Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти


II. BOB. MALAKALI FUTBOLCHILARNI TAYORLASHNING USUL VA VOSITALARI


Download 0.56 Mb.
bet6/25
Sana29.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1138493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish

II. BOB. MALAKALI FUTBOLCHILARNI TAYORLASHNING USUL VA VOSITALARI
2.1 Yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash
Zamonaviy futbol sportchining shaxsiga, uni tayyor-garligiga yuqori talablar qo`yadi. Tayyorgarlikning takomil-lashgan shakli, uslubi va vositalarini izlash lozim. Bu, o`z navbatida, murabbiydan yuqori bilim darajasini, sport mashg’ulotiga ilmiy yondashishni talab etadi.
Futbolchilarni tayyorlash dasturi mashg’ulot jarayoni-ning ko`rsatkichlari miqdorini aks ettiruvchi muhim hujjat hisoblanadi. Futbolchilarni tayyorlash dasturiga asoslanib rejalashtirish hujjatlari tuziladi.
Istiqbolli futbolchilar bilan unchalik kuchli bo`lmagan o`yinchilar o`rtasidagn farqni anirashdagn asosiy omillarni bilish masalasida trenerlar bilan suhbatlar o`tkazildi, jami 61 kishi bilan suhbat olib borildi. Natija shuni ko`rsatdiki, yosh futbolchining kelajatiga tajriba asosida yoki ba`zan sub`ektiv baho berilganda, ko`plab trenerlar kelajagi bor yosh futbolchining taktik jihatdan yaxshi fikr yurita oladigan, epchil va yuqori tezlikda yuguradigan (to`p bilan va to`psiz) bo`lishi lozimligini aytishdi. Bundan tashqari, o`sha futbolchi dadil, irodali, tajovuzkor bo`lishi ham kerak. SHunday qilib, har bir trener futbolchining kelajagini aniqlashda har tomonlama tahlil qilib ko`rishi kerak.
Istiqbolli rejalashtirish
Istiqbolli rejalashtirish futbolchilar tayyorgarligi-ning to`rt yillik tsikl (bosqich)i yo`nalishi va mazmunini belgilab beradi.
Istiqbolli rejalashtirish quyidagi vazifalarni hal qilishni nazarda tutishi lozim:

  • o`quv-mashg’ulot jarayonining samarasini oshirish;

  • jamoaga saralab olish tizimini takomillashtirish;

  • moddiy-texnik bazani takomillashtirish;

  • kompleks nazorat tizimini takomillashtirish;

- ilmiy-uslubiy ta`minlanish samaradorligini
oshirish.
Istiqbol rejalasi quyidagi bo`limlarni qamrab oladi:

  • tayyorgarlikning maqsad va vazifalari;

  • tayyorgarlik bosqichlari;

  • yillar bo`yicha jamoani jamlash (komplektlash);

  • musobaqa va mashg’ulot yuklamalari dinamikasi;

  • murabbiylar tarkibi malakasshga oshirish;

  • moddiy-texnik ta`minlash.

Bir yidlik rejalashtirish
Bir yillik rejalashtirish istiqbol rejasiga mos ravishda tuziladi va uning bir qismi hisoblanadi. Uning asosi - ichki va xalqaro musobaqalar taqvimi. U quyidagi bo`limlarga bo`linadi:

  • tayyorgarlikning maqsadi;

  • tayyorgarlikning vazifalari;

  • tayyorgarlikning davrlari;

  • mashg’ulot jarayonining mazmuni;

  • mashg’ulot va musobaqa yuklamalari dinamikasi;

  • yillik tsikl bo`yicha davrlari tayyorgarlik turlari va vositalariga vaqtni taqsimlash;

  • ilmiy-uslubiy ta`minlash;

- mashg’ulot, musobaqalar va tikdanishni kompleks
nazorat qilish;

  • tibbiy ta`minlash;

  • moddiy-texnik ta`minlash.

Tayyorgarlikning yillik tsiklida yuklamalar hajmi jamoaning qaysi ligada ishtirok etishi, musobaqa davri-ning uzunligi va undagi o`yinlar soniga bog’liq.
Mashg’ulotning yillik tsikli uch davrga bo`linadi: tayyorgarlik, musobaqa va o`tish davrlari.
Tayyorgarlik davrida mashg’ulot yuklamalari hajmi o`rtacha 180-240 soat, musobaqa davrida - 380-400 soatni tashkil qiladi. Jami yiliga 700-750 soat o`quv-mashg’ulot ishlari olib boriladi.
O`yinlarni qo`shganda (150-170 soat), amaliy ish hajmi 900 soat atrofida bo`lishi lozim.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling