Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти


Download 0.56 Mb.
bet1/25
Sana29.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1138493
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish


ЎЗБEКИСТОН РEСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
БУХОРО ДАВЛАТ УНИВEРСИТEТИ
Жисмoний маданият факулътeти
БЕКМУРОТОВ МИРЖАЛОЛ НАБИЖОН ЎҒЛИ
Жисмoний маданият йўналиши.


Мавзу: « FUTBOLCHILAR TAYYORGARLIGINI REJALASHTIRISH »
5112000 - Жисмoний маданият ихтисoслиги бакалавр илмий даражасини oлиш учун ёзилган


БИТИРУВ МАЛАКАВИЙ ИШ
(2015-2016 ўқув йили)
Илмий раҳбар: А.Э.Сатторов


Расмий oппoнeнт: М.Б.Ибрагимов


Бухoрo - 2016



MUNDARIJA
Kirish.....................................................................................................
I.BOB. FUTBOLCHILAR TAYYORGARLIGINI REJALASHTIRISH
1.1 O`quv-mashg’ulot jarayonini rejalashtirish..........................................
1.2. Turli yoshdagi guruhlarda mashg’ulotlar o`tkazishning xususiyatlari................................................................................................
II. BOB. MALAKALI FUTBOLCHILARNI TAYORLASHNING USUL VA VOSITALARI
2.1 Yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash............................................
2.2. Malakaviy ishning vazifalari va tadqiqot uslubiyati..........................
2.3. Yosh futbolchilarni tayyorlash amaliyotida sakrovchanlik sifatlarini tarbiyalash tajribasini o`rganish........................................................................
Xulosa................................................................................................
Adabiyotlar ro`yxati...........................................................................


KIRISH
Barchaga ma`lumki, o`zbek futbolchilarining shon-shuhrati olamga taralmoqda, mahorati o`smoqda.
Albatta kelajakda hozirgi ajoyib futbolchilarimizning o`rnini bosadigan, o`zbek futboli sharafi uchun kurashadigan futbolchilar etishtirish eng asosiy masalalardan biri xisoblanadi.
O`zbek futbolchilari mahoratining yil sayin o`sib borishi o`rinbosarlarni tayyorlashda trenerlarning o`smirlar bilan ish olib borish malakasiga bog’liq. Shuning uchun ham futbol buyicha masterlar komandalari hamda O`zbekiston terma komandalari uchun yuqori malakali o`rinbosarlar tayyorlashda o`quv mashg’ulotlariga zamon talablari aso-sida yondoshmoq, yosh futbolchilar bilan ishlash jarayonida yangi shakl va metodlarni joriy qilish zarur, busiz muvaffakiyatga erishib bo`lmaydi.
O`zbekiston huzuridagi fizkul’tura va sport komiteti 1976 yil 29 oktyabrda «Futbol bo`yicha olimpiya rezervlarini tayyorlovchi bolalar va o`smirlar maxsus maktablari faoliyatini yanada yaxshilash tadbirlari haqida» chiqargan qarorida futbolchilarni tayyorlashni ilmiy asoslash masalalariga katta o`rin berilgan.
O`rinbosarlarni tayyorlash umumta`lim maktablarida futbol bo`yicha kuni uzaytirilgan va o`quv mashg’ulotlari chukur uzlashtiriladigan maxsus sinflar katta rol’ o`ynaydi. Bunda bolalar futbolga mehr qo`yadilar va futbol o`ynyash siplarini o`rganadilar.
Har bir sport maktabida futbol buyicha maxsus sinflarning ochilishi o`quv mashg’ulotlari mazmunini yana xam oshiradi. Bunda mashg’ulotlar kuniga 2 mahal o`tkaziladi.
Hozirgi zamon futbolining kun sayin rivojlanishi jismonan baquvvat va iste`dodli o`yinchilarni talab qiladi. Shuning uchun ham futbolchilarni tayyorlashdagi eng asosiy masala — umidli yoshlarni tanlab olishdir.
Keyingi yillarda yosh futbolchilarni qiziqishiga v iste`dodiga qarab tanlashga katta ahamiyat berilmoqda 1973 yilda vengriyalik Tomash D’enak trenerlarning bolalarni futbol maktablariga tanlab olishidagi amaliy ishlari tajribasini umumlashtirib, qo`llanma yaratdi. Tanlab olishda bolalarning to`pni egallab olish qobiliyati va bir qator kontrol’ normativlariga qarab baho berildi
1974 yilda Akramov R.A 8—10 yashar bolalarni futbol bo`yicha bolalar-o`smirlar Sport maktablariga tanlab olish metodikasini ishlab chiqdilar Bunda tashkiliy ishlar, kontrol’ normativlarni qabul qilish, maxsus tadqiqotlar o`tkazish ko`zda tutildi.
Ular BO`SM ga chuqur meditsina ko`rigi, pedagogik kuzatishlar, kontrol’ va maxsus sinovlardan o`tgandan bo`sh qobiliyatli bolalarni qabul qilish yuzasidan tavsiya berildi.
Bolalar-o`smirlar sport maktablari hamda sport yo`nalishidagi maktab-internatlar nizomida ko`rsatib o`tilganidek, iste`dodli va umidli sportchilarni tanlab olish butun o`qish jarayonida olib boriladi.
Har yili o`qishga qabul qilish vaqtida o`quvchilarni tan-lab olish yoki bir yosh gruppasidan ikkinchisiga o`tkazish masalasi har tomonlama tekshirib ko`rish yo`li bilan hal etiladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling