Nazorat va tajriba guruhlariga mansub yosh futbolchilarda sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini nostandart o`yin mashqlari yordamida rivojlantirish samaradorligi
Futbol musobaqalarida sakrovchanlik sifatlari o`yin samaradorligini belgilovchi muhim omillardan biridir. Futbolchi qanday o`yin funktsiya (amplua)siga ixtisoslashgan bo`lmasin, uning xujum yoki himoya harakatida sakrovchanlik bo`lmasa, shu harakatning unumdorligi bo`lmaydi, pirovard samaradorlik qo`ldan boy beriladi. Bordiyu portlovchi kuch (sakrovchanlik) sifati shakllangan bo`lsa, lekin sakrash chidamkorligi bo`lmasa, uzoq muddat davomida xujum yoki ximoyada sakrab bosh bilan samarali o`ynash imkoniyati bo`lmaydi.
Aksariyat mutaxassislarning fikriga asosan bu sifatlarni samarali rivojlavntirish dastlabki tayyorgarlik bosqichidan boshlanishi o`ta muhim deb ta’kidlanadi. Fiziologik jihatdan ham mazkur sifatlar aynan bolalik yoshidan rivojlanishi o`ta samarali ekanligi isbotlab berilgan.
Ushbu dissertatsiya ishining 3.1 bandida taxlil qilinganidek aksariyat BO`SMlarda yosh futbolchilarni tayyorlash bo`yicha olib boriladigan mashg’ulotlarda jismmoniy sifatlar an’anaviy standart mashqlar ustunligida amalga oshiriladi. Tezkor-kuch (sakrovchanlik) va sakrash chidamkorligiga oid mashqlar muvofiq o`yin vaziyatlariga moslashtirilmaydi.
Shuning uchun ham biz nazorat va tajriba guruhlarida shu vaziyatni o`rganishga ahd qildik.
6 oy davomida nazorat guruhidagi bolalar amaldagi dastur asosida qo`llanilgan mashg’ulotlarda ishtirok etdilar.
Tajriba guruhidagi mashg’ulotlarda esa an’anaviy mashqlardan tashqari sakrovchanlik sifatlarini rivojlantiruvchi nosatndart o`yinsimon estafeta mashqlari qo`llanildi. Ikki guruhda ham pedagogik tajribadan avval va tajriba muddati tugaganidan so`ng qayd etilgan sifatlarning o`sish dinamikasi o`rganildi.
Ma’lumki, futbolchilar uchun sakrovchanlik va sakrovchanlikka bo`lgan chidamkorlik sifatlari to`pni sakrab darbozaga yo`llashda yoki sherigiga uzatishda muhim ahamiyatga egadir. Aynan shu sifatlarni nosatndart o`yin mashqlari yordamida samarali rivojlantirish imkoniyati bor ekan. Mazkur masala nazorat va tajriba guruhlarida o`tkazilgan tadqiqot natijalari asosida o`z isbotini topdi.
2 jadvalda nazorat va tajriba guruhlarida sakrovchanlik sifatining rivojlanganlik darajasi hamda shu sifatini an’anaviy va nostandart o`yin mashqlarini qo`llash natijasida o`sganligi ko`rsatilgan.
Nazorat va tajriba guruhlariga mansub futbolchilarda sakrovchanlik sifatini pedagogik tajriba davomida o`sish dinamiksi
2 jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |