Zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi
yil 18 dekabrda Dehli yaqinidagi jangda
Download 1.54 Mb.
|
Xomidov BMI
1398 yil 18 dekabrda Dehli yaqinidagi jangda
tomonlarning jangovar tartibi Amir Temur fillarning oldida jangchilarining oshib ketgan tashvishini bilib, oldindan quyidagi choratadbirlarni kordi: temir tiglar ornatilgan taxtani oldindan tayyorlab fillar hujum boshlagan paytda ularning oyoqlari ostiga tashlashni buyurdi; fillarni qorqitish va ularning orasida parokandalikni keltirib chiqarish uchun tuyalarning boshlariga va yon tomonlariga tikanli daraxtlarning shoxshabbalari va somonlar boglamlarini boglab, ularni yoqib tuyalarni fillarga qarshi yuborishni amr qildi; ganim jangchilariga kamon oqlari bilan, fillarga nayzalar bilan talofat etkazish va qilichlar bilan fillarning xartumlarini chopib tashlashni buyurdi. Bu choratadbirlarning hammasi jangchilarga botirlik xislatlarini uygotdi va katta muvaffaqiyatga etakladi. Sulton Mahmud qoshinining jangovar tartibi ong qanot, markaz, chap qanot va va qoshinning oldida saflangan jangovar fillardan iborat edi. Amir Temurning qoshini odatdagidek ikkita chiziq va zaxiradan tashkil topdi. Ikkala tomondan Jang qoshinlarning qanotlarida boshlandi. Dushman bilan ogir janglarni olib kelib va shu borayotgan oz avangardi (xarauli) va chap qanotini (juvangorini) qollabquvvatlash uchun Amir Temur markazdan (qoldan) kuchlarni ajratdi. Sohibqiron tomonidan oz vaqtida korsatilgan madaddan ruhlangan jangchilar tashabbusni oz qollariga oldilar. Shiddatli janglardan keyin Amir Temur jangchilari fillarning xartumlariga talofatlar etkazib, dushmanni chekinishga majbur etdi va shu bilan uning orasida tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Fillar oz qoshinlarining ikkala qanotlariga va tashlandi bilan va ularni agdarib tashladi. Dushmanning orasidagi parokandalikni sezgan Amir Temur, oz qoshinining markazini ilgari surdi, u bilan fillarning chizigiga yorib kirdi, ularning kop qismini oldirdi va ganimni qochishga majbur etdi. Dushmanni taqib etish Dehlining devorlarigacha davom ettirildi. Keyingi tunda sulton Mahmud shahardan qochdi. Dehli jangsiz taslim boldi. Harbiy sanatning rivojlanishi nuqtainazaridan Hindistonga uyushtirilgan harbiy safarning natijalari quyidagilar: Qoshin uch kolonnaga bolinib, keng front boylab harakat qildi. Oldinga jonatilgan ong qanot Hindistonga hujum qilish uchun tayanch bazasini yaratishi kerak edi. Amir Temur qoshini ogir va murakkab sharoitlarda Hindiqush toglaridan oshib otdi. Qoshin keng va toshqin daryolarni kechib otdi. Daryolardan kechib otish uchun kechuvning turli xil usullari qollanildi: kopriklar, qayiqlar va suzib otish. Otish qiyin bolgan joylarda joylashgan, kuchli mustahkamlangan qalalarni egallashda Sohibqiron dushmanni qisqa muddatlarda taslim bolishga majburlovchi juda samarali usullarni qolladi. Sohibqironning jangchilari birinchi bor jangovar fillardek dahshatli kuch bilan jang olib bordilar. Fillarga qarshi mohirona qollanilgan vositalar tufayli jangovar fillar qochdi va ozining jangchilarini yanchib tashladi. Galabaga erishishda qismlarning ortasida ornatilgan yaxshi ozaro hamkorlik va oz vaqtida ularni zaxira kuchlari bilan qollabquvvatlash muhim rol oynadi. Hal qiluvchi zarba dushman jangovar tartibining markaziga berildi. Jangning natijasida dushmanning ruhi tushib ketdi va u Dehlining mudofaasini tashkil qila olmadi, shahar Amir Temur qoshinlari tomonidan jangsiz egallandi. On bir oylik harbiy safardan qaytgan Sohibqironni 1399 yil 29 martda Amudaryoning boyida xotinlari va shahzodalar kutib oldilar. 1399 yil 27 aprelda Amir Temur Samarqandga qaytib keldi. 7 Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling