Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги


Download 2.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/146
Sana23.07.2023
Hajmi2.39 Mb.
#1661948
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146
Bog'liq
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)

 
ARABIDOPSIS THALIANA L O’SIMLIGI MISOLIDA FITOXROM 
A2 GENINI RNK INTERFERENSIYA QILISH ORQALI TAVSIFLASH 
Sharipova H.X ,Normurodova Q.T , Ayubov M.S , Mamajonov B.O , 
G‘ofurova S.F , Olimjonova M.V. 
Genomika va bioinformatika markazi, O’zbekiston 
behzodqurbonovbk@gmail.com 
O’simliklar tabiiy sharoitda o’sib va rivojlanishi davomida quyosh nuri 
tarkibidagi turli to’lqinga ega bo’lgan nurlarga ehtiyoji katta. Quyosh nuri 


159 
spektrida o’simlik uchun ahamiyatli bo’lgan turli to’lqin uzunligiga ega bo’lgan 
nurlar mavjud bo’lib, o’simliklarda bu nurlarni sezuvchi maxsus fotoretseptorlar 
mavjud. Bu fotoretseptorlarga kriptoxromlar, fototropinlar hamda fitoxrom 
genlar oilasi kiradi. Fitoxrom genlar oilasi o’simliklar hayot sikli davomida 
fotomorfogen rivojlanishining barcha jihatlarini, jumladan urug’larning unib 
chiqishi, ko’chatlarning rivojlanishi va boshqa fotosintetik faol qo’shimcha 
tuzilmalar bilan hamkorlikda o’simlikni soyalanishini aniqlash va soyadan 
himoyalanishni, shuningdek, ularning siklik soatga javob reaksiyasi va gullash 
davrining boshlanishini tartibga solib turadi. 
Model o’simlik Arabidopsis thaliana L. da yuqoridagi fotoretseptorlar 
yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, fitoxromning bir nechta (PHYA, PHYB, PHYC, 
PHYE), fototropinning ikkita (PHOT1 va PHOT2) va kriptoxrom genlar 
oilasining ikkita (CRY1 va CRY2) farq qiluvchi genlari borligi aniqlangan. 
Fitoxrom genlar oilasida PHYA genlari alohida o‘ringa ega. PHYA genlari 
o’simliklarda VLFR (juda past oqim reaksiyasi) va FR-HIR (yuqori nurlanish 
reaksiyasi) reaksiyalarida vositachilik qiladi. Yorug’lik to’lqinlariga juda sezgir 
bo’lib, qolgan fitoxrom genlari yorug’likka nisbatan ancha barqaror hisoblanadi. 
A.thaliana da PHYA va kriptoxrom genlari (CRY1 va CRY2) birgalikda 
COP1 oqsilining parchalanishini ingibirlaydi va o’simliklarda gullash jarayonini 
tezlashtiradi. Ko’pgina o’simliklarda PHYA genining bir turi mavjud bo’lib, 
ba’zi o’simliklarda ikkita (PHYA1 va PHYA2) holatda uchraydi. Bu PHYA1 va 
PHYA2 genlar bir-biri bilan o’xshash bo’lib, molukulyar tuzilishida ko’pi bilan 
to’rt juft nukleotidlar soni bilan farq qiladi. 
PHYA genlarining o’simlik hayotidagi roli muhimligi tufayli uni 
monipulyatsiya qilish uchun RNK interferensiya texnologiyasidan foydalanish 
ehtiyoji tug’ildi. 
A. thaliana o’simligida PHYA genlariga RNKitexnologiyasi qo’llanilib, 
natijalar kuzatilganda RNKi o’simliklari nazorat o’simliklariga nisbatan gullash 
jarayonini 
tezlashganiligi 
aniqlandi. 
Yuqoridagi 
tajribadan 
so’ng 
mamlakatimizda birinchilardan bo’lib, g‘o‘zadagi PHYA1 geniga RNKi 
texnologiyasi qo’llanilganda o‘simlikda qator morfologik o’zgarishlar kuzatildi. 
Xususan, ildiz tizimining taraqqiy etishi, poyaning uzayishi, erta gullash, 
tolaning uzunligi, hosildorlik va uning boshqa xo’jalik belgilar nazorat navlariga 
nisbatan sezilarli darajada yaxshilanganligi kuzatildi. 
Hozigi kunda Genomika va bioinformatika markazi olimlari qo’l ostida A. 
thaliana L o’simligida PHYA2 geniga RNAi texnologiyasi qo’llanilib, 
o’simlikda kuzatiladigan o’zgarishlar o’rganilmoqda. Xususan tajribalardan 
ko’zlangan asosiy maqsad A. thaliana ning mutant va nazorat o’simliklarida 
ildiz hajmining o’zgarishi, gipokotel uzayishi, erta gullash, erta hosildorlik, 


160 
mevalarda pigment to’planishi, mevalarning hajmiy o’zgarish kabi xo’jalik uchun 
ahamiyatli belgilarda o’zgarishlarni kuzatish va o’rganish, ularda molukulyar 
analiz tahlil ishlarini amalga oshirish ko’zda tutilgan edi. Natijalar nazariy 
jihatdan taxmin qilingan o’zgarishlarga mos keldi. Hozirda, statistik tahlil ishlari 
olib borilmoqda. 

Download 2.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling