Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти


Turli yoshdagi guruhlarda mashg’ulotlar o`tkazishning xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet4/25
Sana29.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1138493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish

1.2 Turli yoshdagi guruhlarda mashg’ulotlar o`tkazishning xususiyatlari
Shug’ullanuvchilarni tayyorlash ularning yoshini, anato-mik, fiziologik va ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
8-11 yoshli bolalarning funktsional imkoniyatlari nisbatan pastligini hisobga olish va shunga yarasha shug’ullanuvchilarga o`zgacha e`tibor bilan yondashish kerak.
8-11 yoshdagi futbolchilarga to`p bilan muomala qilish texnikasi va o`yin taktikasini o`rgatishda shu yoshga mos mashqlar yordamida mashg’ulot o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Bir mashg’ulotda ikkita yoki uchta texnik usulni o`rgatish mumkin. Ikki taraflama o`yinni qabul qilingan me`yorlarga qarab va katta maydonda o`tkazish shart emas.
11x11 jamoaviy o`yin sharoitida taktik harakatlarni egallash ularga birmuncha qiyinchilik tug’diradi.
Bolalarga individual va taktik harakatlarni 3x3, 4x4, 5x5 kabi chegaralangan tarkibda kichik maydonchalarda (30-50 m va 20-30 m) ikki taraflama o`yin va o`yin mashqlari orqali egallash oson bo`ladi.
O`yinda fikrlashni tarbiyalash uchun harakatli o`yinlardan keng foydalanish lozim. -
8-11 yoshli bolalar mashg’ulotlarida jismoniy tayyor-garlikka 50 % vaqtni ajratish kerak.
12-15 yoshli o`smirlar va 16-17 yoshli o`spirinlarda boshlang’ich o`rgatish shug’ullanuvchilarning individual tayyorgarligiga e`tibor bergan holda olib boriladi.
Yoshlar va o`smirlarga texnik-taktik usullarni o`rgatish va bu bilimlarni mustahkamlash, 8-9 va 10-11 yoshli futbolchilarni ^o`rgatishga nisbatan qiyinroq mashqlar berish orqali o`tkaziladi. SHuni unutmaslik kerakki, yosh futbolchi BO`SMga o`z qobiliyatini takomillashtirish uchun kelgan.
Umidli sportchilar hozirgi zamon metodikasiga binoan og’ir nagruzkali mashg’ulotlardan so`ng o`z kuchini tez va yaxshi tiklashi lozim. Sportchining kelajagiga baho berishda bunga ahamiyat berish zarur.
Uzoq yillar davomida muntazam ravishda mashq qilish natijasida bu ko`rsatqich yaxshi rivojlanadi, biroq bunda tabiiy qobiliyat muhim o`rin tutadi.
To`g’ri tanlab olish va kelajakni ishonch bilan aytish shug’ullanuvchilarning dastlabki va oxirgi natijalari o`rtasidagi aloqadorlik bilan aniqlanadi, bunda ularning o`sish darajasi ham hisobga olinadi.
Sportda tanlashning nazariy asoslari, kelajagi porloq sportchilarni tanlab olish metodi ilmiy jihatdan o`rganishni tashkil etishga imkon berdi.
Oldindan aytib berishning nazariyasi konkret sport turining talablarini xarakterlovchi ko`rsatkichlarning almashib turishini o`rganishga va bu talablarga javob bera oluvchi sportchilarni tanlashlarga asoslangan. Uni keyinchalik ishlab chiqish sport turini klassifikatsiya qilishga bog’liq bo`ladi.
Asoslangan klassifikatsiya sportning bitta yoki bir nechta turi bilan shug’ullanuvchi shaxsning qobiliyatiga to`g’ri baho berishga, trenirovkaning u yoki bu metodi samaradorligini kuzatish imkonini beradi. Klassifikatsiyaga harakat, funktsional va psixik malakalar uchun umumiy bo`lgan talablar asos qilib olingan. Sportchi harakatining juda yaxshi rivojlanishi sport mahorati cho`qqilariii egallashga imkon yaratadi. SHu asosda sportning 30 turi uch gruppaga bo`linadi. Birinchi gruppaga 9 ta davriy turi kiradi, ikkinchisi texnik jihatdan qiyin bo`lgan 12 turidir, unda koordinatsiya qobiliyatlari asosiy hisoblanadi. Uchinchi gruppaga yakka kurash turlari va sport o`yinlari kiradi, bunda sportchilar kelajagini aniqlashda ruhiy holat va qobiliyat asosiy rol’ o`ynaydi.
10-12 yoshli o`quv-mashg’ulot guruhlarida harakat tezligini chaqqonlikni rivojlantirish bilan bog’liq holda tarbiyalashga e`tiborni qaratish lozim.
Bolalarning kuch imkoniyatlari uncha katta bo`lma-ganligi uchun kuchni tarbiyalash ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi zarur.
Umumiy chidamlilikni tarbiyalashning asosiy vosi-tasi bu bir maromda uzoq yugurishdir. Uning davomiyligi sekin-asta 10 daqiqadan 30 daqiqagacha oshirib boriladi.
Chaqqonlik va egiluvchanlikni tarbiyalash mushkul harakat koordinatsiyasini egallashning asosini tashkil qiladi. Bunda harakatli va sport o`yinlari, akrobatik mashkdar, sakrashlarni qo`llash tavsiya qilinadi. YUgurish mashqlari qo`shimcha topshiriqlar orqali bajariladi (to`satdan to`xtash, yo`nalishni o`zgartirish, burilishlar).
Texnika va taktikani o`rgatishda asosan yaxlit mashkdar qo`llanadi.
10-12 yoshda tezlik, asosan, tezkorlik-kuch sifatlarining rivojlanishi va mushak tizimining o`sishi tufayli oshadi.
Shuning uchun tezlikni tarbiyalash vositalari tarki-bida tezkorlik-kuch mashqlari (sakrashlar, depsinishlar, yugurishda tezlanishlarning o`zgarishi) muhim o`rinni egallaydi.
Chidamlilikni tarbiyalash uchun: bir maromda kross yugurish; sport va harakatli o`yinlar, yugurish va o`yin mashqlarini qismlarga bo`lib bajarish kabilar zarur.
Katta o`quv-mashg’ulot guruhlarida tezkorlikni tarbiya-lashga katta ahamiyat beriladi, chunki uni rivojlantirish juda mushkul bo`ladi. Mashg’ulot jarayonida mashqlar kuyidagi xususiyatlariga ko`ra tanlanadi:
- o`yin mazmuni va tizimi yo`nalishi (texnika va
taktikani takomillashtirish, jismoniy sifatlarni
rivojlantirish);

  • organizmning alohida funktsiyalariga ta`sir qilish (aerob, anaerob va aralash);

  • mashqlarning davomiyligi va shiddati, takrorlanish soni, tanaffuslar kattaligi miqdori va hokazo.

  • Jismoniy mashqlar, gigiyenik omillar hamda tabiatning tabiiy kuchi futbolchi ta`lim va mashg’ulotsining vositalari hisoblanadi.

  • Malaka va ko`nikmalarni shakllantirish hamda takomillashtirish asosan jismoniy mashqlarni sistematik ravishda bajarib turish bilan bog`liqdir. Mashqlar xilma-xil bo`lib, ular ta`lim va mashg’ulot jarayonidan kelib chiqadigan vazifalarga qarab tanlanadi.

  • Jismoniy mashqlar harakatni koordinatsiya qilishni yaxshilash, kuchni, tezkorlikni, chidamlilik va epchillikni oshirishga yordam beradi. Bunda yurak qon-tomir, nafas olish va organizmning boshqa sistemalari faoliyati takomillashadi, binobarin, sportchining ishchanlik qobiliyati oshadi, nagruzkadan keyingi tiklanish jarayoni tezlashadi. Har bir mashq u yoki bu sifat va malakalarga oz yoki ko`proq darajada ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham jismoniy mashqlar ko`proq ta`sir etishiga qarab tanlanadi.

  • Futbolchilarning mashg’ulotsida qo`llaniladigan hammamashqlarni shartli ravishda uch gruppaga bo`lish mumkin:

  • 1) musobaqamashqlari,

  • 2) maxsus tayyorgarlik mashqlari,

  • 3) umumiy tayyorgarlik mashqlari.

  • Musobaqamashqlari-bu yaxlit harakat faoliyatidan yoxud ularning majmuidan iborat. Bu harakat majmui esa futbolda o`yin predmeti va batamom futbol musobaqasi qoidalari asosida bajariladigan harakatlar yig`indisidan iboratdir. Bu harakatlar asosiy jismoniy xususiyatlar vaziyat vaharakat formalari muttasil va kutilmaganda o`zgarib turgan bir sharoitda kompleks namoyon bo`lishi bilan xarakterlanadi va ular "syujetga" birlashgan turli harakat faoliyatlarning sharoitiga qarab ko`chma va o`zgaruvchanligi bilan ajralib turadi.

  • Maxsus tayyorgarlik mashqlari musobaqaharakatlari elementlarini, ular variantlarini, shuningdek ish va harakatni shakl va xarakter jihatidan bunga juda o`xshash xususiyatlar (o`yin harakatlari va kombinatsiyalari)ni o`z ichiga oladi.

  • Maxsus tayyorgarlik mashqlari futbolda qat`iy ravishda o`yin xususiyatiga qarabaniqlanadi.Ayni paytda bu mashqlar o`yinda bir xil bo`lmaydi. Ular futbolchi uchun zarur bo`lgan xislat va malakalarni rivojlantirishga karatilgan va differensial tarzda ta`sir etishni ta`minlay oladigan qilib tanlanadi.

  • O`z navbatida, maxsus tayyorgarlik mashqlari yordamchi va rivojlantiruvchi mashqlarga bo`linadi. Yordamchi mashqlar asosan harakat shakli va texnikasini egallab olishga ko`maklashadi. Rivojlantiruvchi mashqlar esa asosan jismoniy xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgandir.

  • Umumiy tayyorgarlik mashqlari futbolchining ko`proq, umumiy tayyorgarlik ko`rishiga yo`naltirilgan bo`ladi. Bunday mashqlar jumlasiga ta`sir etish jihatidan maxsus tayyorgarlik mashqlariga ancha o`xshash va ayni paytda ulardan anchagina farqqiladigan turli-tuman mashqlarni kiritish mumkin.

  • Umumiy tayyorgarlik mashqlari yordamida har tomonlama jismoniy tarbiyalash vazifalarni samarali hal qilishhamda futbolchining asosiy jismoniy xususiyatlari, harakat, malaka va ko`nikmalarini rivojlantirishga ham tanlab ta`sir etish mumkin.

  • Futbolchining mashg’ulotsida qo`llaniladigan hammamashqlarni asosiy va yordamchi mashqlarga bo`lish mumkin.

  • Asosiy mashqlarga quyidagilar kiradi:

  • a) harakat sifatlarini rivojlantiruvchi umumiy va maxsus mashqlar;

  • b) to`pni olib yurish texnikasini o`rganish va takomillashtirish mashqlari;

  • v) taktik priyom, kombinatsiya va o`yin sistemalarini o`rganish hamda takomillashtirish mashqlari.

  • Yordamchi mashqlarga quyidagilar kiradi:

  • a) shartli reflekslar yangi sistemasining paydo bo`lishiga, asosiy harakat malakalarini amalga oshirishda organizmning funksional imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradigan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar;

  • b) harakat strukturasiga (vaqtincha bog`lanish) ko`ra harakat malakalarinnng turli qismlariga mos yoki shunga yaqin bo`lgan maxsus mashqlar;

  • v) harakat malakalarini shakllantirish va organizmning funksional imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beruvchi sportning boshqa turlaridan olinadigan mashqlar.

  • Qo`llaniladigan mashqlar umumiy hajmning oshirib borish natijasida mashqlar birga qo`shilgandagi ta`sirini hisobga olgan holda, bir mashqdan bir qancha vazifani hal qilish uchun foydalanish borgan sari muhimahamiyat kasb etmoqda.

  • Tabiatning tabiiy kuchlari hamdagigiyenik omillari shug`ullanuvchilar organizmiga mashqlar vaboshqa vositalarning yaxshi ta`sir etishiga ko`maklashadi. Nagruzka va dam olishni, o`z vaqtida ovqatlanishni, tungi uyqu rejimini, mehnat va turmush gigiyenasini navbati bilan vaqtida to`g`ri almashtirib turish muhimrol o`ynaydi, albatta.




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling