97
ketishiga sabab boʻlmoqda. Bunday stressli sharoitda tabiy biologik
biopreparatlarni qoʻllagan holda paxta hosildorligini nafaqat saqlab qolish balki
hosildorlikni oshirishga ham erishish mumkin. Xususan, Mikrozim-2 biooʻgʻiti
qurgʻoqchilikka, shoʻrlanishga, va boshqa turli xil
stresslarga chidamliligini
yaxshilaydi. Ushbu biopreparatning ta’sir mexanizimlarini molekulyar jihatdan
oʻrganish muhim hisoblanadi.
Biz
tadqiqotlarimizda
gʻoʻzaning Porloq-4 navida Mikrozim-2
biopreparatini ta’sir ettirib tadqiqotlar olib bordik.
Tadqiqotlar dala sharoitida
uchta biologik takrorlarda olib borildi. Ushbu biopreparatni gʻoʻza naviga ta’sir
mexanizmlarini oʻrganish uchun oʻsimlik toʻqima (barg)laridan RNK ajratildi
hamda turli abiotik va biotik stress omillariga javob beradigan gen (superoksid
dismutaza SOD
1
va peroksidaza POD)lar faoliyati oʻrganildi.
Genlar
exspressiyasini aniqlash Real Time PZR uskunasida amalga oshirildi. Olingan
natijalarga koʻra, Mikrozim-2 biopreparati bilan ishlov berilgan oʻsimlik
namunalarida SOD va POD genlari exspressiyasi nazorat
namunalarga nisbatan
yuqori koʻrsatkichga ega ekanligini koʻrsatdi. Xulosa qilib aytganda ushbu
Mikrozim-2 biopreparati o’simliklar chidamliligida muhim rol o’ynovchi
genlar
ekspressiyasini yaxshilanishiga va oʻsimlikning chidamliligini oshishiga olib
keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: