Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти


Tayyorlov davrining maxsus tayyorgarlik bosqichi


Download 0.56 Mb.
bet9/25
Sana29.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1138493
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish

Tayyorlov davrining maxsus tayyorgarlik bosqichi
Bu bosqichning asosiy vazifasi - maxsus sifatlar va malakalarni futbolga mos ravishda rivojlantirish, sport formasini shakllantirishni yakunlash va o`yinchilarning spetsifik musobaqa ishiga kirishishidir.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy vaqtning 25-30% ini tashkil qiladi. U, asosan, umumiy va maxsus shug’ul-langanligini rivojlantirishga qaratilgan bo`lishi lozim.
Texnik tayyorgarlikka umumiy vaqtning 35-40% i ajratiladi.
Asosiy e`tibor o`yin holatiga yaqinlashtirilgan sharoitda to`p bilan muomala qilish texnikasini egallash va takomillashtirishga qaratiladi.
Bu bosqichda taktik va o`yin tayyorgarligiga umumiy vaqtning 40-45% i ajratiladi. O`yinchilarning jamoada o`z majburiyatlarini bajarishini hisobga olgan holda individual harakatlarni egallashi va takomillashtiri-shiga e`tibor beriladi. Futbolchilar yangi guruhli va jamoaviy haarkatlarni o`rganishadi, shuningdek, jamoaning tarkibi va alohida o`yinchilarning vazifalari aniqlanadi.
Maxsus tayyorgarlik bosqichida mashgulotning asosiy shakli bu tematik va kompleks mashg’uloglardir.
Musobaqa davri
Bu davrning uzunligi 9 oygacha bo`ladi, u shartli ravishda uchta bosqichga bo`linadi: birinchi davra, tanaffus, ikkinchi davra.
Mashg’ulotlar mazmuni futbolchilarning tayyorgarlik darajasi va o`yinlararo tsikllarning uzunligiga bog’liq. Birinchi davraning boshida sport formasiga erishish davom ettiriladi. Nospetsifik mashqlar hajmi kamayadi. Maxsus mashqlarni shunday tanlash kerakki, ular o`yinchining har bir o`yinga yuqori darajadagi tayyorgarligini ta`minlashi lozim.
Sport formasini boshqarishni murakkabligi O`zbe-kistonda o`quv mashg’ulotlarining yuqori tashqi temperatura sharoitida o`tkazilishidadir.
Bu davrda mashg’ulotlar samarasini oshirish uchun mashg’ulotlarni ertalab va kechqurun o`tkazish mumkin.
YUqori tashqi temperaturali sharoitda quyidagi kun tartibi tavsiya qilinadi.
jadval


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling