Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таьлим вазирлиги ислом каримов номидаги тошкент давлат техника университети


 Majburiy sovitish orqali fotoelektrik modul ishini samaradorligini


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/30
Sana13.05.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1456713
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
3.3 Majburiy sovitish orqali fotoelektrik modul ishini samaradorligini 
oshirish 
 
Ushbu paragrafning maqsadi fotoelement batareyaning ekspulatatsion 
xarakteristikalariga majburiy sovitishning ta’sirini o‘rganish va uning 
konstruksiyasini optimallashtirishdir. 


56
Katta bo‘lmagan quvvatli fotoelement batareya konstruksiyasini optimal deb 
xisoblaymiz. Sovituvchi ventilyatorining joylashgan o‘rni turlicha bo‘lgan ikkita bir 
xil fotoelement batareyalar tayyorlandi (3.3 – rasm). 
Ikkita fotoelement batareyalar 40 ta ketma – ket ulangan quyosh elementidan 
iborat bo‘lib, ular ~16% li FIK ga ega polikristal kremniydan tayyorlangan. 
Fotoelement batareya salt yurish kuchlanishi U
xx
~ 24,0 V, qisqa tutashuv toki
I
к.з.
~ 1,60 А. Fotoelement batareya alyuminiyli korpusida akslanuvchi 
konsentratorning maxkamlanishi akslanuvchi reflektor og‘ish burchagini 
o‘zgartirish imkonini beradi. 
“Fotoelement batareya – 1” birinchi konstruksiyada (3.4 – rasm) korpus
4 ta kanalga bo‘lingan bo‘lib, yonlarida ventolyatorlar o‘rnatilgan. Har bir kanal 
hajmi 3785 sm
3
. Ventilyatorlarning havo oqimi fotoelement batareyaning orqa 
sirtiga yo‘naltirilgan. “Fotoelement batareya – 2” ikkinchi variantida (3.4 – rasm) 
ventilyatorlar korpusning orqa tomoniga o‘rnatilgan. Ventilyatorlar xavo oqimi 
fotoelement batareya orqa sirtiga perpendikulyar yo‘naltirilgan. Ventilyatorning 
quvvati 8 W. 
O‘lchashlar 4 soat davomida Toshkentda fizika – texnika instituti ilmiy ishlab 
chiqarish birlashmasi geliopoligoni “fizika – quyoshda” o‘tkazildi. Xavo sharoitlari: 
bulutsiz osmon, xavo temperaturasi 31
o
C, shamol tezligi ~ 2,0 m/s. Asbob 
ko‘rsatkichi har 15 minutda olindi. 5 – rasmda salt yurish kuchlanishini vaqtga 
bog‘liq o‘lchash natijalari keltirilgan. Vaqtning boshlang‘ich momenti ertalab soat 
10 da. O‘lchash boshlangandan 90 minut o‘tgach ikkala qurilma ventilyatorlari 
yoqildi. Ventilyator yoqilishi momentigacha temperaturani oshirib ikkala 
fotoelement batareya U
xx
ni deyarli bir xil kamayishi, ikkala fotoelement batareya 
parametrlarining bir xilligidan dalolat beradi. O‘lchash boshidan boshlab ikkala 
qurilma bir soat davomida akslanuvchi reflektorsiz ishladi. Bu vaqtda fotoelement 
batareya salt yurish kuchlanishi dastlabki qiymatidan ~ 14,0% ga kamaydi. So‘ngra 
akslanuvchi reflektorlar o‘rnatildi, va 30 minut davomida U
xx
~ 2,0 % ga kamaydi. 
Ventilyator ulangach 30 minut davomida U
xx
ning oshish tezligi ikkala qurilmada 


57
3.3 – rasm. Majburiy sovutishli FEB sxemasi. a) ventilyatorning yon tomonda 
joylashgan varianti; b) Ventilyatorlar orqa tomonda joylashgan varianti; 
1 – akslanuvchi tekisliklar; 2,8 – korpus; 3 – notekis shisha; 4 – etilen vinilosetat 
laminatsiyalash plyonkasi; 5 – quyosh elementi; 6 – orqadagi ximoya plyonkasi 
(TPT - Tedlar-Polyester-Tedlar) ; 7 – ventilyatorlar. 
bir xil bo‘lib, so‘ngra fotoelement batareya – 2 ning U
xx
tezroq o‘sdi va yana 
samaraliroq sovutish tufayli 2,3 % ga oshdi. 
Fotoelement batareya quvvatining sovituvchi xavo oqimi tezligiga bog‘liqligi 
o‘rganildi. Xavo oqimi tezligi raqamli anemometr AR836
+
(Germaniya) bilan 
o‘lchanib, uning kattaligi ventilyator quvvatini o‘zgarishi bilan variantlandi. 
O‘lchash natijalari 3.6 – rasmda keltirilgan. 


58

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling