Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги алишер навоий номидаги
II BOB. HORIJIY INVESTORLAR HUQUQIY HOLATINING O’ZIGA
Download 354.86 Kb. Pdf ko'rish
|
investtsiya faoliyati bilan bogliq munosabatlarni huquqij tartibga solish muammolari
II BOB. HORIJIY INVESTORLAR HUQUQIY HOLATINING O’ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI 2.1. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning huquqlari
Iqtisodiyot tarkibiy o’zgarishlarini yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jixatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalgam oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to’g’ridan – to’g’ri investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tadbiq etish, yangi isho’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaraldi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi maskur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan. Ozbekistonda prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlash maqsadida chet el investitsiyalarini jalb etishga stratigik ustuvor vazifa sifatida qaralib, maskur masala davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo’nalishi etib belgilangan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz – kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, oziq – ovqat va formasevtika, axborot va telekomunikasiyalar tarmog’I hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarni tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustivor e’tibor berilmoqda. Eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investitsiya muhiti yaratilgan. Bular Vatanamiz ravnaqi,xalqimiz farovonligini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda chet el investitsiyasini jalb etishning tegishli tashkiliy huquqiy institutsional tuzilmalari va infratizimini yaratish hamda mavjud shart – sharoitlarini izchil rivojlantirish borasida keng ko’lamli ishlar amalgam oshirilganini yaqqol tasdiqlaydi. Ayniqsa bunda qonuniy kafolatlarni yaratish alohida kasb etadi. Mamalakatimizda ushbu 29
sohani huquqiy tartibga soluvchi “chet el invstitsiyalari to’g’risida”gi qonun hamda bir qator boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. Ushbu qonunlarni qabul qilish, ularga zamon talablariga mos ravishda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib borishning sababi bitta – qayerda imtiyoz, qayerda sharoit bo’lsa, qonuniy kafolat beriladigan bo’lsa, shu yoqqa investitsiya keladi. “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi qonun 22 ta moddadan iborat bo’lib, uning 10 – moddasida chet ellik investorlarning huquqlari alohida belgilab qo’yilgan. Download 354.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling