Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти
II. BOB. MALAKALI FUTBOLCHILARNI TAYORLASHNING USUL VA VOSITALARI
Download 0.56 Mb.
|
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Istiqbolli rejalashtirish
II. BOB. MALAKALI FUTBOLCHILARNI TAYORLASHNING USUL VA VOSITALARI
2.1 Yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash Zamonaviy futbol sportchining shaxsiga, uni tayyor-garligiga yuqori talablar qo`yadi. Tayyorgarlikning takomil-lashgan shakli, uslubi va vositalarini izlash lozim. Bu, o`z navbatida, murabbiydan yuqori bilim darajasini, sport mashg’ulotiga ilmiy yondashishni talab etadi. Futbolchilarni tayyorlash dasturi mashg’ulot jarayoni-ning ko`rsatkichlari miqdorini aks ettiruvchi muhim hujjat hisoblanadi. Futbolchilarni tayyorlash dasturiga asoslanib rejalashtirish hujjatlari tuziladi. Istiqbolli futbolchilar bilan unchalik kuchli bo`lmagan o`yinchilar o`rtasidagn farqni anirashdagn asosiy omillarni bilish masalasida trenerlar bilan suhbatlar o`tkazildi, jami 61 kishi bilan suhbat olib borildi. Natija shuni ko`rsatdiki, yosh futbolchining kelajatiga tajriba asosida yoki ba`zan sub`ektiv baho berilganda, ko`plab trenerlar kelajagi bor yosh futbolchining taktik jihatdan yaxshi fikr yurita oladigan, epchil va yuqori tezlikda yuguradigan (to`p bilan va to`psiz) bo`lishi lozimligini aytishdi. Bundan tashqari, o`sha futbolchi dadil, irodali, tajovuzkor bo`lishi ham kerak. SHunday qilib, har bir trener futbolchining kelajagini aniqlashda har tomonlama tahlil qilib ko`rishi kerak. Istiqbolli rejalashtirish Istiqbolli rejalashtirish futbolchilar tayyorgarligi-ning to`rt yillik tsikl (bosqich)i yo`nalishi va mazmunini belgilab beradi. Istiqbolli rejalashtirish quyidagi vazifalarni hal qilishni nazarda tutishi lozim: o`quv-mashg’ulot jarayonining samarasini oshirish; jamoaga saralab olish tizimini takomillashtirish; moddiy-texnik bazani takomillashtirish; kompleks nazorat tizimini takomillashtirish; - ilmiy-uslubiy ta`minlanish samaradorligini oshirish. Istiqbol rejalasi quyidagi bo`limlarni qamrab oladi: tayyorgarlikning maqsad va vazifalari; tayyorgarlik bosqichlari; yillar bo`yicha jamoani jamlash (komplektlash); musobaqa va mashg’ulot yuklamalari dinamikasi; murabbiylar tarkibi malakasshga oshirish; moddiy-texnik ta`minlash. Bir yidlik rejalashtirish Bir yillik rejalashtirish istiqbol rejasiga mos ravishda tuziladi va uning bir qismi hisoblanadi. Uning asosi - ichki va xalqaro musobaqalar taqvimi. U quyidagi bo`limlarga bo`linadi: tayyorgarlikning maqsadi; tayyorgarlikning vazifalari; tayyorgarlikning davrlari; mashg’ulot jarayonining mazmuni; mashg’ulot va musobaqa yuklamalari dinamikasi; yillik tsikl bo`yicha davrlari tayyorgarlik turlari va vositalariga vaqtni taqsimlash; ilmiy-uslubiy ta`minlash; - mashg’ulot, musobaqalar va tikdanishni kompleks nazorat qilish; tibbiy ta`minlash; moddiy-texnik ta`minlash. Tayyorgarlikning yillik tsiklida yuklamalar hajmi jamoaning qaysi ligada ishtirok etishi, musobaqa davri-ning uzunligi va undagi o`yinlar soniga bog’liq. Mashg’ulotning yillik tsikli uch davrga bo`linadi: tayyorgarlik, musobaqa va o`tish davrlari. Tayyorgarlik davrida mashg’ulot yuklamalari hajmi o`rtacha 180-240 soat, musobaqa davrida - 380-400 soatni tashkil qiladi. Jami yiliga 700-750 soat o`quv-mashg’ulot ishlari olib boriladi. O`yinlarni qo`shganda (150-170 soat), amaliy ish hajmi 900 soat atrofida bo`lishi lozim. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling