini va savdo yollarining xavfsizligini taminladi, Kavkazdan Fors korfazigacha bolgan hududlarni zabt etilishiga olib keldi. Besh yillik yurishdan Amir Temur 1396 yilning avgustida qaytib keldi.
Besh yillik yurish davomida erishgan ajoyib galabalardan keyin 1398 yilning martida Amir Temur 90 mingdan ortiq qoshin bilan Hindistonga harakatlandi. Hindiston yurishi 1398 yilning dekabrida Dehli sultoni Mahmud qoshinining tor­mor etilishi bilan tugadi.
1399 yildan Amir Temur katta urushga tayyorgarlik kora boshladi va uni Garbda olib borishni rejalashtirdi. Avvalom bor, u Kichik Osiyoda usmoniylarning mulklarini bosib olishni va Suriyada Misr mamluklarini tobe qilishni kozda tutdi.
Etti yillik urush (13991404 y.) Amir Temur olib borgan urushlarning eng yirigi boldi. Uning natijasida Suriyaning katta shaharlaridan Xaleb (Aleppo), Kumis, Balbek, Damashq, Bogdod va Kichik Osiyoning katta qismi buysundirildi. Shu vaqtda Amir Temur qoshinlarining Gruziyaga hujumi amalga oshirildi.
Shu vaqtga kelib usmoniylar davlatini ichki nizolar va tobe etilgan xalqlarning qozgolonlari holdan toydirib bolgan edi, salbchilarning va Garbiy Evropa hukmdorlarining urushlari ham ularni kuchsizlantirib yubordi.
Shu paytga kelib qariyb butunlay Kichik Osiyo va Bolqon turk sultonining tasiri ostida boldi. Turk qoshinining asosiy qismi ushbu katta davlatning turli­tuman qabilalari va xalqlaridan (turklar, yollangan totorlar, serblar va boshqalar) tashkil topdi. Bu katta qoshin edi, lekin Amir Temurning hujumi davrida uning jang olib borish qobiliyati ancha pasayib ketdi.
Etti yillik urush paytida Amir Temur, orta asrlar davrining yirik sarkardasi bolgan sulton Boyazid qomondonligidagi turk­usmoniylari qoshinlari ustidan galabaga erishdi. 1402 yilning iyulida Anqara yaqinidagi jangda u sulton Boyazidning armiyasini tor­mor etdi.
Butun Evropa bolajak bu yirik jangning natijasini diqqat bilan kuzatardi. Gap shundaki, XIV asrning ortalaridan evropaliklar qudratli turk ekspansiyasiga qarshi hech qanday qarshilik korsata olmadilar. Usmoniylar Frakiyani, Bolgariyani, Valixiyani, Makedoniyani, Serbiyani egalladilar, Yunonistonga yorib kirdilar, Konstantinopolni qamal qildilar. Germaniya, Fransiya va Vengriyaga katta xavf tugildi. Bu xavfni oldini olish uchun ushbu davlatlarning birlashgan kuchlari turklarga qarshi salb yurishini boshladilar. Tish­tirnogigacha qurollangan german, fransuz, polyak, venger jangchilari bilan sulton Boyazid Yildirim boshliq turk askarlari ortasidagi jang 1396 yil 25 sentyabrda Bolgariyaga qarashli Nikopol shahri yaqinida bolib otdi. Bu jangda salbchi ritsarlar tor­mor etildilar. Lekin baribir Evropa uchun umid yulduzi charaqlaganday boldi. Sharqdan usmoniylar imperiyasiga sarkarda Amir Temur boshchiligidagi katta otliqlar armiyasi yaqinlashib kelardi. Temur saroyiga xristian hokimlarining elchilari usmoniylarga qarshi kurash uchun yordam sorab yugurgilab qoldilar.
Turk qoshinlarining Anqara yaqinidagi maglubiyati usmoniylar imperiyasining markazlashuv jarayonini ancha vaqtga toxtatib qoydi, turklarni Vizantiyani bosib olishlarini 50 yilga ortga surdi va Evropaga ularning hujumlarini ancha kechiktirdi.
Amir Temur 1405 yilning boshida 200 minglik katta qoshin bilan Xitoyga yurish boshladi. 1405 yilning yanvarida armiya Otror qalasiga etib keldi. Bu yerda Amir Temur betoblanib qoldi va 1405 yilning 18 fevraliga otar kechasi olamdan otdi.
Amir Temurning harbiy yurishlaridan asosiy maqsadi – markazlashgan davlat barpo etishdan, oz davlati va xalqini tashqi dushmandan asrashdan, aholini tinch hayotini taminlashdan iborat edi. Uning golibona yurishlari, markazlashgan boshqaruv tizimiga ega bolgan, savdo yollari xavfsizligi taminlangan yirik imperiyaning tashkil etilishiga olib keldi.
Orta Osiyo va Egey daryosining garbigacha bolgan ulkan hudud Amir Temur davlati tasarrufiga kirdi. Sharqning ikkita yirik imperiyasi, Turkiya va Misr buyuk sarkardaga tobe boldi.
Amir Temurdek daho mahorati oldida bosh egib, uning harbiy sanati, yani strategiyasi va taktikasidan haqli ravishda magrurlanamiz. Harbiy sanati unga buyuk sarkarda shuhratini keltirdi. Uning janglari jahonning kopgina harbiy akademiyalarida organiladi. Amir Temur buyuk hukmdor, tashkilotchi va ajoyib shaxs bolgan.
U baland boyli, keng elkali, kallasi katta, ser qosh, ser soqol bolgan, oyoq­qollari uzun, baland ovozli, qudratli kuch va jasurligi bilan ajralib turuvchi, olimga tik boquvchi inson bolib, umrining oxirigacha tiniq xotirasini saqlab qolgan. U bolaligidan turk va fors tillarini bilgan, mazmunli va qiziqarli sozlay olgan, mutola eshitishni xush korgan. U harbiy taktika va strategiya boyicha, turklar, arablar, eronliklar tarixi togrisidagi bilimlarga ega bolgan. Foyda keltiradigan hamma fanlar –tibbiyot, astronomiya, matematika, arxitekturani qadrlagan.
Temuriylar davlatida manaviy madaniyatning hamma javhalari misli korilmagan darajada yuksaldi. Ushbu davrda fan va adabiyot, arxitektura va shaharchilik (shahar qurish), xalq ananalari va urf­odatlari, bayramlar, sport oyinlari shunday rivojlanib ketdiki, u toliq asos bilan Sharq Renessansi nomini oldi va jahon madaniyatining keyingi rivojlanishiga turtki berdi. Temuriylar davlatida fan va madaniyatning yuqori darajada rivojlanishi turli maorif markazlarini yaratishga va kengaytirishga imkon berdi.
Amir Temur Samarqandni oz davlatining poytaxtiga aylantirdi, u yerda Xorazm, Isfaxon, Sheroz, Xaleb, Tabriz va boshqa shaharlarning ajoyib saroylar, machitlar va maqbaralarni qurish bilan band bolgan ustalarini korish mumkin edi. Samarqand Amir Temurning rejasiga kora davlatning poytaxti bolib, yer sharining eng chiroyli shahriga aylanishi kerak edi. Undan 150 yil oldin Chingizxon tomonidan shahar buzib tashlangan bolib, shu davrgacha yirik qurilish ishlari olib borilmagan edi. Amir Temur davrida Samarqandda katta qurilish ishlari olib borildi. Uning hukmdorligi davrida Samarqandda Kok Saroy, boglar va shahar atrofida saroylar, jome machiti, alohida maqbaralar, jumladan Shohi­Zinda ansambli qurildi va Gori­Amir maqbarasining qurilishi boshlandi. Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari ustida kopriklar qurildi va kanallar otkazildi.4



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling