Zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


Download 1.54 Mb.
bet4/11
Sana25.07.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1662282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xomidov BMI

Mavzuning maqsadi. “Imkonim bo‘lishi bilan kitob o‘qishga harakat qilaman. O‘sha kuni 1 soatcha bo‘sh vaqtim paydo bo‘lib qolgandi, Amir Temur va To‘xtamishxon o‘rtasida jang tarixini o‘qidim. Buyuk sarkardamiz qanday g‘alaba qozongani menga juda qiziq edi. To‘xtamish ham osonlikcha yutqazmagan ekan, bunda Amir Temur bobomizning yuksak harbiy taktika va strategiyasi, dovyurakligi ish bergan. O‘zimga ham yozvoldim, Amir Temur jangda 7 ta usulni qo‘llagan ekan”, deydi Prezident Mirziyoyev Sohibqironning harbiy mahorat haqida1.
U so‘zida davom etib, o‘tgan davrda O‘zbekistonda boshqa xalqlarning g‘alabalari o‘rganib kelinganini urg‘ulagan.
Mavzuning vazifasi .“Biz nega shu kabi buyuk ajdodlarimiz tarixini yaxshi o‘rganmaymiz? Uzoq yillar ura-ura bilan umuman boshqalar tarixini, boshqalar g‘alabasini miyamizga singdirishgandi. Mutasaddilarga topshiriq berdim — biz birinchi navbatda o‘zimizning bobolarimiz tarixini o‘rganishimiz kerak.
Siz qashqadaryoliklar anglab yetishingiz kerak – shunday ulug‘ inson sizlarning bevosita ajdodingiz bo‘ladi”, degan Shavkat Mirziyoyev.
I.BOB Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak ma'naviyat sohibi.
I.I.Amir Temurning buyuk sarkarda boʻlib shakillanishi

Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson.


Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo‘hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.
Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so‘ng Amir Temur o‘z raqiblarini yengib, hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar qildi.
Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatini yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va Temuriylar madaniyati», «Temuriylar davlati», «Temuriylar madaniyati», «Ulug‘bek va Samarqand astranomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishiga yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va yevropa xalqlariga ozodlik bag‘ishladi; Oltin O‘rda xoni To‘xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mo‘g‘ullar hukmronligidan qutulishini qariyb 300 yilga tezlashtirdi2.
Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o‘qisak, o‘rgansak, uning ko‘p yaxshi xislatlari: to‘g‘rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiylarning «Zafarnoma»lari, Ibn Arabshohning «Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari» va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o‘gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo‘ladi. Bular el-yurt va fuqarolarning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo‘shnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi o‘gitlardir.
Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa'yi-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xanoqohlar, saroylar, bozorlar, qal‘alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog‘i yo‘q. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go‘ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me'moriy mo‘jizalari, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab go‘zal saroy-bog‘lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi.
Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur «Obodonlikka yaraydigan biror qarich yerning ham zoye bo‘lishini ravo ko‘rmasdi».
Tarix bu ko‘hna dunyoda juda ko‘p jahongirlarni ko‘rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning «qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim», degan so‘zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig‘idir. «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» deganda Amir Temur, avvalo, o‘z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan.
Istedodi unga buyuk sarkarda sharafini keltirdi. Amir Temur mustahkam intizomi bilan ajralib turadigan, qiyinchiliklarni mardonavor engib otishga qodir muntazam armiya yaratdi, jangchilarda bolajak har qanday jangda galabaga erishishga ishonch ruhini tarbiyaladi.
Amir Temur Chingisxon davridan etib kelgan harbiy sanatni takomillashtirdi. U Chingisxon armiyasi tarkibini organib chiqib, uning yaxshi tomonlarini tahlil qilib, kamchiliklarini aniqlab, ulardan voz kechdi va tubdan farq qiladigan oz armiyasini yaratdi.
Amir Temur togrisida juda kop asarlar, solnomalar, ilmiy izlanishlar yozilgan. Amir Temur yuzlab janglarda galaba qozondi va biror marta maglubiyatga uchramadi. U oz talabchanligi bilan hech qanday kuch qarshi tura olmaydigan qudratli davlat yaratdi. Evropa adabiyotlarida Amir Temur obrazi kop hollarda notogri talqin qilingan: uning qattiqqolligi oshirilib korsatilib, yaratuvchanligi togrisida gapirilmagan yoki uning ezgu ishlari kamaytirilib yozilgan. Bu togrisida davlatimiz birichi prezidenti quyidagicha yozadi Ne-ne madrasayu masjidlar, oliy koshonalarni qurgan, ne-ne olimi fuzalolarning boshini silagan, Quroni karimni yod bilgan inson yovuz bolmaydi. Qonxor odam Kuch adolatda deyishi mumkinmi? Bugungi kunda davlatimiz mustaqillik yolidan dadil odimlayotgan bir paytda biz buyuk ajdodimiz Amir Temurning davlat tuzumi va sarkardalik sanatini organishimiz juda katta ahamiyatga ega.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Kesh viloyatining hozirgi Shahrisabz yaqinidagi Xoja Ilgor qishlogida yirik barlos begi–amir Muhammad Taragay oilasida dunyoga keldi.
Temurning bolaligi va ospirinligi Kesh toglarida otdi. Yoshligida u ov va otda musobaqalarni, nayza uloqtirish va kamondan otishni xush korardi, harbiy oyinlarga moyilligi sezilib turar edi. U on yoshga tolgach, Taragayning xizmatida bolgan murabbiylar – otabegilar Temurni harbiy sanatga va sport oyinlariga orgatdilar. Yoshi ulgaygach u kopchiligi barloslardan bolgan bolaligidagi dostlarini yigdi va yaxshi qurollangan otryad tashkil etdi.
Amir Temur harbiy xizmatni mahalliy hukmdorlarda boshladi. U kichik lekin yaxshi qurollangan otryadga ega boldi, u bilan birgalikda harbiy­taktik tajriba orttirdi. Tez orada Temurbekning jasorati butun Qashqadaryo vodiysida mashhur boldi. Shon­shuhrat Temurbekni Movarounnaxrning amirlari bilan yaqinlashtirdi.
XIV asrning ortalarida Chigatoy ulusi ikkita mustaqil davlatga bolinib ketdi: bittasi Movarounnaxrda, ikkinchisi esa Mogulistonda, ikkalasida ham hokimiyat chingiziylarning qollarida saqlanib qolindi. Moguliston Movarounnaxrda hukmronlikni davo qilib bosqinchilik siyosatini olib bordi. Movarounnaxrda amirlar ortasida doimo urushlar davom etib turdi, chingiziylarning hokimiyati esa kuchsizlanib qoldi.
13601361 yillarda Moguliston xoni Tugluq Temur Movarounnaxrga bostirib kirdi. U hech qandan qarshiliksiz Qashqadaryogacha etib keldi. Tugluq Temurning qurolli kuchlari ustunligini hisobga olgan yigirma uch yoshli Temurbek, Moguliston xoni bilan muzokaralarni olib bordi va uning xizmatiga kirdi. Amir Temur ozining bu harakati bilan Keshda qon tokilishini oldining oldi.
Moguliston xoni Movarounnaxrda oz ogli Ilyos Xojani hukmdor etib tayinlaganidan keyin Temurbek unga xizmat qilishdan bosh tortdi.
13621363 yillarda Amir Temur chingiziylarning amiri Husayn (Qazaganxonning nabirasi) bilan yaqinlashdi va uning singlisiga uylandi. Ular ikkalasi bir necha bor Ilyos Xoja qoshiniga qarshi harbiy harakatlarni uyushtirdilar. 1364 yilning oxirida ular Ilyos Xoja qoshinini Movarounnaxrdan haydab chiqarishga muvaffaq boldilar. Shu vaqtga kelib amir Husaynning boysunmas hukmdorlar bilan kurashi kuchayib ketdi, bunda Temurbek unga faol komaklashdi. Saklar yashaydigan Seyistonga (hozirgi Eron va Afgonistondagi viloyat) harbiy yurishni olib borgan vaqtida Temur ong qoli va ong oyogidan yaralandi va bir umrga oqsoq bolib qoldi. SHuning uchun uni Temurlang (fors tilidan «Temur choloq») deb atashgan. Evropaliklar uni «Tamerlan» deb yuritganlar, Garbda u shu nom bilan mashhur boldi.
Tugluq Temurning olimidan keyin Movarounnaxrdan haydalgan Ilyos Xoja ozining maglubiyatini tan olishni xohlamadi. 1365 yilda u katta qoshin bilan yana Movarounnaxrga qoshin tortdi. Ikkala amirlarning xon bilan kurashi 1365 yilning 22 mayida Chinoz yaqinida, Chirchiqning qirgogida bolib otdi. Jang paytida shunaqangi dol yogdiki, hamma yoq botqoqqa aylanib ketdi. Bu jang tarixga «Loy jangi» nomi bilan kirdi. Hal qiluvchi vaqtda Husaynning qoshini qatiyatsizlik qildi, jang boy berildi. Temurbek va Husayn qoshinining qolgan qismi bilan avval Samarqandga, keyin esa Balx viloyatida yashirindi.
Ilyos Xoja osha muvaffaqiyatidan song oz galabasini mustahkamlash maqsadida Samarqandga yurish qildi. Shahar yana mogullar bosqini xavfi ostida qoldi, shaharning mudofaasini sarbadorlar boshchiligidagi tinch aholi oz qoliga oldi. Sarbadorlar harakati XIV asrning 30-yillarida Xurosonda maydonga keldi. Unda kichik savdogarlar va hunarmandlar ishtirok etganlar, ularning shiorlari quyidagicha bolgan – «mogullarga xizmat qilgandan kora dorga osilgan maqul». Ularning laqablari «sar» –bosh, «dor» – dor, boshini dorga tikkanlar sozidan kelib chiqqan.
Samarqandning mudofaasiga Mavlonzoda va boshqalar boshchilik qildi. Aholining hammasi 12 yoshli bolalardan to keksalargacha qoliga qurol oldi. himoya taktikasi takomillashgan darajaga etdi. Shaharning bosh kochalari ochiq qoldirildi, lekin ichki kochalar tosiqlar bilan tosildi, tepasida esa zanjirlar tortildi. Qulay joylarda kamonchilarning otishlari uchun tuynuklar yaratildi. Mogullar bir necha bor harakatlanish mobaynida shahar atrofiga yorib kirishga harakat qildilar, lekin katta talofatlar korib chekindilar. Keyin otliqlar jangga tashlandi, ular ozlarining uchqur harakatlari bilan shahar himoyachilarini esankiratib qoyishlari kerak edi. Lekin sarbadorlar esankirab qolmadilar. Ular chavandozlarni tor kochalarga kiritdilar, keyin esa tosatdan ularga oq yomgirini yogdirdilar, toshlar va yogochlar bilan ularga zarba berdilar. Mogullar chekinishga majbur boldilar. Olat vabosi tarqalib, ular otlarining katta qismidan mahrum boldilar.
1366 yilning bahorida sarbadorlar rahbarlarining orasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganidan foydalangan Temur, Husayn bilan birga Samarqandga etib keldi va sarbadorlar ortasida tartibbuzarliklarni chiqarganlarning ustidan sud otkazdi. Shunday qilib, Husayn va Temur Samarqandning va butun Movarounnaxrning toliq hukmdoriga aylandilar.
Husayn mamlakatning yolboshchisiga aylandi, Temur esa uning ong qoli boldi. Lekin tezda ularning munosabatlari keskinlashib ketdi. Husayn Amir Temurning harbiy boshliqlaridan katta tovonlarni tolashni talab qilib qoldi va yangi istehkomlarni qurib Balxni mustahkamlay boshladi. Temur janubga Qashqadaryodan Termizga, Amudaryo boylariga tushdi, daryoni kechib otib 1370 yilda Balx shahrini bosib oldi.
Husaynning ustidan qozonilgan galabadan keyin Temurbek Movarounnaxrning hukmdorlari ortasida boshliq boldi. Balx egallangandan keyin vazirlar, beklar va armiya qomondonlari ortasida bolib otgan qurultoyda Temurbek Movarounnaxrda cheksiz hokimiyatga ega shaxsga aylandi.
Shu yili Amir Temur poytaxtni Keshdan Samarqandga kochirdi va tez orada mustahkam devorlar va qalalar qurdira boshladi. Davlatni boshqarish bilan birga u harbiy yurishlar tashkil etib, Movarounnaxrdagi –Amudaryo va Sirdaryo ortasidagi yerlarni, Fargona va Shosh viloyati yerlarini oz davlati tarkibiga kiritdi.
Amir Temurning keyingi asosiy vazifasi Movarounnaxrda kuchli markazlashgan davlatni barpo etish, uning xavfsizligini taminlash va yangi yerlarni oz davlati tarkibiga qoshishdan iborat edi.
Amir Temur 1318-1326 yillarda Chigatoy ulusining xoni bolgan Kebekxonning davridan amal qilib kelingan mamuriy tizim–tumanlarga bolinish, yani on minglik qoshinni etkazib berish qobiliyatiga ega bolgan viloyatlar tizimini saqlab qoldi. Amir Temur davrida Samarqand viloyati ettita tumandan iborat bolgan.
Markazlashgan davlat hokimiyatining asosiy tayanchi, davlat chegaralari barqarorligini va yangi yerlarni zabt etish quroli bolib xizmat qilgan harbiy kuch hisoblandi.
Amir Temur armiyasi markazlashgan va ota intizomli bolib, ong ming, ming, yuzlik va onliklarga bolingan edi. Har bir onlik oz komandiriga ega bolgan, har onta onlikning komandirlaridan bittasi yuzlikning komandiri etib tayinlangan va har bir qoshin bolinmasi safarda ham, lagerda turganda ham oz ornini va vazifasini yaxshi bilgan, hech kim oz onligidan, yuzligidan, mingligidan yoki on mingligidan boshqa yoqqa ketishga haqqi bolmagan.
Armiyaning asosini Amir Temurning avlodlari, yani barloslar tashkil etgan, ulardan katta­katta qoshin birlashmalarining qomondonlari tayinlanib, ular jangda muvaffaqiyat va maglubiyatlar uchun javobgar hisoblanganlar.
Chigatoylardan ishonchli gvardiyani, tom manoda barloslar avlodidan tashkil etish muhim ish bolib hisoblandi. Gvardiya katta imtiyozlarga ega bolib, davlatning tayanchi boldi. Uning yordami bilan Amir Temur Amudaryo va Sirdaryo ortasidagi yerlarni hamda Fargona va hozirgi Toshkent viloyatidagi hududlarni birlashtirdi.
Lekin hali ham Moguliston tomonidan solinib turgan xavf­xatar tugagan emas edi. Mogullarning Oltin Ordasi ham mavjud bolib, u ham Oq Orda singari Jochi ulusining bir qismi edi. Osha paytda Amir Temur davlati bilan Oltin Orda ortasida Xorazm joylashgan bolib, u qadimdan Movarounnaxr bilan umumiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy manfaatlar bilan bogliq bolgan. Mogullar davrida Xorazm ikki bolakka bolingan edi: markazi Urganch bolgan Shimoliy Xorazm – Oltin Orda safiga kirgan, poytaxti Kat hisoblangan Janubiy Xorazm – Chigatoyning ulusiga tegishli bolgan. XIV asr 60 yillarining boshlarida Xorazmning ikkala qismi ham Sofilar sulolasidan etishib chiqqan mahalliy hukmdor Husayn tomonidan birlashtirildi (13611372).
Amir Temur davlatining asosini Movarounnaxr tashkil etgan bolsa ham, ayrim amirlar uning hukmdorligini qonuniy deb tan olmadilar, chunki ular chingiziylarga qarashli edilar. Davlatning shimoliy va sharqiy chegaralariga doimo mogullar va Oq Orda hujum qilib turdi. Ayniqsa bundan Sharqiy Fargona, Otror, Yassi (Turkiston) va Sayramning cholli chegara hududlari katta azob­uqubatlar chekdi. 137077 yillarda Moguliston hukmdori amir Qamariddin (Ilyos Xojaning ogli) bir necha marta Toshkent va Andijonga hujum qildi. 1376 yilda esa u Fargona vodiysining katta qismini bosib olishga muvaffaq boldi va shahar­qishloqlarni vayronaga aylantirdi.
Bu hol Amir Temurni Mogulistonga qarshi ketma­ket bir nechta harbiy yurishlarni amalga oshirishga majbur etdi. Bu yurishlar natijasida davlatning sharqiy chegaralari xavfsizligi taminlandi. 20 yil ichida (13701390) Amir Temur hammasi bolib Mogulistonga etti marta harbiy yurish uyushtirdi.
Xorazmni oz davlatining ajralmas qismi deb hisoblagan Amir Temur, Xorazmga beshta yurishni amalga oshirdi. Birinchi yurish 1371 yilda Kat shahrini egallanishi bilan tugadi. 13731375 yillarda uyushtirilgan ikkinchi va uchinchi yurishlar muvaffaqiyatsiz tugadi. Xorazm hukmdori Yusuf Sofi 1376 yilda oz qoshini bilan bostirib kirib Buxoro va uning atroflaridagi shaharlarni taladi. Xorazmga navbatdagi yurish 1379 yilda amalga oshirildi. Jang paytida evropalik ritsarlar musobaqalariga oxshash manzara bolib otdi. Yusuf Sofi Amir Temurni yakkama­yakka kurashga chaqirdi, Amir Temur bu taklifni qabul qildi va qalaning yaqiniga kelib raqibini chaqirdi, lekin u sozida turmay kurashga chiqmadi.
Shundan song Amir Temurning jangchilari jangni boshladilar va shaharni egalladilar. Xorazm hukmdori maglubiyatini tan oldi va Amir Temur bilan sulh tuzdi. 1388 yilda Oltin Orda xoni Toxtamish qoshinining bir qismini Xorazmga qoldirdi. Bu hol Amir Temurni navbatdagi–beshinchi yurishni uyushtirishga majbur etdi. Ushbu harbiy yurishdan keyin Xorazmning butligi tiklandi va u Amir Temur mulkiga kiritildi.
Oz davlatini mustahkamlab, Amir Temur qalalarni mustahkamlashga katta etibor berdi. 1380 yilning bahorida Amir Temur Shahrisabz atrofida qala devorlarini qurdirdi.
Movarounnaxrning mustaqilligiga ikkita mogul davlatlari Oq Orda va Oltin Orda katta xavf solib turardi, ayniqsa ularning yagona bir davlatga birlashishi kongilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Shuning uchun Amir Temur Jochi ulusida bolayotgan hodisalarni diqqat bilan kuzatib turdi va ularning birlashishlariga yol qoymaslikka harakat qildi va har qanday qulay vaziyatdan oz manfaati uchun foydalandi. Oq Orda taxtiga oz odamini qoyishi kerak edi.
1376 yilda Amir Temur Oq Orda va Oltin Ordani birlashtirishga harakat qilganligi uchun, Oq Orda xoni Orisxon tomonidan qatl etilgan Tuy hoji Oglonning ogli Toxtamish oglonni qollab­quvvatlay boshladi. Amir Temur Toxtamishga katta sovga­salomlar inom etdi va Sabran viloyati va Signak shahrini unga berdi. 1377­yilda Dashti­Qipchoqqa uyushtirilgan yurishidan

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling