Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги


DORIVOR OʻSIMLIKLARNI TIBBIYOT SOHASIDA AHAMIYATI


Download 2.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/146
Sana23.07.2023
Hajmi2.39 Mb.
#1661948
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   146
Bog'liq
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)

DORIVOR OʻSIMLIKLARNI TIBBIYOT SOHASIDA AHAMIYATI 
SHodiyev D.A. Abduvaliyeva.M 
Farg‘ona politexnika instituti. 
d.shodiyev@ferpi.uz
 
Dorivor oʻsimliklarning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy 
birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli 
miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori boʻlish 
davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanishi vaqtiga toʻgʻri 
keladi. Dorivor moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, 
baʼzi oʻsimliklarning guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida 
toʻplanadi. Shuning uchun oʻsimliklarning asosan biologik aktiv moddalari koʻp 
boʻlgan qismi yigʻib olinadi. Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va 
tuganagi, odatda, oʻsimlik uyquga kirgan davrda — kech kuzda yoki oʻsimlik 
uygʻonmasdan oldin — erta bahorda tayyorlanadi. Oʻsimlikning meva va 
urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy 
boʻladi. Yangi yegʻib olingan dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida (yer ustki 
aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha) nam boʻladi. Bu nam yoʻqotilmasa 
(quritish yoʻli bilan), oʻsimlik chirib, dori moddalari parchalanib, yaroqsiz boʻlib 
qoladi. 
Dorivor oʻsimliklardan koʻproq, anor, achchiqmiya, bodom, doʻgʻbuy, 
dorivor gulxayri, yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista 
daraxti, sachratqi, choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, 
kiyikoʻt, togʻrayhon, qizilcha, qoqioʻt va boshqalari tarqalgan. Achchiqmiyadan 
paxikarpin, oqquraydan pesni davolashda qoʻllaniladigan psoralen, isiriqdan 
garmin, olinadi . 
Issiriqning tabobatdagi o‘rni haqida gapiradigan bo‘lsak, sir emaski bu 
o‘simlik “tabiat gavharlaridan” biri hisoblanadi. U tabobatda keng miqyosda 
ishlatiladi. O‘simlikning bunday keng miqyosda ishlatilishiga sabab, uning 
tarkibida alkaloidlar, peganol, peganidin, garmin, garmalin, turli moylar
oshlovchi moddalarning mavjudligidir. Yuqoridagi moddalardan misol tariqasida 
oladigan bo‘lsak, garmin asab tizimini tinchlantiradi, bosh miya yallig‘lanish 
asorati – qaltirashni davolashda va uxlatuvchi modda (dori) sifatida ishlatilgan. 
Ushbu o‘simlikning foydali xususiyatlari shundan iboratki: 

Isiriq o‘tini kuydirib, biroz hidlansa bosh og‘rig‘i yo‘qoladi; 

Isiriq urug‘I qaynatmasi nafas olishi qiyinlashganda , nafas qisishida zig‘ir 
urug‘i bilan bilan araashtirib ichilsa yuqoridagi dardlarga davo bo‘ladi; 

Isiriqning shonalash davrida olinadigan o‘ti va urug‘lari davolashda ancha 
samarali hisoblanadi; 


163 

Isiriqni tinchlantiruvchi vosita sifatida ham qo‘llash mumkin. Bu 
xususiyati uyqusizlikda ajoyib foyda beradi; 

O‘simlikning shirasi – katarakda ancha samara beradi (Qaynatmasi bilan 
yuz yuviladi); 

Uy-joylarni dezinfeksiya qilish maqsadida tutatib qo‘yish mumkin; 

Isiriqning sut shirasi tibbiy paxtaga shimdirilib, qichimadan qiynalgan 
joylarga 10 kun davomida davomida surtilsa, qichimani tuzatadi; 

Yurak faoliyatini yaxshilsh maqsadida isiriq urug‘I, sedana, kamfora, 
murch, petrushka, qora zira, za’faron teng miqdorda olinib, aralashtiriladi. 
Hamda asal yoki shaker qo‘shilib kuniga bir mahal ichiladi

Ich dam bo‘lganda isiriqga, petrushka urug‘ini hamda yalpiz, zanjabil 
kabilarni aralshtirilib ichilsa, shifo bo‘ladi; 
Isiriq peshob haydovchi, tish og‘rig‘i, terlatuvchi, grippni oldini oluvchi, 
oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini davolovchi xususiyatlari ham mavjud! 
Xalq medesinasida isiriqning yer ustki qismining qaynatmasidan teri 
kasalliklarida, bodni davolashda vanna qilish yo‘li bilan foydalanish tavsiya 
etilgan. Shuningdek, isiriqdan tayyorlangan qaynatma va damlamalardan bezgak, 
tutqanoq, nevrasteniya, shamollash bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarda 
foydalaniladi. Isiriqdan tayyorlangan qaynatma bilan og‘iz chayiladigan bo‘lsa, 
og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shamollashiga barham beriladi . 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Isiriqning dorivor preparatlari 
uxlatuvchi ta’sirga ham ega. Isiriq tutuni bilan xonalarni tutatish sharq xalqlari 
orasida odat tusiga kirgan. Bu esa uy-joylarni dezinfeksiya qilish bilan birga xona 
havosini tozalaydi. 

Download 2.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling