Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги
Download 2.39 Mb. Pdf ko'rish
|
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
DINAMIKASIGA TA’SIRI.
Xushnazarova Sh.M., Tillayeva Z.F.,Ismailov Z.F. SHarof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. xushnazarovashaxnoza112@gmail.com , zarafrais@gmail.com Annotatsiya : Scenedesmus sp1 mikrosuvo’tini laboratoriya sharoitida organik chiqindilar bilan boyitilgan Chu-13 ozuqa muhitida o’sish dinamikasini o’rganildi. Kalit so‘zlar: ozuqa muhiti, organik chiqindi, mikrosuvo’t, Scenedesmus. Hayvonlar organik chiqindilari (go’ngi) turli xil miqdordagi kimyoviy 158 elementlarni o’z tarkibida saqlaydi. Shu sababli go’ngli o’g’itlar reytingi bo’yicha parranda go’ngi birinchi o’rinda turadi. Ikkinchi o’rinni qo’y, echki, ot egallaydi [1]. Qo’y va parranda go’ngi N, P, K va ko’plab mikroelementlarning asosiy manbayi hisoblanadi [2]. Parranda go’ngida azotning 90% dan ortig’i organik shaklda bo’lishi aniqlangan. Go’ng ishqoriy muhitga ega bo’lib pH ko’rsatgichi 7,8 ga teng [3]. Scenedesmus sp mikrosuvo’tining o’sish dinamikasini tahlil qilish uchun nazorat varianti sifatida Chu-13 oziqa muhiti tanlandi. Tajriba variantlarida har bir standart oziqa muhiti tarkibiga ma’lum miqdorda tovuq va qo’yning organik chiqindilaridan qo’shildi. Dastlab quritilgan qo’y va tovuq go’ngi chinni havonchada maydalanib, diametri 200 mm, yacheykasi 1,6 mm li elakdan o’tkazildi va quritish pechida 70 C da 2 soat davomida quritildi. Qo’y va tovuq go’ngining har biridan va teng miqdordagi aralashmasidan 0.5%, 1%, 1.5%, 2%, 2.5% miqdorda qo’shilgan Chu-13 ozuqa muhiti tayyorlandi. Erlenmeyer kolbalariga ( balandligi – 105mm, diametri - 64mm) 50 ml dan ozuqa muhiti solinib Scenedesmus sp1 mikrosuvo’ti shtammidan ekildi. 10 kun davomida 4500 lyuks yorug’likda o’stirilgan Scenedesmus sp1 ning hujayralar soni Goryayev kamerasida har 24 soatda mikroskopda sanash usuli orqali GOST-54496-2011 bo’yicha aniqlandi. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, Scenedesmus sp1 mikrosuvo’ti hujayralar soni 1% li qo’y va tovuq organik chiqindisi bilan modifikatsiyalangan Chu-13 ozuqa muhitida nazorat variantiga nisbatan 2 barobar ko’pligi kuzatildi. Xulosa: Turli xil hayvon va o’simlik chiqindilarini biotexnologik usullar orqali qayta ishlab chiqarish oziqa muhitlari tarkibini boyitishda arzon xomashyo sifatida muhim ahamiyatga ega. Tajriba natijasi shuni ko’rsatadiki, Scenedesmus sp ekiladigan oziqa muhitiga 1% teng miqdorda tovuq va qo’yning organik chiqindilari qo’shilganda o’sish dinamikasi 2 marta oshishiga erishish mumkin . Kelajakda bu usullardan foydalanib, arzon organik chiqindilar asosida mikrosuvo’tlarni o’stirish bilan birgalikda ko’p miqdorda biomassasini olish mumkin. Download 2.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling