Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти


Download 0.56 Mb.
bet5/25
Sana29.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1138493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish

Bob bo`yicha xulosa
Futbolchilarda ko`nikma va malaka sport tayyorgarligi jarayonida hosilqilinadi. Bunga esa mashqlarni qayta-qayta takrorlash orqali erishiladi, takroriylik, o`z navbatida, butun a`zo va sistemalar faoliyatiga ta`sir etadi. Sport tayyorgarligi-bu barcha omillardan (vosita, metod, sharoit) birgalikda izchil foydalanish bo`lib, futbolchining sport muvaffaqiyatlariga erishishdagi tayyorgarligi ta`minlanadi.
Sport tayyorgarligining butun jarayonini shartli ravishda ta`lim va trenirovkaga bo`lish mumkin. Ta`lim deganda shug`ullanuvchilar bilim, malaka va ko`nikmalarning muayyan sistemasining boshlang`ichbosqichini egallab olishini tushunish kerak. Ta`limning asosiy mazmuni-o`yinning texnik elementlarini, taktikadagi oddiy individual va gruppa harakatlarini egallab olish, harakat malakalarini shakllantirishdan iborat.
Mashg’ulot-bu olingan bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlash va takomillashtirishga qaratilgan tayyorgarlikning keyingi bosqichi. Mashg’ulotning asosiy mazmuni-texnik priyomlarni taktikadagi individual, gruppa va komanda harakatlarini maksimallashtirishdan, jismoniy, axloqiy va irodaviy xislatlarni rivojlantirishdan iborat. Sport mashg’ulotsi bu boshqarish metodi asosida sistemali tarzda sportchilar tayyorlashdir.
Futboldan tashkil qilingan mashg`ulotlar ham yurtimiz jismoniy tarbiyasi sistemasi oldida turgan vazifalarni hal qilishga qaratilgandir.Mashg`ulotning asosiy mazmuni kishini garmonik kamol toptirish, uning ijodiy mehnatqilishva Vatanni himoyaqilish uchun zarur bo`lgan ma`naviy hamda jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirishdan iborat bo`lishi kerak. Biroq futbol praktikasida ba`zan yuksak natijalar ketidan quvib ta`lim va mashg’ulotning sog`lomlashtirishga yo`naltirilganlik tomonini, ya`ni tarbiyaviy xarakter kasb etishi esdan chiqarib qo`yiladi. Mashg’ulotga bunday bir tomonlama yondashish, odatda, noxush oqibatlarga olib keladi.
Jismoniy mashqlar, gigiyenik omillar hamda tabiatning tabiiy kuchi futbolchi ta`lim va mashg’ulotsining vositalari hisoblanadi. Malaka va ko`nikmalarni shakllantirish hamda takomillashtirish asosan jismoniy mashqlarni sistematik ravishda bajarib turish bilan bog`liqdir. Mashqlar xilma-xil bo`lib, ular ta`lim va mashg’ulot jarayonidan kelib chiqadigan vazifalarga qarab tanlanadi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling